Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 353
UMUMTAʼLIM MAKTABLARIDA KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI
OʻQUVCHILAR BILAN ISHLASHNING SAMARALI USULLARI
Abdug'ofurova Gulnoza Abduvoxobovna
Andijon viloyati Jalaquduq tumani 73-DIUM psixologi
Annotatsiya
: Hozirgi jamiyatimizning asosiy bo'g'inini yoshlar tashkil etadi.
Yoshlarning ilmiy salohiyatining qanchalik darajada bo'lishida katta ro'l o'ynaydigan
jarayonlardan biri bu kichik maktab yosh davri hisoblanadi. Sababi bolalarning
psixikasidagi asosiy jarayonlar shu davga to' g'ri keladi.
Kalit so'zlar:
Kichik maktab yoshi, bolalar psixologiyasi, intellekt, krizis, ta'lim.
KIRISH
Odatda psixologik adabiyotlarda keltirilishicha kichik maktab yosh davri 6-7
yoshdan 10-11 yoshgacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi, lekin bu yosh davrga ajratish
prinsipi qat'iy va mutlaq degan fikr emas, albatta. Chunki, xalq ta'limi tizimida yuz
beradigan ayrim o'zgarishlar bunga u yoki bu tarzda o'z ta'sirini o'tkazadi. Jumladan, bola
maktab ta'limiga bog'chada tarbiyalanayotgan paytdan boshlab tayyorgarlik ko'ra boradi,
buning uchun u, dastavval ta'lim tarbiya tomonidan o'quvchi shaxsi oldiga qo'yiladigan
turli mazmundagi talablar bilan tanishadi, undan tashqari u fan asoslarini egallash uchun
ham biologik jismoniy, ham psixologik jihatdan qariyb yetilgan, jismoniy va aqliy mehnat
qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Kichik maktab yoshi bir qancha bosqichlarni o'z ichiga oladi.
Bularga
-Maktab
ta'limiga
psixologik
tayyorgarlik
va
rivojlanishning
ijtimoiy
shartsharoitlari,
-Maktabga moslashish,
-Kichik maktab yoshida yetakchi faoliyat,
-Kichik maktab yoshida asosiy psixologik yangilik,
Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o'qishi ko'p jihatdan ularning maktabga
tayyorgarlik darajalariga bog'liq. Bolaning maktabda o'qishga tayyorligi quyidagilarni o'z
ichiga oladi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 354
1-Shaxsiy tayyorgarlik. Motivatsion sohaning rivojlanganlik darajasi. Bilishga
qiziqishning mavjudligi. ljtimoiy munosabatlar tizimida 0' zining maxsus o'rni bolishiga
intilish, muhim baholanadigan faoliyatni bajarish ya'ni o'quvchi bo'lish.
2-lntellektual tayyorgarlik. Tevarak-atrofda mo'ljal ola bilish, bilimlar zaxirasining
mavjudligi. Idrok va ko'rgazmali-obrazl tafakkurning ma'lum darajada rivojlanganligi.
Umumlashtirish darajasi narsa va hodisalarni farqlash va umumlashtira olish ko'nikmasi.
Nutqining ma'lum darajada rivojlanganligi; ko'pincha aqliy tayyorgarlik deyilganda
bolaning dunyoqarashi, jonli tabiat, insonlar va ularning mehnatlari haqidagi bilimlari
tushuniladi. Ushbu bilimlar maktab beradigan ta'limga asos bo'lishi mumkin, lekin so'z
boyligi, ma'lum xattiharakatlarni bajara olish layoqati bolaning maktabga aqliy
tayyorgarligining asosiy ko'rsatkichi bo'la olmaydi.
3-Harakat tayyorgarligi; mayda motorika; kattta harakatlarni amalga oshirish (qo'l,
oyoq, tana).
4-O'quv faoliyatiga tayyorgarlik; kattalarni diqqat bilan eshita olish va uning
ko'rsatmalarini aniq bajarish; topshiriqni mustaqil bajarish;
chalg'ituvchi omillarga
e'tibor bermasdan topshiriqni bajarishga kirishish. Birinchi bor maktabga kelgan bola hali
o'zini to'liq anglashi va o'z hattiharakatlarini aniq bilishi qiyin. Faqat o'qituvchigina bolaga
me'yorlar qo'yishi, ularning hatti-harakatlarini baholashi, o'z xatti-harakatlarini boshqalar
bilan moslashtirishga sharoit yaratishi mumkin. Boshlang'ich sinfda o'quvchilar o'qituvchi
tomonidan qo'yiladigan yangi talablar va shartlarni qabul qiladilar, shuningdek, ularning
qoidalariga to'la amal qilishga harakat qiladilar.
