Mualliflar

  • Abdalimova Madina Akram qizi
  • Samatov Xurshid

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.89206

Kalit so‘zlar:

Kibr takabburlik shaxsiy rivojlanish jamiyat axloqiy qadriyatlar kamtarlik insonlararo munosabatlar.

Annotasiya

Mazkur ishda kibr va takkaburlik kabi illatlarning inson shaxsiyati va ijtimoiy hayotiga ko‘rsatadigan salbiy taʼsiri tahlil etiladi. Kibr – o‘zini boshqalardan ustun ko‘rish, takkaburlik esa o‘z qadrini sunʼiy ravishda oshirib ko‘rsatish sifatida talqin qilinadi. Ushbu xususiyatlar insonni haqiqatni tan olishdan, o‘z ustida ishlashdan va sog‘lom munosabatlar o‘rnatishdan mahrum qiladi. Shuningdek, kibrli va takkabur insonlar jamiyatda yakkalanib qolishi, ijtimoiy ishonchni yo‘qotishi mumkin. Asarda kibr va takkaburlikning shaxsiy rivojlanishga, axloqiy qadriyatlar shakllanishiga va insonlararo munosabatlarga qanday zarar yetkazishi haqida fikr yuritiladi. Yakuniy xulosalarda esa, kamtarlik va o‘zini tahlil qilishning inson hayotida naqadar muhim ekani taʼkidlanadi


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 2 –to’plam May 2025

Sahifa: 377

KIBR VA TAKABBURLIKNING INSONGA TA’SIRI

Ilmiy rahbar: Samatov Xurshid

Muallif:

Abdalimova Madina Akram qizi

Toshkent axbarot texnologiyalar universteti Samarqand filiali

Kompyuter injenering fakulteti

(KI24-03 guruh)

Elektron pochta:madinaabdalimova388@gmail.com

Annotatsiya:

Mazkur ishda kibr va takkaburlik kabi illatlarning inson shaxsiyati va

ijtimoiy hayotiga ko‘rsatadigan salbiy taʼsiri tahlil etiladi. Kibr – o‘zini boshqalardan ustun

ko‘rish, takkaburlik esa o‘z qadrini sunʼiy ravishda oshirib ko‘rsatish sifatida talqin

qilinadi. Ushbu xususiyatlar insonni haqiqatni tan olishdan, o‘z ustida ishlashdan va

sog‘lom munosabatlar o‘rnatishdan mahrum qiladi. Shuningdek, kibrli va takkabur

insonlar jamiyatda yakkalanib qolishi, ijtimoiy ishonchni yo‘qotishi mumkin. Asarda kibr

va takkaburlikning shaxsiy rivojlanishga, axloqiy qadriyatlar shakllanishiga va insonlararo

munosabatlarga qanday zarar yetkazishi haqida fikr yuritiladi. Yakuniy xulosalarda esa,

kamtarlik va o‘zini tahlil qilishning inson hayotida naqadar muhim ekani taʼkidlanadi.

Kalit so’zlari:

Kibr, takabburlik, shaxsiy rivojlanish, jamiyat, axloqiy qadriyatlar,

kamtarlik, insonlararo munosabatlar.

Har bir mo‘min-musulmon banda bilishi lozim bo‘lgan qalb xastaliklaridan yana biri

kibr va manmanlikdir.

“Kibr”, “takabbur” so‘zlari lug‘atda kattalik ma’nosini bildiradi va o‘zini

boshqalardan katta, ustun va afzal hisoblash sifatiga ega shaxsga nisbatan ishlatiladi.

Banda uchun Alloh taoloning ne’matlari ichida iymon va ma’rifatdan ulug‘i yo‘qdir.

Unga erishish uchun bag‘rikenglik va qalb ko‘zi o‘tkirligidan boshqa vasila yo‘q.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 2 –to’plam May 2025

Sahifa: 378

Kufr va ma’siyatdan kattaroq balo-ofat yo‘qdir. Mazkur ikki narsaga chaqirishda

qalb ko‘rligi va jaholat zulmatidan boshqa narsa yo‘qdir.

