Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 383
O‘ZBEKISTONDAGI ARXIV TURLARI VA ULARNING FAOLIYATI
Sultanova Zuxra Shuxratovna
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
“Axborot-kutubxona tizimlari” kafedrasi o‘qituvchisi
Annotasiya:
Ushbu maqolada O‘zbekistondagi arxivlar va ularning turlari
shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi, O‘zbekiston Kinofotofono
hujjatlari Milliy arxivi, O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivlari va
ularning tashkil topishi, arxivning asosiy vazifalari, fondida saqlanib kelayotgan hujjatlar
xaqida ma’lumot berilgan.
Kalit so‘zlar:
arxiv, kinofotofono hujjatlar, tibbiyot hujjatlari, arxivning vazifalari.
Аннотация:
В данной статье представлена информация об архивах в
Узбекистане и их видах, а также о Центральном государственном архиве Республики
Узбекистан, Национальном архиве кинофотофонодокументов Узбекистана,
Национальном архиве научно-технической и медицинской документации
Узбекистана и их организации, основных задачах архива, документах, хранящихся
в фонде.
Ключевые слова:
архив, кинофотодокументы, медицинские документы,
функции архива.
Abstract:
This article provides information about the archives and their types in
Uzbekistan, as well as the central state archive of the Republic of Uzbekistan, the National
Archive of Kinofotofono documents of Uzbekistan, the National Archives of scientific and
technical and medical documents of Uzbekistan and their organization, the main tasks of
the archive, documents preserved in the foundation.
Keywords:
archive, film and photographic documents, medical documents,
archive functions.
Arxivlarning paydo bo‘lishi tarixiga nazar tashlasak, insoniyatning paydo bolishi,
kishilik jamiyatiga birlashib yashashi, sivilizatsiyalarning yaratilishi va ravnaqi to‘g‘risida
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 384
guvohlik beruvchi birlamchi manbalar,bu arxeologik topilmalar, me’moriy obidalar,
tarixiy buyumlar, ashyolar, etnografik ma’lumotlar, yozma manbalar, arxiv hujjatlari va
boshqa turdagi moddiy va ma’naviy meros yodgorliklaridir.
Tarixga nazar tashlasak, dastlab arxiv hujjatlari hukmdor saroylari, kutubxona,
mulkdor shaxs uylarida, turli ustaxona, savdo tashkilotlari, o‘quv dargohida saqlangan
bo’lsa, keyingi davrlarda, avniqsa o‘rta asrlardan boshlab, ko‘p hududlarda qimmatli
ma’lumotlarni o‘zida mujassam etgan hujjatlar uchun maxsus binolar - arxivlar qurilgan
va ularning faolivati bilan bog‘liq ma’lum qoidalar ishlab chiqilgan. Xozirgi davrga kelib
arxiv hujjatlari nafaqat davlat boshqaruvi idoralari tegishli. halki butun xalq mulki ekani
jamiyatda e’tirof etiladi va ulardan keng omma foydalanishiga imkoniyatlar yaratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi
1958-yilda tashkil topgan.
O‘ZRMDAning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- arxiv yo‘nalishi bo‘yicha hujjatlarni jamlash;
-arxivning hisobga olish tizimi va ilmiy ma’lumot apparatini rivojlantirish va
takomillashtirish;
- arxivda saqlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi jamg‘armasi
hujjatlari saqlovini ta’minlash;
-arxivning axborot bazasini kengaytirish;
- hujjatlardan foydalanish va ularni nashr qilishni tashkillashtirish;
-arxivshunoslik, arxeografiya, hujjatshunoslik sohalarida ilmiy-uslubiy amaliy
yordam ko‘rsatish.
