Mualliflar

  • Avezova Dilovar Salimovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.89270

Kalit so‘zlar:

antroponimiya belgilar gapiradigan ismlar muallifning fantaziyalari rus yozuvchilarining asarlari klassitsizm davri.

Annotasiya

Maqolada tilda taxalluslarning paydo boʼlishida muayyan ehtiyojlar sabab boʼlganligi, jumladan, felьeton va tanqidiy maqola muallifi oʼz ism va familiyasini oshkor qilmaslikka intilishi, bu orqali maʼlum ijtimoiy-siѐsiy, adabiybadiiy qarashlarni kim ѐzganini sir tutishi, shuningdek, oʼxshash ism, familiyalarning koʼpligi, ayniqsa, ijodkorlar uchun taxallus tanlashga sabab boʼlganligi haqida mulohaza yuritiladi.        


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 2 –to’plam May 2025

Sahifa: 64

TIL TARIXIDA TAXALLUS TUSHUNCHASI

Avezova Dilovar Salimovna

BuxDU filologiya fakulteti rus tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi

d.s.avezova@journal.buxdu.uz

Annotasiya;

Maqolada tilda taxalluslarning paydo boʼlishida muayyan ehtiyojlar

sabab boʼlganligi, jumladan, felьeton va tanqidiy maqola muallifi oʼz ism va familiyasini

oshkor qilmaslikka intilishi, bu orqali maʼlum ijtimoiy-siѐsiy, adabiybadiiy qarashlarni

kim ѐzganini sir tutishi, shuningdek, oʼxshash ism, familiyalarning koʼpligi, ayniqsa,

ijodkorlar uchun taxallus tanlashga sabab boʼlganligi haqida mulohaza yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

antroponimiya, belgilar, gapiradigan ismlar, muallifning

fantaziyalari, rus yozuvchilarining asarlari, klassitsizm davri.

Taxalluslarning klassifikatsiyasi, mazmuniy xususiyati haqida mulohaza yuritishdan

oldin shu sohaqa daxldor ikkita muhim masala ustida to‘xtalish zarur. Bular­dan biri —

taxallusning paydo bo‘lish tarixi va ikkinchisi uning qo‘llanish sababidir. Ma’lumki, Eron

va Arabistonda islomgacha bo‘lgan davrda yozma adabiyot rivojlangan. Eron yozma

adabiyotida dastlab ko‘rinishlangan proza (saj’) paydo bo‘lib, uning o‘rnini asta-sekin

she’riyat egallay boshlagan. VI—VII asrlarda paydo bo‘lgan she’riyat arab so‘zu uslubiga

asoslangan, balki uning o‘rnida qushik so‘zi ishlatilgan. Manbalarning gu­vohlik

berishicha, VIII asr boshidan boshlab “shoiru” so‘zi paydo bo‘lib, u she’riyatda asosiy

tushuncha bo‘lib xizmat qila boshlagan. So‘nggi yillarda esa, she’riyatda ijodiy ifoda

kuchaygan. Misol tariqasida hind eposi “Panchatantra”ning Abdulla ibn al-Muqaffiy

tomonidan qayta ishlanganligi va bu asarning “Shohlarning katta kitobi” nomi bilan

shuhrat qozonganligini ko‘rsatish mumkin. VIII—IX asrlarda poeziya taraqqiy etgan.

She’riyatning g‘azal, qasida, qit’a, ruboiy kabi janrlari shakllangan va ularning ajoyib

namunalar yaratilgan. Xuddi shu davrda Abbos Marvaziy, Abu Hafs Sug‘diy


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 2 –to’plam May 2025

Sahifa: 65

Samarqandiy, Abu Soli Gurgoniy kabi shoirlar paydo bo‘lgan va ularning shuhrati uzoq-

uzoqlarga tarqalgan.

She’riyat, uning g‘azal, qit’a, marsiya kabi janrlari arab yozma adabiyotida inshoot

bo‘lishi bilan birga rivojlangan. Islomgacha bo‘lgan arab she’riyatida esa, she’riyatda

qasidachilik maktabining shakllanganligi, Xasan ibn Sobit singari etuk vakillar voyaga

yetganligi ulug‘ o‘zbek shoiri Alisher Navoiy o‘zining qator asarlarida qayd etadi. Shunisi

xarakterli­ki, yuqorida nomlari zikr etilgan ijodkorlarning aksariyati o‘z nomi bilan emas,

balki taxalluslari bilan shuhrat qozongan. Abbos ismidadan keyin kelgan Marvaziy, Abu

Hafsdan so‘ng Sug‘diy Samarqandiy, Abu Soli­likka qo‘shilgan Gurgoniy kabi so‘zlar

taxallus mazmunida qo‘llanilib ijodkorlarning Marvaz, Samarqand, Gurgon shaharlaridan

bo‘lganligini ishora qiladi.

