Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 255
PSIXOLOGIK TRENING O’TKAZISH VA UNING AHAMIYATI.
Kasbayeva Raushan Djoldasbayevna
Ellikqal'a tumani 34-umumiy o'rta ta'lim maktabi psixologi
Aygul Turimova Maxsedbayevna
Qoraqalpog’iston Respublikasi Ellikqal’a tumani 51-maktab psixologi
Anotatsiya:
Ushbu maqola ta’lim muassasalarida psixologik treninglarni o’tkazish,
inson hayotida bunday treninglarni o’rni, inson hayotidagi muammolarni yechimi va
stresslardan chiqib ketishda psixologik treninglarni o’rni haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so’zlar:
Innovatsiya, innovatsion g’oyalar, psixologik trening, psixoterapevt,
psixoterapeya, ijtimoiylashuv, psixologiya, etnopsixologiya.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz fuqorolariga qarata
“Innovatsiya–bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan
boshlaydigan bo’lsak, uni aynan innovatsion g’oyalar, innovatsion yondashuv asosida
boshlashimiz kerak” degan fikrlari zamirida yoshlarni keng intellektual salohiyatga ega
qilishda ta’limning barcha sohalarida tub burilishlarni taqozo etadi.
Zamonaviy psixologiya sohalarining muammolaridan biri har tomonlama barkamol
shaxslarni tarbiyalash va jamiyatda o’z o’rnini topishiga ko’maklashish, malakalarini
rivojlantirish hisoblanadi. Bu boradagi ishlarni amalga oshirishda albatta, psixologik
treningni o’ziga xos o’rni mavjud bo’lib, hozirda mutaxassislar ya’ni maktab psixologlari
ijtimoiy-psixologik trening imkoniyatlaridan keng foydalanib kelmoqdalar desak,
mubolag’a bo’lmaydi. Natijada, shaxslararo munosabatlar orasida muloqot uslubining
o’zgarishi, muayyan kasbiy sohalardagi bilim, ko’nikma va malakalarning ortishi, rahbar,
menejer, tadbirkor, kadrlar menejeri, psixolog, murabbiyning faoliyati kabilarda, ayniqsa,
shiddatli sharoitlarda juda murakkab faoliyat turlarida yoshlarning peshqadamligi
muammoning asl mohiyatini tahlil qilishga imkoniyat yaratadi. Avvalo, trening-bu
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 256
odamning muloqot uslubini o'zgartirishga, uyg'unlashtirishga, kerakli ko'nikmalarni
singdirishga va boshqa odamlar bilan o'zaro munosabatlarida namoyon bo'ladigan yoki
ong osti xarakterga ega bo'lgan 6 qarama-qarshiliklarni hal qilishga qaratilgan yorqin,
hissiy jihatdan jadal o’quv faoliyat turi deb ta’kidlasak ham xato bo’lmaydi. Har kuni inson
shaxsiy va ishbilarmonlik aloqalari jarayonida yuzaga keladigan murakkab muammolarga
duch keladi. Ularni o'zlari hal qilish uchun ozchilikni boshqaradi. Zamonaviy
mashg'ulotlar odamlarning muloqot qobiliyatini to'g'rilaydi va odamga kundalik
tashvishlarda adashmaslikka yordam beradi. Bugungi kunda treninglar kompaniya
xodimlarining malakasini oshirish, ularga yangi ko'nikma va malakalarni o'rgatishning eng
mashhur usullaridan biridir. Bu biznes rentabelligini sezilarli darajada oshirishga yordam
beradi. Xodimlaringizni o'qitishga jo'natishdan oldin, siz mashg'ulotdan qanday natijalar
kutayotganingizni, shu vaqt ichida xodimlar aniq nimalarni o'rganishlari kerakligini aniq
tushunishingiz kerak
Bolalar bog'chasi tarbiyalanuvchisining psixologik va pedagogik xususiyatlarini
odatda o'qituvchi yozadi. Bunday ehtiyoj ko'pincha bola tibbiy-pedagogik komissiyaga
yuborilgan taqdirda paydo bo'ladi. Ba'zan bunday xususiyat bola yangi dastur yoki
texnikani sinovdan o'tkazadigan eksperimental guruhga boradigan bo'lsa kerak bo'ladi.Har
qanday psixolog psixologik fikrlarni yozish amaliyoti bilan shug'ullanishi kerak. Shunday
qilib, xulosa qat'iy formatga ega emas. Xulosa insonning psixologik holatining rasmini
ob'ektiv aks ettirishi va har bir mutaxassis taqdimot uslubini mustaqil tanlashi muhimdir.
