Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 357
TURISTLARNING MOLIYAVIY XAVFSIZLIGI: ZAMONAVIY TAHDIDLAR
VA ULARDAN HIMOYALANISH YO’LLARI
Urunov Numanjon Mo‘ydinovich
PhD Namangan davlat universiteti
Annotatsiya.
Moliyaviy savodxonlik turistlar uchun sayohat davomida moliyaviy
resurslarini samarali boshqarish, firibgarlikdan qochish va valyuta almashinuvi, to‘lovlar
va tejamkorlik bo‘yicha to‘g‘ri qarorlar qabul qilishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu
maqola O‘zbekiston va boshqa davlatlarda turistlar uchun mavjud moliyaviy savodxonlik
resurslarini taqqoslaydi, onlayn kurslar, mobil ilovalar, seminarlar va treninglarga e’tibor
qaratadi..
Abstract.
This article examines the financial security of tourists, analyzing the
modern threats they face and the ways to protect against them. With the growth of the
tourism industry, threats such as fraud, currency exchange issues, and the security of digital
payment systems are on the rise. The article discusses tourists’ preparedness for these
threats as well as existing legal and financial protection mechanisms. The analysis results
indicate that systemic approaches, education, and international cooperation are essential
for ensuring tourists' financial security. The article identifies gaps in the tourism and
financial security sectors and provides practical recommendations.
Аннотация.
Данная статья исследует вопрос финансовой безопасности
туристов, анализируя современные угрозы и способы защиты от них. С ростом
туристической отрасли увеличиваются и угрозы, такие как мошенничество,
проблемы с обменом валюты и безопасность цифровых платежных систем. В статье
рассматривается подготовленность туристов к этим угрозам, а также существующие
правовые и финансовые механизмы защиты. Результаты анализа показывают, что
для обеспечения финансовой безопасности туристов необходимы системные
подходы, образование и международное сотрудничество. Статья выявляет
существующие пробелы в сфере туризма и финансовой безопасности, а также
предлагает практические рекомендации.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 358
Kalit so’zlar. Turizm, firibgarlik, moliyaviy xavfsizlik,
raqamli to‘lov tizimi
xavfsizligi
Kirish.
So‘nggi yillarda global miqyosda turizm sanoati tez sur’atlarda
rivojlanmoqda.
Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) ma’lumotlariga ko‘ra,
2023-yilda dunyo bo‘yicha 1,3 milliarddan ortiq xalqaro sayohat amalga oshirilgan bo‘lib,
bu ko‘rsatkich pandemiyadan oldingi darajaga yaqinlashganini ko‘rsatadi. Tahlillar shuni
ko‘rsatmoqdaki, 2024 yil davomida diyorimizga jami 8,6 million nafar xorijiy sayyoh
keldi. Ularga 2,7 milliard dollarlik xizmat ko‘rsatildi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga
nisbatan 1,5 barobar ko‘p. Yevropa va boshqa mintaqalar hamda qo‘shni davlatlardan
keluvchilarning o‘rtacha xarajati 2022 yilga nisbatan 1,5 barobar oshgan. Maqsadli xorijiy
davlatlardan turizm oqimi sezilarli jadallashdi. Jami miqdorda chegaradosh o‘lkalar
fuqarolari ulushi 2018 yildagi 87 foizdan 80 foizga tushdi, Ko‘hna qit’a va boshqa uzoq
davlatlar hissasi 5,3 foizdan 9,0 foizga ko‘tarildi.
Sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi 762 yangi sub’ekt faoliyati yo‘lga qo‘yilishi
natijasida turistik tashkilotlar va turagentlar soni 3581 taga yetdi. Bugungi kunda
respublikamiz bo‘ylab 3200 gid-ekskursovod ishlayapti. Joriy yilning o‘zida ayni raqam
700 taga ortdi.
