Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 101
O’ZBEKI TILI LEKSIKASIDA NEOLOGIZMLAR. NEOLOGIZMLARNING
O'ZBEK TILI TARAQQIYOTIDA TUTGAN O'RNI
Termiz davlat pedagogika instituti 1-bosqich talabasi
Jo‘ranazarova Dilnura
Annotatsiya:
Maqolada “neologizm” tushunchasiga berilgan ta’rifga yondashuvlar
o‘rganilgan. So‘nggi yillarda ilm-fan, madaniyat, texnika va sanoatning rivojlanishi bilan
o‘zbek tilida ham yangi ob’ektlar, hodisa va tushunchalarga xizmat qiluvchi yangi so‘z va
iboralar vujudga kelmoqda. Til birliklariga qo‘shilib borgan neologizmlar vaqt o‘tishi bilan
leksikanga kiritilib, lug‘atlardan o‘rin olmoqda. Maqolada neologizmlarning hosil bo‘lishi,
ayniqsa murakkab va davr rivojlanish jarayoni vositasidagi yasalishiga oid masalalar
yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar:
neologizm, yangi so‘zlar, terminlar, atamalar, leksik birlik, til
manbalari, neologizmdan foydalanish, so‘z birliklari.
Nutqning aniq va ravshan bo‘lishi, avvalo, so‘zdan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq.
So‘zni o‘z o‘rnida to‘g‘ri ishlata bilish uchun uning leksik ma’nosini anglash zarur.
So‘zning leksik ma’nosini tushunmaslik uni xato qo‘llashga olib keladi. Buyuk so‘z
san’atkorlari so‘z xususida shunday deyishgan: «So‘z barcha faktlar, barcha fikrlar
libosidir» yoki «Agarda biror narsani aniq ifodalay olmas ekansiz, bunday tilimizdan emas,
balki uqishiz mahoratimizdan guvohlik sinamog‘i kerak» va hokazo.
So‘z san’atkorlari e’tiborini tilning ohangiga ham qaratib, uslub va ifodaning sodda
bo‘lishini, nutqda fikriy mujmallikka yo‘l qo‘ymaslikni ta’kid etadilar. Ulug‘ so‘z
san’atkori Alisher Navoiy tilga e’tibor – elga e’tibor, deb tilning ahamiyatini alohida
ta’kidlagan edi. Bobur o‘g‘li Xumoyunga yozgan maktubida ona tilining muhimligini qayd
etgan holda: «Agar muroding g‘olib bo‘lsin desang, avvalo, tilni isloh qil», deya nasihat
qilgan.
Inson tafakkurining eng yuksak yutuqlari, eng chuqur bilimlari va g‘oyat otashin
hislar, agar ular so‘z vositasi bilan aniq va ravshan ifoda qilinmasa, odamlar uchun
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 102
noma’lumligicha qolaveradi. Til fikrni ifodalash vositasi. Binobarin, agar fikr aniq
vositasiz ifodalangan bo‘lsa, agar u til vositasi bilan ro‘yobga chiqqan bo‘lsa, agar u,
faylasuflar tili bilan aytganda, - boshqalarga bevosita borib etsa, aniqlashtirilishiga fikr
bo‘la oladi. Leksika muttasil o‘sish va rivojlanishda bo‘lib, unda doim yangi so‘zlar paydo
bo‘ladi, tildagi mavjud so‘zlarning ba’zilari asta-sekin eskirib boradi. Eskilik otenkasiga
ega bo‘lgan so‘zlar tilida birmuncha vaqtga qadar ishlatiladi. Shunga ko‘ra umumxalq tili
lug‘at boyligini ikki katta guruhga ajratish mumkin: faol so‘zlar va nofaol so‘zlar. Faol
so‘zlar guruhiga ma’nosi shu tilida gaplashuvchi barcha kishilarga tushunarli va kundalik
turmushda qo‘llanib odat bo‘lib qolgan so‘zlar kiradi. Bu guruhdagi so‘zlar eskilik
bo‘yog‘iga ega bo‘lmaydi.
