Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 338
YOZUV ORQALI INSON XARAKTERINI ANIQLASHNING PSIXOLOGIK
USULLARI
Abdurasulova Latofat Buriyevna
Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani
MMTB qarashli 25-maktab amaliyotchi psixologi
Annotatsiya
. Maqolada hozirgi kunda psixologiya ilmining hozirgacha kam e’tibor
berilgan, qo‘l urilmagan sohalaridan biri xalqimiz orasida, ziyolilar ichida keng taomilda
bo‘lgan dastxat haqida so’z yuritiladi. Mavzuning o‘rganilishining muhimligi shundaki,
bugungi psixologiya fani taraqqiyoti, inson ruhiy olamini o‘rganishda hozirgi vaqtda
vujudga kelgan imkoniyatlari, dastxatlar tabiatini, inson ruhiyatiga o‘ziga xos ta’sir
xususiyatlarini mukammal baholashga qodirligi, dastxatlarning psixolingvistik tahlili,
inson psixikasiga yo ijobiy, yoki salbiy ta’sir o‘tkazish xususiyati inson ruhiyatshunosligi
faniga yangiliklar berishi muhim ilmiy-amaliy samaradorligi haqida fikrlar yuritilgan.
Kalit so’zlar:
grafologiya, grafolog-mutaxasis, gen, temperament, grafologiya
tizimi, stenografiya.
KIRISH
Insonning xarakteri beixtiyor uning yozuvlarida ham o’z aksini topadi. Yozuvlar
orqali inson ruhiyati, uning individual psixologik xususiyatlari va ruhiy holatlarni haqida
ma’lumotga ega bo’lish mumkin. Shaxs va yozuv o’rtasida o’zaro bog’liqlik
qonuniyatlarini o’rganuvchi fan grafologiya hisoblanadi.
Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda grafologiyaga katta ahamiyat
berilmoqda. Ko’plab korxona, firmalarda grafolog-mutaxasis shtatlari mavjud bo’lib, ular
ishga kiruvchilarning yozuvlariga qarab tavsifnoma beradilar. Bundan tashqari grafologiya
yuridik sohada, tibbiyotda, sport va pedagogikada qo’llanilib kelinmoqda. Grafologiya
tarixi 300 yilga borib taqaladi. Qadimgi xujjatlarga asoslangan holda shuni aytish zarurki,
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 339
bu fan bilan Neron va Konfutsiy ham shug’ullangan. Grafologiya bo’yicha birinchi kitob
1630 yilda italyan professori Kamillo Baldo tomonidan nashr qilingan. Uning izdoshi olim
va rohib Flandren yangi fanni ajralib turishi uchun ikkita yunon so’zidan foydalangan,
ya‘ni «grafo» yozmoq va «logos» (ma‘no, fan), so’zlarini qo’llagan. Biroq bu so’zni
birinchi bor Abbat Mishon «Grafologiya tizimi» kitobida qo’llagan, u 1872 yilda chop
etilgan. Shuning uchun ham Mishon grafologiyaning otasi deb qabul qilingan. U tufayli
o’tgan asrning oxirlarida, ya‘ni XIX asrda grafologiya jamiyatlari, grafologiya bo’yicha
maxsus jurnallar tashkil etilgan. U bir necha kitoblar muallifi hamda grafologiya maktabi
tashkilotchisi hisoblanadi. Keyinchalik grafologiya Germaniya va Angliyada tarqala
boshladi. XX asrning 20-yillarida Rossiyada D.M.Zuev - Insaev grafolog-ekspert bo’lib
ish olib borgan. U «Yozuv va shaxs» monografiyasining avtori hisoblanadi.
Bir parcha qog’ozdagi yozuv nimani anglatishi mumkin? Buni qarangki, psixologlar
shu yo’l bilan ham inson xarakteridagi qirralarni topa olar ekanlar. Yozuv egasi qaysi jins
vakili, sxoshib yozganmi, o’ylab yozganmi, yo majburanmi, o’sha onda nimalarni his
qilgan – bularni bilish qiyin emas. Yozuv orqali ilg’ashda matnning mazmuni,
stenografiyasiga emas, faqatgina hammaning o’ziga xos bo’lgan husnixatiga, yozish
uslubiga e‘tibor berasiz. Yozuv orqali jinsni ham aniqlaydilar. Masalan, ko’pincha ayollar
bet va qatorga amal qilib yozishadi. Erkaklar esa aksincha. Ayollarda kamqonlik va asab
kasalliklari ko’p uchragani sababli ularning harflari kichkina, siyohi och bo’lar ekan.
Ruchkani bosib va ko’p siyoh bilan yozish energiya ramzi bo’lib, erkaklarga xos.
