Mualliflar

  • Xolov Roʻziboy Ashurovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.89218

Kalit so‘zlar:

ta’lim ta’lim muassasasi o’qituvchi pedagogik psixologik psixokorreksiya korreksion pedagogika jamoa tarbiya invidual e’tibor.

Annotasiya

Maktabda sog'lom muhitni shakillantirish muhimdir, chunki bu o'quvchilar va xodimlar uchun salomat va samarali o'rganish muhitini ta'minlashda katta ahamiyatga ega. Bu maqolada dolzarb masalalar, ularning echimlari va muammolari ko'rsatiladi. 

Maktabda sog'lom muhitni shakillantirish uchun toza havo, suv, taomlar, toza vaqt o'tkazish joylari, o'quvchilarning salomatligi va sport mashg'ulotlari uchun masofaviy imkoniyatlar kritikdir. Bu faktlar o'quvchilarning o'zlarini yaxshi his qilishlari, o'rganishlarini oshirishlari va salomatliklarini saqlashlari uchun zarurdir.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 2 –to’plam May 2025

Sahifa: 315

MAKTAB JAMOASI OʻRTASIDA PSIXOLOGIK SOGʻLOM MUHITNI

SHAKLLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI

Xolov Roʻziboy Ashurovich

Surxondaryo viloyati Denov tumani 59-maktab amaliyotchi psixologi

Annotatsiya.

Maktabda sog'lom muhitni shakillantirish muhimdir, chunki bu

o'quvchilar va xodimlar uchun salomat va samarali o'rganish muhitini ta'minlashda katta

ahamiyatga ega. Bu maqolada dolzarb masalalar, ularning echimlari va muammolari

ko'rsatiladi.

Maktabda sog'lom muhitni shakillantirish uchun toza havo, suv, taomlar, toza vaqt

o'tkazish joylari, o'quvchilarning salomatligi va sport mashg'ulotlari uchun masofaviy

imkoniyatlar kritikdir. Bu faktlar o'quvchilarning o'zlarini yaxshi his qilishlari,

o'rganishlarini oshirishlari va salomatliklarini saqlashlari uchun zarurdir.

Kalit so’zlar:

ta’lim, ta’lim muassasasi, o’qituvchi, pedagogik, psixologik,

psixokorreksiya, korreksion pedagogika, jamoa, tarbiya, invidual, e’tibor.

KIRISH

Pedagogik jamoalarda psixologik muhitning ijobiyligi ta’lim-tarbiya sifatini

yaxshilashga xizmat qiluvchi muhim komponentlardan biri ekanligi nazariy va amaliy

jihatdan inkor etib bo`lmaydigan faktdir. Jamoada ijobiy psixologik muhit mavjud bo`lsa,

nafaqat pedagogik majburiyatlar, balki har qanday mehnat jamoasi oldiga qo`yilgan

vazifalar sifatli bajarilishiga zamin hozirlanadi. Masalaning yana bir muhim tomoni ham

borki, bu ham bo`lsa, mehnat jamoasi a’zolarining o`z kasbidan qoniqqanligidir. Chunki,

jamoada ijobiy muhit bo`lishi uchun, jamoa azolari o`zidan, ayniqsa, o`z kasbidan

qoniqqan bo’lishlari zarur.

Psixologlar pedagogik jamoa ruhiy muhitining asosiy xususiyatlari sifatida quyidagi

ko'rsatkichlami ajratib ko’rsatadilar:

jamoa a’zolarining o'zaro munosabatlaridan, mehnat jarayonidan,

rahbarlikdan qanoatlanganligi;


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 2 –to’plam May 2025

Sahifa: 316

qanday kayfiyatning ustunligi;

rahbar va ular qo’l ostidagilaming bir-birini o’zaro tushunishi;

jamoani boshqarish va o’zini o’zi boshqarishda jamoa a’zolarining ishtirok

etish darajasi;

uyushqoqlik, ongli intizom, ishning unumdorligi. Bu har qanday jamoaga, shu

jumladan pedagogik jamoaga ham taalluqlidir. To’g’ri, bolalar jamoaiarining ruhiy muhiti

o’ziga xos xususiyatlarga ega.

