Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 139
"YOSH XUSUSIYATLARINI INOBATGA OLGAN HOLDA BOSHLANG‘ICH
SINF O‘QUVCHILARINING FAOLLIGINI TA’MINLASH"
Toshkent viloyat Nurafshon shahar
26-maktab boshlangich sinf o'qituvchisi.
Rasulova Muattar Xudayberdiyevna
Anotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh psixologik va
fiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning dars jarayonidagi faolligini
oshirish yo‘llari yoritilgan. O‘quvchilarning e’tibor, xotira, qiziqish va emotsional
rivojlanish darajasi dars metodikasini tanlashda muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi.
Muallif darslarni tashkil etishda interfaol metodlar, o‘yin elementlari, jismoniy faollikni
rag‘batlantiruvchi mashqlar va individual yondashuvdan foydalanish samaradorligini
asoslab beradi. Tadqiqotda o‘quvchilarni darsga jalb etish, ularning mustaqil fikrlashini
rivojlantirish hamda ijtimoiy faolligini kuchaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham
berilgan. Maqola boshlang‘ich ta’lim tizimi uchun metodik qo‘llanma sifatida xizmat
qilishi mumkin.
Kalit so’zlar:
boshlang‘ich ta’lim, yosh xususiyatlari, o‘quvchi faolligi, interfaol
metodlar, o‘yinli mashg‘ulotlar, didaktik materiallar, motivatsiya, individual yondashuv,
dars samaradorligi.
Аннотация:
В статье рассматриваются пути повышения активности учащихся
младших классов на уроках с учетом их возрастных психологических и
физиологических особенностей. Уровень внимания, памяти, интереса и
эмоционального развития учащихся считаются важными факторами при выборе
методов обучения.
Автор
обосновывает
эффективность
использования
интерактивных методов, игровых элементов, упражнений, стимулирующих
двигательную активность, индивидуального подхода в организации занятий. В
исследовании также даются практические рекомендации по вовлечению учащихся в
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 140
учебный процесс, развитию их независимого мышления и повышению их
социальной активности. Статья может служить методическим пособием для
системы начального образования.
Kлючевые слова
: начальное образование, возрастные особенности,
активность учащихся, интерактивные методы, игровая деятельность, дидактические
материалы, мотивация, индивидуальный подход, эффективность урока.
Annotation:
This article discusses ways to increase the activity of primary school
students in the lesson process, taking into account their young psychological and
physiological characteristics. The level of attention, memory, interest and emotional
development of students is considered an important factor in choosing teaching methods.
The author substantiates the effectiveness of using interactive methods, game elements,
exercises that stimulate physical activity and an individual approach in organizing lessons.
The study also provides practical recommendations for involving students in the lesson,
developing their independent thinking and strengthening their social activity. The article
can serve as a methodological guide for the primary education system.
Key words:
primary education, age characteristics, student activity, interactive
methods, game-based activities, didactic materials, motivation, individual approach, lesson
effectiveness.
Kirish:
Bugungi kunda ta’lim jarayonini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil
etish, o‘quvchilar shaxsini har tomonlama rivojlantirish va ularni faol ishtirokchi sifatida
darsga jalb etish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim
bosqichi o‘quvchining keyingi bilim olish faoliyatiga poydevor bo‘lib xizmat qilgani
sababli, bu davrda beriladigan ta’limning sifati, shakllari va uslublari alohida e’tiborni
talab etadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari yosh jihatidan hali hayotiy tajribasi kam, emotsional
jihatdan ta’sirchan, harakatchan va qiziquvchan bo‘ladi. Shuning uchun ularning
psixologik-pedagogik xususiyatlarini hisobga olgan holda darsni tashkil etish muhim
ahamiyat kasb etadi. Faoliyatga asoslangan, o‘yin elementlari bilan boyitilgan va
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 141
o‘quvchini markazga qo‘ygan metodlar ularning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirib,
bilimlarni mustahkamlashga, mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuvni rivojlantirishga
xizmat qiladi.