Meni fikrimcha, sayohat qilish jamiyatlararo aloqalarni mustahkamlash,
madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish, iqtisodiy faollikni oshirishda muhim o‘rin tutadi.
Ammo turizmning kengayishi bilan bir qatorda, moliyaviy xavfsizlik masalasi ham dolzarb
bo‘lib bormoqda. Turistlar yangi joylarda o‘zlarining moliyaviy resurslariga (naqd pul,
bank kartalari, raqamli to‘lov vositalari) tayanishadi. Biroq, so‘nggi yillarda moliyaviy
firibgarlik, valyuta almashuvi bilan bog‘liq noqulayliklar va raqamli to‘lov tizimlaridagi
xatolar tufayli sayohatchilar katta yo‘qotishlarga uchrashmoqda.
Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda xavfsizlik mexanizmlarining to‘liq
ishlamasligi, qonunbuzarlarning yangi texnologiyalardan foydalanib, firibgarlik
holatlarining ko’payishiga sabab bo’lishi, ushbu muammoni yanada keskinlashtirmoqda.
Raqamli to‘lovlarning ommalashuvi, ochiq Wi-Fi tarmoqlaridan foydalanish, noma’lum
valyutalarda savdo qilish va noqonuniy ayirboshlash punktlari turistlarni moliyaviy
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 359
jihatdan zaif holatga keltirib qo‘ymoqda. Bundan tashqari, ayrim sayyohlik
agentliklarining noqonuniy faoliyati, soxta onlayn band qilish tizimlari orqali minglab
odamlar aldanib qolmoqda.
Quyida zamonaviy tahdidlar kontekstida turistlarning moliyaviy xavfsizligiga
tahdid soluvchi asosiy omillar atroflicha tahlil qilinadi. Maqola davomida amaliy misollar,
xalqaro tajriba va statistik ma’lumotlar asosida tahlil o‘tkaziladi hamda ushbu
muammolarning oldini olish, turistlarni moliyaviy himoyalash bo‘yicha tavsiyalar
keltiriladi.
O‘rganish metodologiyasi.
Ushbu maqola tahliliy-tavsifiy (analitik-deskriptiv)
metod asosida tayyorlandi. Maqolada turizm sohasidagi turistlar moliyaviy xavfsizligiga
oid mavjud tahdidlar va ularni bartaraf etish bo‘yicha usullar yoritildi. Asosiy e’tibor ilgari
o‘rganilgan xalqaro va mahalliy manbalarga, statistik ma’lumotlarga, ekspert
intervyulariga va turizm xavfsizligiga oid dolzarb maqolalarga qaratildi. Tahlil uchun
quyidagi uslublardan foydalanildi:
Ma’lumotlar tahlili:
UNWTO, McAfee, Forbes, Statista, O‘zbekiston Respublikasi
Turizm qo‘mitasi kabi nufuzli manbalar asosida zamonaviy tahdidlar turlari o‘rganildi.
Taqdim etilgan misollar orqali keys-stadi (case study):
Turli mamlakatlarda
yuzaga kelgan real firibgarlik holatlari misol tariqasida o‘rganildi.
Taqqoslov (komparativ) tahlil:
Turistlarning moliyaviy xavfsizligi bo‘yicha turli
mintaqaviy siyosatlar, texnologik yondashuvlar solishtirildi.
Empirik kuzatuvlar:
O‘zbekiston va boshqa mintaqaviy davlatlarda sayohat
qilayotgan turistlar duch kelgan asosiy muammolar kuzatildi (ochiq manbalardagi
maqolalar, ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatlar va turistlar bloglari asosida).
Ushbu usullar yordamida turistlarning moliyaviy xavfsizligiga tahdid soluvchi
omillar aniqlandi va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 360
Natijalar. Metodologiyada qo‘llangan tahlil usullari natijasida quyidagi asosiy
faktlar va tendensiyalar aniqlandi: Yevropa mamlakatlarida (Italiya, Ispaniya, Fransiya)
turistlar asosan soxta tur agentliklar va chiptalar orqali aldanadi. Yevropa Komissiyasi
2023 yilda sayyohlik bilan bog‘liq firibgarliklar soni 18% ga oshganini bildirgan.
