Mualliflar

  • Axmadjonova Nafisaxon Akmaljon qizi
  • Usmonov Farhodbek Faxriddinivich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.89272

Kalit so‘zlar:

intonatsiya ritm temp fonetik uslubiyat fonetik stilistika nutq tovushlari alliteratsiya supersegmental birlik fonetik ekspressiya urg’u ohang stilistik vosita emotsional ta’sir talaffuz assonans.

Annotasiya

Ushbu maqolada fonetik uslubiyatning nazariy asoslari, uning asosiy tushunchalari va stilistik funksiyalari yoritilgan. Muallif fonetik stilistikaning nutq tovushlari orqali ta’sirchanlikni oshirishdagi rolini tahlil qiladi. Unli va undosh tovushlarning takrorlanishi, alliteratsiya, assonans, tovushga taqlid kabi usullar orqali nutqqa emotsional va ekspressiv tus berilishi ko‘rsatib o‘tilgan. Ayniqsa, she’riy nutqda fonetik vositalarning ahamiyati alohida ta’kidlanadi. Shuningdek, maqolada fonetik ekspressiya usullari — unli cho‘zilishi, kuchli talaffuz, undoshni ikkilantirish, ohang va urg‘u o‘zgarishi kabilar misollar bilan tushuntirilgan. Nutqdagi intonatsiya, pauza, ritm va temp kabi supersegmental elementlarning fonostilistik tahlilidagi o‘rni ham yoritiladi. Maqola fonetik-stilistik vositalarning badiiy, notiqlik, jurnalistik va boshqa nutq uslublaridagi ifodaviy imkoniyatlarini chuqur o‘rganishga xizmat qiladi.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 2 –to’plam May 2025

Sahifa: 54

FONETIK USLUBIYAT MASALALARI

Andijon davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti

oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi F.F.D.D. Professor

Usmonov Farhodbek Faxriddinivich

Andijon davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti

oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 1-kurs talabasi

Axmadjonova Nafisaxon Akmaljon qizi

Annotasiya

: Ushbu maqolada fonetik uslubiyatning nazariy asoslari, uning asosiy

tushunchalari va stilistik funksiyalari yoritilgan. Muallif fonetik stilistikaning nutq

tovushlari orqali ta’sirchanlikni oshirishdagi rolini tahlil qiladi. Unli va undosh

tovushlarning takrorlanishi, alliteratsiya, assonans, tovushga taqlid kabi usullar orqali

nutqqa emotsional va ekspressiv tus berilishi ko‘rsatib o‘tilgan. Ayniqsa, she’riy nutqda

fonetik vositalarning ahamiyati alohida ta’kidlanadi. Shuningdek, maqolada fonetik

ekspressiya usullari — unli cho‘zilishi, kuchli talaffuz, undoshni ikkilantirish, ohang va

urg‘u o‘zgarishi kabilar misollar bilan tushuntirilgan. Nutqdagi intonatsiya, pauza, ritm va

temp kabi supersegmental elementlarning fonostilistik tahlilidagi o‘rni ham yoritiladi.

Maqola fonetik-stilistik vositalarning badiiy, notiqlik, jurnalistik va boshqa nutq

uslublaridagi ifodaviy imkoniyatlarini chuqur o‘rganishga xizmat qiladi.

Kalit so’zlar:

intonatsiya, ritm, temp, fonetik uslubiyat, fonetik stilistika, nutq

tovushlari, alliteratsiya, supersegmental birlik, fonetik ekspressiya, urg’u, ohang, stilistik

vosita, emotsional ta’sir, talaffuz assonans.

Аннотация:

В данной статье освещаются теоретические основы

фонетического стилистического направления, его основные понятия и

стилистические функции. Автор анализирует роль фонетической стилистики в

повышении выразительности речи посредством звуков речи. Показано, как с


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 2 –to’plam May 2025

Sahifa: 55

помощью таких приёмов, как повторение гласных и согласных звуков, аллитерация,

ассонанс, звукоподражание, речь приобретает эмоциональный и экспрессивный

оттенок. Особенно подчёркивается значение фонетических средств в поэтической

речи. Также в статье разъясняются приёмы фонетической экспрессии — удлинение

гласных, усиленное произношение, удвоение согласных, изменение интонации и

ударения с примерами. Освещается также роль супрасегментных элементов, таких

как интонация, пауза, ритм и темп в фонетико-стилистическом анализе. Статья

служит

глубокому

изучению

выразительных

возможностей

фонетико-

стилистических средств в художественном, ораторском, журналистском и других

стилях речи.

Ключевые слова:

интонация, ритм, темп, фонетическое стилеведение,

фонетическая стилистика, звуки речи, аллитерация, супрасегментная единица,

фонетическая экспрессия, ударение, интонация, стилистическое средство,

эмоциональное воздействие, произношение, ассонанс.

