Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 278
XORIJIY TILLARNI O’QITISHNING DOLZARB MASALALARI VA
RIVOJLANISH TAMOYILLARI
Ilyosova Zebiniso Ilhomjon qizi
Farg‘ona Davlat Universiteti
Chet tillari fakulteti, Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili
1-kurs talabasi
Ilmiy rahbar:
Karimjonova Shahloxon Ravshanjonovna
Annotatsiya
: Ushbu maqolada chet tillarini o‘qitishning hozirgi zamon uchun
dolzarbligi, mavjud muammolar va rivojlanish tamoyillari tahlil qilinadi. Shuningdek,
xorijiy tillarni o‘qitishdagi zamonaviy yondashuvlar, raqamli texnologiyalarni joriy etish,
ularning
ta’limdagi
o’rni,CLIL
yondashuvi,psixolingvistik
tamoyillar
va
o‘qituvchilarning malakasini oshirish masalalari ko‘rib chiqiladi
Kalit
so‘zlar
:
xorijiy
til,
ta’lim,
raqamli
texnologiya,
malaka
oshirish,psixolingvistik tamoyillar, metodika,CLIL, integratsiya.
Kirish
Globallashuv jarayoni insoniyat hayotining har bir jabhalariga, xususan, ta’lim
sohasiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda.Ilm-fanning rivoji,xalqaro aloqalarning kengayishi
xorijiy tillarni o’rganishni zamonaviy jamiyat hayotida muhim o’rin egallashiga olib keldi.
Suningdek, xorijiy tillarni o‘rganish zamonaviy jamiyat a’zosi bo‘lishning muhim
shartlariga aylanmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ilgari
surilgan ta’lim sohasini isloh qilish bo‘yicha ilgari surilgan tashabbuslari xorijiy tillarni
o‘rganish va o‘qitishning yangi darajaga ko‘tarilishiga xizmat qilmoqda
Asosiy qism
1. Xorijiy tillarni o‘qitishning dolzarbligi
Hozirgi zamon sharoitida chet tillarini bilish quyidagi talablar bilan izohlanadi:
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 279
Xalqaro integratsiya: Insonlar o‘rtasida madaniy, ilmiy, iqtisodiy va siyosiy
aloqalarni kengaytirish uchun xorijiy tillarini bilish zarur hisoblanadi.
Axborot resurslaridan foydalanish: Internetdagi ilmiy, texnik va madaniy
manbalarning ko’pchiligi ingliz tilida taqdim etilgani sababli bu tilni bilish ilmiy
tadqiqotlar uchun muhim ahamiyatga ega .
Xalqaro ta’lim dasturlariga qatnashish: Chet tilini yaxshi egallagan yoshlar nufuzli
xorijiy universitetlarda tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ta’lim imkoniyatlari:Chet tilini bilgan o’quvchilar xorijiy grant va stipendiyalardan
samarali foydalanishi mumkin.
Prezident qarorlari asosida xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlar
amalga oshirilmoqda:
Xorijiy til o‘qituvchilari uchun milliy sertifikat tizimi joriy qilindi.
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limdan boshlab xorijiy tilni o‘qitish yo‘lga
qo‘yildi.
IELTS, CEFR kabi xalqaro standartlar asosida bilim baholash tizimi ishlab
chiqilmoqda.
2. Xorijiy tillarni o‘qitishda dolzarb muammolar
O‘qituvchilarning metodik saviyasi har xil;
Ta’lim resurslari va jihozlar tanqisligi;
O‘quvchilarning motivatsiyasi pastligi;
Til muhitining sun’iyligi.
3. Rivojlanish tamoyillari
CLIL (Content and Language Integrated Learning): Til va boshqa fanlar
integratsiyasida o‘qitish uslubi chet tajribalarida samarali natijalar bermoqda .
Raqamli ta’lim vositalari: Duolingo, Quizlet, BBC Learning English,Ibrat Academy
kabi platformalar xorijiy tilni o‘rganishda interaktiv va mustaqil ta’lim imkonini yaratadi.
Kichik yoshdan o‘rgatish: Psixolingvistik tadqiqotlarga ko‘ra, kichik yoshdagi
bolalar tilni o‘zlashtirishda yuqori qobiliyatga ega bo‘ladi .
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 280
O‘qituvchilarning malakasini oshirish: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarorlari asosida xorijiy til o‘qituvchilarining muntazam ravishda
malakasini oshirish yo‘lga qo‘yilgan .
Xulosa:
Xorijiy tillarni o‘qitish bugungi kundagi global ehtiyojlarning ajralmas
qismidir. Mazkur jarayonda tizimli yondashuv, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish,
o‘qituvchilarni muntazam tayyorlash va o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish eng
muhim vazifalardan hisoblanadi. Kelgusida bu yo‘nalishdagi yutuqlar nafaqat ta’lim
sifatini, balki mamlakatning xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini ham oshiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori, PQ–2909-son, 2017-yil 6-dekabr.
Crystal, D. (2003). English as a Global Language. Cambridge University Press.
Coyle, D., Hood, P., & Marsh, D. (2010). CLIL: Content and Language Integrated
Learning. Cambridge University Press.
Lightbown, P.M., & Spada, N. (2013). How Languages are Learned. Oxford
University Press.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-fevraldagi “Xorijiy tillarni o‘qitish tizimini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.