Ushbu maqolada aynan yosh xususiyatlarini chuqur tahlil qilgan holda, boshlang‘ich
sinf o‘quvchilarining darsdagi faolligini oshirishga qaratilgan metodlar, vositalar va amaliy
tavsiyalar tahlil qilinadi. Maqsad – o‘quvchining tabiiy ehtiyojlari va individual rivojlanish
bosqichlarini hisobga olib, ularni faol va samarali o‘qish muhitiga jalb qilish
imkoniyatlarini aniqlashdir.
Mavzuga oid adabiyotlar:
Vygotskiy, L.S. (2005).
Pedagogik psixologiya
va
Piaget, J. (2004).
Bolalar psixologiyasi
asarlarida boshlang‘ich ta’limda bolalarning
rivojlanishi va o‘qish jarayonida yuzaga keladigan psixologik xususiyatlar haqida muhim
nazariy tushunchalar keltirilgan. Vygotskiy, L.S. o‘zining "Pedagogik psixologiya" asarida
bolalar rivojlanishida ijtimoiy va madaniy omillarning katta rol o‘ynashini ta’kidlagan.
Uning "yaqin rivojlanish zonasi" (ZPD) konsepsiyasi, o‘quvchilarning mustaqil ishlay
olishlari uchun kerakli yordamni o‘qituvchilardan va tengdoshlaridan olishlarini
ko‘rsatadi. Bu yondashuv o‘quvchilarning faolligini oshirishda samarali bo‘ladi, chunki
o‘quvchilar to‘g‘ri yordam bilan o‘z darajasidan yuqori bo‘lgan vazifalarni bajarishga
qodir bo‘ladilar. Bu esa o‘qituvchiga faollikni oshirish va bolalarni rivojlantirish uchun
yordamlashish imkoniyatini beradi. Piaget, J. esa o‘zining "Bolalar psixologiyasi" asarida
bolalar rivojlanishining kognitiv bosqichlari haqida batafsil ma’lumot beradi. Piagetning
nazariyasiga ko‘ra, bolalar 7-11 yosh oralig‘ida "konkret operatsiyalar" bosqichiga
o‘tadilar, ya’ni ular real dunyo ob’ektlari va hodisalarini tahlil qilishda yuqori darajadagi
mantiqiy qobiliyatlarni rivojlantiradilar. Bu jarayonda o‘quvchilar o‘rganilayotgan
mavzuni konkret shaklda va amaliyotda ko‘rishga, tajriba qilishga ko‘proq qiziqadilar.
Piagetning nazariyasi ta’lim jarayonida o‘yinli metodlar va tajriba asosidagi
yondashuvlarning muhimligini ko‘rsatadi.
Bu asarlar, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining faolligini oshirishda pedagogik
jarayonni ijtimoiy va kognitiv rivojlanish nazariyalari bilan bog‘lashning zarurligini
tushuntiradi. Vygotskiy va Piagetning fikrlaridan kelib chiqqan holda, darslarni
o‘quvchilarni faollashtiradigan va ularning rivojlanish darajasiga moslashtirilgan metodlar
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 142
asosida qurish kerakligi ta’kidlanadi. Bu esa o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini
oshiradi va ularni faollikka rag‘batlantiradi.
Bu asarlar o‘quvchilarni darsga jalb qilishda qanday metodlar va yondashuvlarni
qo‘llash zarurligini aniqlashga yordam beradi. Bir asarda zamonaviy ta’lim metodlarini
amaliyotda qo‘llashning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratgan. U, ayniqsa, boshlang‘ich
ta’limda o‘quvchilarni faollashtirishda innovatsion metodlarning samarali bo‘lishini
ta’kidlaydi. O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga va o‘z faoliyatini boshqarishga undovchi
metodlar, masalan, o‘yinli texnologiyalar, muammoli vaziyatlarni hal qilish, jamoaviy
ishlarni tashkil etish, o‘quvchilarni o‘z fikrini erkin ifoda etishga rag‘batlantiradi.
