Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 95
ONA TILI FANIDA BO‘G‘IN USTIDA ISHLASH METODIKASINI
TAKOMILLASHTIRISH
Termiz davlat pedagogika instituti 1-kurs talabasi
Usmonova Dilnura
Annotatsiya:
Ushbu maqolada so‘z tuzilishining asosiy bo‘lagi bo‘lgan bo‘g‘in
bilan ishlash o‘qitish san’ati sifatida talqin etiladi. Muallif bo‘g‘inni nafaqat grammatik
birlik, balki o‘quvchining nutqiy hissiyotini shakllantiruvchi vosita sifatida ko‘rib chiqadi.
Bo‘g‘in tushunchasiga fonologik, akustik va artikulyatsion yondashuvlar ilmiy asosda
yoritiladi.
Kalit so‘zlar:
bo‘g‘in, unli tovushlar, fonologik nazariya, akustik nazariya,
artikulyator nazariya, ochiq bo‘g‘in, yopiq bo‘g‘in.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining
davlat tili sifatidagi nufuzini va maqomini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish
hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi” qabul qilindi. Bu respublikamizda
davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish va o‘zbek tilining xalqaro
miqyosdagi obro‘-e’tiborini oshirishga xizmat qiladi. Bo‘g‘in — tilshunoslikda so‘zning
alohida talaffuz qilinadigan kichik bo‘lagi bo‘lib, u boshlang‘ich sinflarda savod o‘rgatish
davrida shakllanadigan eng muhim til birliklaridan biridir. Bo‘g‘in ustida ishlash orqali
o‘quvchining o‘qish va yozish malakasi shakllanadi, tovush va so‘z qurilishi haqida
dastlabki tasavvurlar hosil bo‘ladi.
Bo‘g‘in murakkab tilshunoslik tushunchasi bo‘lgani
sababli boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga uning ilmiy qoidalari berilmaydi. Amaliyotda ular
so‘zdagi unli tovushlar soniga qarab bo‘g‘inlarni ajratishga o‘rganadilar: ya’ni nechta unli
bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bor degan oddiy qoidaga asoslanadilar.Fonologik nazariyaga
ko‘ra, bo‘g‘in tarkibida unli va undosh tovushlarning joylashish tartibi muhim ahamiyatga
ega. Bu nazariyada tovushlar kombinatsiyasi orqali har bir til uchun xos bo‘lgan ideal
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 96
bo‘g‘in modeli shakllantiriladi. Fonologik nuqtayi nazardan bo‘g‘in sillabema deyiladi, uni
o‘rganadigan soha esa sillabika deb nomlanadi.
Sillabema-
bo‘g‘inning fonologik birlik sifatidagi nomi boʻlib, bu bo‘g‘inga
asoslangan o‘qitish usuli bo‘lib, o‘quvchilarga o‘qish va yozishni o‘rgatishda
bo‘g‘inlardan foydalangan holda so‘zlarni tushunish va talaffuz qilishni osonlashtiradi.
Sillabika-
bo‘g‘in haqidagi ma’lumot boʻlib,bu savod o‘rgatish jarayonida
qo‘llaniladigan bo‘g‘inga asoslangan o‘qitish usuli bo‘lib, o‘quvchilarni harflardan emas,
balki bo‘g‘inlardan boshlab o‘qishga o‘rgatadi. Bu metod, ayniqsa, boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari uchun qulay bo‘lib, o‘qish malakasini tez va aniq shakllantirishga yordam
beradi.