Yozuv va temperament. Sangvinik temperamentiga mansublar tez va qat‘iy yozadi,
ularning xati chiroyli bo’ladi. (Pushkin, Lermontov). Flegmatiklar siyohni ko’p ishlatadi,
botirib va qoraytirib yozadi. Huddi shunday ko’p siyoh bilan, ba‘zi elementlarni uzun
yozsa, yozuv bir maromda bo’lmasa, unday odamlarning kayfiyati tez-tez o’zgaruvchan
bo’ladi, o’zi haqida ko’p orzu qiladi, yoshi va tabaqa-guruhlari bilan hisoblashmay ish
ko’radi. Qog’oz va chiziqqa bo’ysunmagan holda tartibsiz yozish melanxolikka taalluqli.
Xolerik yozuviga esa tushunish qiyin, uning xatida so’zlar orasidagi bo’sh kataklar
hammasida har xil va tartibsiz bo’ladi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 340
Qo’lingizda qandaydir yozuvlari bo’lgan qog’oz. Diqqat bilan razm soling. So’zlar
orasida bo’sh kataklar ko’pmi? Demak, yozuv sohib yoki sohibasi o’zini yolg’iz his
qilyapti. Tartibsiz yozgan insonni hayotda ham shunday deb o’ylaysizmi? Yo’q, bu
turmushini nazorat qila olmaslikni anglatadi. Tartibsizlikning belgisi – katta harflar. Juda
kichik harfli yozuvni “chumoli” deb ataymiz. Bundan ko’proq o’ziga ishonchi past
insonlar foydalanadi. Yaxshi tomoni ular ehtiyotkor, realist, texnika bilan tez til
topishadigan bo’lishadi. Uzun harflar estetika, mardlik, qobiliyat va adabiyotga mehr,
semiz harflar ochiqlik ramzi. Raqamlarga o’xshash harflar yozuv egasining o’qimishli,
sabrli va biroz sovuqqonligini bildiradi. Varaqqa siyoh ko’p tomizilgan, surkalgan joylar
ko’p bo’lsa, yozuv egasiga g’ashingiz kelmasin. Aynan ular noziktabiat bo’lishadi.
Shuningdek ularda kutilmagan, ajoyib ishlarni bajarishga rag’bat kuchli.
Ba‘zilar harfdagi belgilarni tashlab yozadi. Masalan, lotin yozuvidagi “i” tepasidagi
nuqtani. Bunday odamlar yolg’iz qolib, o’ziga hizmat ko’rsatolmaydi, o’ziga nisbatan
bee‘tibor bo’ladi. Kirill yozuvidagi kichik “d” va katta “t” harflaridagi ilmoqni orqaga
qayiltiradiganlar ham shunday. D harfini boshqacha yozishga urinish kasallik,
ta‘sirchanlik, qarilikni ham bildiradi. Ayrimlar ilgaklarni o’zgacha gajak bilan yozadi. Ular
qarorni oson va tez qabul qiladilar. Nazoratni yaxshi ko’radilar, qonunlarga bajonidil amal
qiladilar. Shuningdek optimist bo’ladilar.Yirik-yirik yozadiganlar — o’ta iltifotli, saxiy,
ko’ngilchan va san‘atni sevuvchilardir. Harakatchan, lekin quruq, ya‘ni birovning dardini
tushunmaydigan va sezmaydiganlarning ruchkasidan o’tkir va ingichka yozuvlar saf
tortadi.
Bolaning rivojlanishi uchun qulay psixologik iqlim yaratish ham psixologik xizmat
mahsuldorligining omillaridan biridir. Bunday yaratishda bolalarning kattalar va
tengdoshlari bilan muloqati muhim hisoblanadi. o‘smirlarning tengdoshlari va kattalar
bilan muloqoti ular shaxsining shakllanishida muxim omil hisoblanadi. Muloqotdagi
muvaffaqiyatsizlik, shunday ichki noqulaylikka, o‘zini yomon his qilishga olib keladi-ki,
uning o‘rnini hayotning boshqa sohalaridagi hech qanday ko‘rsatkichlar bosa olmaydi.
