Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 235
ZAMONAVIY ADABIYOT O’QITUVCHISINING KASBIY IMIJI
Sh. Tursunaliyeva
O’zbek tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishi ,
Filologiya fakulteti 1-bosqich talabasi
Andijon davlat pedagogika instituti.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada zamonaviy adabiyot o‘qituvchisining shaxsiy va
kasbiy fazilatlari, uning boshqa fan o‘qituvchilaridan farqli jihatlari, shuningdek, adabiy
va ma’naviy tarbiyada tutgan o‘rni tahlil qilingan. Qozoqboy Yo‘ldoshev, Qumduzxon
Husanova, Asqar Zunnunov kabi mutaxassislarning fikrlari asosida adabiyot
o‘qituvchisining imiji, ma’naviy dunyosi va ijodiy yondashu
Kalit so‘zlar:
adabiyot o‘qituvchisi, shaxsiy fazilat, ijodkorlik, tarbiya, o‘quvchi
bilan muloqot
Annotation:
This article explores the professional and personal image of the modern
literature teacher, focusing on their creative and educational roles. It highlights how
literature teachers differ from teachers of other disciplines and discusses their contribution
to moral and aesthetic development. Opinions of scholars such as Qozoqboy Yo‘ldoshev,
Qumduzxon Husanova, and Asqar Zunnunov are included to deepen the analysis.
Keywords:
literature teacher, creativity, personality traits, moral education, student
interaction,personal as well as professional skills.
Аннотация:
В данной статье рассматриваются личные и профессиональные
качества современного учителя литературы, его отличительные особенности по
сравнению с преподавателями других дисциплин, а также роль в нравственном и
духовном воспитании. На основе взглядов Козокбоя Йулдошева, Кумдузхон
Хусановой и Аскара Зуннунова раскрывается образ учителя-литератора как
личности и творческой фигуры.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 236
Ключевые слова:
учитель литературы, творчество, личностные качества,
воспитание, взаимодейс, личные и профессиональные навыки.
Zamonaviy ta’lim jaroyonida adabiyot fani o’qituvchining ruhiy, estetik va axloqiy
dunyosini boyitish muhim rol o’ynaydi.Bu jarayonning bosh boshqaruvchisi esa
adabiyot o’qituvchisidir.U nafaqat bilim beruvchi , balki qalblarni uyg’otuvchi shaxs
sifatida namoyon bo’ladi.Zamonaviy o’qituvchi – ijodkor, tahlilchi va tarbiyachi shaxs.
Adabiyot o’qituvchi esa bu fazilatlarning har birini o’zida uyg’unlashtira olgan noyob
pedagogdir. U obrazlar orqali dunyoni tahlil qilish, o’quvchining qalbini sezish va uni
badiiy- estetik mezonlar asosida tarbiyalash imkoniyatiga ega.Bundan tashqari, adabiyot
o’qituvchisi o’quvchilarga faqat adabiy bilimlarni o’rgatibgina cheklanmay, hayotiy
ko’nikmalarga ham yo’naltirishi, o’qituvchining samarali kommunikatsiya ko’nikmalari:
tilni tushunish, o’quvchilar bilan muloqot o’rnatish, motivatsiya berish,zamonaviy
texnologiyalar va interaktiv usullarni o’qitish jarayonida qo’llash pedagogning
innovatsion yondashuvlari va o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida ishonchli munosabatlar
o’rnatish talab qilinadi
1
.Adabiyot o’qituvchisi bir necha farqli jihatlari bilan boshqa fan
o’qituvchilaridan ajralib turadi. Adabiyot o’qituvchisi o’quvchilarda estetik did, badiiy
tafakkur, tuyg’u va hissiyotlarni rivojlantirish, axloqiy-odobiy, ma’naviy qadriyatlar
orqali o’quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish,darslarda o’quvchilarni mustaqil fikrlash,
o’z munosabatini bayon etish, tahlil qilish va hatto ijodiy ishlar ( she’r, insho, hikoya)
yozish, til va nutq madaniyatini shakllantirishga xizmat qilishi bilan boshqa fan
mutaxassislaridan farqlanadi.
