Mualliflar

  • Baratova Navro'za Jomurod qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.89216

Kalit so‘zlar:

dars “gugurt qutichasi” barqarorlik hissiy idrok fikr o`qituvchi o`quvchi ta`lim .

Annotasiya

Diqqatning barqarorlik, koʻchuvchanlik, boʻlinuvchilik kabi xususiyatlari, koʻlami kabi omillari uning doirasini kengaytiradi.O`quvchilar diqqatini jalb qila olish o`qituvchi mahorati bilan o`lchanadi.  


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 2 –to’plam May 2025

Sahifa: 324

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI OʻQUVCHILARDA DIQQATINI

SHAKLLANTIRISHNING MUHIM VAZIFALARI HAMDA PSIXOLOGIK

USULLARI

Baratova Navro'za Jomurod qizi

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani 23-maktab amaliyotchi psixologi

Annotatsiya:

Diqqatning barqarorlik, koʻchuvchanlik, boʻlinuvchilik kabi

xususiyatlari, koʻlami kabi omillari uning doirasini kengaytiradi.O`quvchilar diqqatini jalb

qila olish o`qituvchi mahorati bilan o`lchanadi.

Kalit so`zlar:

dars, “gugurt qutichasi”, barqarorlik, hissiy, idrok, fikr, o`qituvchi,

o`quvchi ta`lim .

KIRISH

Dars - ta’limni tashkil etishning muhim shakli. Unda sinf-dars tizimining barcha

imkoniyatlari namoyon bo`ladi, unda o’quvchilarni ommaviy qamrab olish, tashkiliy tartib

va o’quv ishlarining muntazamligi ta’minlanadi. O’quvchilar hamda sinf jamoasining

individual xususiyatlarini anglashi o’qituvchi uchun har bir o’quvchi faoliyatiga

rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatishga imkon beradi.Dars bevosita o’qituvchi boshchiligida

aniq belgilangan vaqt mobaynida muayyan o’quvchilar guruhi bilan tashkil etiladigan

ta’lim jarayonining asosiy shakli hisoblanadi. Darsda har bir o’quvchi xususiyatlarini

hisobga olish, barcha o’quvchilarning dars jarayonida o’rganilayotgan fan asoslarini

egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlari va ma’naviy-axloqiy sifatlarini

tarbiyalash hamda rivojlantirish,dars mavzusiga diqqat-e`tiborini jalb qila olish uchun

qulay sharoitlarni yaratiladi.

O`quvchilar uchun mavzu kengligini oshirish,yodda chuqur eslab qolish psixologik

jihatdan diqqat bilan bog`lanadi.Belgilangan vaqt davomida o`quvchi butun diqqatini

mavzuga dars jarayoniga qaratishi ,birinchi o`rinda, o`qituvchi mahoratiga bog`liq

hisoblanadi.Psixologik jihatdan diqqat tushunchasi juda keng qamrovli tushuncha bo`lib,

o`quvchilar bilimi kengayishi uchun muhim tushunchasidir.Diqqatning barqarorligi uning

yagona, umumiy (masalan, kitob oʻqish, masala yechish kabi) ishga xizmat qiluvchi narsa


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 2 –to’plam May 2025

Sahifa: 325

yoki hodisaga uzoq muddat jalb boʻla olishidan iborat. Koʻchuvchan diqqat bir faoliyatdan

yoki narsadan boshqa faoliyat yoki narsaga tez jalb boʻladi. Bu xususiyat diqqatning

avvalgi narsaga qay darajada qaratilganligiga va yangi faoliyatning xususiyatiga bogʻliq.

O`quvchilar dars mavzusi yuzasidan butun e`tiborlarini mavzuga qaratishi uchun bugun

fan tizimlarida interfaol metodlar shakllanmoqda.Bu metodlar dars va bilim nazariyasining

amaliy jihatlarini rivojlantiradi.Jalb qila oladigan metodlar sirasiga bir qancha metodlarni

kiritishimiz mumkin.

