Mualliflar

  • Xabibullayeva Faridaxon Axmadjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.89222

Kalit so‘zlar:

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Xalq ta’limi vazirligi o’smirlar xavotirlanish holatlarini bartaraf etish bo’yicha qator qaror va farmonlarni qabul qilgan.

Annotasiya

O’smirlik davri ontogeneztik rivojlanishda  psixoemotsional o’zgarishlar davri xisoblanadi. Bu vaqtda, ularning shaxsi xususiyatlari shakllana boshlaydi, hayotiy qadriyatlari  almashinishini his qiladilar. Bu jarayonlar, ularda o’z shaxslarini, ijtimoiy rollarini, oilaviy va maktabdagi munosabatlarni qayta ko’rib chiqadilar, bu esa ularning psixoemotsional holatlarini turli darajada ta’sir etishiga olib keladi O’smirlik davrida nerv tizimi va psixikasi oliy jarayonlar va xulq-atvorning o’zgarishlari bilan moslashishi talab qilinadi.  


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 2 –to’plam May 2025

Sahifa: 301

O’SMIRLIK DAVRIDA XAVOTIRLANISH XUSUSIYATLARINI IJTIMOIY

PSIXOLOGIK DETERMINANTLARI

Xabibullayeva Faridaxon Axmadjon qizi

Andijon Davlat Universitetida

Psixologiya ta'lim yoʻnalishi 2-kurs magistranti

O’smirlik davri ontogeneztik rivojlanishda psixoemotsional o’zgarishlar davri

xisoblanadi. Bu vaqtda, ularning shaxsi xususiyatlari shakllana boshlaydi, hayotiy

qadriyatlari almashinishini his qiladilar. Bu jarayonlar, ularda o’z shaxslarini, ijtimoiy

rollarini, oilaviy va maktabdagi munosabatlarni qayta ko’rib chiqadilar, bu esa ularning

psixoemotsional holatlarini turli darajada ta’sir etishiga olib keladi O’smirlik davrida nerv

tizimi va psixikasi oliy jarayonlar va xulq-atvorning o’zgarishlari bilan moslashishi talab

qilinadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Xalq ta’limi vazirligi o’smirlar xavotirlanish

holatlarini bartaraf etish bo’yicha qator qaror va farmonlarni qabul qilgan. Masalan, 2017

yil 30 sentyabrdagi PQ-3304-son qarori Shuningdek, 2023 yil 11 sentyabrda qabul qilingan

PQ-300-son “O’zbekiston-2030” strategiyasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish va

o’smirlarning ma’naviy-axloqiy rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar

belgilangan.

Bu qaror va farmonlar doirasida, o’quv-tarbiya jarayonida o’smirlarning psixologik

holatini kuzatish, xavotirlanish darajasini aniqlash va ularga zarur psixologik yordam

ko’rsatish bo’yicha maxsus dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirishga harakat

qilmoqda.

O’smirlar oilaviy va ijtimoiy muammolar, maktabdagi muvaffaqiyatsizliklar,

do’stlar bilan aloqalardagi muammolar,ommaviy axborot vositalari orqali ko’rsatilayotgan

manipulyativ ta’sirlar kelajakka nisbatan munosabatlarini o’zgarishi bilan stress va


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 2 –to’plam May 2025

Sahifa: 302

dezadaptatsiya xolatlarini shakllanishi bevosita va bilvosita ularda xavotirlanish

darajasining ortishiga sabab bo’lishi mumkin.

O’smirlik davri xavotirlanishi muammosi zamonaviy psixologiyaning eng dolzarb

muammolaridan biri hisoblanadi, chunki barqaror shaklga ega bo’lgan xavotirlanish

nevrozlar va deviant xatti-harakatlarning sababi bo’ladi. Bu holat o’z-o’zini baxo berish

darajasining pasayishiga va natijada ta’lim samaradorligining pasayishiga, befarqlikka,

o’qituvchilar va ota-onalar bilan nizolarga va o’zlarining foydasizligini his qilishga olib

keladi.

O’smirlik davri

—dunyoqarashining shakllanishi va xavotirlanish hissining paydo

bo’lish davri. Ushbu yoshda o’ziga, jismoniy xususiyatlarga bo’lgan e’tibor ortadi,

atrofdagilarning fikriga reaktsiya o’zgaradi, xushmuomalalik kamayadi. O’smirlarda

rivojlanish bilan bog’liq xavotirlik paydo bo’ladi, bu rivojlanishdagi disproporsiyalar yoki

kechikkan yoki erta rivojlanish bilan bog’liq. Xavotirlik holati o’smirlik davrining

inqirozidan kelib chiqadi va o’smirning shaxsiyatini buzadi.

Psixonaliz vakillari xavotirlanish darajasining ortishi ning asosida mavjud ehtiyoj,

uni amalga oshirish istagi va jamiyat tomonidan rad etish o’rtasidagi ichki konflikt yotadi,

deb hisoblaydi. Xulq-atvor nazariyalarini qo’llab-quvvatlovchilar xavotirlanish

darajasining ortishi ni og’riqli, qo’rqinchli stimullarga nisbatan shartli-reflektor reaksiyasi

sifatida ko’radilar. Kognitiv yo’nalish izdoshlari xavotirlanish darajasining ortishi ning

patogenezini xato, buzilgan fikrlash tasvirlarini (muammoni ortiqcha yuksaltirish)

shakllantirish sifatida aniqlaydilar.