Ziyrak kishilar Alloh taolo ularning hidoyatini iroda qilgan va qalblarini islomga

keng qilib qo‘yganlar. Mutakabbirlar Alloh taolo ularni zalolatini iroda qilgan va qalblarini

xuddi osmonga chiqayotgandagi kabi tor va tang qilib qo‘yganlar.

Mutakabbir o‘z hidoyatiga kafil bo‘lishi uchun qalb ko‘zi ochilmagan kishidir.

Hasad Alloh taolo biror bandaga oxiratda zarari tegmaydigan, dini va dunyosi uchun

foydali qilib bergan ne’matni undan ketishini istashdir. Yoki o‘sha kishining shunday

ne’matga erisha olmasligini xohlashdir. Hasad barcha ulamolarning ittifoqiga ko‘ra harom

va og‘ir gunohdir. Hasad toat-ibodatlarni yo‘qqa chiqaradi. Abu Hurayra roziyallohu

anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy alayhissalom aytdilar: “Hasaddan juda ehtiyot

bo‘linglar. Chunki hasad olov yog‘ochni yegani kabi yaxshiliklarni yeydi”, (Imom Ibn

Moja rivoyati).

Hasad kishini yomon ishlarga boshlaydi. Hasadchi yolg‘on, g‘iybat, so‘kish va

so‘kinishdan qutila olmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar

“Insonlar bir-birlariga hasad qilmagunlaricha yaxshilikda davom etadilar”, (Imom

Tabaroniy rivoyati). Hasadchi qiyomat kuni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning

shafoatlaridan mahrum bo‘ladi. U zot “Hasadchi, chaqimchi, fol ochuvchi bizdan emas,

men undan ham emasman”, dedilar va ushbu oyatni “Mo‘min va mo‘minalarga qilmagan

gunohlari bilan ozor beradigan kimsalar bo‘hton va aniq gunohni o‘zlariga olgan

bo‘lurlar”, (Imom Ahmad rivoyati).

Rivoyat qilinishicha, “Olti toifa kishi hisob-kitobsiz do‘zahga tushadi: 1) adolatsiz

boshliqlar; 2) millatchi arablar; 3) mutakabbir dehqonlar; 4) yolg‘onchi tijoratchilar; 5)

hasadchi olimlar; 6) baxil boylar” (Imom Daylamiy rivoyati). Hasad birovga zarar berishga

boshlaydi. Shu bois, Alloh taolo shaytondan panoh so‘ragandek hasadchilardan ham panoh

so‘rashni o‘rgatadi.

Muoz ibn Jabar roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy sollallohu

alayhi va sallam marhamat qildilar:


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 2 –to’plam May 2025

Sahifa: 379

“Ishlaringiz muvaffaqiyatli yakunlanishini istasangiz, ularni sir tuting. Chunki har

bir ne’mat egasining hasadchisi bordir” (Imom Tabaroniy rivoyati).

Hasadchi har doim kuyib-yonadi, birovlarni ko‘ra olmaydi. Shu bois, doimo uning

qalbida g‘am, alam bo‘ladi. Allohning hikmatlarini anglamaydi. Sufyoni Savriy

rahmatullohi alayh aytadi: “Hasadchi bo‘lma, kaltafahm bo‘lib qolasan. Hasadchi har doim

mahrumdir. Chunki u hech qachon murodiga erisha olmaydi, balki dushmaniga uning

maqsadiga yetishishida o‘zi bilmagan holda ko‘maklashib yuboradi. Shu bois

hasadchining kosasi oqarmaydi”.

Hasad harom amal, shu bois, undan uzoq turish kerak. Hasaddan dushmanga zarar

emas, foyda keladi. Lekin sening diningga zarar bo‘ladi. U tufayli Allohning g‘azabiga

duchor bo‘lasan. Sen hasad qilayotib, go‘yo Alloh birovga bergan ne’matni nodonlik bilan

yomon ko‘rgandek bo‘lasan. Buning oqibatida gunohkorga aylanasan.

Alloh taolo barchamizni hasaddan asrasin!