Akustik yondashuv bo‘g‘inni nutq oqimidagi jarangdorlikni tartibga soluvchi birlik
deb ko‘radi. Ya’ni bo‘g‘in — tovushning eshitilish kuchi va davomiyligi bilan
belgilanadigan fonetik birlikdir.Artikulyator nazariya esa bo‘g‘inni talaffuzdagi nafas,
og‘iz bo‘shlig‘i harakati va muskullar kuchlanishi bilan bog‘laydi. Ba’zilar bo‘g‘inni
talaffuzi qiyin tovushlar ketma-ketligini unlilar yordamida yumshatish deb tushunsa,
boshqalar bo‘g‘inni bir nafas turtkisiga to‘g‘ri keluvchi birlik sifatida talqin etadi. Fransuz
tilshunosi M. Gammon (1929-yil) bo‘g‘in — bu artikulyatsiya jarayonidagi muskullar
kuchlanishi va bo‘shashishining almashinuvi deb hisoblaydi.Bunda nutq oqimidagi tovush
tizimining izchil holatda kuchlanishi va boʻshashishi nazarda tutiladi, yaʼni nutq qismlari
kuchlanish bilan boshlanadi va yuqori nuqtasidan kuchlanish bilan tugaydi. Shu
takrorlanish boʻgʻinga ajralishdir. Bu oʻzbek tilshunosi Ayub Gʻulomovning Boʻgʻin
nutqning bir nafas toʻlqinidagi qismidir, degan qarashiga ham moye keladi.
“Boshlangʻich” soʻzi 3 boʻgʻinli boʻlib, har biri kuchlanish bilan boshlanadi. Unlisi baland
nuqtasi hisoblanib, undoshda kuchsizlanib tugaydi. Boʻgʻin kuchli boshlanishi va kuchli
tugashi ham mumkin.
Bo‘g‘inning pedagogik-metodik ahamiyati ham bor; birinchi sinf o‘quvchilariga
to‘g‘ri yozish va o‘qishni o‘rganishlari uchun juda ham kerak bo‘ladi. Orfografiyada ham
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 97
juda zarur bo‘lgan qoidalardan bir bu bo‘g‘in ko‘chirish qoidalari yozuvda so‘zning bir
qatorga sig‘may qolgan qismi ikkinchi qatorga bo‘g‘in asosida ko‘chiriladi;.
Boʻgʻinlar qanday tovush bilan boshlanishiga koʻra ham ikki xil boʻladi
:
1)berkitilgan boʻgʻin
undosh bilan boshlanadi: ta-lab, tinch-lik.
2) berkitilmagan binoan
unli bilan boshlanadi:oʻ-qish,aʼ-lo.
O‘zbek tilida bo‘g‘in quyidagi shakllarda uchraydi:
1.Faqat unlidan iborat: u, e, o (olmosh va undov so‘zlar).
2. Unli va undoshdan iborat: un, ot, it. Bo‘g‘in oxirgi tovushga qarab quyidagicha
tasniflanadi:
Ochiq bo‘g‘in
— unli bilan tugagan soʻzlr: o-na, lo-la.
Yopiq bo‘g‘in
— undosh bilan tugagan soʻzlar: mak-tab, us-toz.
Soʻzlarni boʻgʻinlar soniga koʻra soʻzlar bir boʻgʻinli (ish, koʻk, sen, oz...);ikki
boʻgʻinli (da-la, bu-gun, ik-ki...); koʻp boʻgʻinli (a-ra-va, qoʻ-gʻir-choq...) boʻladi.
Bo‘g‘inga ajratish bilan bo‘g‘in ko‘chirishning asosiy farqi bor. Bo‘g‘inga ajratishda
unlining o‘rni katta lekin bo‘g‘in ko‘chirishda faqat unliga qarab ajratib bilmaymiz.
Masalan: ona bu so‘zni bo‘g‘inga ajratgan paytimizda o-na tarzida ajratilda, agar shu so‘zni
bo‘g‘in chirish qoidalarida ko‘chirsak buni iloji yo‘q chunki bitta harf satrni oxirida ham
qolmaydi yangi satrga ham o‘tmaydi shu sababli bu so‘zni bo‘g‘inga bo‘lmaymiz faqat
bo‘g‘in ajratish qoidalariga to‘g‘ri keladi. Bo‘g‘in ustida ishlash quyidagi shakllarda olib
borilishi mumkin:
1. Tahliliy usul – So‘zni avval tovushlarga, keyin bo‘g‘inlarga ajratish.Bu usulda
o‘quvchi avval so‘z tarkibini tahlil qiladi, tovushlarni idrok etadi, so‘ngra bo‘g‘inlarni
aniqlab, so‘zni tuzadi. Bu jarayon yozuv va talaffuzni uyg‘unlashtirishda yordam beradi.