Osiyo mamlakatlarida esa kartani klonlash va mobil ilovalardagi soxta to‘lov
tizimlari ustunlik qiladi. McAfee (2023) tahlilida mobil to‘lov tizimlaridagi firibgarliklar
12% ga oshganligi ko‘rsatilgan. Google Pay va Apple Pay foydalanuvchilari orasida 2022–
2023 yillarda o‘tkazilgan xalqaro so‘rovnomaga ko‘ra, foydalanuvchilarning 22% dan
ortig‘i kamida bir marta nomaqbul tranzaksiya yoki firibgarlik holatiga duch kelgan.
O‘zbekiston, Turkiya, Tailand kabi sayyohlik yo‘nalishlarida esa ochiq Wi-Fi orqali
bank ilovasidan foydalangan holda firibgarlik qurboniga aylanganlar soni oshgan.
Ma’lumotlar asosida ko’p sayyohlar safarga chiqishdan oldin: hech qanday moliyaviy
xavfsizlik bo‘yicha ma’lumot o‘rganmagan, virtual karta ochmagan, sayohat sug‘urtasi
qilmagan, favqulodda yordam raqamlarini bilmaganligi aniqlangan. Rivojlangan
mamlakatlarda turistlar duch kelgan moliyaviy tahdidlar kamroq va jiddiy bo‘lgan.
Masalan, Shvetsiya va Singapurda ayirboshlash tizimi to‘liq avtomatlashtirilgan,
kurs doimo yangilanib turadi. O‘zbekistonda esa bu boradagi tizim rivojlanib borayotgan
bo‘lsa-da, hali ham ayrim joylarda “qo‘lda” narxlar belgilanadi.
Biroq, 2023-yilda aholi gavjum joylarda, turistik zonalarda, aeroport, vokzal va
savdo majmualarida tashkil etilgan “24/7” rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta
ayirboshlash bankomatlari orqali jismoniy shaxslardan sotib olingan naqd chet el valyutasi
169 mln dollarni tashkil etgan boʻlsa, jismoniy shaxslarga 100 dollargacha boʻlgan
miqdorda jami 117 mln dollar sotildi.
1
Munozara. Turizm sohasida moliyaviy xavfsizlik masalasi tobora dolzarb bo‘lib
bormoqda. Ushbu maqolada tahlil qilingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, turistlar nafaqat
yangi madaniyatlar bilan tanishish, balki bir vaqtning o‘zida murakkab moliyaviy
muammolarga duch kelishmoqda. Ushbu tahdidlar zamonaviy texnologiyalar taraqqiyoti
bilan birga kuchaymoqda va murakkablashmoqda. Internet orqali xizmatlar ko‘rsatuvchi
soxta saytlarning ko‘payishi global muammo bo‘lib, bunga qarshi kurashish uchun
quyidagi chora-tadbirlar muhim hisoblanadi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 361
Davlat darajasida nazorat kuchaytirilishi, ayniqsa, turistik xizmat ko‘rsatuvchi
agentliklar faoliyatining litsenziyalanishi oddiy misol bo’la oladi. Foydalanuvchilarga
xavfsiz onlayn xarid qilish madaniyatini shakllantirish|: Jumladan, soxta havolalarni
aniqlash, SSL sertifikatlarni tekshirish va boshqalar. Banklar va turistik tashkilotlar
hamkorligida firibgarlikni aniqlash algoritmlarini ishlab chiqish shular jumlasidandir.
Ko‘pchilik sayyohlar, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarga safar qilganda, valyuta
ayirboshlash bilan bog‘liq muammolarga duch keladi.
