Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 220
YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHGA
QARATILGAN CHORA-TADBIRLARNING AHAMIYATI
Usmonov Murodjon Ibrohim o‘g‘li
Successland o‘quv markazi katta “ Arab tili “ o‘qituvchisi
Anotatsiya:
Ushbu maqolada yurtimizda yoshlarni vatanparvarlik ruhida va
kelajakka daxildorlik hissi bilan tarbiyalashga qaratilgan chora tadbirlar hamda ushbu
yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
yoshlar, vatanparvarlik, vatan, ma’naviyat, ma’rifat, intelektual
salohiyat armiya. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng maʼnaviy-maʼrifiy ishlar
davlatimiz siyosatining muhim ustivor masalalaridan biri sifatida qarala boshladi.
Yurtimizda mustaqillik shamollari esa boshlagan davrdanoq, kishilar ongi, dunyoqarashi,
tafakkuri, maqsad va intilishlarida, bir so‘z bilan aytganda maʼnaviy-mafkuraviy olamida,
ruhiy tabiati va hatto qiyofasida ulkan o‘zgarishlar paydo bo‘la boshladi. Chunki,
mustaqillik erkinlik, milliylik, vatanparvarlik darvozalarini ochib,insonlarni ezgulik sari
boshladi. Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev – “Mustaqillik yillarida mamlakatimizda
yoshlarni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash,
maʼnaviy yetuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq
va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, sohadagi vaziyat va amalga oshirilgan tadbirlar tahlili yoshlarning
keng qatlamlariga daxldor bo‘lgan dolzarb masalalar, ayniqsa, uyushmagan yoshlarning
hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab
quvvatlash, kasbga yo‘naltirish va bandligini taʼminlash, tashabbuslarini rag‘batlantirish
borasidagi ishlar talab darajasida tashkil etilmaganidan dalolat bermoqda”, - deb bu borada
qilishimiz lozim bo‘lgan ishlar haqida aniq vazifa va ko‘rsatmalarni berib o‘tdilar.
Bu so‘zlar zamirida hali oldimizda bu sohada juda ko‘p ishlarni qilishimiz
lozimligini hayotni o‘zi isbotlamoqda. Milliy Vatanparvarlik haqida so‘z borganda, bu
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 221
o‘zbek xalqining qoniga singib ketgan iymon, insof, mehr-muhabbat, oqibat, shavqat, or-
nomus, ona yurtiga, o‘z eliga sadoqat ahloqiy maʼnaviy qadriyatlar, g‘oyalar, qarashlar
yig‘indisi tushuniladi. Taʼlim muassasalarida ham Vatanparvarlik tuyg‘usini
shakllantirish, tarbiyalash taʼlimining asosiy mazmunini tashkil etmoqda.
Vatanparvarlik histuyg‘ularini shakllantirishda O‘zbekistonning davlat ramzlari
bayroq, gerb, madhiya, o‘zbek tili, Konstitutsiya va boshqa shu millatga, shu zaminga xos,
mos bo‘lgan tuyg‘ular, fazilatlar o‘tkazilayotgan madaniy-maʼrifiy faoliyatda o‘z aksini
topmoqda.Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasi davlat darajasidagi
masalalardan bo‘lganligi bois, bunday maqsadlarga aniq rejalashtirilgan yo‘l xaritalarida
belgilangan vazifalardan iborat ishlarni hayotga tatbiq etish orqali amalga oshirish
maqsadga muvofiqdir. Vatanparvarlik mavzusida juda ko‘p olim-u ulamolarimizning ijod
namunalariyu, bu haqdagi fikrlari bizgacha yetib kelgan. Amir Temur,
Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muhammad Bobur, Mirzo Ulug‘bek va boshqa
ajdodlarimizning ijod namunalari hozirgi kungacha, yaʼni bizning zamonamizda ham
o‘ziga xos o‘rin egallagan bo‘lib, yoshlar tarbiyasida ibrat, namuna sifatida qo‘llanib
kelinmoqda. Vatan tushunchasini har kim har xil maʼnoda, o‘zining tushunish darajasida
talqin qiladi.