O‘zbekiston Respublikasi MDA tomonidan quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi:
hujjatlarni tartibga solish, ilmiy-texnikaviy qayta ishlash va ularni kelgusida
saqlash uchun arxivga topshirish uchun tayyorlash;
tashkilotlar, korxonalarning bayram sanalari haqida, hamda atoqli shaxslarning
yubiley sanasi tashabbus axborotini tayyorlash;
radio va teleko‘rsatuvlarni tayyorlash;
ekskursiyalarni o‘tkazish;
ko‘rgazmalarni tashki etish;
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 385
fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy so‘rovlarini bajarish;
jismoniy va huquqiy shaxslarning mavzuli so‘rovlarini bajarish va hujjatlarini
aniqlash;
ish yuritish va arxivshunoslik muammolari bo‘yicha ilmiy ishlarni tayyorlash va
chop etish;
arxiv hujjatlarining to‘plamini nashr etish;
arxiv hujjatlaridan nusxalarni va ko‘chirmalarni berish;
arxiv hujjatlarini raqamlashtirish;
arxiv ishi bo‘yicha seminarlarni, ma’ruzalarni o‘tkazish;
arxiv ishi bo‘yicha o‘quv kurslarini o‘tkazish;
O‘zRMAFni saqlovchi muassasa sifatida 2003-yil 22 yanvarda davlat ro‘yxatidan
o‘tkazgan. O‘zR MDA eng katta arxiv muassasasi hisoblanadi. Ushbu arxivda 2867 ta
fond, 5141 ta yig‘ma jildlar ro‘yxati, 1 mln. 600 mingdan ortiq yig‘ma jild, 18 ta hujjat
saqlovxonasi, XIII asrdan (ma’lumotlarning eng qadimiysi IX asrga tegishli) bugungi
kunga qadar bolgan hujjatlar saqlanib kelimoqda. Ularni 167 mingdan ortiq saqlov birligi
va 15 mln. dan ortiq kadrdan iborat sug‘urta nusxalari tashkil etadi.
O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari Milliy arxivi
1943-yil 18 martda Toshkent
shahrida kino, surat, ovozli hujjatlar Markaziy davlat arxivi tashkil topgan. Ushbu arxivda
O‘zbekiston va Turkiston o‘lkasining XIX asrning 60 -yillaridan to hozirgi vaqtgacha
bo‘lgan tarixiy noyob hujjatlari yig‘ilgan va saqlanib kelmoqda. Ushbu arxivda arxiv
hujjallari umumiy hisobda 273,000 (ikki vuz yetmish uch ming) saqlov birligini tashkil
etadi. Shulardan 19,257 saqlov birligi kinohujjatlar, 238,652 saqlov birligidagisi su’ratli
hujjatlar, 15,185 saqlov birligidagisi ovozli hujjatlarni tashkil etadi. Ushbu arxivda badiiy
ovozli hujjatlar O‘zbekiston va chet el kompozitorlari asarlari, xalq musiqalari, she’riy,
nasriy va drammatik asarlar, taniqli qo‘shiqchilarning chiqishlari, xalq ijrochilari,
respublika musiqa kolleksiyalari, jumladan Tamara Xonim, F.Baratova, M.Turg‘unboeva,
N.Axmedova, T.Qodirov, M.Uzokov, Y.Rajabiy va boshqa ovozli yozuvlardan iborat.
Arxivda fond va yig‘ma jild tushunchalari ishlatilmaydi, yani har bir hujjat alohida
saqlov birligida va alohida arxiv raqami bilan hisobga olinadi. Bu arxivda saqlanayotgan
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 386
manbalar O‘zbekiston tarixining turli davrlarini aks ettirishi bilan birga, ular yordamida
o‘zbek xalqining ma’naviy va ma’rifiy taraqqiyotining ham ko‘rish imkoniyatini yaratib
beradi. Yuridik va jismoniy shaxslar arxivning barchasi kino, foto va ovozli hujjatlaridan
foydalanish huquqiga egadirlar.
O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari Milliy arxivi
quyidagi xizmatlarni bajaradi:
- arxivda saqlanayotgan kino, foto va ovozli hujjatlar haqid a ma’lumot berish;
- tadqiqotchilar o‘rganishi va ishi uchun kino, foto va ovozli hujjatlarni taqdim
etish;
- kino hujjatlarni video tasmaga ko‘chirib berish;
- arxiv kino-foto-fono hujjatlarini elektron shaklga o‘tkazish.