Buning oldini olish uchun, rasmiy ayirboshlash punktlarining interaktiv xaritalari va
real vaqtda kurslarni aks ettiruvchi mobil ilovalar joriy etilishi lozim.
Aeroport, temir yo‘l vokzali kabi joylarda mustahkam nazorat ostida ishlaydigan
ayirboshlash punktlarini tashkil etish. Turistlarga moliyaviy savodxonlikka oid materiallar
(risolalar, QR-kodli yo‘riqnomalar) tarqatilishi mumkin. Raqamli to‘lov tizimlarining
qulayligi bilan birga, xavflilik darajasi ham yuqori hisoblanadi. Shu sababli, raqamli
xavfsizlik madaniyatini shakllantirish: ikki bosqichli autentifikatsiyani faol qilish,
parollarni murakkab saqlash, virtual kartalardan foydalanish kerak bo‘ladi. Ochiq Wi-Fi
orqali tranzaksiyalar amalga oshirishda VPN (Virtual Private Network) xizmatidan
foydalanish keng targ‘ib qilinishi kerak.
Bizni fikrimizcha, davlatlar o‘rtasida kiberxavfsizlik bo‘yicha tajriba almashish
tizimlari yo‘lga qo‘yilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Moliyaviy tahdidlar ko‘p hollarda
sayohatchilarning bilimsizligi yoki tayyorgarlik darajasining yetarli bo’lmasligi bilan
bog‘liq bo‘ladi. Bu borada: turistik kompaniyalar va mehmonxonalar orqali moliyaviy
xavfsizlik bo‘yicha treninglar va qisqa kurslar taklif etilishi mumkin. Turistlar uchun
favqulodda moliyaviy yordam mexanizmlari (bank zaxira hisoblari, qo‘shimcha sug‘urta
paketlari) taklif etilishi mumkin.
Ayrim davlatlar turistlar xavfsizligiga jiddiy yondashmoqda. Masalan: Yaponiyada
barcha rasmiy ayirboshlash punktlarining joylashuvi maxsus ilovalar orqali aniqlanadi.
Singapurda raqamli to‘lovlar faqat sertifikatlangan ilovalar orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda esa, so‘nggi yillarda turizm infratuzilmasi jadal rivojlanmoqda, ammo
moliyaviy xavfsizlik borasida yanada tizimli yondashuvlar joriy etilishi juda ham zarur
hisoblanadi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 362
Xulosa.
Ushbu maqolada turistlarning moliyaviy xavfsizligi masalalari zamonaviy
tahdidlar va ularni himoyalash yo‘llari nuqtai nazaridan tahlil qilindi. Tahlil natijalari shuni
ko‘rsatdiki, sayyohlar duch keladigan asosiy moliyaviy tahdidlar firibgarlik, valyuta
ayirboshlashdagi noaniqliklar, raqamli to‘lov tizimlarining zaifligi va tayyorgarlikning
pastligi bilan bog‘liq.
Ushbu tahdidlar turizm sanoatining rivojlanishi bilan birga kengaymoqda va yangi
texnologiyalar bilan bog‘liq xavf-xatarlarni ham keltirib chiqarmoqda. Turistlar ko‘pincha
moliyaviy xavfsizlikka nisbatan yetarlicha tayyorgarlik ko’rmaydilar, shu bilan birga
rasmiy va norasmiy moliyaviy xizmatlar orasidagi tafovutlar ularga zarar yetkazadi.
Shuning uchun, mamlakatlar o‘rtasida turist xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tizimli va
global yondashuv zarur. Demak,
1.
Firibgarlik holatlarining ko‘payishi:
O‘rganilgan natijalar turistlar uchun
turizm industriyasida eng katta tahdidni tashkil etadi. Sayohatchilarning onlayn xaridlarida
firibgarlik holatlari ortib bormoqda va bu masala jahon bo‘ylab tartibga solishni talab
qiladi.
2.