Kibr va takabburlikning insonga taʼsiri

Inson tabiatan o‘zini qadrlash va o‘ziga hurmat bilan qarash tuyg‘usiga ega. Bu

tabiiy ehtiyoj bo‘lib, insonning o‘z shaxsiyatini anglashida muhim rol o‘ynaydi. Biroq bu

his-tuyg‘u meʼyoridan oshib ketganda, kibr va takabburlik kabi illatlarga aylanadi. Kibr va

takabburlik esa inson shaxsiyati va ijtimoiy hayotiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Insoniyat

qadimdan buyuklikka, intilib kelgan. Bu intilish tabiiy va sog’lom me’yorlarda foydali

sanaladi. Ammo haddan tashqari o’zini ulug’lash, boshqalarni kamsitish, insonni kibr va

takabburlik botqog’iga tortadi. Bu ikki illat nafaqat shaxsiy hayotga, balki ijtimoiy

tarqqiyotga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bugungi kunda, jamiyatda kibr va takabburlikning

ko’payishi, insonlar o’rtasidagi ishonch, hurmat va mehr-oqibat rishtalarining

zaiflashishiga olib kelmoqda.

Kibr va takabburlik tushunchasi

Kibr — bu insonning o‘zini boshqalardan ustun ko‘rishi, ularni kamsitishi va

mensimasligidir. Takabburlik esa inson o‘z qadrini asossiz ravishda haddan ortiq baland


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 2 –to’plam May 2025

Sahifa: 380

tutishi, o‘zini doimo boshqalardan yuqori qo‘yishga intilishidir. Bu illatlar insonning ruhiy

va axloqiy rivojlanishiga to‘siq bo‘lib, uni jamiyatdan uzoqlashtiradi. Qur’onda kibr

haqida shunday deyiladi:

“Yerda kibr bilan yurma, chunki sen hech qachon yerni tesha

olmaysan va tog’dek ulkan bo’la olmaysan.” (Surat Luqmon, 18-oyat).

Takabburlik esa kibrdan kelib chiqadigan ichki va tashqi holatdir. Takabbur inson

o’zini ko’rsatishga, boshqalarni ustidan ustunlik qilishga intiladi. Takabburlik ko’pincha

insonning so’zlaridan, harakatlaridan, hattoki nigohidan ham yaqqol ko’zga tashlanadi.

Islom dini kibr va takabburlikni eng katta gunohlardan gunohlardan biri deb biladi.

Shayton ham aynan kibr sababli Odam (a.s.)ga sajda qilishdan bosh tortgan va Allohning

g’azabiga uchragan.

Farobiy, G’azzoliy, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlar ham kibr va takkabburlikni

insonni halokatga olb boradigan xatar sifatida tasvirlangan.

Kibr va takabburlikni salbiy taʼsirlar

Kibr va takabburlik insonni o‘z kamchiliklarini ko‘rmaslikka olib keladi. Bunday

inson tanqidni qabul qilmaydi, o‘z xatolarini tan olmaydi va o‘z ustida ishlashdan voz

kechadi. Natijada, uning shaxsiy va kasbiy hayotida turg‘unlik yuzaga keladi, ijtimoiy

aloqalari zaiflashadi.Bugungi kunda ravojlanib borayotgan globallashuv davrida ham kibr

va takabburlik insoniyatga ta’sir ko’rsatmoqda. Kibr va takabburlik sababli:

Jamiyatda ijtimoiy tengsizlik ortadi.

Boy va kambag’al qatlamlar orasidagi tafovut kuchayadi.

Ilm ahli va oddiy kishilar orasida begonalik vujudga keladi.

Yoshlar o’rtasidagi hurmat, ehtirom kabi qadriyatlar zaiflashadi.

Takabburlik insonlar orasida g’urur va hasadni kuchaytiradi. Bu esa jamiyatda

adavat, naafrat, nizolarni keltirib chiqaradi.