Pedagogik jamoaning asosiy beigilari:

Ichki, ishonchli xotirjamlikning namoyon bo’lishi, doimiy tetiklik, harakat

qilishga tayyorlik. Jamoa har bir a’zosida o’z qadr-qimmatini bilish tuyg’usining

mavjudligi, o’z jamoasi bilan faxrlanish.

Jamoaning birligi, uning a’zolarining do’stona birlashishi. Ichki

munosabatlarda ayrim tarbiyalanuvchilami tanqid qilish va jazolash mumkin, lekin bunday

ta’sir ko’rsatishning maxsus shakllaridan tashqarida har bir tarbiyalanuvchiga tegishli baho

berish, uni begonalar oldida himoya qilish, unga hech qanday ozor etkazmaslik.

Jamoa barcha a’zolarining himoyalanganligi. Har bir tarbiyalanuvchi, u

qanchalik zaif, kuchsiz bo’lmasin, o ‘zining yakkaligi yoki himoyasizligini his etmasligi

kerak.

Jamoa barcha a’zolarining oqilona va foydali faolligi.

Harakatlarda va so'zlarda o’zini tuta bilish.

Pedagogik jamoalarda psixologik muhit masalasi bir tomondan muayyan mehnat

jamoasidagi psixologik muhit sifatida talqin qilinishi mumkin, ikkinchi tomondan

pedagogik jamoaning o`ziga xosliklaridan kelib chiqib, murakkab ijtimoiy psixologik va

pedagogik jarayonlar zamirida yuzaga keladigan, pedagog shaxsidagi individual

xususiyatlar turli psixologik fenomenlarga boy serqirra ilmiy-amaliy tadqiqodlar uchun

ob`ektdir. Jamoani ijtimoiy-psixologik muhiti - guruhning eng ajralmas psixologik

xarakteristikasidir, bu guruhning birgalikdagi hamkorlikdagi faoliyati bilan bevosita

bog’liq bo’lgan alohida ob’ektlarni (hodisalarni, jarayonlarni) aks ettirishning o’ziga xos


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 2 –to’plam May 2025

Sahifa: 317

xususiyatlari bilan bog’liq ijtimoiy jarayondir. Guruh faoliyatining samaradorligi

jamoaning ijtimoiy- psixologik muhiti holatiga bog’liq.

Jamoadagi ijtimoiy-psixologik muhit Sog’lom ijtimoiy- psixologik iqlimning eng

muhim belgilari:

-

guruh a’zolarining bir-biriga bo’lgan ishonchi va yuqori talabchanligi;

-

o’zaro do’stona va konstruktiv tanqid qilish;

-

butun jamoaga tegishli masalalarni muhokama qilishda o’z fikrini erkin ifoda

etish;

-

menejerlarning bo’ysunuvchilarga bosimining yo’qligi va ularning guruh

uchun muhim bo’lgan qarorlarni qabul qilish huquqini tan olishlari;

-

jamoa a’zolarining vazifalari va ularni amalga oshirishdagi ishlar holati

to’g’risida yetarli darajada xabardorligi;

-

jamoa a’zolarida jamoaga tegishli bo’lganidan mamnunlik hissiyoti;

-

jamoaning har qanday a’zosida ko’ngilsizlik holatini keltirib chiqaradigan

holatlarda

(aldanish, umidsizlik, rejalarni buzish) yuqori darajada hissiy ishtirok etish va o’zaro

yordam;

guruhning har bir a’zosi tomonidan ishlarning holati uchun javobgarlikni o’z

zimmasiga olish va boshqalar.

Zamonaviy g‘oyalarga ko‘ra, sog‘lom turmush tarzi bu - inson hayotining kundalik

tipik shakllari va usullari hisoblanadi. Sog‘lom turmush tarzi bolalar salomatligini saqlash

va yaxshilashga qaratilgan muhim omil hisoblanadi. Kun tartibiga rioya qilish o‘qish va

dam olishni to‘gri ovqatlanishni, ochiq havoda bo‘lishni yo‘lga qo‘yilishi sog‘lom turmush

tarzini amalga oshirishga yordam beradi, Har qanday sog‘lom turmush tarzining markazida

tamoyillar, ya’ni shaxs tomonidan amal qiladigan xulq-atvor qoidalari yotadi.