Valyuta ayirboshlashda oldinga siljish:
Turistlar o‘rtasida valyuta
ayirboshlashdagi noaniqliklar va zarar ko‘rish holatlari ko‘plab muammolarni keltirib
chiqarmoqda. Buning uchun ruxsat etilgan va ishonchli valyuta ayirboshlash tizimlari
zarur.
3.
Raqamli to‘lov tizimlarining xavfsizligi:
Raqamli to‘lovlar orqali turistlar
xavf ostiga qolmoqda. Shu bois, raqamli xavfsizlikni mustahkamlash uchun yangi
texnologiyalarni joriy etish lozim.
4.
Moliyaviy tayyorgarlikning yomonligi:
Ko‘p sayohatchilar moliyaviy
xavfsizlikni nazorat qilishda yetarli tayyorgarlikka ega emaslar. Shuning uchun, turistlarga
yordam beradigan moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha treninglar va ma’lumotlar zarur.
Shu bilan birga, yuqorida taklif etilgan tavsiyalar ham amaliy ahamiyatga ega bo‘lib,
turistlar uchun zarur bo‘lgan moliyaviy xavfsizlik tizimlarini joriy etish, xalqaro
hamkorlikni mustahkamlash va sayohat qilishdan oldin tayyorgarlik
ko‘rish madaniyatini
shakllantirishning ahamiyati yoritildi.
Ushbu maqolada, turistik ob’yektlarning moliyaviy xavfsizligi ko‘rsatkichlari
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 363
xaritasini tuzib chiqdik. Turistik ob’yektlarning moliyaviy xavfsizligi ko‘rsatkichlari
xaritasi quyidagicha tuzildi.
1. Narx barqarorligi:
Inflyasiya darajasi: turistlar uchun tovarlar va xizmatlar narxiga ta’sir qiluvchi
mintaqadagi inflyasiya darajasi.
Valyuta tebranishlari: mahalliy valyutaning asosiy jahon valyutalariga nisbatan
barqarorligi. Valyuta ayirboshlash paytida yo‘qotish xavfi.
Mavsumiy narxlarning o‘zgarishi: turar joy, ovqatlanish va o‘yin-kulgi narxlari
mavsumga qarab qanday o‘zgaradi.
2. Firibgarlik va moliyaviy jinoyatlar:
Kredit karta firibgarligi: turistik hududlarda bank kartalari firibgarligining tarqalishi
holati.
Onlayn firibgarlik: onlayn bron qilish yoki Internet orqali xizmatlarni to‘lashda
moliyaviy yo‘qotish xavfi.
Ko‘cha firibgarliklari: sayyohlarga qaratilgan firibgarlik sxemalarining tarqalishi
(soxta taksilar, valyuta ayirboshlash firibgarligi va boshqalar.)
3. Sayyohlik kompaniyalarining moliyaviy ishonchliligi:
Turoperatorlarning bankrotligi: sayohatlar uchun to‘langan mablag‘larning
yo‘qolishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan sayyohlik kompaniyalarining bankrotligi xavfi.
Sug‘urta: sayyohlar uchun sug‘urtaning mavjudligi va ishonchliligi (tibbiy sug‘urta,
sayohatni bekor qilish sug‘urtasi, yuklarni sug‘urtalash).
Narxlarning shaffofligi: sayohat xizmatlari uchun narxlar qanchalik shaffof
shakllanadi.
4. Moliyaviy xizmatlardan foydalanish:
Bankomatlar va bank filiallarining mavjudligi: sayyohlar uchun bankomatlar va
bank xizmatlarining mavjudligi.
Kredit kartalaridan foydalanish imkoniyati: kredit kartalari mehmonxonalar,
restoranlar va do‘konlarda qabul qilinadimi.
Naqd pul olish to‘lovlari: bankomatlarda naqd pul olish to‘lovlari miqdori.