2. Sintetik usul – Harflarni birlashtirib bo‘g‘in hosil qilish va undan so‘z tuzish.Bu
usulda o‘quvchilar “kichikdan kattaga” tamoyili asosida so‘zlarni yig‘ib o‘rganadilar. Bu
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 98
ularning analiz-sintez faoliyatini rivojlantiradi va mustahkam savod ko‘nikmasini
shakllantiradi.
3. Aralash usul – Yuqoridagi ikki usulning uyg‘unligida qo‘llaniladi.Bu usul
o‘quvchining tahlil (ajratish) va sintez (birlashtirish) ko‘nikmalarini bir vaqtda
rivojlantiradi, savod o‘rganish jarayonini mustahkamlaydi.
4. Vizual usul – Bo‘g‘inlar rang bilan ajratilib, ko‘z bilan idrok etishga
yo‘naltiriladi.. Bu usul o‘quvchilarning ko‘z bilan idrok qilishini kuchaytiradi va eslab
qolishni osonlashtiradi.
Bu metodlardan foydalanish natijasida o‘quvchilar bo‘g‘inlarni to‘g‘ri talaffuz
qilish, yozishda tovushlarni tushirib qoldirmaslik va diktantlarda kam xato qilishni
o‘rganadilar.
Tilshunoslikda bo‘g‘in – bu tovushlarning talaffuzdagi eng kichik segmentidir. Har
bir so‘z bo‘g‘inlarga ajraladi, va o‘quvchilar so‘zlarni o‘qish yoki yozish jarayonida aynan
shu bo‘g‘in tuzilmasidan foydalanadi. Bo‘g‘inlar ustida ishlash orqali o‘quvchi tovushlar
ketma-ketligini yaxshiroq anglaydi, bu esa ularning savodxonlik jarayonini
soddalashtiradi. Soʻzlarni boʻgʻinlarga toʻgʻri ajrata bilish muhim amaliy ahamiyat kasb
etadi.Chunonchi:1) yozuvda soʻzning bir qatorga sigʻmay qolgan qismi ikkinchi qatorga
boʻgʻin asosida koʻchiriladi;2) barmoq vaznida yoziladigan sheʼr misralari boʻgʻin
sonining teng boʻlishiga asoslanadi;3) birinchi sinf oʻquvchilarini savdoga oʻrgatish
davrida ham asosiy diqqat soʻzlarni boʻgʻinlab oʻqish va yozishga qaratiladi.
Boʻgʻin koʻchirish qoidalari
orfografiya
boʻlimida oʻrganiladi.
Agar soʻzda
ng
tovushi ishtirok etayotgan boʻlsa ,quyidagilarga eʼtibor berish kerak.
* Soʻz boʻgʻinlarga ajratilganda
ng
ikki unli orasida keladigan boʻlsa u ikkinchi unli
bilan boʻgʻin hosil qiladi:
si-ngil, koʻ-ngil.
*Agar
ng
dan keyin undosh keladigan boʻlsa,
ng
oldingi bunda qoladi:
mang-
lay,tang-lay.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 99
*Kongress, ingliz kabi soʻzlar chet tillardan oʻzlashgan soʻzlar boʻlgani uchun
boʻgʻinga quyidagicha ajraladi:
kon-gress, in-gliz, shtan-ga.