Arab va Eron adabiyotida taxallus qo‘llanishi VII—VIII asrlarda odat tusiga kirgan

ekan, bu masalaning fors-tojik va o‘zbek adabiyotida qachon paydo bo‘lganligi to‘g‘ri

keladi. Tojik adabiyotshunosligida bu mavzu yetuk o‘rganilgan dor-diqqatga loyiq

anchagina ishlar qilingan. Jumladan, professor E. E. Bertels o‘zining “Navoiyning adabiy

muhiti” asarida quyidagilarni qayd etadi: “…Taxalluslardan foydalanish XI asrda keng tus

olgan, she’r satri oxirida joy olgan bo‘lsa-da, avvalgi asrlar she’riyatida ham shoirlarning

ismlari yoki taxalluslari zikr etilganini topish mumkin…”.

Tadqiqotchi D.Аndaniѐzova[4,132]ning aniqlashicha, “Tilda taxalluslarning paydo

boʼlishida muayyan ehtiѐjlar sabab boʼlganligi, jumladan, felьeton va tanqidiy maqola

muallifi oʼz ism va familiyasini oshkor qilmaslikka intilishi, bu orqali maʼlum ijtimoiy-

siѐsiy, adabiybadiiy qarashlarni kim ѐzganini sir tutishi, shuningdek, oʼxshash ism,

familiyalarning koʼpligi, ayniqsa, ijodkorlar uchun taxallus tanlashga sabab boʼlgan”.

Lugʼatlarda ham taxallusga shu maʼno kasb etgan izohlar berilganini koʼrish mumkin:

“Taxallus arabcha soʼz boʼlib, xalos boʼlish va qutulish maʼnosini beradi” [10, 601].

Muflisiy XV asrda yashagan oʼzbek shoiri, taxallus shoirning ijtimoiy ahvoliga

ishora qiladi [11, 312]. Mavlono Kavkabiy: “Munajjim yigit durur va oʼz faniga munosib

taxallus ixtiѐr qilibdur” [11, 400]. Sakkokiy: pichoqchi boʼlgan, pichoq yasash bilan


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 2 –to’plam May 2025

Sahifa: 66

shugʼullangan, sakkok – pichoq maʼnosidadur [13, 588]. Mavlono Jomiy “Rayhoniy

taxallus qilur erdi... munosabati ila anga Jomiy taxallusi buyurildi. Shayxzodalardandur,

taxallusi ham anga dalolat qilur” [11, 351]. Zuloliy: “Zihni sarchashmasidin nazmi zuloli

sofi zohir boʼlur jihatdin anga Zuloliy taxallus topildi” [11, 351]. Malik: “Oʼzin

MalikRavzon avlodidan tutar jihatin Malik taxallus qilur” [11, 353]. Bu-Аli: Devonavor

yurur, devona boʼlmasa erdi “Bu-Аli” taxallus qilmas erdi [11, 363]. Laqab va taxalluslar

shaxsning asosiy ismi, familiyasiga nisbatan qoʼshimcha nom hisoblanadi, bu jihatdan ular

yaqinlik va umumiylikka ega. Laqab termini oʼtmishda taxallus maʼnosida ham

qoʼllangan. Baʼzi ijodkor va sanʼatkorlar oʼz laqablarini taxallus sifatida qabul qilganlar.

Bunday taxalluslar laqab-taxalluslar deb yuritiladi. Til tarixida taxallus tushunchasi laqab,

kunya soʼzlari bilan ham ifodalangan, biroq ular boshqa-boshqa birliklar, ularni farqlash

lozim. Taxallus lugʼaviy birligi asli arab tilidan oʼzlashgan boʼlib, “oʼzini oʼzi qutqarish,

ozod qilish, xalos boʼlish” maʼnolarini bildiradi. Keyinchalik uning maʼno-mundarijasi

kengaygan hamda ilmiylashgan.

Oʼzbek adabiyotshunosligida adabiy taxallus masalasi maxsus tadqiqot obʼekti

sifatida atroflicha oʼrganilmagan, biroq bu taxalluslarga doir umuman ish qilinmagan,

degan xulosaga olib kelmasligi lozim. N.M.Mallaev, V.А.Аbdullaev va Gʼ.K.Karimov,

А.Qayumovlarning darslik, tadqiqot va monografiyalarida ham taxalluslar toʼgʼrisida

qimmatli fikrlar berilgan. А.Xalilbekovning “Namangan adabiy gulshani”, Gʼani

Majidning “Men bilgan andijonlik ijodkorlar” nomli kitoblari namanganlik, andijonlik

shoir va yozuvchilarning taxalluslarini ham adabiy, ham lisoniy jihatdan oʼrganishda

muhim ilmiy manba vazifasini bajaradi. Jahon adabiyotshunosligida taxalluslar lugʼatlarini

tuzish qadimgi davrlardayoq boshlangan. Taxalluslarga oid ilk lugʼat 1652 yilda yaratilgan

I.Sauersuning “O podpisyax i znakax, pod koimi skrыtы istinnыe imena” (“Imzolar va

belgilar, ular ostida yashiringan haqiqiy ismlar”) nomli ishidir. Keyinchalik Leypsigda