5. Mintaqadagi iqtisodiy vaziyat:
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 364
Ishsizlik darajasi: mintaqadagi iqtisodiy rivojlanishning umumiy darajasi, bu
bilvosita sayyohlarning xavfsizligiga ta’sir qilishi mumkin.
Siyosiy barqarorlik: xavfsizlik va moliyaviy barqarorlikka ta’sir qilishi mumkin
bo‘lgan mintaqadagi siyosiy vaziyat.
Xaritada vizualizatsiyani tashkil qilish uchun:
Rang kodlash: turli xil xavf darajalari uchun turli xil ranglar tanlanadi.
O‘quv piktogrammalari: turli xil moliyaviy risklarni ko‘rsatish uchun
piktogrammalardan foydalanish.
Interaktivlik: ob’yektni bosish va moliyaviy xatarlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot
olish qobiliyati.
Qatlamlar: foydalanuvchilarga qulaylik yaratish uchun ma’lumotlarni qatlamlarga
ajratish.
Ushbu kartini eng muhim jixatlari shundan iboratki, xaritadagi ma’lumotlarni
muntazam yangilab turish va ma’lumot manbalarini ko‘rsatish talab etiladi. Xarita alohida
sayyohlar uchun ham, sayyohlik kompaniyalari uchun ham sayohatlarni rejalashtirish va
xavflarni baholashda foydali bo‘lishi mumkin.
Xavf
darajasi
Rang
HEX
kodi
Tavsifi
Juda
yuqori xavf
Qizil
#FF0000
Qalloblik xavfi juda yuqori
(masalan: firibgarlik, skimming, soxta
kompaniyalar). Ehtiyot bo‘ling!
Yuqori
xavf
Norinj
#FFA500
Naqd
pulda
yurish
tavsiya
etilmaydi. Xizmatlar narxi
sun’iy oshirilishi mumkin.
O‘rta
xavf
Sariq
#FFFF00
Ehtiyot
choralari
kerak.
Turistlardan yuqori to‘lov talab qilinishi
mumkin.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 365
Xavf
darajasi
Rang
HEX
kodi
Tavsifi
Past xavf
Yorug‘
sabz
#90EE90
Moliyaviy xavf kam, lekin baribir
umumiy ehtiyot choralariga rioya qilish
kerak.
Xavf
yo‘q
Sabz
#008000
Hamyonbop, xavfsiz va shaffof
tijorat muhiti. Mulohazali ravishda
harakat qilish kifoya.
1-rasm. Xavf darajalari uchun rang tavsiyalar:
Turistlar uchun moliyaviy xavf xaritasi — ishlash prinsipi quyidagicha
shakllantiriladi:Masalan:
Juda yuqori xavf
– Qalloblik, soxta xizmatlar
Yuqori xavf
– Og‘zaki narx o‘zgarishi mumkin
O‘rta xavf
– Ehtiyot bo‘lish lozim
Past xavf
– Deyarli xavf yo‘q
Xavfsiz
– Shaffof savdo, turistga yo‘naltirilgan
Hududlar bo‘yicha ranglash: Shahar, tuman, yoki hatto mahalla darajasida har bir
hududni xavf darajasiga qarab belgilash lozim. Masalan: Qizil: So‘nggi vaqtlarda ko‘plab
firibgarlik holatlari kuzatilgan joylar. Sabz: Turistlar ko‘p tashrif buyuradigan, xavfsiz
savdo nuqtalari bor joylar. Xarita burchagida xavf darajalari va ranglar tushuntirilgan blok
joylashtiriladi.
Natijalarga ko‘ra, turizm xavfsizligi sohasida kelajakda yanada chuqurroq
tadqiqotlar olib borish zarur. Turizm sanoati rivojlanmoqda va turistlarning moliyaviy
xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy usullari ham doim yangilanib turishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
:
1.
G.Mirhamidova, N.Urunov Formation of financial literacy of students of
future mathematics teachers by solving keys, World Economics & Finance Bulletin
(WEFB). -6, 2024-yil. https://www.scholarexpress.net
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 366
2.