G‘ulomova “o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirish uchun dars jarayonini
interfaol tarzda tashkil etish zarurligini, bunda ularning shaxsiy qiziqishlariga asoslangan
yondashuvlarni qo‘llashning muhimligini ko‘rsatadi. Bu yondashuvlar bolalar yoshiga
mos ravishda ularning diqqatini to‘plash va faolligini oshirishga xizmat qiladi.”
1
Asarida
ta’lim jarayonida amaliy faoliyat va tajriba asosida o‘rganishni ta’kidlaydi. Dewey ta’limni
faqat bilim olish jarayoni deb emas, balki o‘quvchining shaxsiy tajribasi va faol ishtiroki
sifatida ko‘rishni tavsiya qiladi. U, o‘quvchilarning faolligini oshirishda darslarni real
hayotga moslashtirish, amaliy faoliyatni tashkil etish va o‘quvchilarga o‘z tajribalarini
olish imkonini berish zarurligini ta’kidlaydi. Deweyning nazariyasi bo‘yicha, o‘quvchilar
o‘z tajribasidan o‘rganadilar va bu ular uchun nafaqat bilim, balki ijtimoiy va axloqiy
qadriyatlarni ham o‘zlashtirishga imkon yaratadi. Bu yondashuv darsda faollikni oshirish
uchun samarali metodik vosita hisoblanadi.
2
Mavzuning dolzarbligi
: Ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar
zamonaviy o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish, uni faollikka undash va
mustaqil fikrlaydigan inson sifatida shakllantirishga qaratilgan. Ayniqsa, boshlang‘ich
ta’lim bosqichi o‘quv faoliyatining eng muhim va mas’uliyatli davri hisoblanadi. Chunki
aynan shu bosqichda o‘quvchilarda bilim olishga bo‘lgan munosabat, darsga qiziqish,
o‘qishga nisbatan ijobiy motivatsiya shakllanadi.
1
G‘ulomova, G. (2023). Boshlang‘ich ta’limda innovatsion metodlar va Dewey, J. (2009).
2
Dewey, J. (2009). Ta’lim nazariyasi va amaliyoti. Toshkent: Ma’naviyat.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 143
Zamonaviy pedagogik qarashlar shuni ko‘rsatmoqdaki, dars jarayonida
o‘quvchilarning yoshga xos psixologik va fiziologik xususiyatlarini inobatga olmasdan
turib, ularning darsdagi faolligini ta’minlash qiyin. Bolalar tabiatan harakatchan, tez
charchaydigan, e’tibori oson chalg‘iydigan bo‘lganligi sababli, dars metodikasi ularning
ehtiyojlariga moslashtirilgan bo‘lishi zarur. Bu esa o‘z navbatida, o‘qituvchidan puxta
pedagogik mahorat, zamonaviy metodlardan foydalanish va shaxsga yo‘naltirilgan
yondashuvni talab etadi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh
xususiyatlarini chuqur o‘rganish hamda shu asosda ularning darsdagi faolligini oshirishga
xizmat qiluvchi samarali metodlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish hozirgi ta’lim
jarayonining eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Nazariy asoslar:
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ishlashda ularning yosh
xususiyatlariga asoslangan pedagogik yondashuv muhim o‘rin tutadi. Pedagogika va
psixologiya fanlarida tan olingan nazariyalar shuni ko‘rsatadiki, 6–10 yosh oralig‘idagi
bolalar uchun bilim olish jarayoni ko‘proq amaliy faoliyat, o‘yin va emotsional rag‘bat
bilan uyg‘unlashgan holda samarali kechadi.