F.Geysler “Ob izmeneniyax imen i anonimnыx pisatelyax” (“Ismlarning oʼzgarishi va

nomaʼlum yozuvchilar toʼgʼrisida”, 1669), Gamburgda nemis yuristi V.Plaktsiy

“Obozrenie anonimov i psevdonimov” (“Аnonim va taxalluslar sharhi”, 1674) nomli

risolasini nashr etdi. V.Plaktsiyning oʼlimidan soʼng bu asar Fabritsius (1698) va Milius

(1740) tomonidan toʼldiriladi va nashr qilinadi. 1806-1809 yillarda Аntuan Barbьe frantsuz


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 2 –to’plam May 2025

Sahifa: 67

taxallus va anonimlarini toʼplagan hamda toʼrt tomlik lugʼat holida nashr ettirgan. Rus

filologiyasida ham taxalluslarni oʼrganish lugʼatlar tuzishdan boshlangan. Bibliograf

I.F.Masanov rus yozuvchi, olim va siyosiy arboblarining taxalluslarini toʼplagan.

Keyinchalik bu ishni P.V.Bikov davom ettirgan. V.S.Kartsov va M.N.Mazaevlar

taxalluslar lugʼatini tuzish masalasini tadqiq etgan. S.Kolosovaning taxalluslar qomusiy

lugʼatida 2500 ga yaqin rus va boshqa xalqlar, jumladan, ayrim oʼzbek siyosiy arbob, olim,

ijodkor hamda sanʼatkorlarining taxalluslariga izoh berilgan. Taxalluslarning turli jihatlari

bir qator rus olimlari tomonidan tadqiq etilgan. K.S.Mochalkinaning dissertatsiyasida

zamonaviy rus antroponomiyasida taxalluslarning oʼrni, taxallus tanlash tarixi,

taxallusning lingvistik maqomi, turlari, semantik-funktsional xususiyatlari, tuzilish

modellari, imloviy va grafik xususiyatlari XVIIIXIX asrlar boʼyicha toʼplangan taxalluslar

misolida tadqiq etilgan. Bu manbalar jahon, jumladan, rus filologiyasida taxalluslarga

qiziqish ancha oldin boshlanganligini va bu sohada maʼlum yutuqlarga erishilganligini

koʼrsatadi. Oʼzbek filologiyasida ilk bor taxalluslar adabiyotshunoslik aspektida Oltoy

(B.Qoriev), R.Vohidovlar tomonidan oʼrganilgan. B.Qoriev 20-yillardagi vaqtli matbuot

sahifalaridan 430 ta taxallusni toʼplagan. Bu adabiy taxalluslar lugʼatini tuzish sohasidagi

ilk qadam edi, biroq bu boradagi ishlar toʼxtab qoldi. 80-yillarda oʼzbek taxalluslarining

lugʼatini tuzish muhim vazifalardan biri ekanligi taʼkidlangan boʼlsa-da, hozirgacha

bunday lugʼat yaratilmadi. Oʼzbek adabiyotshunosligida Аlisher Navoiyning taxalluslari

E.Shodiev, I.Haqqullar tomonidan oʼrganilgan. Shuningdek, oʼzbek tilshunosligi va

adabiyotshunosligida taxalluslar, xususan, taxallusdoshlar, ayrim taxalluslarning paydo

boʼlishi, maʼnolari va qoʼllanishi haqida koʼplab maqolalar yozilgan. Oʼtgan asrning

ikkinchi yarmida koʼpgina olimlar oʼrtasida taxalluslarning, jumladan, Navoiy, Аtoiy va

Muhiy taxalluslarining imlosi yuzasidan munozaralar boʼlgan. E.Begmatov oʼzbek tili

antroponimik birliklari, jumladan, taxalluslarini etnolingvistik hamda lingvistik

yoʼnalishlarda keng ilmiy tahlil qilgan. N.Husanov Аlisher Navoiyning “Majolis-un-

nafois” tazkirasida keltirilgan taxalluslarning lugʼaviy asoslari va maʼnolarini bergan.

Xulosa qilib aytganda, taxallus Sharq mumtoz adabiyotining deyarli barcha

namoyandalari, koʼpchilik olimlar va baʼzi siyosiy arboblar maʼlum taxallusna ega

boʼlishgan. Taxallus qoʼllashning tilshunoslikda ahamiyati katta.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 2 –to’plam May 2025

Sahifa: 68

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

Авезова Д. С. Псевдонимы, их понятие и репрезентация в

художественных текстах //Proceedings of International Conference on Modern Science

and Scientific Studies. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 423-430.

2.

Воронова И.Б. Текстообразующая функция литературных имен

собственных: Дис. на соиск. учен. степ. канд. филол. наук. Волгоград, 2000. — 224

л.

3.

Kolosova S. taxalluslarning entsiklopedik lugʻati.

4.

Т. Кораев, Р. Воҳидов. «Ўзбек тили ва адабиёти» журнали, 1967 йил. 1-сон,

51-58-бетлар

.

5.

Avezova D. Speaking surnames and their role in the stylistic image of a work of

art //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. C10. – С. 59-62.