G.Mirhamidova, N.Urunov “Raqamli jamiyatda bolalar uchun moliyaviy
savodxonlikni shakllartirishning xorij tajribasi”, Proceedings of International Scientific
Conference on Multidisciplinary Studies Hosted online from Moscow, Russia. -12, 2024-
yil. https://econferenceseries.com/index.php/scms/issue/
3.
A.X.Asqarov,
G.Mirhamidova,
“Педагогические
нормы
оценки
финансовой грамотности студентов экономической направленности” NAMANGAN
DAVLAT UNIVERSITETI IY AXBOROTNOMASI, [2024-7]. -9, 2024-yil.
journal.namdu.uz
4.
A.X.Asqarov, G.Mirhamidova, N.Urunov, “Mamlakatni iqtisodiy o'sishida
maktab o'quvchilarining moliyaviy savodxonligini oshirishning tutgan o‘rni”
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. -10, 2024-yil.
https://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/15794
5.
A.X.Asqarov, G.Mirhamidova, N.Urunov, “Iqtisodiy rivojlanishning muhim
omili sifatida moliyaviy savodxonlikni oshirish usullari” ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И
ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ
В
МИРЕ.
-11,
2024-yil.
https://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/15791
6.
A.X.Asqarov, G.Mirhamidova “Iqtisodiy yo‘nalishdagi talabalar o‘rtasida
moliyaviy savodxonlikni baholashni pedagogik me’zonlari” Journal of New Century
Innovations
.
-16,
2024-yil.
https://www.newjournal.org/index.php/new/article/view/15796
7.
A.X.Asqarov, “The need for innovative pedagogical technologies to improve
the financial literacy of student youth”, NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTNOMASI. -6, 2024-yil. e-mail: science@namdu.uz
8.
A.X.Asqarov, “Олий таълим муассасаларида молиявий саводхонликни
оширишни педагогик техналогиялари”, International Journal of Science and
Technology. -10, 2024-yil. muydinovmuhammadzoir@gmail.com
9.
A.X.Asqarov, “The Process of Organizing the Increase in Financial Literacy
in Higher Educational Institutions”, European Journal of Economics, Finance and Business
Development . -10, 2024-yil. 11
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 367
10.
S. V. Brovchak, M. A. Selivanova, E. N. Sochneva, O. V. Firsanova, A. A.
Tsyganov, V. G. Shubayeva, “Issues of increase in financial literacy of students of higher
educational institutions of financial and economic orientation” Перспективы Науки и
Образования. 2019. 5 (41)
11.
Е.П. Рошко, Обзор зарубежных и отечественных программ по
повышению
финансовой
грамотности
школьников
https://prodod.moscow/archives/24895
12.
https://kun.uz/news/2018/11/26/muvaffakiatga-erisgan-sahslarning-6-siri
13.
Robert T.Kiyosaki va Sheron Lexter, “Boy ota Kambagʻal ota” 1997 yil
14.
UNWTO – World Tourism Barometer. United Nations World Tourism
Organization, 2023. www.unwto.org
15.
McAfee. “Global Risks Report: Cyber Threats and Digital Security in 2023.”
McAfee Security Insights, 2023. www.mcafee.com
16.
Statista. “Share of Tourists Experiencing Online Fraud Worldwide 2022–
17.
Forbes. “Digital Payment Systems: Convenience or Risk?” Forbes Finance,
2023. www.forbes.com
18.
O‘zbekiston
Respublikasi
Turizm
qo‘mitasi
rasmiy
veb-sayti.
www.tourism.gov.uz
19.
Google Pay & Apple Pay Fraud Report, 2022–2023. Internal survey results
cited in tech security platforms.
20.
O‘zbekiston ijtimoiy tarmoqlaridagi ochiq postlar asosida o‘rganilgan turistlar
shikoyatlari, 2023–2024 yillar.