Muloqot o‘smirlar tomonidan muhim jarayon sifatida qabul qilinadi; bu haqida ular
muloqot shakllariga e’tibor berishni, kattalar va tengdoshlari bilan o‘zaro munosabatlarini
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 341
tahlil qilishlarini, ularni tushunishga urinishlarini misol qilib keltirish mumkin. O‘smirda
xuddi shu tengdoshlari bilan muloqotda shaxs ijtimoiy yetukligining muhim ko‘rsatkichi
bo‘lmish qadriyatlar shakllana boshlaydi. Ularda asosan muloqot - qadriyatlar mazmunini
belgilaydi. Bu yosh tengdoshlari orasida o‘zini ko‘rsatishga intilish, o‘zini va
suhbatdoshini yaxshiroq bilishga intilish, atrof muhitni bilish kabi muloqot motivlari
jamoa tomonidan tan olinishi, o‘ziga ishonish, hatti - harakatlarining mustahkamligi va
yuksak umumiy madaniyat, o‘z fikriga ega bo‘lish, mustahkam iroda, o‘z-o‘zini nazorat
qilish, halollik, ko‘ngilchanlik kabi qadriyatlar tizimining yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
U yoki bu sababga ko‘ra tengdoshlari bilan muloqot shakllanmagan o‘smirda yoshiga
nisbatan shaxsning taraqqiyotida orqada qolish kuzatiladi. O‘smir shaxsining
shakllanishida tengdoshlari bilan muloqotning rolini kamaytirmagan holda, ba’zan bu
muloqotga katta ahamiyat berilishini ta’kidlash joiz. Tendoshlari bilan muloqot –
ontogenezning barcha bosqichlarida bolaning shaxsiy va psixik rivojlanishida muhim
hisoblanadi, lekin bola «normal» /axloqan tarbiyalanagan/ katta kishilar bilan muloqotda
bo‘lgandagina u o‘z funksiyasini bajaradi. Xuddi shu kattalar bilan muloqotda tengdoshlari
orasida shakllangan qadriyatlarni tushunish va nazorat qilish ro‘y beradi. Xuddi shu
kattalar bilan mulokotda jamiyat uchun xos bo‘lgan axloqiy fazilatlarni va qadriyatlarni
o‘zlashtiradi. Psixologik tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, o‘smirlik va o‘spirinlik
davrida kattalar bilan norasmiy ishonchga asoslangan muloqotga ehtiyoj bu davrda paydo
bo‘lgan yangi psixologik tuzilmalardan biridir.
Maktablarda o‘quvchilarning kattalar, tengdoshlari bilan muomala muloqotini
ta’minlaydigan psixologik sharoitlar to‘liq yaratilmagan. Shu sababli o‘quvchilarda
maktabga, o‘qishga salbiy munosabat, o‘ziga, atrofdagi kishilarga nisbatan noto‘g‘ri
munosabat shakllanadi. Bunday sharoitda shaxsning rivojlanishi va unga mahsuldor ta’lim
berish mumkin bo‘lmay qoladi. Shuning uchun ham qulay psixologik iqlim yaratish,
o‘quvchilar va kattalar o‘rtasida qiziqarli muloqot uchun imkoniyat yaratishga amaliyotchi
psixologlar, sinf rahbarlari, o‘qituvchilar, ota-onalar intilishlari lozim.
Yozuv va kasb. Davlat ishida ishlovchi kishilar, ayniqsa yuristlar harflar formasiga
e‘tiborsiz yozishadi. Aksincha yozadiganlar esa ko’pincha ishchi, hunarmand,
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 342
xizmatchilarga tegishli bo’ladi. Faoliyatida bevosita pul bilan ishlovchi, masalan, sotuvchi,
dorixona xizmatchisi, tadbirkorlar ko’p o’chirishadi, bo’yashadi. Umuman olganda,
ularning husnixati kamdan-kam chiroyli bo’ladi. Qator chizilmagan qog’ozga yozganda
pastga tushib ketish shoirlarga xos.
XULOSA
Yozuv va gen. Bu sohaning mutahassislari ko’paygan sari yangi qirralari ham kashf
etildi. Ulardan ma‘lum bo’lishicha, insonning qanday yozishi va hattoki qalamni qanday
tutishi ham genga bog’liq ekan. Shuningdek, hech kimda bir xil yozuv bo’lishi mumkin
emas. Egizaklarda qaysidir jihatidan farq qilganidek, yozuv ham shunday. Ammo bir xil
vaziyatga tushgan (masalan, qo’rquv yoki hayajon) ikki inson yozuvida elementlar
o’hshash kechadi.
Inson murakkab bo’lganidek uning ruhiyatini aytib berish ham mushkul. Balki
shuning uchun grafologiya hukmlari ba‘zan noto’g’ri chiqar. Ammo uni o’rganish to’xtab
qolmagan bo’lib, fan yuzasidan turli kitoblar nashr etilgan, o’zining mahsus maktablariga
ega. Internet orqali ham grafiologiyadan online ma‘ruza yo’lga qo’yilgan. Nima bo’lganda
ham o’zlikni anglash hamma qiziqishi kerak bo’lgan narsa bo’lib qolaveradi. Balki endi
siz ham oddiygina qaydlarga befarq qaramassiz…
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Rahimova K, Soliyev F, Soliyev Sh. ”Grafologiya” Farg’ona 2008 yil
2.
Моргенштерн И. “Психографология”
3.
Айк Надж. “Как узнать характер человека по его подписи или
практическая графология”.