Biologik tamoyillarda sog‘lom turmush tarzi yoshga bog‘liq bo‘lishi nazarda

tutilgan. Biologik tamoyillarda inson energiya bilan ta’minlangan, mustahkamlangan,


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 2 –to’plam May 2025

Sahifa: 318

ritmik, mo‘tadil bo‘lishi kerak deyilsa, ijtimoiy tamoyillarda shaxsni turmush tarzi estetik,

axloqiy, kuchli irodali, o‘zini o‘zi cheklashga odatlantirishi kerak deyiladi. Bu tasnif shaxs

va tabiatning birligi atrofmuhitning biologik va ijtimoiy tamoyillarga asoslanshi, sog‘lom

turmush tarzi va hayotiy harttiharakatlar asosida inson hayotini oqilona tashkil etishdan

iboradir

XULOSA:

Maktabda sog'lom muhitni shakillantirishning dolzarb masalalari uning

muhimligini ko'rsatadi. Bu masalalar ustida amaliy harakatlar va konsensusga erishish

uchun jamoatchilikning birgalikda ishlashi zarurdir.

O`qituvchi alohida e’tibor talab

qiladigan obyektdir. Amaliyot shuni ko’rsatadiki, odatda o’qituvchilar psixolog bilan

hamkorlik qilishga tayyor bo’ladilar. Hamma gap psixolog o’zini qanday tutishiga borib

taqaladi. Bunda psixologning o’qituvchilarga nisbatan egallaydigan pozisiyasi juda muhim

rol o’ynaydi.

Psixolog pozisiyasining asosiy komponentlari quyidagilardan iborat:

-

pedagog bilan bo’lgan munosabatga ustanovka;

-

pedagoglarni qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilishga ustanovka

-subyekt subyekt munosabatlaridan iborat tenglik va hamkorlik xarakteridagi

munosabatlarga ustanovka.

Ta`lim jarayonida shunday pozitsiya pedagoglar bilan bo’lgan konstruktiv

hamkorlikni ta’minlay oladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Djurayev R. Ta’lim menejmenti. T.: Voris-nashriyot. 2006 yil.

2.

Turopovna, Baratova Nasiba. "Pedagogik jamoa va uni shakllantirish yo’llari,

uslublari." integration of science, education and practice. Scientific-methodical journal 3.5

(2022): 283290.

3.

Abdusamatova, Osiyo Olimjanovna, and Mekhriddin Mukhiddin Ugli

Xusniddinov. "Pedagoglar jamoasini boshqarishning psixologik xususiyatlari." Academic

research in educational sciences 2.Special Issue 1 (2021): 343-348.

4.

G’oziyev, E. (2010). Umumiy psixologiya. Yangi asr avlodi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 2 –to’plam May 2025

Sahifa: 319

5.

Davletshin, M. (2002). Umumiy psixologiya. TDPU.

6.

Исмоиловна А. З., Нарзуллаевна К. Г. (2022). В процессе формирования

личности, преодоления эмоционального состояния в семейном окружении.

Евразийский журнал гуманитарных и социальных наук, 6, 31-33.

7.

Ismoilovna, A. Z. (2021). Methodology of organizational capacity

development in gifted children. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary

Research Journal, 11(10), 1957-1961.

8.

7Ismoilovna, A. Z. (2022). Prerequisites for identifying gifted children and

shaping their abilities. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research

Journal, 12(6), 308311.

9.

Ismoilovna, A. Z. (2023, February). MAKTABGACHA YOSHDAGI

BOLLARDA BILISH JARAYONLARINING RIVOJLANISHI. In Proceedings of

International

Conference on Modern Science and Scientific Studies (Vol. 2, No. 2, pp. 204-210).

10.

Ismoilovna, A. Z. (2023). OSMIRLARDA AGRESSIV XULQ-ATVOR.

"GERMANY"

MODERN

SCIENTIFIC

RESEARCH:

ACHIEVEMENTS,

INNOVATIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS, 9(1).