Xulosa qilib aytganda, bo‘g‘in ustida ishlash – bu faqatgina tovushlarni o‘rgatish
emas, balki bolalarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishdagi muhim bosqich
hisoblanadi. Bo‘g‘in orqali o‘quvchi so‘zlarning tuzilishini tushunadi, tovushlar orasidagi
aloqani his qiladi va asta-sekin mustaqil o‘qish hamda fikr bildirishga o‘rganadi. Agar bu
jarayonda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanilsa, o‘quvchilar uchun
mashg‘ulotlar yanada qiziqarli va esda qolarli bo‘ladi. Masalan, o‘yinlar, kartochkalar,
ovozli topshiriqlar yoki videodarslar orqali bo‘g‘inni o‘rganish darsni jonlantiradi, har bir
bola faol qatnashadi. Bu usullar yordamida o‘quvchilarda nafaqat fonetik bilim, balki
e’tibor, eslab qolish, mustaqil fikrlash kabi ko‘nikmalar ham rivojlanadi. Bo‘g‘in ustida
ishlashning yana bir foydali jihati – bu har bir bola o‘zining talaffuzidagi xatolarni tuzatib
boradi, to‘g‘ri yozishga o‘rganadi va o‘z fikrini ravon ifoda eta boshlaydi. Darslarda
o‘qituvchi bolalarni rag‘batlantirib, ularga e’tibor va quvnoqlik bilan yondashsa, natijasi
yanada samarali bo‘ladi. Shuning uchun bo‘g‘in ustida ishlash har bir boshlang‘ich sinf
o‘qituvchisi uchun muhim vazifalardan biridir. Bu ish to‘g‘ri va quvnoq tarzda olib borilsa,
bolalarning savodxonligi mustahkamlanadi, nutqi boyiydi va o‘qishga bo‘lgan qiziqishi
ortadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. K. Qosimova, S. Matchonov, X. G‘ulomova, Sh. Yo‘ldosheva, Sh. Sariyev – Ona
tili o‘qitish metodikasi
2. M. T. Irsiqulov – Tilshunoslikka kirish
3. O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi (O‘zME), 2000-yil
4.Shohruh Poʻlatov-- "Ona tili qulay qoʻllanma" Toshkent-2020.
5.Nilufar Rasuliva--"Ona tilidan maʼruzalar".
6.M.Hamrayev,D.Muhamedova,D.Shodmonqulova,X.Gʻulomova,Sh.Yoʻldo-
sheva--Ona tili.
7.Jamolxonov H Hozirgi o‘zbek adabiy tili TOSHKENT 2005
8. Qosimova. Boshlang‘ich sinflarda imlosi qiyin so'zlarni o‘rgatish-1964
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 100
9. Shodmonov. E, Nafasov.T Hozirgi adabiy tili
10.Qarshiyevna U. M. Linguistic Views Of Mahmud Kashgari //Central asian
journal of social sciences and history. – 2022. – Т. 3.– №. 12. – С. 336-340.
11. Muminova Umida Qarshiyevna . Lexical-Grammatical Characteristics of the
Noun in Ancient Turkish Language International Interdisciplinary Research Journal
Volume
2
Issue
1,
Year
2023
ISSN:
2835-3013.
P.
389-394
https://univerpubl.com/index.php/synergy
12. Umida Muminova Qarshiyevna. Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit
turk” asarining pedagogika tarixida tutgan o’rni// Tadqiqotlar jahon ilmiy –metodik jurnal.
6-son 2-to’plam, yanvar 2023, 332-335 B
13. Umida Karshievna Muminova. Phytonyms in the work "Mahbub ul-qulub".
International scientific and practical conference “Trends of modern science and practice”
Ankara, Turkey 2023.P 46-50
14. Sharofova Nilufar Ilhom qizi, Muminova Umida Karshiyevna. Forming
Concepts of Grammar and Word Formation in Primary Grades. Web of Semantic:
Universal Journal on Innovative Education, 2(4), 164–168. Retrieved from
http://univerpubl.com/index.php/semantic/article/view/1033
15. Chorshanbiyeva Ra’no, Muminova Umida Karshiyevna, Innovative Approach
as a Condition for Improving the Educational Process in a Modern School , Web of
Semantic: Universal Journal on Innovative Education: Vol. 2 No. 4 (2023): Web of
Semantic: Universal Journal on Innovative Education
16. Davlatmamatovna, H. G. Qarshiyevna, M. U. . (2023). Popular Scientific Texts
in Elementary School Textbooks and Methods of their Study. Web of Semantic: Universal
Journal
on
Innovative
Education,
2(4),
125–128.
Retrieved
from
http://univerpubl.com/index.php/semantic/article/view/1006