2
Shuni ta’kidlash joizki, adabiyot o’qituvchisi boshqa soha
vakillaridan his-tuyg’u va emotsional xususiyatga boy va tafakkur olami jihatidan biroz
ustunroq bo’lishi ko’zga tashlanadi. Masalan, boshlangich sinf o’qituvchisi o’ziga xos
bolalarcha d
3
unyoqarashga molik bo’lib qoladi kasbi yuzasidan kelib chiqqan holda yoki
1
Husanova, Q. (2020). Adabiyot o‘qituvchisining kasbiy tayyorgarligi. Toshkent: O‘qituvchi.)
Husanova Q. Zamonaviy adabiyot o‘qituvchisi: muammo va yechimlar. // Pedagogik ta’lim jurnali. – 2021. – №2. – B. 45–51.
2
Husanova, Q. (2021). Zamonaviy adabiyot o‘qituvchisi: muammo va yechimlar. Pedagogik ta’lim, 2, 45–51.)
Zunnunov A. O‘qituvchining ichki dunyosi. – Toshkent: Ma’naviyat, 2017
3
O‘qituvchining ichki dunyosi. Toshkent: Ma’naviyat.)
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 237
matematika fani mutaxassislari adabiyot fani o’qituvchisidan hayotga real boqishi,aniqlik
va puxtalikka intilishi, his-tuyg’ularga berilmasligi bilan ajralib turadi.
Zamonaviy adabiyot o’qituvchisi haqida bir necha mutaxassislarning o’z qarashlari
va fikr mulohazalari mavjud. Jumladan, Qozoqboy Yo‘ldoshev o‘zining asarlarida
adabiyot o‘qituvchisining muhimligini alohida ta’kidlaydi. U adabiyot o‘qituvchisini faqat
bilim beruvchi emas, balki o‘quvchilarni ruhiy va axloqiy jihatdan tarbiyalovchi shaxs
sifatida ko‘radi. Uning fikricha, adabiyot o‘qituvchisi o‘quvchilarga hissiyotlarni
tushunish va insoniyatning barcha jabhalarini anglashda yordam beradi. U, shuningdek,
adabiyot darslarini o‘quvchilarning psixologik holatiga moslab olib borishga katta e’tibor
qaratadi: ,, Adabiyot o‘qituvchisi – bu qalblarni uyg‘otuvchi, har bir so‘zda insonni
tushunishga intiluvchi murabbiydir. U faqat bilim beruvchi emas, balki ruhiy hamroh
bo‘lishi lozim”
4
– deya ta’kidlaydi.
Adabiyot o‘qituvchisi va ma’naviyat tarbiyasichi - Qunduzxon Husanova adabiyot
o‘qituvchisini insonning ma’naviy rivojlanishida asosiy shaxs sifatida ko‘radi. Uning
fikriga ko‘ra, adabiyot o‘qituvchisi o‘quvchilarga faqat badiiy bilimlarni emas, balki
hayotiy qadriyatlarni ham o‘rgatishi kerak. Adabiyotning maqsadi, Husanovaning fikriga
ko‘ra, insoniyatning eng yuqori fazilatlarini shakllantirish va axloqiy me’yorlarni
tushuntirishdir. U, shuningdek, adabiyot o‘qituvchisini o‘quvchining ruhini his etuvchi,
uning ichki dunyosiga kirishga intiluvchi pedagog deb hisoblaydi. ,, Adabiyot o‘qituvchisi
nafaqat badiiy bilimlar beruvchi, balki ma’naviy o‘sishning boshqaruvchisi bo‘lishi lozim.
U o‘quvchining qalbiga yurakdan yo‘l topishi kerak”, – Qumduzxon Husanova.
5
Asqar Zunnunov adabiyot o‘qituvchisining ilmiy yondashuvini muhim hisoblaydi.
Uning fikricha, adabiyot o‘qituvchisi o‘quvchiga faqat ma’lum asarlarni o‘rganish emas,
Zunnunov A. Adabiyot darsi va ijodiylik. // Yangi O‘zbekiston ta’limi jurnali. – 2020. – №4. – B. 38–43.