Nofaol so‘zlar guruhiga eskilik bo‘yog‘i aniq bilinib turadigan va ko‘pchilikka
ma’lum bo‘lmagan so‘zlar kiradi. Bunday so‘zlar kundalik aloqada kamroq ishlatiladi.
Nofaol so‘zlar ikki guruhga bo‘linadi: qadimgi so‘zlar (arxaizmlar, istorizmlar) va yangi
paydo bo‘lgan so‘zlar (neologizmlar). Arxaizm va istorizmlarning uslubiy vazifasi. Tilning
hozirgi davri uchun eskilik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘zlar arxaizm yoki arxaik so‘zlar deb
yuritiladi. Masalan: gisu(soch),payg'om(xabar) kabi so‘zlar o‘zbek tilida mavjud bo‘lgan
bo‘lsa-da, bugungi kunda yangicha so‘zlar bo‘lib, ularning o‘rnini yangi tushunchalar
egallagan. Leksikaning tarixiy hodisasining ko‘rinishlari:yorg'ichoq(kuchuk),falakiyot (
astronomiya) ;
So‘zning ma’nolaridan biri arxaiklashadi. Bu semantik arxaizm deyiladi. Masalan:
tarjimon so‘zining «tilmoch» ma’nosi arxaiklashgan Shuningdek, qimmat so‘zining
«qo‘iga tushirilgan narsa, o‘lja» ma’nolari arxaiklashgan, u qulay, narxi yuqori ma’nosida
ishlatiladi.
Neologizmlar. Kundalik hayotimizdagi yangi narsalarni, ularning belgilarini,
yangicha munosabatlarni, umuman yangi tushunchalarni ifoda etish ehtiyoji bilan yuzaga
kelgan soʻzlar yoki yangi ma’noda qoʻllangan eski soʻzlar neologizmlar deyiladi.
Neologizm grekcha soʻz boʻlib, neos – «yangi» degan ma’noni bildiradi. Neologizm
yangilik boʻyogʻiga ega boʻlgan soʻzlardir. Masalan:agitatsiya, barber, batl, chekboks,
dedlayn, filler, galaktostaz, ivent, kognitiv, koturn, kovorking, lavash, lokdaun, media,
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 103
netiket , oversayz,podkast, prank, repost, retvit, storis, kabi. Neologizmlar yangi paydo
boʻlgan payti, ishlatilish doirasiga koʻra chegaralangan leksikaga kiradi. Neologizmlarning
ma’nosi tushunarli kasb etsa, xalq orasida ommaviylashib ketishi mumkin. Bunda u
yangilik boʻyogʻini yoʻqotadi va umumxalq soʻziga aylanadi. Masalan: internet,
kompyuter, televizor,kafe, kosmos, kosmonavt telegram, radio, va hokazo. Ba’zi
neologizmlar yangiligicha qolib ketishi, ishlatilish doirasi chegaralanib lexikadan bir oz
oʻrin olishi mumkin. Demak, neologizm soʻz yoki soʻzning ma’nosi neologizm boʻlishi
mumkin.Soʻz neologizmlar va leksik neologizm deb yuritiladi: smartfon, dasturlash va
boshqa soʻzlardir. Bunday soʻzlar:
1. oʻzi butunlay yangi, hali oʻzlashib ketmagan soʻzlar;
2. ilgari mavjud boʻlgan soʻz yasovchi qoʻshimchalar bilan yasalgan yangi soʻzlar:
selfibop, vayner va h. k
3. boshqa tildan kirib, hali umumxalq tiliga singib ketmagan yangi soʻzlar: birja,
mega
Leksik ma’nolardan biri yangi boʻlsa, semantik neologizm deb yuritiladi. Masalan:
marketing, savdo. O‘zlikni anglashda tilning roli muhimdir. Birinchi Prezidentimiz
I.A.Karimov bu haqda shunday degan edilar: "... ajdodlardan o‘tib kelayotgan ona-
tilimizni asrab-avaylashimiz, uni boyitish, nufuzini oshirish ustida doimiy ishlashimiz
zarur. Ayniqsa, fundamental fanlar, zamonaviy kommunikatsiya va axborot
texnologiyalari, bank-moliya tizimi kabi o‘ta muhim sohalarda ona tilimizning qo‘llanish
doirasini kengaytirishga alohida e’tibor berishimiz zarur". Shu boisdan aytish joizki,
o‘zbek tilini ilmiy jihatdan rivojlantirish, chuqur o‘rganish, yanada boyitish muhim
ahamiyat kasb etadi. Fan hamisha rivojlanish va taraqqiyotda. Bugungi kunda u misli
ko‘rilmagan darajada jadallashdi. Agar hozirgi dunyoga nazar tashlarsak, bizni o‘rab
turgan kurrali zamon zamonaviy texnologiyalar orqali rivojlanayotganiga guvoh bo‘lamiz.
Boshqa tarafdan esa davlatlar o‘rtasidagi kuchli geosiyosat ta’siri mashhurlashuv
jarayonining jiddiy tus olishiga sabab bo‘lmoqda. Ayni damda jamiyat taraqqiyoti, axborot
texnologiyalarining rivojlanishi va davlatlararo siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarning
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 104
kengayishi natijasida tillararo so‘zlarning biridan boshqasiga o‘tishi jadallashmoqda. Bu
jarayon ham bevosita o‘zbek tiliga ta’sir qilmoqda va o‘zbek tili leksikasi o‘zlashma
so‘zlar – neologizmlar hisobiga boyishiga xizmat qilmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.Ona tili. Oliy o'quv yurtlari uchun darslik/M.Hamroyev, D. Muhamedova, D.
Shodmonqulova, X. G'ulomova, Sh. Yo'ldosheva;O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta
maxsus taʼlim vazirligi. -T. :"IQTISOD- MOLIYA", 2007.276 b.
2 . Ona tilidan ma'ruzalar to'plami/N.Erkaboyeva.-T.:" Yosh kuch", 2021.688 bet
3.Karimov.I.A.-"Yuksak
ma'naviy-
yengilmas
kuch".-Toshkent.Ma'naviyat,
2008.B.-87
4.Qarshiyevna U. M. Linguistic Views Of Mahmud Kashgari //Central asian
journal of social sciences and history. – 2022. – Т. 3.– №. 12. – С. 336-340.
5. Muminova Umida Qarshiyevna . Lexical-Grammatical Characteristics of the
Noun in Ancient Turkish Language International Interdisciplinary Research Journal
Volume
2
Issue
1,
Year
2023
ISSN:
2835-3013.
P.
389-394
https://univerpubl.com/index.php/synergy
6. Umida Muminova Qarshiyevna. Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit turk”
asarining pedagogika tarixida tutgan o’rni// Tadqiqotlar jahon ilmiy –metodik jurnal. 6-
son 2-to’plam, yanvar 2023, 332-335 B
7. Umida Karshievna Muminova. Phytonyms in the work "Mahbub ul-qulub".
International scientific and practical conference “Trends of modern science and practice”
Ankara, Turkey 2023.P 46-50
8. Sharofova Nilufar Ilhom qizi, Muminova Umida Karshiyevna. Forming Concepts
of Grammar and Word Formation in Primary Grades. Web of Semantic: Universal Journal
on
Innovative
Education,
2(4),
164–168.
Retrieved
from
http://univerpubl.com/index.php/semantic/article/view/1033
9. Chorshanbiyeva Ra’no, Muminova Umida Karshiyevna, Innovative Approach as
a Condition for Improving the Educational Process in a Modern School , Web of Semantic:
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
71-son 2 –to’plam May 2025
Sahifa: 105
Universal Journal on Innovative Education: Vol. 2 No. 4 (2023): Web of Semantic:
Universal Journal on Innovative Education
10. Davlatmamatovna, H. G. Qarshiyevna, M. U. . (2023). Popular Scientific Texts
in Elementary School Textbooks and Methods of their Study. Web of Semantic: Universal
Journal
on
Innovative
Education,
2(4),
125–128.
Retrieved
from
http://univerpubl.com/index.php/semantic/article/view/1006