Annotation:

This article explores the theoretical foundations of phonetic stylistics,

its key concepts, and stylistic functions. The author analyzes the role of phonetic stylistics

in enhancing the expressiveness of speech through sound. It highlights how methods such

as the repetition of vowels and consonants, alliteration, assonance, and onomatopoeia add

emotional and expressive nuance to speech. The importance of phonetic devices in poetic

language is especially emphasized. The article also explains phonetic expression

techniques — vowel lengthening, strong articulation, consonant doubling, changes in

intonation and stress, all supported with examples. Furthermore, the role of suprasegmental

elements such as intonation, pause, rhythm, and tempo in phonostylistic analysis is

examined. The article contributes to a deeper understanding of the expressive potential of

phonetic-stylistic tools in artistic, rhetorical, journalistic, and other styles of speech.

Keywords:

intonation, rhythm, tempo, phonetic stylistics, phonostylistics, speech

sounds, alliteration, suprasegmental unit, phonetic expression, stress, pitch, stylistic

device, emotional effect, articulation, assonance.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 2 –to’plam May 2025

Sahifa: 56

Bilamizki, fonetika nutq tovushlari va nutq organlarining tovush hosil qilish

paytidagi harakati, holati, tovush o’zgarishi qonuniyatlarni, uning intonatsiya, ohang, ritm

va temp kabi masalalarni tekshiradi. Nutqda tovush va ohangdan foydalanish,

ta’sirchanlikni oshirishni turlari turli xil hisoblanadi. Nutqni emotsional va ifodali qilishda

alliteratsiya, assonans va tovush takrorlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Nutqni

ohangdor qilishning xilma-xil shakllari va usullari o’z tabiati va mohiyati bilan asosan

sheriy nutqqa xosdir.Poetik nutq ohang jihatdan ma’lum tartibga solingan.his-tuyg’u

ifodasi sifatida vujudga kelgan. Hayajonli ritmik nutqdir. Poeziyada nutqni ohang jihatdan

ma’lum

tartibga

soluvchi,tanituvchi,bildiruvchi

vositalarni

(masalan,

ritm,qofiya.radif,bandlarni) keng qo’llash xarakterlidir. Shuning uchun she’r tuzilishi

fonetik stilistikaning maxsus sohasi sifatida alohida ajralib turadi.Shunday qilib,Fonetik

uslubiyatning Fonetik ekspressiya bilan hamkorlikda ish olib borishi yuzasidan qaralganda

tildagi ayrim vositalarning oʻz vazifasidan tashqari uslubiy-ekspressiv vazifalari ham

mavjud boʻlib,foydalanish jihatidan ularning oʻrnini toʻgʻri belgilash muhim

sanaladi.1Fonetik stilistika esa tovushlarning bir-biriga bog'lanishining ekspressiv-stilistik

imkoniyatlarini, ya'ni nutq tovushlarining tilning ta'sirchan vositasi bo'lib xizmat qila olish

usullari va qonuniyatlarini o'rganadi.1Alliteratsiya sheʼrda, jumladna, bandda va qisman

nasriy asarlarda ham bir xil undosh tovushlarning takrorlanishi. Tovushlar ohangdorligi,

asosan bir xil tovushlarning takrorlanishidan hosil boʻlgan ohangdorlik alliteratsiya

hisoblanadi.

1

Qaro qoshing, qalam qoshin

Qayiq qayrilma qoshing, qiz,

Qilur qatlimga qasd, qayrab

Qilich qotil qaroshing, qiz…

Erkin Vohidovning “Qaro qoshing” she'rini misol keltirishimiz mumkin. Bu she’r

da “Q” undoshi alliteratsiyani yuzaga keltirgan.

1

Shomaqsudov .A.Ozbektili stilistikasii.Toshkent.1983-YIL.7-bet.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 2 –to’plam May 2025

Sahifa: 57

Suprasegmental elementlar – ya’ni melodika, dinamika, nutq tempi, pauza, ritm va

aksentuatsiya – matnning umumiy ohangini va uslubiy ta’sirini belgilovchi asosiy

vositalardan hisoblanadi. Bu elementlar tovushli matnlarni makrosegmentatsiya asosida

tahlil qilishda muhim rol o‘ynaydi.Fonetik-stilistik tahlilga olinadigan matnlar uslubiy

jihatdan turli-tuman bo‘lishi mumkin: jurnalistik, ilmiy, notiqlik, badiiy, biznes, neytral va

boshqa uslublar fonetik jihatdan chuqur o‘rganiladi. Ritmik tuzilma (RT) – bu urg‘u bilan

ajralib turuvchi bo‘g‘inlar majmuasi bo‘lib, ular bitta markaziy urg‘u atrofida birlashadi.

Bu birliklar nutqdagi tovush va bo‘g‘inlarning tartibli tizimini ifodalaydi. "Ritmik tuzilma"

tushunchasi bu jihatdan "fonetik so‘z"dan farq qiladi, chunki u ritmga asoslangan tovushlar

tizimini ko‘zda tutadi. Sintagma – bu nutqning semantik jihatdan yakunlangan va fonetik

birlik sifatida ajralib turuvchi qismi bo‘lib, bir fikr yoki mazmunni ifodalovchi segmentdir.