4
Yo‘ldoshov, Q. (2016). Adabiy bilimlarni o‘qitishning uslubiy asoslari. Toshkent: Fan.)
Yo‘ldoshov Q. Adabiyot fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar. // Ta’lim va tarbiya jurnali. – 2021. – №3. – B. 22–28.
5
Zunnunov, A., & Yo‘ldoshov, Q. (2023). Zamonaviy adabiyotshunoslik va metodika asoslari. Toshkent: TDPU.)
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 238
balki adabiyotning ilmiy asoslarini ham tushuntirishi kerak. Zunnunov adabiyot
o‘qituvchisini o‘quvchilarga nafaqat badiiy, balki ilmiy tafakkurni rivojlantiruvchi shaxs
sifatida ko‘radi. U, shuningdek, adabiyot o‘qituvchisi yondashuvlarining innovatsion
bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi, bu esa zamonaviy pedagogikaning ehtiyojlaridan biridir. ,,
Adabiyot o‘qituvchisi – bu faqat so‘zlarni o‘rgatadigan emas, balki adabiyotning ilmiy va
falsafiy jihatlarini o‘quvchiga yetkazadigan mutaxassisdir” , – Asqar Zunnunov.
6
Xulosa
qilib aytganda, zamonaviy adabiyot o‘qituvchisi nafaqat bilim beruvchi,
balki insoniy fazilatlarni shakllantiruvchi, ma’naviy va estetik tarbiya beringuvchi shaxs
sifatida tan olinadi. U o‘quvchilarga ijodiy yondashuv va ilminga bo‘lgan qiziqishni
rivojlantiradi. Qozoqboy Yo‘ldoshev, Qumduzxon Husanova va Asqar Zunnunovning
fikrlari adabiyot o‘qituvchisining nafaqat ta’lim, balki tarbiya sohasidagi muqaddas rolini
yanada ravshanlashtiradi. Adabiyot o‘qituvchisi, xususan, yosh avlodning axloqiy, estetik
va ruhiy tarbiyasini shakllantirishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. U o‘quvchilarga
badiiy tafakkur, ilmiy mantiq va ma’naviyatni o‘zaro uyg‘unlashtirib, ularni yangi
davrning faol fuqarosi sifatida shakllantiradi.Zamonaviy adabiyot o‘qituvchisi nafaqat
bilim beruvchi, balki ruhshunos, pedagog, estetik tarbiyachi sifatida ham yuksak ma’naviy
mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. U orqali o‘quvchi hayotni teran anglaydi, so‘zga, fikrga
va insoniylikka hurmat bilan qaraydi.
FOYDANILGAN ADABIYOTLAR
:
1.Husanova Q. Adabiyot o‘qituvchisining kasbiy tayyorgarligi. – Toshkent:
O‘qituvchi, 2020.
2. Husanova Q. Zamonaviy adabiyot o‘qituvchisi: muammo va yechimlar. –
"Pedagogik ta’lim" jurnali, 2021, №2. – B. 45–51.
3. Husanova Q. Innovatsion ta’limda adabiyot fanining o‘rni. – Toshkent: Fan, 2022.
4. Zunnunov A. O‘qituvchining ichki dunyosi. – Toshkent: Ma’naviyat, 2017.
6
Zunnunov A., Yo‘ldoshov Q. Zamonaviy adabiyotshunoslik va metodika asoslari. – Toshkent: TDPU, 2023
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 239
5. Zunnunov A. Zamonaviy pedagogik madaniyat. – Toshkent: TDPU nashriyoti,
2019.
6. Zunnunov A. Adabiyot darsi va ijodiylik. – "Yangi O‘zbekiston ta’limi" jurnali,
2020, №4. – B. 38–43.
7. Yo‘ldoshov Q. Adabiy bilimlarni o‘qitishning uslubiy asoslari. – Toshkent: Fan,
2016.
8. Yo‘ldoshov Q. Adabiyot fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar. – "Ta’lim va
tarbiya" jurnali, 2021, №3. – B. 22–28.