“Qarorlar shajarasi” metodi. “Qarorlar shajarasi” metodi muayyan fan asoslari

haqidagi bir qadar murakkab mavzularni o‘zlashtirib, ma’lum masalalarni har tomonlama,

puxta tahlil etish asosida ular yuzasidan muayyan xulosalarga kelish, bir muammo

xususida bildirilayotgan bir necha xulosalar orasidan eng maqbul hamda to‘g‘risini

topishga yo‘naltirilgan texnik yondashuvdir. Ushbu metod, shuningdek, avvalgi

vaziyatlarda qabul qilingan qaror (xulosa)lar mohiyatini yana bir bora tahlil etish va uni

mukammal tushunishga xizmat qiladi.

Bu metod yuzasidan diqqat koʻlami uning eng qisqa vaqt ichida (goʻyo birdaniga)

oʻz doirasiga sigʻdira olishi mumkin boʻlgan narsalar soni bilan belgilanadi. Kuzatishlar

mobaynida o`quvchilarning dars davomidagi aqliy faolligini ta’minlash va diqqatini

mavzu materiallariga qay tarzda jalb qilish tadqiq qilindi. Olib borilgan kuzatishlar va

tadqiqotlar oqibatida o`quvchilar diqqatini o`qish materiallariga qaratishning quyidagi

usullari aniqlandi:

1.Darsni o`quvchi qiziqishlaridan kelib chiqqan holda tashkil etish.

2.Darsni qiziqarli o`yinlar bilan bog`lash.

3.Rang-baranglikka intilish.

4.Rag`batlantirish.

Bu kabi usullar dars jarayonini ,o`quvchilar diqqatini murakkabroq qaratishga

yordam beradi. Bilamizki,o`quvchi o`zi uchun qiziq bo`lmagan ma’lumotlarga diqqat

qaratmaydi. O`qituvchi mavzuni yuksak mahorat bilan, ustalik bilan o`quvchilarga


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 2 –to’plam May 2025

Sahifa: 326

tushuntirsa, o`quvchining butun diqqatini jalb qila oladi. Bu ayni haqiqat. Shu sababli

o`qituvchi o`quvchilar qiziqishlaridan xabardor bo`lishi lozim. Bu bilan o`quvchining

diqqatini jalb qilgan holda mavzu materiallari o`rgatiladi.

Dars davomida darsni qiziqarli o`yinlar bilan bog`lash ham diqqat imkoniyatini

yuksaltiradi. “ Ixtiyoriy diqqat, ayniqsa, o`qitishda katta ahamiyatga ega, dars o`zlashtirish

ixtiyoriy diqqatni talab etadi. Chunki o`qish nafaqat jiddiy mehnat, balki ko`p mashaqqatli

ishdir. Shuning uchun u irodaga suyanadi. Ammo o`qishni faqat ixtiyoriy diqqat

asosidagina o`tkazish o`quvchilarni tez charchatib qo`yadi. Shu sababli o`qishga

qiziqtirish, darsni qiziqarli qilib o`tish kerak”. Mohir pedagogga qo`yilgan talablardan biri

bu - dars ma’lumotlarini qiziqarli o`yinlar bilan uyg`unlashtirish. Shuning uchun

o`qituvchi bisotida qiziqarli o`yinlar va metodlar ko`p bo`lishi zarur. Masalan, oddiygina

bor bilan ham qiziqarli o`yin o`tkazish mumkin. O`quvchilardan oddiy tarzda o`tilgan

mavzular bo`yicha ma`lumotlarni so`rash ancha zerikarli. Buni qiziqarli tarzda o`tkazish

mumkin.

Izlanish metodi.

Bu

metod asardagi voqea va tafsilotlar asosida o’quvchilarga

savol-topshiriqlar tuzishda, qahramonlarga baho berishda keng qo’llaniladigan usuldir.