Falsafa fanida ham takabburlik insoniy kamolotning asosiy dushmani sifatida

o’rganiladi. MIsol uchun, yunon faylasufi Sokrat:


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 2 –to’plam May 2025

Sahifa: 381

“Haqiqiy bilim – o’z bilmasligini anglashdir,”

-

degan edi. Bu fikr insonni

kamtarlikda donishmandlik sari o’sishini ko’rsatadi.

Islom dini kibrni eng yomon illatlardan biri deb hisoblaydi. Payg’ambar Muhammad

(s.a.v.) marhamat qilganlar:

‘”Qalbida xantal donasicha kibr bo’lgan odam jannatga kirmaydi.”

Hadisi sharif, Muslim rivoyati)

Bu hadis kibrning naqadar og’ir gunoh ekanligini va inson qalbi pok bo’lishi

kerakligini ko’rsatadi.

Inson o’z qalbini kibr va takabburlikdan saqlash uchun quyidagi ishlarni bajarishhi

kerak:

1.

O’zini bilish va tan olish – O’z kamchiliklarini tanib olib, ustidan ishlash.

2.

O’zini boshqalar bilan teng ko’rish – Har bir inson Alloh oldida tengligini

anglash.

3.

Shukr qilish – Qilgan barcha ishlarini o’z mehnati bilan emas, Allohning

inoyati bilan r’y berganini unutmaslik.

4.

Qadriyatlarni hurmat qilish – Kichik odam ham, katta insonni ham qadrlash.

5.

Kamtar ustozlardan o’rnak olish – Hayotda kamtar va samimiy insonlarga

ergashish.

Jamiyatda takabbur insonlar ko‘pincha yakkalanadi, chunki ularning boshqalarga

nisbatan sovuq va mensimagan munosabati ishonch va hurmatni yo‘qotadi. Takabburlik

shuningdek, axloqiy qadriyatlarning zaiflashishiga, insoniylik va mehr-oqibatning

kamayishiga olib keladi.

Kamtarlikning o‘rni

Kamtarlik — insonning o‘zini real baholashi, boshqalarning fikriga ochiqligi va

doimiy ravishda o‘z ustida ishlashga tayyor bo‘lishidir. Kamtarlik insonni haqiqiy


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 2 –to’plam May 2025

Sahifa: 382

ulug‘likka yetaklaydi. Kamtar inson jamiyatda hurmatga sazovor bo‘ladi, sog‘lom

munosabatlar o‘rnatadi va doimo o‘zini rivojlantirib boradi.

Xulosa:

Kibr va takabburlik insonni o‘z haqiqiy salohiyatidan uzoqlashtiradi va uni

yolg‘izlikka olib boradi. Har bir inson kamtarlik, samimiylik va o‘zini tanqid qila bilish

fazilatlarini o‘zida shakllantirishi lozim. Chunki inson qadri uning mansabida yoki

boyligida emas, balki odobida, axloqida va insoniy munosabatlarida namoyon bo‘ladi.

Kibr va takabburlikni poklanish – insonning eng oliy yutug’idir. Hayotda kamtarlik va

samimiyat bilan yurgan inson – haqiqiy buyuk insondir

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Abu Nasr Forobiy. Fozil shahar ahlilari haqida. – Toshkent: G‘afur G‘ulom

nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1993.

2.

Imom G‘azzoliy. Kimyoi saodat. – Toshkent: Movarounnahr, 2003.

3.

Alisher Navoiy. Mahbubul-qulub. – Toshkent: Fan, 1997.

4.

Ibrohim Muso og‘li. Axloq ilmi asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2012.

5.

Hasan Husaynov. Axloq va tafakkur. – Toshkent: Sharq, 1998.

6.

Qurʼoni Karim va Hadislar majmuasi. – Maʼnaviyat va maʼrifat nashriyoti, 2005.

7.

Muhammad Yusuf. Kamtarlik — buyuklik alomati // Maʼnaviyat va maʼrifat

jurnali, 2018-yil, 4-son.

8.

Qur’oni Karim va Tafsirlar. - Ma’naviyat va Ma’rifat nashriyoti, 2005.

9.

Sokrat falsafasi haqida materiallar.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари