Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 50
ADABIYOT FIKR VA QALBNI TARBIYALAYDI
Surxondaryo Viloyati Denov tumani
59-umumiy o'rta ta'lim maktabi
ona tili va adabiyot fan o'qituvchisi
Qurbonov Dostonboy Himoyiddinovich
Annotatasiya:
Bugungi kunda adabiyot darslarida berilayotgan bilim, hosil
qilinayotgan ko’nikma va malakalarni tiklab borish, zarur bo’lganda takrorlash yo’li bilan
qayta o’rganishga ehtiyoj kuchli. Adabiyot fikr va qalbni tarbiyalaydi.
Kalit so’zlar:
adabiyot, obraz,ifodali o'qish, "Sahna", kitobxon, "Muloqot", "Bahs
munozara", Rolli o’yin metodi.
Har bir inson hayoti davomida duch kelgan muammolarga javobni o’z tarbiyasidan
izlaydi.Bunday hayotiy tajriba hosil bo’lishi uchun esa yaxshi kitobxon sifatida voqealar –
u kechinmalarni o’z qalbidan o’tkazish, o’zi tanlab olgan obrazning tarafdori bo’lib uning
yutuqlari, quvonch qayg’usi-yu, mag’lubiyatini ham o’ziniki qilib olishi kerak bo’ladi.
O’quvchilar tafakkurini o’stirish, so’z boyligini oshirish, estetik didi ma’naviyatini
yuksaltirishda badiiy asar tahlili muhim ahamiyat kasb etadi.Unda o’quvchining
o’qilayotgan asar yuzasidan mustaqil ishlash,ijodiy fikrlash hamda taqdimot qilish,kezi
kelganda o’z hayotlarida o’rganganlaridan xulosalar chiqarish masalalari shakllantiriladi.
Bu yorug' dunyoda har bir inson o'z kasbini fidoyisi, uning yetuk mutaxassisi
bo'lishi, o'z o'rnida izlanuvchan, zamon bilan hamnafas bo'lishi zarurdir. Bugun iqtisodiy,
ma'naviy siyosiy jihatdan yuksalib borayotgan yurtimizda yosh avlod tarbiyasi, qolaversa
ertanggi kun egalarini komil, fozil, ma'nan boy qilib tarbiyalash biz pedagoglarning
kundalik faoliyatiga ko'zlagan maqsadimiz bo'lmog'i lozim.
Maktab inson hayotiga poydevor sanaladi. Poydevor qanchalik mustahkam bo'lsa,
farzandlarimiz ertaga yurt koriga yaraydigan, yot g'oyalarga quloq qo'ymaydigan dono va
baxtli farzandlar bo'lib yetishadilar. Har bir dars mashg'ulotimizda o'z o'quvchilarimizda
ilg'or g'oyalar bilan bilim berar ekanmiz ona zaminni e'zozlashga uni ko'z qorachig'idek
asrashga undab yashamog'imiz lozim. Bugun biz uztozlar ta'lim - tarbiya jarayonida
tinimsiz izlanib, jamiyatimiz taraqqiyoti yo'lida yangicha zamonaviy dars mash g'ulotlari,
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 51
ijodiy jarayon orqali farzandlarimizni chuqur bilim egalari qilib tarbiyalamog'imiz
darkordir. Har bir o'qituvchi dars mashg'ulotiga tayyorgarlik ko'rar ekan ta'lim
standartlariga amal qilgan holda faoliyat olib boradi. Bugungi kun o'qituvchidan
ijodkorlikni talab qiladi. Shundan kelib chiqqan holda ona tili ta'limi oldiga ijtimoiy
jihatdan mukammal shakllangan, mustaqil fikrlay oladigan, nutq va muloqat madaniyati
rivojlangan, savodxon shaxsni kamol toptirish maqsadi qo'yiladi. O'quvchi yoshlarni dars
mashg'ulotlarida ta'lim standartlari bo'yicha qo'yilgan me'yorlarni egallashlari uchun
qo'llanadigan zamonaviy metodlar o'z o'rnida ijobiy natijalarga zamin bo'la oladi.
Dars o'tishning keng va zamonaviy metodlari, usullari rang-barang. Bu usullardan
foydalanishda o'qituvchidan ijodkorona yondashuv talab etiladi. Dars mashg'ulotining
shakllari borasida ta'lim standartlari xilma-xillikni talab etadi. "Sahna", "Muloqot", "Bahs-
munozara", shakllari o'qituvchini o'z ustida mustaqil ishlashga undaydi. Darsning
mazmuni va xarakteriga qarab xalqimizning boy ma'naviy merosidan, ma'naviy
qadriyatlaridan samarali foydalanish. O'tilayotgan mavzuning mazmuniga bog'liq holda
mustaqil yurtimizdagi o'zgarishlardan o'quvchi talabalarni xabardor qilish.