Bolalar va o’smirlar o’rtasida yuqori darajadagi xavotirlanish darajasining ortishi

ning keng tarqalgan klassifikatsiyasi xronologik hisoblanadi. Har bir kasallik turi o’ziga

xos boshlanish yoshiga ega bo’lib, alomatlar uzoq vaqt davomida saqlanadi va bir-biriga

qo’shiladi. Xavotirlanish darajasining ortishi ning to’rtta turi mavjud: • Primitiv reaktsiya.

Sensitiv davr – chaqaloqlik. Xavotirlanish darajasining ortishi kutilmagan sezgir

stimulyatsiya: ovoz, yorug’lik, zarba ta’sirida yuzaga keladi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 2 –to’plam May 2025

Sahifa: 303

• Ayrilish xavotirligi. Yosh – erta bolalik. Bu holat onadan, otadan, yaqinlardan,

tanish muhitdan ajralish qo’rquvi tufayli yuzaga keladi. • Boshqalardan qo’rqish. Paydo

bo’lish davri – maktabgacha yoshdagi bolalik. Ijtimoiy munosabatlar murakkablashadi,

bola tarbiyachilar va tengdoshlari bilan muloqot qiladi. Kontaktlarning xilma-xilligi va

ularning emosional rang-barangligi xavotirlanish darajasining ortishi ni keltirib chiqaradi.

• Voqealar va ob’ektlardan qo’rqish Bu qorong’ulik, haqiqatsiz narsalar

(arvohlar, yovuz ruhlar), o’lim, kasalliklar, ijtimoiy aloqalar bilan bog’liq qo’rquvlar bilan

ifodalanadi.

Yuqori darajadagi xavotirlanish darajasining ortishi ning alomatlari Klinik rasm bola

voyaga yetishi bilan o’zgaradi, vaqt o’tishi bilan alomatlar yanada murakkablashadi va

xilma-xillashadi.

Xavotirlanish

— bu odamning ichki buzilishlar, xavf-xatarlar yoki stressga javoban

paydo bo’ladigan hisslari . Usmirlar davrida bu holat o’zgacha va ayniqsa murakkab

bo’lishi mumkin, chunki bu davrda yurakdan og’ir va jihatlardan qat’iy ishlamaslik

ta’sirida psixologik o’zgarishlar, eng kam ishonch va kelajakka oid xavotirlar kuchayadi

Xavotirlanish darajasining ortishi hayajonlilik, giperaaktivlik yoki umidsizlik,

apatikaning birga kelishi bilan kuzatiladi. Qo’rquv shakllanadi – xavotirlanish darajasining

ortishi manbalari aniqlanadi.

O’smir voyaga yetgan sari xavotirlanish darajasining ortishi ni yanada anglab etadi,

mustahkamlanadi va nevrotik-xavotirlanish darajasining ortishiga olib keladi . Agar stress

va ziddiyatli vaziyatlar bo’lmasa, keskin xususiyatlar turli xulq-atvor va kognitiv usullar

bilan kompensatsiyalanadi: omma oldida chiqishlardan qochish, yolg’izlikni jamoadan

afzal ko’rish, xavotirlanish darajasining ortishini keltirib chiqaradigan vaziyatlarni

ahamiyatsiz deb bilish.

XULOSA.

O’smirlik davri, o’ziga xos ijtimoiy va psixologik o’zgarishlar davri bo’lib, bu

davrda xavotirlanish holatlari ko’pincha muayyan ijtimoiy va psixologik sharoitlarda


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 2 –to’plam May 2025

Sahifa: 304

shakllanadi. Xavotirlanishning shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar qatoriga oila,

maktab va ijtimoiy doira kiradi. Shu bilan birga, o’smirlarning o’zini qadrlash,

shaxsiyatining rivojlanishi va ijtimoiy muhitga moslashuvchanlik darajasi ham

xavotirlanish darajasini belgilovchi muhim omillar hisoblanadi.

Xavotirlanish va uning psixologik asoslarini o’rganish, psixologiya va ijtimoiy

psixologiya sohalarida muhim ilmiy masala bo’lib, o’smirlarning psixologik holatini

yaxshiroq tushunish va ularning ijtimoiy muhitga integratsiyasini samarali tarzda qo’llab-

quvvatlash imkonini beradi. Xavotirlanishning turli shakllari va ularni aniqlash usullari,

xususan, diagnostika va psixokorrektsiya metodlari bu muammoni hal etishda asosiy vosita

bo’lib xizmat qiladi.

Foydаlanilgаn аdabiyotlar ro’yxаti

1.

“O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining faoliyatini takomillashtirish

to‘g‘risida” PQ-3304-son qarori 2017 yil 30 sentyabr

2.

Jumayev H. X O‘smirlarda stressli holatlarda psixologik yordam Tadqiqotlar.uz

2024

3.

Karimova V.M Ijtimoiy psixologiya Toshkent Universitet 2012y

4.

Jumanova N O‘smirlarda stressning paydo bo‘lishi va uning oldini olish va

bartaraf etish usullari Pedagogika va psixologiya zamonaviy ta’limda 2023

5.

Internet manbalari.