Mualliflar

  • Usmanova Guljahon Mayusupovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.89217

Kalit so‘zlar:

intellektual salohiyat innovatsion rivojlanish ilm-fan taraqqiyoti ayol ma’naviyati optatsiya kasb-hunar ta’limi situatsion xonalar ijtimoiy faollik iqtisodiy erkinlik kelajak tarbiyachisi.

Annotasiya

Kasb tanlash katta hayot yo‘lidagi eng muhim qadamdir. Inson hayotda o‘zini baxtli his etishi uchun albatta, atrofida mehribon, sevimli insonlar bo‘lishidan tashqari, o‘z qiziqishi bilan amalga oshiradigan kasb-hunarga ham ega bo‘lishi zarur. Asosiysi, yoshlar to‘g‘ri yo‘lni tanlash o‘z hayotlari oldida juda katta mas’uliyatli vazifa ekanligini yaxshi bilishlari va faqatgina qiziqishlari yuqori bo‘lgan kasb sirlarini egallashga intilishlari zarur.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 2 –to’plam May 2025

Sahifa: 320

“QIZ BOLANING KASBI-UNING BAXTI”

Usmanova Guljahon Mayusupovna

Quvasoy shahar 7-umumiy oʻrta ta'lim maktabi amaliyotchi psixologi

Annotatsiya:

Kasb tanlash katta hayot yo‘lidagi eng muhim qadamdir. Inson

hayotda o‘zini baxtli his etishi uchun albatta, atrofida mehribon, sevimli insonlar

bo‘lishidan tashqari, o‘z qiziqishi bilan amalga oshiradigan kasb-hunarga ham ega bo‘lishi

zarur. Asosiysi, yoshlar to‘g‘ri yo‘lni tanlash o‘z hayotlari oldida juda katta mas’uliyatli

vazifa ekanligini yaxshi bilishlari va faqatgina qiziqishlari yuqori bo‘lgan kasb sirlarini

egallashga intilishlari zarur.

Kalit so’zlar

: intellektual salohiyat, innovatsion rivojlanish, ilm-fan taraqqiyoti,

ayol ma’naviyati, optatsiya, kasb-hunar ta’limi, situatsion xonalar, ijtimoiy faollik,

iqtisodiy erkinlik, kelajak tarbiyachisi.

KIRISH

Bugungi zamonaviy va ilm-fan innovatsion rivojlanib kelayotgan bir vaqtda

insonlar juda ko‘p axborot almashishi orqali fikr mulohazalarini yangilab boradi. Bu

davrda xotin qizlar o‘zlarining faolliklari, intellektual salohiyati bilan ustun bulib

kelishgan, ayniqsa, bilimli va ma’rifatli ayollarning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish,

ilm-fan taraqqiyoti va innovatsion rivojlantirish jarayonlaridagi o‘rni beqiyos. SHarq

ayollari azaldan ibo-hayosi bilan birga mehnatsevar va oilaparvar bo‘lib kelishgan. Ular

hardoim oilasi va farzandlari, ularning farovonligi uchun bor kuch qudrati bilan, har

qanday ishchi kasbni egallab ma’suliyatni o‘z zimmasiga olganlar. Ayolning ilmiy

salohiyati va maxoratli kasb egasi bo‘lishi oilada, ijtimoiy hayotda - jamiyatda barqarorlik,

xamjixatlikning mustaxkam bo‘lishining asosidir. Kelajagimiz bo‘lgan yoshlarimizning

kim bo‘lib etishishi millatimiz tarbiyachilariga bog‘liq. Buyuk mutafakkirlar

e’zozlaganidek “Ayol ilmli bo‘lsa-millat ilmli bo‘ladi”.

Mamlakatimizda mazkur masalaga alohida va davlat siyosati darajasida e’tibor

qaratilib

kelmoqda.O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining

“Jamiyatda


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 2 –to’plam May 2025

Sahifa: 321

ijtimoiyma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, maxalla institutini yanada qullab-quvvatlash

hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish choratadbirlari

tug‘risida”gi 2020-yil 18-fevraldagi PF 5938-son Farmoni bunga misol bo‘ladi.

Jamiyatimizning aksariyat qismini yoshlar tashkil etadi va o‘spirin yoshlar fe’l

atvorining o‘ziga xos tomonlaridan biri ular bugunni va ertangi kunni kelajak nuqtai

nazardan qabul qiladi. Bu davr 11-12 yoshdan 14-18 yoshga tug‘ri keladi va ilmiy tilda

“Optatsiya” (lotincha so‘z: tanlov, xoqish) deb nomlanadi va bunda uspirin bilimga

chanqoqligi, xar xil kasblarga qiziqa boshlaydi va o‘zini professinal sifatida tasavvur

qiladi. davrining sodir yuqori darajasi sodir buladi. Demak bu davrda yoshlarimizni

vaqtini bekor o‘tkazmasdan ularni biror foydali kasbga yo‘naltirish lozim bo‘ladi. Shu

o‘rinda davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohatlarning yana bir asosini keltirib

o‘tish joizdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI

VA METODLAR

Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik,

izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. O‘quvchi qizlarni kasbga

yo‘naltirish yo‘lidagi olib borilayotgan islohatlar haqida qisqacha tahlil olib borildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari metodoligik jihatdan

olindi.