Bu - insonning tug‘ilgan, kindik qoni to‘kilgan joydir, bolalik, yoshlik davri
o‘tadigan, taʼlim-tarbiya topadigan, safar qilsa, mudom qo‘msaydigan joydir. Vatanni
sevish, uning ravnaqi yo‘lida xizmat qilish, uni yomon ko‘zdan, qora kuchlardan himoya
qilish, uning shaʼnini himoya qilish - bularning barchasi siz u bizning oldimizda turgan
masʼuliyatli vazifalardandir.
Vatan tushunchasini, uni sevish, ardoqlash, himoya qilish tuyg‘usi nafaqat insonda,
balki hayvonot olamida ham kuzatish mumkin. Baliq suvga, hayvon o‘zining iniga,
hasharot uyasiga intiladi.
O‘sha tafakkur qilmaydigan jonzotlar ham, hasharotlar ham o‘zining uyini taniydi,
uni quradi, unda jufti bilan yashab, naslini davom ettiradi, zarur paytda uni himoya qiladi.
Shunday ekan, aqlu zakovat, tafakkur ato etilgan, borliqdagi mavjudotlarning gultoji
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 222
bo‘lgan insonda esa bu tuyg‘u yuksak darajada rivojlangan bo‘lishi lozim. Shiddat bilan
rivojlanib borayotgan davrda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami
kundan-kunga kengayib bormoqda. Jumladan,yurtboshimiz topshiriqlariga asosan
Vazirlar mahkamasi tomonidan 2023-yil 29-iyun kuni “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik
ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” nomli
konsepsiya ishlab chiqildi. Konsepsiyada yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda
olib boriladigan ishlar tizimli ravishda belgilab berildi hamda mazkur ishlar
samaradorligini ta’minlash maqsadida yo‘l xaritasi tuzildi. Xususan,konsepsiyaning
maqsad va vazifalari quyidagicha belgilandi.
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning maqsadi yoshlarda
jamiyatning turli tarmoqlari, ayniqsa, harbiy soha bilan bog‘liq bo‘lgan davlat xizmati
turlarida faollik ko‘rsatish,
Konstitutsiya va harbiy burchga sadoqatli bo‘lish, ularda o‘z yurti va xalqining
taqdiri uchun yuksak mas’uliyat hamda javobgarlik kabi muhim xususiyatlarni
mustahkamlashdan
iborat.
Quyidagilar
yoshlarni
harbiy-vatanparvarlik
ruhida
tarbiyalashning asosiy vazifalari hisoblanadi: yoshlarning harbiy-vatanparvarlik
tuyg‘ulari, ma’naviy sifatlari va intellektual salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan
tarbiyaning yagona tizimini yaratish; yoshlarni milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida
tarbiyalash, ularning ongu- shuuriga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch
ekanligini chuqur singdirish; buyuk tariximiz, ulug‘ ajdodlarimizning boy ma’naviy
merosi, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi
sarkardalarning jahon sivilizatsiyasi hamda harbiy san’at rivojiga qo‘shgan hissalarini
yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish; Vatan ozodligi va mustaqilligi yo‘lida jon fido qilgan
yurtdoshlarimiz ko‘rsatgan vatanparvarlik va qahramonlik, ulardagi sadoqat, fidoyilik,
matonat hamda jasorat kabi xislatlarni, shuningdek, yurt, oila, ota-ona va farzandlar
himoyasi xalq va ajdodlar xotirasi oldida muqaddas burch ekanini yoshlar ongiga
singdirish; yoshlarda yon- atrofimiz va jahonda ro‘y berayotgan siyosiy-ijtimoiy
jarayonlarga milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda yondashish ko‘nikmalarini,
ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘i orqali
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 223
tarqatilayotgan g‘arazli axborotlar, odob-axloqni yemiruvchi illatlar, yoshlarni zalolatga
boshlovchi buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish;
hududlarda turkum harbiy- vatanparvarlik tadbirlari hamda “Jasorat maktabi” nomli
harbiy-vatanparvarlik o‘quv yig‘inlarini o‘tkazish orqali yoshlar ongida milliy
armiyamizga bo‘lgan ishonch va hurmatni yanada oshirish, harbiy xizmatni o‘tash
O‘zbekiston fuqarosining muqaddas burchi ekanligi haqidagi tushunchalarni
mustahkamlash; umumta’lim maktablarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik
fani o‘qitilishining sifatini oshirish, o‘quv- moddiy bazani mustahkamlashga asosiy e’tibor
qaratish hamda shu orqali o‘quvchi yoshlarda harbiy xizmat, uni o‘tashning huquqiy
asoslariga oid bilimlar va boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik darajasini oshirish; O‘zbekiston
manfaatlarini nafaqat harbiy sohada, balki hayotning barcha jabhalarida himoya qilishga
tayyor turish, yurt uchun fidoyi bo‘lish — bu bugungi kun talabi ekanini hayotiy misollar
va ta’sirchan vositalar orqali yoshlar ommasiga keng yetkazish; yoshlarda ajdodlarimiz va
ota- bobolarimizning Vatanni himoya qilishga oid an’ana va qadriyatlariga sadoqatli
bo‘lish xususiyatlarini shakllantirish; Vatanni himoya qilish, uni asrash to‘g‘risidagi
zamonaviy tushunchalarni, dunyoqarashni, mazkur masala bo‘yicha shaxsiy e’tiqodni
shakllantirish va mustahkamlab borish, yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash, ularning
ma’naviyruhiy tayyorgarliklarini oshirishga yordam beruvchi ta’lim-tarbiyaviy tadbirlarni
tashkil etish. Mazkur konsepsiya ijrosini ta’minlashga javobgar vazirlik va idoralar
tomonidan tizimli tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, Mudofaa vazirligi
tomonidan konsepsiya yo‘l xaritasida belgilab berilgan vazifalar a’lo darajada bajarib
borilmoqda.Xususan, “Mard askar — yoshlarga namuna” shiori ostida harbiy
qismlar,”Vatanparvar” bog‘larida hamda olis hududlarda harbiy texnika va qurol- aslahalar
namoyishi, harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi bo‘yicha, harbiy orkestr va badiiy
havaskorlik jamoalarining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etilmoqda.Shuningdek
oliygohlar va maktablarda hattoki yurtimizning olis hududlarida ham “Uch avlod
uchrashuvi”,”Qomondon va yoshlar” nomi ostida uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.Bundan
tashqari uyushmagan yoshlar bilan alohida tizimli faoliyat olib borilmoqda.Ular bilan
“Harbiy qismda bir kun ” nomi ostida samarali tadbirlar amalga oshirilmoqda.Bu ishlarda
yoshlarni
kelajakka
daxldorlik
hissini
uyg‘otish,ularda
vatanga
bo‘lgan
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 224
muhabbat,vatanparvarlik,fidoiylik,jasurlik va sadoqat kabi xislatlarni shakllantirishga
alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xulosa
qilib aytganda bugungi globallashuv va keskin raqobat davrida, dunyoning
turli burchaklarida, jumladan, mintaqamizda yuz berayotgan qurolli mojarolar va qarama-
qarshiliklar, yangi tahdid va xatarlar oldimizga kechiktirib bo‘lmaydigan dolzarb
vazifalarni qo‘ymoqda. Aynan shunday sharoitda mamlakatimiz yoshlarini vatanparvarlik,
shu jumladan, harbiy-vatanparvarlik, yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida
tarbiyalash, ularning ongiga tinchlik va totuvlikni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash
zarurligini chuqur singdirish, “Xalq va armiya — bir tanu, bir jondir!” degan ezgu g‘oya
asosida yoshlar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish lozim.
FOYDALANAYOTGAN ADABIYOTLAR:
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyundagi “Yoshlarga oid
davlat siyosati” to‘g‘risidagi Farmoni. O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 14
sentyabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati” to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ-406-son).
2.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iuundagi
“Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”№267 sonli qarori
3.Sayfullayev B., Rustamov V. (2016). Madaniy tadbirlarni tashkil etish
mahorati.Toshkent, 4. Xoji Ahmadjon Bobomurod. (2008). Islom odobi va ahloqi.
Toshkent, 15 b.
4.Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. The European Journal of Arts, Issue
1/2020.
5.“O‘zbekiston armiyasi” jurnali 3-son 2024-yil 14-noyabr
6.“Vatanparvar” gazetasi 2024-yil 15-noyabr
7.Z.Sh.Dolimov, Harbiy atamalarning qisqacha izohli lug‘ati. T-2007. 230-243 b.