O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi
1962-yil tashkil
etilgan. O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi fondidagi
hujjatlarning umumiy soni 207907 tadan ortiq bo‘lib, shulardan 7778 tasi ma’muriy
hujjatlar, 33059 tasi ilmiy-texnikaviy hujjatlar, 94647 tasi esa kasallik tarixi hujjatlari
bo‘lgan. Shulardan ma’muriy hujjatlar 79963 ilmiy-texnikaviy hujjatlar - 34425 ta,
kasallik tarixi 94647 tani tashkil qiladi. O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnika va tibbiyot
hujjatlari milliy arxivida hujjatlar saqlov xonalarinida hujjatlar maxsus hujjat saqlov
anjom (stelaj)larida va maxsus tayyorlangan quti (korobka)larda joylashtirilgan. Hujjatlar
ketma-ket raqamlashtirilib quti(korobka)larga joylashtirilgan. Qutilar esa yilma yil
joylashtiriladi. Hujjatlar qutilarga joylashtirilganidan so‘ng qutilar yuziga maxsus
qog‘ozlarda hujjat qaysi muassasa yoki korxonaga tegishli ekanligi yozib qo‘yiladi. Hujjat
saqlanayotgan xona harorati bir xilda saqlanib turishi alohida ahamiyat kasb etadi. Havo
haroratini o‘lchovchi asbob termometr, namlikni o‘lchovchi asbob barometr deyiladi.
Hujjatlar saqlanayotgan xona harorati 15 – 18 gr namlik esa 50 – 55 % bo‘lishi lozim.
Hujjatlar saqlanayotgan xonaga eng asosiysi quyosh nuridan saqlash lozim. Shuning uchun
xona derazalariga quyosh qaytaradigan oynalar o‘rnatilgan.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 387
Arxiv fondlarining ko‘rinishi
Jahonni etakchi davlatlarida raqamli arxivlar
Bugungi kunda jahonning etakchi davlatlari raqamli texnologiyalar yordamida
arxivlarni saqlash va boshqarish bo‘yicha ilg‘or tajribalarga ega. Raqamli arxivlar
hujjatlar, tarixiy ma’lumotlar va madaniy merosni elektron shaklda saqlash, ularga tezkor
kirish va uzoq muddatli himoya qilish imkonini beradi.
Jahonning etakchi davlatlarida raqamli arxivlar (ya’ni, elektron hujjatlar arxivi)
zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan bo‘lib, ilmiy-tadqiqot ishlari, tarixiy
hujjatlar, madaniy meros va davlat boshqaruvi bilan bog‘liq ma’lumotlarni saqlashda
muhim rol o‘ynaydi. Quyida ayrim rivojlangan davlatlarning raqamli arxiv tizimlari haqida
qisqacha ma’lumot beramiz:
AQSh–National
Archives
and
Records
Administration
(NARA)
. AQShning asosiy davlat arxivi bo‘lib, rasmiy hujjatlar, tarixiy
yozuvlar va fotosuratlarning katta qismini raqamlashtirgan. AQShdagi raqamli arxivlar
NARA
orqali boshqariladi. NARA ochiq arxiv ma’lumotlar portali hisoblanadi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 388
Amerika Qo‘shma Shtatlari Milliy arxivi
Eng katta ochiq ma’lumotlar omborlaridan
biri. Kitoblar, video, audio, veb-sahifalar va boshqa raqamli resurslarni saqlaydi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 389
sahifasida top collection bo‘limi
Xulosa
qilib aytadigan bo‘lsak, jahonni etakchi davlatlaridagi raqamli arxivlar
fondidan foydalanuvchi o‘ziga kerakli ma’lumotlarni 24/7 vaqt mobaynida dunyoning
istalgan yeridan istalgan arxiv fondidagi ma’lumotlarni olishi mumkin.
References:
1.
Arxivshunoslik. O‘quv qo‘llanma. Toshkent: Turon-Iqbol, 2018
2.
X.A. Buriyeva, A.Y. Nazarov, B.B. Abbasov. Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti
/ O‘quv qo‘llanma.-Toshkent: “Innovatsion rivojlanish nashriyoti-matbaa uyi”, 2020.
3.
A.Y. Nazarov.Raqamli manbalar va elektron arxiv asoslari: O‘quv qo‘llanma.–
Toshkent:Bookmany print, 2023.-160 bet
4.
Katja Muller. Digital archives and Collections.-New York:Berghahn,2021.