Trening insonlarda mavjud bo’lgan xulq-atvori va faoliyatini boshqaruv modelini
qayta dasturlash vositasi hisoblanib, kishilarning muayyan faoliyat turida o’zini-o’zi
barkamollashtirish imkoniyatini yaratadi. Jumladan, shaxslararo munosabatlarda namoyon
bo’ladigan xulq-atvoridagi kamchiliklarni, tashgi muhitdagi salbiy stimullarga nisbatan
motsional sferasida yuzaga keladigan reaksiya tezligini barqarorlashtirish, ichki va tashqi
“Men” o’rtasidagi qarashlarni sayqallash, shuningdek, o’zida mavjud bo’lgan, lekin
tashqariga chiqara olmagan ichki imkoniyatlarni ro’yobga chiqarishga yo’naltiriladi.
Psixologiya tarixida trening o’qitishning eng keng tarqalgan shakli faol ijtimoiy-
psixologik treninglardir. L.A.Petrovskaya ijtimoiy psixologik treningga ta’rif berar ekan,
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 257
uni quyidagicha izohlaydi: “Trening–shaxslararo munosabatlardagi bilimlar, ijtimoiy
ustanovkalar, ko’nikma va tajribalarni rivojlantirishga qaratilgandir”, shuningdek,
“Muloqotda kompetentlikni rivojlantirish vositasi hamdir”
Ijtimoiy-psixologik trening insonlar o’rtasida sog’lom munosabatlarga erishishni
hosil qilish uchun ijtimoiy amaliyotning turli sohalariga kirib bormoqda. Uning diagnostik
tahlili, psixokarreksion imkoniyatlari kadrlar faoliyati: mutaxassislarni, psixolog, pedagog,
psixaterapevtlar, korxona va tashkilot boshqaruvchilar, tadbirkorlarni ish faoliyatiga
samarali ta’sirini ko’rsatadi. Shiddatli bir payitda yoshlarni zamon talabiga mos, teran
fikrlovchi, turli vaziyatlarda o’zining oqilona tafakkuri orqali ishtimoiy muhitga ta’sir
ko’rsatuvchi, keng dunyoqarashga ega qilib tarbiyalashdek masalalarni psixologiya
sohalariga ham yuksak vazifa qilib yuklaydi. Zero, milliy psixologiyamizda psixologik
trening predmeti umumpsixologik nazariy va amaliy jihatdan har tomonlama chuqur
izlanishlarga muhtoj, dolzarb muammolardan biri sanaladi.Psixologik trening asoslari fani
milliy qadriyatlarimizga, etnopsixologik xususiyatlarimizga moslashtirilgan turli
mashg’ulotlarni tashkil etish muammosini hal etish yo`llarining psixologikpedagogik,
ilmiy va uslubiy jihatlarini o’ziga xosligini yoritishni maqsad qilib olganligi bilan
tavsiflanadi.
Trening-bu turli faoliyat sohalarida keng qo'llaniladigan juda mashhur va keng
tarqalgan o'qitish shaklidir. Kasbiy muvaffaqiyat ko'plab tarkibiy qismlardan iborat, shu
bilan birga, trening texnologiyasi odamning kayfiyatini, muayyan faoliyat turiga bo'lgan
munosabatini o'zgartirishga, o'z-o'zini tarbiyalash va o'zini rivojlantirish zarurligini
anglashga yordam beradigan o’quv shakllardan biridir. Hozirgi davrda insonlarni eng
tabiiy bo’lgan muloqotga ehtiyoji, uning sirlaridan xabardor bo’lish, o’zgalarga samarali
ta’sir eta olishga intilishining kuchayishi, bo’lajak kadrlarni kelgusi faoliyatlarini samarali
amalga oshirishga tayyorlash, shuningdek, rahbar kadrlarni samarali boshqarish usuliga
o’rgatish kabi masalalarni echimini topish borasidagi ishlardan biri - bu ijtimoiy
psixologiyaning asosiy sohasi bo’lgan psixologik treninglarni tashkil etishdir. Trening
guruhlarda muloqotning madaniy obro’li bo’lishni rivojlantirish maqsadida olib
boriladigan psixologik ishlarning faol usuli, ya'ni guruh-guruh bo’lib munozara, bahs, rolli
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 258
o’yin va boshqa o’yinlarni o’tkazishga qaratilinadi. Shuningdek, hozirgi davrda ijtimoiy
psixologiyaning dolzarbligi va uning jamiyatdagi sodir bo’layotgan barcha jarayonlarga
aloqadorligi uning 7 tadbiqiy sohalari doirasini ham kengaytirdi. Psixologik trening avvalo
shaxs yoki gruhni samarali muloqot malakalariga o’rgatish va ulardagi komminakativ
bilimdonlikni oshirish usullarini va ularni amaliyotga tadbiq etish chora tadbirlarini ishlab
chiqadi. Inson o’z hayotida shaxsiy tajriba, ijtimoiy malaka va ko’nikmalarni ortirib
borishi jarayonida hosil bo’ladigan, bevosita shakllanadigan ijtimoiy bilimdonlik yoki
kommunikativ sovodxonlikdan farqli psixologiya fanida ushbu jarayonlarni maqsadli
shakllantirish, shaxs va yaxlit guruh faoliyatiga talluqli ijtimoiy fazilatlarni zudlik bilan
shakllantirish uchun qo’llaniladigan uslublar majmui mavjud. Ularni qisqacha qilib
ijtimoiy psixologik trening yoki psixologik trening deb ataladi.