O’qish darslarida reproduktiv metod

keng qo’llaniladi. Masalan, o’qituvchi dastlabki

darslarda o’zi asar matnini qismlarga bo’ladi, yozuvchi yoki shoirning aytmoqchi bo’lgan

muhim fikriga o’quvchilar diqqatini jalb qiladi, uni aniqlab ko’rsatadi, o’quvchilar bilan

birga tasvir vositalariga yuklatilgan ma’noni ochib, o’quvchilarga ko’maklashadi. Shundan

so’ng o’quvchilar o’qituvchining ko’rsatmalari yordamida yuqorida ko’rsatib o’tilgan

vazifalarni o’zlari mustaqil ravishda bajaradilar.

Yuqorida ta’kidlangan metodlardan tashqari, o`quvchilar diqqatini kengroq jalb

qilish uchun zamonaviy pedagogik texnologiya usullaridan “Aqliy hujum”,

“Tarmoqlash”, “Guruhlar bilan ishlash”, “Blis texnologiyasi” kabilardan ham foydalanish

yaxshi samara beradi.

Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, har bir darsda qanday metoddan foydalanish, darsda

qanday usullarni qollash o’qituvchi tomonidan oldindan belgilab olinishi va puxta ishlab

chiqilishi kerak. Yozuv taxtasiga katta qilib aylana chizamiz va buni qora oyna deb

tasavvur qilamiz. Bu oynaning narigi tomonida barcha bilimlar jamlangan. Oynani


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 2 –to’plam May 2025

Sahifa: 327

sindirish va bilimlarni chiqarib olish zarur va buni bajarish uchun o`quvchilardan yordam

so`raladi. Har bir o`quvchi bitta ma`lumot aytadi va oynaga “X” belgisini chizadi. Aylana

“X”larga to`lgandan keyin oyna parchalanadi va bilimlar chiqarib olinadi. Bu jarayonda

nafaqat o`quvchining diqqati darsga jamlanadi, balki bilimlari mustahkamlanadi. Yana

diqqat jalb qilish imkoniga ega metodlardan bir qanchasini aytishimiz mumkin.

1.

Dars jarayonida rangli materiallardan foydalanish.

2.

Darsda bir xillikdan uzoqlashib, turfa xil metodlardan foydalanish, darsni turli

xil usullarda o`quvchilarga tushuntirish.

Ranglar inson miyasiga juda katta ta`sir qiladi. Agar o`qituvchi mavzu

ma`lumotlarini rangli qog`ozlarga yozib, o`quvchilarga tushuntirsa, ranglar o`quvchi

diqqatini o`ziga jalb qiladi. O`quvchilar avval rangga e’tibor bergan holda, keyin

qog`ozdagi ma’lumotlarga e’tiborini qaratadi, o`quvchilar o`rtasida o`tkazilgan tadqiqotlar

natijalarida shunisi aniq bo`ldiki, ushbu rangli qog`ozlarga yozilgan ma’lumotlar oq

qog`ozga yozilgan ma’lumotlardan ko`ra ko`proq o`quvchi diqqatini jalb qiladi hamda

xotirasida tez va oson saqlanib qoladi.

Rag`batlantirish metodi orqali o`qituvchi dars davomida juda katta

muvaffaqiyatlarga erishadi . O’quvchilarning diqqatini mashq qildirishga doir mashqlar:

1.Gugurt qutichasi biografiyasini esga tushirish.

2. 5 sekundlik qisqa e’tibor bilan stol ustida yotgan barcha buyumlarni ichki nazar

bilan ‘’suratga’’olishni buyurish.

3.Buyumlarni ‘’suratga oling’’. Ko’zni yumishga komanda beriladi. Pedagog

buyumlarni aralashtirib yuboradi va sinaluvchidan buyumlar oldin qanday yotgan bo’lsa,

ularni shunday qo’yib chiqishini so’raydi.