Bir qator ijtimoiy va pedagogik tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, faqat har beshinchi
birinchi sinf o'quvchisi jamoaga muammosiz qo'shiladi va deyarli darhol standart o'quv
jarayoniga o'rganadi. Bo'lajak birinchi sinf o'quvchilarining qariyb yarmi, hatto oddiy
bolalar bog'chalariga boradigan va yaxshi psixologik xususiyatlarga ega bo'lgan,
shuningdek, maktabga tayyorgarlik bo'yicha testlardan muvaffaqiyatli o'tgan, oxir-oqibat
moslashish bilan bog'liq muammolarga duch keladi, asosan intizom va o'quv faoliyati bilan
bog'liq. Boshqalar yo'qligida bu muammolarning sababi salbiy omillar(oilada salbiy
ijtimoiy vaziyat, sog'liq muammolarining mavjudligi va boshqalar) - jamiyatning
tavsiflangan ijtimoiy birligining o'yin komponentiga e'tibor qaratish. Bola, to'g'ri va
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 355
oldindan tayyorlanmagan, o'zi uchun ham aqliy, ham ijtimoiy jihatdan yangi sharoitlarga
yaxshi moslasha olmaydi.
Yuqoridagi barcha muammolarni faqat har tomonlama hal qilish mumkin, bu bolaga
ta'lim va bilish jarayonida diqqatni to'g'ri joylashtirishga yordam beradi, uni ta'limdagi har
qanday muvaffaqiyatga rag'batlantiradi, maktabdagi xattiharakatlarning aniq intizomiy
asosini shakllantiradi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o'qish hisoblanadi. Bolaning
maktabga borishi, uning psixologik rivojlanishi va xulq-atvoridagi o'rni nihoyatda katta.
Bu davrda axloqiy hatti-harakat qoidalari o'zlashtiriladi, shaxsning ijtimoiy yo'nalishi
tarkib topa boshlaydi. Ushbu sifatlarning shakllanishi bolada bilish jarayonlarining faolligi
bilan bog'liqdir.
Idrok. Kichik maktab yoshidagi bolalar idrokining o'tkirligi sofligi bilan farq
qiladilar. O'quvchilarning idroki o'ziga xos bilimga tomoshabin tariqasida berilganlik bilan
farq qiladi.
Diqqat. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar diqqatining asosiy hususiyatlari
ixtiyoriy zaifligidadir. Kichik maktab yoshida diqqatni iroda kuchi bilan moslash va uni
boshqarish imkoniyati cheklangan bo'ladi.
Xotira. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda xotira ta'limining ta'siri bilan ikki
yo'nalishda rivojlanadi. So'z mantiq xotirasining va mahnosiga tushunib esda olib
qolishning rolg'g'i va uning salmog'i kuchayadi, tartibga solish imkoniyatlariga bo'ladi.
Birinchi signal sistemasining faoliyatining nisbatan ustunligi tufayli kichik maktab
yoshidagi o'quvchilarda so'z mantiq xotirasi deb atalgan xotiraga qaraganda ko'rgazmali-
obrazli xotira ko'proq rivojlangan bo'ladi.
Xayol. Xayol muhim psixik bilish jarayonlaridan biridir. Xayolning faoliyatsiz
o'qituvchi gapirayotgan va darslarda yozilgan narsalarning tasavvur qilishni hamda
ko'rgazmali obrazlar bilan ishlashni bilmay turib, hech qanday o'quv predmetni chinakkam
o'zlashtirishi mumkin emas. Kichik maktab yoshidagi o'quvchining xayoli uning o'quv
faoliyatining ta'siri va talablari bilan tarkib topadi. Shuning bilan bir qatorda bevosita
ta'surotlar (muzey, vistavkalarning borib ko'rish, kinokartinalarni ko'rish, ekskursiyalarga
borish, maktab yer uchastkasida ishlash va boshqalar) ham xayolni rivojlantiradi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 356
XULOSA
Xulosa qilib aytganda kichik maktab yoshida bolada ko'pgina o'zgarishlar ro'y
beradi. Bu o'quv faoliyati ko'nikmalarining shakllanishi, o'z-o'zini boshqarish,dunyoni
bilish munosabati shakllanishi uchun senzitiv davr hisoblanadi. Bola o'z xulq-atvorini
boshqara boshlaydi. Uyda va jamoat joylarida o'zini qanday tutish kerakligi haqida xulq-
atvor normalarini aniq tushunadi, kattalar va tengdoshlari bilan shaxslararo munosabatda
o'z emotsiyalarini boshqara oladi. Xulq-atvor normalari o' zining ichki talabiga aylanadi,
unda uyatchanlik hislari paydo bo'ladi. Lekin shunga qaramay kichik maktab yoshidagi
bola uchun axloqiy jihatdan barqaror emaslik, munosabatlar va kechinmalarning doimiy
emasligi xosdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1 -Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya. Z.T.NISHANOVA,
N.G.KAMILOVA, D.U.ABDULLAYEVA, M.X.XOLNAZAROVA «O'zbekiston
faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti TOSHKENT - 2018
2-0ntogenez psixologiyasi E,G'oziyev, Toshkent"NIF MSH"2020
3
-Davletshin
M.G.
Zamonaviy
maktab
o
'
qituvchisining
psixologiyasi.<<Pedagogika va psixologiya» (ilmiy ommabop seriya).- T. , Nizomiy
nomidagi TDPU, 1999/1.
4.)KYMaeBa,
r.
Y.
(2022).
OHJIABHñ
MYHOCABATJTAPAAFH
BEFOHAJTAIIIYBHHHF H)KTHMOHñ HCHXOJIOFHK OMHJTJTAPH. Science and
innovation, l(B3), 428-431.
5. O'ralovna, J. G. (2022). Social Psychological Problems of Alienation.
EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 2(4),
204-206.