Rossiyalik mashhur psixolog L.S. Vygotskiy o‘zining “yaqin rivojlanish zonasi”
haqidagi nazariyasida bolani mustaqil bajara olmaydigan, ammo katta yoki tengdoshlar
yordami bilan bajara oladigan faoliyatga jalb etish uning intellektual rivojlanishiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatishini asoslab bergan. Bu tamoyilga ko‘ra, darsda o‘quvchilarni o‘zaro
hamkorlikka undash, faol muloqotga kirishish va rag‘batlantirish ularning rivojlanish
sur’atini tezlashtiradi.
Shuningdek, J. Piagening kognitiv rivojlanish bosqichlari nazariyasida boshlang‘ich
maktab davri (7–11 yosh) “konkret operatsiyalar bosqichi” deb ataladi. Bu bosqichda
bolalar real narsalar va hodisalar ustida fikr yuritish, taqqoslash, guruhlash, sabab-oqibat
bog‘liqlarini aniqlashga qodir bo‘ladi. Shu sababli dars jarayonida ko‘rgazmali vositalar,
o‘yinli topshiriqlar, amaliy mashg‘ulotlar keng qo‘llanishi lozim.
Yana bir muhim jihat – bu motivatsiya nazariyalari bilan bog‘liq. A. Maslou, D.
MakKlelland kabi olimlar ta’kidlaganidek, o‘quvchining ichki ehtiyoji va qiziqishi
rag‘batlantirilsa, u o‘z faoliyatini zavq bilan bajaradi. Boshlang‘ich sinfda darslar qiziqarli
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 144
va o‘quvchiga yaqin bo‘lishi, u o‘zini muvaffaqiyatli his qiladigan vaziyatlar yaratilishi
lozim.
Shu asosda, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etilgan ta’lim jarayoni
nafaqat o‘quvchining darsdagi ishtirokini faollashtiradi, balki uning shaxsiy va ijtimoiy
rivojlanishiga ham xizmat qiladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar – interfaol
metodlar, o‘yin texnikalari, differensial yondashuv, refleksiya va baholash vositalari – ana
shu nazariy qarashlarning amaliy ifodasidir.
Tahlil va natijalar:
Tadqiqot davomida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsdagi
ishtiroki, faollik darajasi va ularga ta’sir etuvchi omillar o‘rganildi. Pedagogik kuzatuvlar,
suhbatlar va dars tahlillari asosida quyidagi asosiy jihatlar aniqlandi:
Yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda tashkil etilgan darslar – ya’ni o‘yin
elementlari,
ko‘rgazmalilik, harakatli mashg‘ulotlar bilan boyitilgan darslar
o‘quvchilarning diqqatini uzoqroq saqlab turishiga va ularning darsda faol ishtirok etishiga
olib keldi. An’anaviy va interfaol metodlar solishtirildi. An’anaviy (ma’ruza, og‘zaki
tushuntirish) usullarda o‘quvchilar ko‘proq tinglovchi rolida bo‘lib qolgan bo‘lsa, interfaol
metodlar qo‘llangan darslarda ular faol savol-javob, guruhli ish, muammoli vaziyatlarni
hal qilishda ishtirok etdi. Motivatsiyaning kuchli ta’siri kuzatildi. O‘quvchilarni
rag‘batlantirish, ularning yutuqlarini e’tirof etish, qiziqarli topshiriqlar berish natijasida
darsga bo‘lgan munosabatlar ijobiy tus oldi. Jismoniy faollikni qo‘llab-quvvatlovchi
metodlar, masalan, “harakatli o‘yinlar” yoki “dinamik tanaffuslar”, ayniqsa yosh bolalar
uchun e’tibor va faollikni tiklashda juda samarali bo‘ldi. Guruhli va juftlikda ishlash
metodikasi o‘quvchilarda hamkorlik madaniyatini, fikrlash faolligini va o‘zaro muloqot
ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi. O‘quvchilarning o‘zini baholashi va
refleksiya usullaridan foydalanish orqali ular darsda o‘z ishtirokini tahlil qilishga va o‘zini
baholashga o‘rgandi, bu esa mas’uliyat hissini kuchaytirdi.