Viktor Kagan treningni bilim va konikma berishga asoslangan ta'limning maxsus shakli va
psixologik treningni tushunish uchun umumiy va asosiybo'lgan “tajriba” tushunchasi bilan
bog’liq ekanligini ta’kidlaydi. Aytishimiz mumkinki, guruhiy psixologik trening- bu
guruhdagi o'zaro ta'sir o'tkazish jarayonida o’z hayotiy tajribasini o'rganish, tahlil qilish va
qayta baholash orqali shaxsni shaxsiy va kasbiy rivojlanishiga qaratilgan ataylab
o'zgartirish usulining o’ziga xos xususiyatlarini keltirib o’tadi. Trening tushunchasi ingliz
tilidan kelib chiqqan bo’lib, “train”, “training” ko’plab ma’nolarga ya’ni: o’qitmoq,
tarbiyalamoq, (trenirovka) mashq qilmoq kabi ma’nolarga ega. Xuddi shunday ko’p
ma’nolilik treningning ilmiy talqiniga ham mos keladi. Xususan, bu turli ijtimoiy faoliyat
sohalariga shaxsni tayyorlashdan iborat bo’lib, bunda shaxs yoki yaxlit guruhning muloqot
sohasidagi bilimdonik darajasi maqsadga muvofiq tarzda maxsus mashqlar tizimi orqali
rivojlantiriladi. Ya’ni u shaxsni ijtimoiy muloqotga oldindan maqsadli tarzda tayyorlaydi.
Jumladan: - bo’lajak mutaxassislarni kelgusi faoliyatlarini samarali amalga oshirishga
tayyorlash; - rahbar kadrlarni samarali boshqarish usullariga o’rgatish; - ta’lim-tarbiya
maskanlarida o’zaro hamkorlik faoliyatini rivojlantirish; - ijtimoiy muhitdagi barcha
shaxslararo munosabatlarda muloqot kompetentligini oshirish; -ijtimoiy shaxslaaro
muloqot jarayonida yuzaga kelishi kutiladigan emotsional zo’riqishlarni oldini olish va
mavjudlarini barqarorlashtirish va hakozolar. Trening insonlarda mavjud bo’lgan xulq-
atvori va faoliyatini boshqaruv modelini qayta dasturlash vositasidir. Shuningdek, trening,
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 259
tashkilotni rejalashtirilgan faolligini, kasbiy bilimlarini oshiruvchi, ko’nikmalarini
yaxshilashga yo’naltirilgan, yoki tashkilotning maqsadli faoliyati talablariga mos keluvchi
ustanovkalar modifikatsiyasi va jamoaning ijtimoiy xulq-atvorini korreksiyalash uchun
zarurdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. M.N.Salihova.”O’smirlik davri va o’smirlarga psixologik yordam”.
2.Shirin Mustafayeva.”O’smir psixologiyasi: Biz bilmagan jihatlar”
3. Karimova V.Psixologiya. O`quv qo`llanma. Toshkent, A.Qodiriy nomidagi xalq
merosi nashriyoti. “O`AJBNT” markazi, 2002.
4. G`oziyev E. Umumiy psixologiya. Psixologiya mutaxassisligi uchun darslik, 1-
kitob Toshkent «Universitet» nashriyoti , 2002
5. Psixologik tareninglar o’quv qo’llanma TDPI.