Sintagma, ko‘pchilik fonetiklar ta’kidlaganidek, semantik va formal jihatdan yaxlit birlik

bo‘lib, u intonatsion-semantik birlik hosil qilish xususiyatiga ega.Jahon tilshunosligida,

shu jumladan rus tilshunosligida ham stilistika tilning mohiyati va vazifalarini chuqur tahlil

qilish natijasi o’laroq fan sifatida ajralib chiqdi va rivojlanish yo’liga kirib oldi.

V.Gumboldt, I.A. Boduen de Kurtene, F. Sossyur, G.O. Vinokur, A.P. Yakubinskiy, Ya.

Gort, V.V Vinogradov, N.Yu. Shvedova kabilar nutqni o'rganishga katta e'tibor berdilar.

Va nihoyat, lingvistik stilistika shakllandi. Nutq hodisalari chuqur o'rganila borgan sayin

ilmiy tadqiqot obyektiga aylana boshladi.

2

Fonetik ekspressiya hosil qiluvchi vositalar asosan quyidagilardan iborat:

a) Unlini choʻzish.

Maʼlum bir soʻzda unlini choʻzish orqali soʻzlovchi o‘sha

unli ishtirok etgan so‘zning maʼnosini bo‘rttiradi, diqqatni aynan shu so‘zga qaratadi,

nutq jarayonida unga qo‘shimcha maʼno yuklaydi va shu tarzda ekspressivlik hosil

qiladi:

-Juuuudaaaa charchadim!

2

Iminov .M.Numonov T.Boboxonova D.”Ozbek tili uslubiyati masalalari”. Namangan.nashri.2007-yil.


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 2 –to’plam May 2025

Sahifa: 58

-U yerda nihoyaaaat baland bino bor edi.

-Men shuuuu qizni tanimayman.

b) Unlini kuchli talaffuz qilish.

Bu holatda soʻzlovchi nutqiga keskinlik

ohangini beradi, fikrining qatʼiy va ishonchli ekaniga urgʻu beradi, aniqlanuvchining

boshqa shu turdagi birliklardan ajralib turishini taʼkidlaydi. Natijada, butun gapga

qoʻshimcha maʼno yuklanadi:

- Bu ishni, albatta, bajaraman!

- Men hoziroq ketaman!

- U hech qachon kechirmaydi.

c

) Undosh tovushni ikkilantirish.

Bu usul orqali soʻzlovchi fikr obyektiga

nisbatan oʻz munosabati, his-tuygʻularini bildiradi, maʼnoni kuchaytirishga intiladi va

undoshi ikkilangan soʻzga diqqatni jalb etadi:U essiz ayol edi.

d) Ohang (intonatsiya).

Gapdagi ohang yordamida nafaqat mazmun oʻzgaradi,

balki piching, kesatiq, jerkish, achinish, koyish, shodlik va quvonch kabi kayfiyatlar ham

ifodalanadi. Intonatsiya maʼnoni kuchaytirish va bo‘rttirishga xizmat qiladi: Ha,

bo‘lmasam endi men aybdorman-da?! Voy, bu qanchalik chiroyli-yey!

e) Urg‘u.

Urg‘u o‘z o‘rnida qo‘llanganda odatiy ohangda eshitiladi, lekin uning

joyi almashganda maʼlum bir uslubiy vazifani bajaradi va nutqqa ekspressivlik

bag‘ishlaydi (Misol:U

ketdi

,

U

ketdi.)

Demak,fonetik uslubiyat — bu tilning fonetik vositalari orqali nutqning

ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiluvchi muhim soha hisoblanadi. Unli va undosh

tovushlarning uyg‘unligi, intonatsiya, urg‘u, ritm, pauza va boshqa fonetik elementlarning

nutqqa emotsional tus berishdagi roli misollar bilan asoslangan. Ayniqsa, she’riy va badiiy

matnlarda tovush vositalari orqali ifoda kuchini oshirish imkoniyatlari alohida e’tiborga

loyiqdir. Fonetika va stilistikaning o‘zaro uyg‘unligi asosida fonetik uslubiyat tahlilida

segmental va suprasegmental birliklarning har biri o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Shu


background image

Ustozlar uchun

pedagoglar.org

71-son 2 –to’plam May 2025

Sahifa: 59

boisdan, fonetik uslubiyatni o‘rganish, tilda mavjud tovush vositalarining stilistik

qiymatini to‘g‘ri belgilash va ulardan samarali foydalanish adabiy nutqning

ta’sirchanligini oshirishda muhim o‘rin tutadi

3

.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Shomaqsudov. A. O’zbek tili stilistikasi. Toshkent. 1983-yil.7-bet.

2.Iminov М ., Nu’monov Т. Boboxonova D. „O’zbek tili uslubiyati

masalalari”.«Namangan» nashriyoti.2007-yil.

3. Xaitov N. Tovush hodisalari va ularning stilistik vosita sifatidagi ifodasi. –Fan,

1998.

4.Joʻrayev M. Hozirgi oʻzbek adabiy tilining fonetikasi. – Toshkent: Oʻqituvchi,

1992.

5.Joʻrayev M. Fonetik stilistika masalalari. – Toshkent: Fan, 2003.

3

Xaitov N. Tovush hodisalari va ularning stilistik vosita sifatidagi iifodasi.fan. 1998-yil.