Dars o'qituvchi va o'quvchining ijobiy hamkorligiga asoslanishi lozim.Shundagina
o'quvchilar mustaqil erkin fikrlay oladilar, irodalari tarbiyalanadi. Nutq madaniyati
rivojlanadi. Muammoli vaziyat izlanishlar orqali o'z yo'lini topa oladilar. Bu borada
adabiyot fanining o'rni va ahamiyati katta. Shu bois o'quvchilarni mutolaaga
o'rgatish,oilaviy kitobxonlikni yo'lga qo'yish uchun adabiyot o'qituvchilarining ota-onalar
bilan oilada kitob o'qish, bu borada muhokama o'tkazish, natijani kuzatish kabi masalalarda
hamkorlik o'rnatish yaxshi natija berishi turgan gap. Shuningdek, 5-6-sinflarda milliy,
qardosh va chet el yozuvchilarining sarguzashtlarga boy badiiy asarlarini o'qish va
bolalarning taassurotlari bo'yicha suhbat uyushtirish hamda xulosa chiqarishga o'rgatish
maqsadga muvofiq. O'quvchilarni kitobga qiziqtirishning yana bir samarali usuli bu -
darsni musobaqa tarzda tashkil etishdir. "Kim ko'p badiiy asar o'qigan?", "Kim she'rni
ifodali yoddan aytadi?", "Kim ko'p dostondan parcha yod olgan?", "Kim ko'p g'azal yod
biladi?", "Kimning shaxsiy ijodiy ishlari chop etilgan?" mavzulariga sinflararo
musobaqalar tashkil etilsa, o'quvchilar, albatta o'z iqtidorlarini namoyish etishga harakat
qiladilar. Adabiyot darslarida ifodali o'qishga katta e'tibor qaratilishi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 52
O'qituvchi matnni bolalar qalbiga kirib boradigan darajada his qildirib, ifodali,
ta'sirchan tarzda o'qishi, o'quvchi hissiyoti, tuyg'ularini qo'zg'ata olishi, atoqli san'atkorlar
ijrosida o'qilgan, ertak qahramonlarining video lavhalarini taqdim qilishi va bolalarni
shunday o'qishga o'rgatishi nafaqat fanga qiziqishni orttiradi, balki bola qalbiga ruhiy orom
beradi, estetik didini o'stiradi, she'riyatga, kitob mutolaasiga mehr uyg'otadi. O'quvchilarni
dars jarayonining faol ishtirokchilariga aylantira olish. Bolalarga mustaqil fikr bildirish,
rad etish, isbot qilish, o'z fikrini himoya qilish imkonini yaratish. Sinfdan tashqari
tadbirlarda o'rganilgan asarlardan parchalarni sahnalashtirish, rollarga bo'lib o'qish,
she'rxonlik, ruboiyxonlik kabi adabiy kecha va musobaqalar, uchrashuvlar tashkil qilish.
―Rolli o’yin‖ metodi.
Badiiy asar o’tilganda asarni rollarga bo‘lib o’qish yoki sahnalashtirib tahlil qilish
usuli ham o’ziga xos samara beradi. O’quvchi xotirasida umrbod muhrlanishiga sabab
bo’ladi.
Badiiy asar tahlilida, ―Venn diagrammasi‖ ham juda yaxshi samara beradi. Bu
diagramma orqali o’quvchilar o’rganilgan asar qahramonlarining o’xshash va farqli
chiqarishadi. Bunda o’quvchilarning erkin fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish
kompetensiyalari shakllanadi. ―Venn diagrammasi‖ metodi.
Bu metoddan ham shoir yoki yozuchi hayoti va jodini, badiiy asar qahramonlarini
solishtirish qiyoslash, o’xshash va farqli tomonlarini topishda ham foydalanish mumkin.
Masalan: Abdulla Qodiriyning ―O‘tkan kunlar‖ hamda Cho’lponning ―Kecha va
Kunduz‖ romanlarini ―Venn diagrammasi‖ orqali tahlil qilish mumkin. Qahramonlar tahlil
qilishda Zebi hamda Kumush timsollarini qiyoslab tahlil qilinsa, maqsadga muvofiq
bo’ladi. Donolarning aytishicha, elni ma'rifat asraydi. Shunday ekan, ustozlar zimmasiga
kelajagi buyuk davlatning komil, har tomonlama barkamol vorislarni yetkazib berishdek
yuksak vazifa yuklangan. O'qituvchi - ziyoli inson.
Nafaqat yosh avlodga bilim berishi, balki o'zining yurishturishi, kiyinishi, axloq-
odobi, jamiyatdagi o'rni bilan ularga shaxsiy namuna, ibrat ham bo'lishi zarur.
Xulosa o’rnida,Shular bilan bir qatorda bugun o'qituvchi zimmasiga joylarda
hukumatimiz qarorlari, davlatimizning ichki va tashqi siyosati mazmun-mohiyatini aholi,
o'quvchi-yoshlarga to'g'ri tushuntirish, ularni ezgu maqsadlar sari ruhlantirish singari
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 53
muhim vazifalar ham yuklanganini unutmasligimiz, ularni bajarishga bor bilim-
tajribamizni safarbar etishimiz kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Abdullayeva M." Ona till o'qitish metodikasi" .T- 2017
2.Muhamedova S."Tillarni o'qitishda pedagogik texnologiyadan.T-2015
3. Jumaniyozova M., Ishmuhammedov R. Ta’limda pedagogik texnologiyalardan
foydalanish. –Toshkent: Iste’dod, 2012.
4. ziyo.uz
5. saviya.uz