Natijalar shuni ko’rsatadiki, Faollik darajasi interfaol metodlar qo‘llangan darslarda
70–80% gacha oshdi. O‘quvchilarning o‘z fikrini erkin ifoda etishi va savollarga javob
berish faolligi 2 baravarga ko‘paydi. Darslarda qatnashmaydigan yoki sust ishtirok
etadigan o‘quvchilarda ham ishtirok va motivatsiyada ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 145
O‘quvchilarning darsga kechikishlari, diqqatning tez chalg‘ishi kabi salbiy holatlar
kamaydi.
Taklif va xulosalar:
O‘tkazilgan tahlillar va nazariy-amaliy kuzatuvlar asosida
quyidagi xulosalarga kelindi hamda takliflar ishlab chiqildi: Xulosalar shuni nazarda
tutadiki, Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsdagi faolligi ularning yoshga xos
psixologik va fiziologik xususiyatlari bilan bevosita bog‘liqdir. O‘quvchilar darsda faol
bo‘lishi uchun dars jarayoni o‘yinga asoslangan, harakatli, ko‘rgazmali va hissiy jihatdan
qiziqarli bo‘lishi zarur. Faollikni oshirishda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv,
o‘quvchilarning qiziqishlariga mos topshiriqlar tanlash va ularni ijtimoiy faoliyatga jalb
etish muhim omillardan biridir. Interfaol metodlar, kichik guruhlarda ishlash, rolli o‘yinlar,
ijodiy topshiriqlar o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi va darsdagi ishtirokini kuchaytiradi.
Takliflar shu nazariyani qamrab oladiki, Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari darslarni
loyihalashda o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini chuqur o‘rganib, ularni hisobga olgan
holda metod va vositalarni tanlashi lozim. Har bir darsda o‘quvchilarning e’tiborini faol
ushlab turish uchun dinamik pauzalar, o‘yinli elementlar va emotsional muhit yaratilishi
tavsiya etiladi. Dars davomida o‘quvchilarning fikr bildirishiga, savol berishiga, o‘z nuqtai
nazarini erkin ifoda etishiga imkon beruvchi muhit shakllantirish zarur. O‘qituvchilar
malakasini oshirish kurslarida yosh xususiyatlariga asoslangan ta’lim metodikalariga
alohida e’tibor qaratilishi maqsadga muvofiq. Boshlang‘ich sinflar uchun metodik
qo‘llanmalar, dars ishlanmalari va o‘yinli materiallar bazasini yangilash va boyitish taklif
etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
Vygotskiy, L.S. (2005). Pedagogik psixologiya. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti.
2.
Piaget, J. (2004). Bolalar psixologiyasi. Toshkent: Fan nashriyoti.
3.
Jalolov, J. (2019). Pedagogika. Toshkent: Innovatsiya-Ziyo.
4.
Mahkamova, D. va boshq. (2021). Boshlang‘ich ta’lim metodikasi. Toshkent:
TDPU nashriyoti.
5.
Xasanboeva, M.Q. (2020). Yoshga oid psixologiya. Toshkent: Yangi asr avlodi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 146
6.
Karimova, Z. (2022). “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsdagi faolligini
oshirishda o‘yinli metodlardan foydalanish” // Xalq ta’limi, №6, 45–49-betlar.
7.
G‘ulomova, G. (2023). Boshlang‘ich ta’limda innovatsion metodlar. Samarqand:
SamDU nashriyoti.
8.
Dewey, J. (2009). Ta’lim nazariyasi va amaliyoti. Toshkent: Ma’naviyat.
9.
Abduqodirova, G. (2020). “Faol ta’lim metodlari orqali o‘quvchilarda mustaqil
fikrlashni shakllantirish” // Pedagogik izlanishlar jurnali, №3, 33–37-betlar.
10.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (2021). Boshlang‘ich ta’lim
davlat ta’lim standarti. Toshkent.