MUHOKAMA VA

NATIJALAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 - yil 6 - noyabrdagi PF-6108 son

“O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim – tarbiya va ilm-fan sohalarini

rivojlantirish chora-tadbirlar tug‘risida” gi Farmonida umumta’lim muassasalari

bitiruvchilari o‘z iqtidori va qiziqishlariga mos kasbni tanlab olishi, mehnat bozorida

munosib o‘rnini topishi, kasbiy faoliyatida muvofaqqiyatga erishishi uchun “Kasbga

yo‘naltirish tizimi” ni joriy etish asosida o‘quvchilarni kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlar

bazasini yaratish, ularni ma’lum kasbga yo‘naltirishga alohida e’tibor berilgan. Kasb-

hunar maktablarida umumta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun kasbga yo‘naltirish

bo‘yicha “situatsion xonalar” tashkil etilishi yoshlarning kasb egallashda toʻg‘ri yo‘lni

tanlashiga dasturi amal bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa kasb-hunar maktablarida dual


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 2 –to’plam May 2025

Sahifa: 322

tizimini joriy etish natijasida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan o‘quvchilarga ish

beruvchi bilan tuzilgan muddatli shartnomaga muvofiq ish haqi to‘lanishi bugungi bozor

iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlikka yo‘l ochiladi va ularning iqtisodiy erkinligini

ta’minlab boradi.Mazkur Farmonda aynan 15-16 yoshdagi ug‘il-qizlarni ishchi kasbga

yo‘naltirib o‘qitish hozirgi shiddat bilan o‘tib ketayotgan zamonda farzandlarimiz katta

hayotga ertaroq tayyorlab borish nazarda tutilgan.

Mamlakat Prezidenti SH.M. Mirzieyov “Agar biz farzandlarimizni sog‘lom va

barkamol, Vatanga sodiq insonlar etib voyaga etkazish niyatida ekanmiz, avvalo, xotin-

qizlar uchun ilm-fan va kasb-hunar yo‘llarini keng ochib berishimiz kerak” deb

ta’kidlaganidek, rivojlanib kelayotgan jamiyatimizda qizlarimiz yaxshi bir kasb egasi

bo‘lsa xayotida iqtisodiy va ma’naviy qaramlik tushunchasidan mutlaqo uzoq bo‘ladi.

Taraqqiyparvar ma’rifatparvar alloma A.Avloniy “Tarbiyani kimlar qilur? Qayda

qilinur?” degan savolga “Birinchi uy tarbiyasi. Bu ona vazifasidur” deb javob bergan edi.

Oilada farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan onalarimiz avvalo o‘zlari ilmlibilimli va

biror kasb egasi bulmog‘i nazarda tutilgan. Dono xalqimiz “Ayol ilmli bo‘lsa-ko‘pchilik

ilmli bo‘ladi” deb bejiz aytmagan. Ilmli ona tarbiyasidagi bir necha farzandlar jamiyatimiz

koriga yaraydigan etuk ma’rifatli, salohiyatli kadrlar bo‘lib etishadi. Ayniqsa

yurtboshimiz “Oilani ham, jamiyatni ham birlashtirib, unga fayzu barokat kiritadigan,

xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar

ham aslida mu’tabar ayollardir” deb ta’kidlagan.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi kunda biz istiqomat qilayotgan

jamiyatda aynan yuqoridagi g‘oyalar ilgari surilib yosh qizlarimiz umuman yoshlarimiz

uchun yangi imkoniyatlar yaratilib kelmoqda. Qabul qilinayotgan hukumat Farmon va

qarorlarning ijrosi mamlakat xotin-qizlarining oilada, davlat va jamiyatdagi faolligini

oshirishga qaratilganligi ko‘p jihatdan ayollarning ongi, tafakkuri, intellektual salohiyati

darajasini ko‘tarayotganligi ko‘rsatmoqda. Ularning ilm-fan sirlarini puxta egallashlari,

shu tariqa o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini jamiyat taraqqiyoti yo‘lida

sarflanayotganliklari xalq, millat, mamlakat kelajagi uchun xizmat qilmoqda. Bizning


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 2 –to’plam May 2025

Sahifa: 323

oldimizda turgan muxim vazifa ularni tug‘ri yo‘naltirish, taqdim etilayotgan farmoyishlar,

qarorlar, huquqiy – me’yoriy hujjatlardan o‘z vaqtida va tug‘ri foydalanishga o‘rgatishdir.

Zero, bugungi davlatimiz tomonidan olib borilayotgan har bir islohatda ularning manfaati

aks ettirilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI :

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 - yil 6 - noyabrdagi PF-

6108 son “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim – tarbiya va ilm-fan sohalarini

rivojlantirish chora-tadbirlar tug‘risida” gi Farmonida

2.

“Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, maxalla institutini

yanada qullab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga

olib chiqish chora-tadbirlari tug‘risida”gi 2020 yil 18 fevraldagi PF 5938son Farmoni

3.

O‘zbekiston Respublikasi PrezidentiSH.Mirzieyovning Oliy Majlisga

Murojaatnomasi // Xalq so‘zi 2020 y. 30 dekabr

4.

A.Avloniy –tanlangan asarlar 2 jildlik 2-jild.-T.:Ma’naviyat 1998.-B-37

5.

Pulatov, Sh., Madalimov, T., Mullajonov, I., Qodirov, M., & Valiyev, L.

(2020). Some Characteristics of Modern Indian Philosophy. International Journal of

Multidisciplinary Research and Publications, 2(11), 47-49.

6.

Pulatov Sh.N.Sankhya-ancient Indian philosophical school. //PUSTAK

BHARATI RESEARCH JOURNAL// JAN-June. ISSUE Toronto, Canada. No: 1-

2, 2020.

7.

PULATOV SH.N. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Hindistondagi

ijtimoiysiyosiy vaziyat. Academic Research In Educational Sciences. Volume 1. 2020

468474 P.

8.

Po‘latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma’rifatga qo‘shgan

хissasi.// “SCIENCE AND EDUCATION” Scientific journal Volume 1, Special issue

2020 136-144 P.