O’qituvchi o’quvchilardan birini tanlab oladi va stol ustidagi o’zgarishlar haqida

so’raydi. O’quvchi og’zaki aytganidan so’ng boshqa o’quvchilar uning xatosini

to’g’irlashadi. O’qituvchi stol ustidagi buyumlarni o’z o’rniga qo’yishini o’quvchidan

so’raydi, agar, o’quvchi bu safar ham xatoga yo’l qo’ysa, u buyumlarga e’tibor


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 2 –to’plam May 2025

Sahifa: 328

bermaganligi aniq bo’ladi, yana shunday jarayonda o’quvchi bu xatoni takrorlamasligi

uchun pedagog unga qo’shimcha vazifa berishi yoki ‘’jarima’’ga tortishi kerak. Vaziyat

bo’yicha o’quvchini jazolash yoki rag’batlantirish: diqqatni tortishga, yanada e’tiborli

bo’lishga, bilimlarni yaxshiroq o’zlashtirishga va ta’lim sifatining oshishiga yordam

beradi. Faqatgina diqqat bilan emas, balkim, xotira bilan ham ishlashimiz

kerak.Diqqatning tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishdagi alohida rolini , ayniqsa K.S.Stanislavskiy

aniqlab bergan. ‘’Diqqat sovuq, mulohazakor diqqat emas, balki hissiy, faol diqqat-

barqaror diqqat holatini uyg’otishga yordam beradi’’. Diqqat ko’p tomonlama bo’lmog’i

kerak. Ijodiy pedagogik diqqatning quyidagi xususiyatlari mavjud: ko’p obyektivlik,

jo’shqinlik, amaliy barqarorlik; U aqlli,hissiy va irodaviy xususiyatlarga ham egadir.

Katta yoshdagi kishida diqqatning hajmi 4-6 obyektga yetadi. Shuning uchun

obyektlar soni ko’paygan sharoitda mashq qilmagan kishining nazorati yo’qolishi mumkin,

sarosimaga tushish holati boshlanadi. Tabiiyki, bolalarda ham nazoratni yo’qotib qo’yish

holatlari uchraydi. Yosh bolalarda diqqatning hajmi 3-4 yoki 5 obyektga yetadi.

Bolalarning diqqati hajmining ortib borishi ularni parishonxotirlikka, jizzakilik,

sabiylashish kabi holatga, darslarni bo’sh o’zlashtirishga yoki umuman darsga e’tibor

bermaslikka olib keladi.

Xulosa

qilib aytadigan bo’lsak, o’quvchilarning diqqatini torta olmagan o’qituvchi

darsning sifatini maksimal darajaga yetqaza olmaydi. Diqqat nafaqat psixik jarayon,

balkim, o’qish sifatini oshiradigan, talim olish va tarbiyalanish jarayonining

mustahkamligini ta’minlab beradigan muhim omillardan biridir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Mirziyoyev.Sh.M: ta’lim-tarbiyaga jarayoniga invistitsiya kiritishga oid

g’oyaviy so’zlaridan.2020

2.

Xaydarov.I.F, Xalilova.I.N: Umumiy psixologiya darsligidan.2009

3.

Toxirova.G:’’Yosh va pedagogik psixologiya’’2016

4.

Abdullayeva Q. va boshqalar “O’qish ktobim” 2- sinf,T. 2006 yil

5.

Abdullayeva Q., va boshqalar “Savod o’rgatish darslari” T,


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 2 –to’plam May 2025

Sahifa: 329

6.

Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik texnolofiyalar va pedagogik mahorat.

Toshkent. 2006.

7.

Abdullayeva Q., va boshqalar “Ona tili” T., “O’qituvchi ”1999 yil.

8.

Bo’ri Ziyamuhammedov, Mamarajab Tojiyev. Pedagogik texnoloya-

zamonaviy o’zbek milliy modeli. Toshkent. 2009.

9.

«Kitobim-oftobim» Toshkent. «O’qituvchi» nashriyoti, 2008 yil.