История освещения сильной системы социальной защиты в произведениях

CC BY f
76-80
0
0
Поделиться
Юнусходжаев, Х. (2023). История освещения сильной системы социальной защиты в произведениях. Узбекистан-2030: наука, образование и экономика в развитии, 1(1), 76–80. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/uzbekistan-science-education/article/view/25721
Хабибулла Юнусходжаев, Ургенчский государственный университет

независимый исследователь

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье автор рассматривает, что люди могут осуществлять социальную политику только при наличии сильных социальных возможностей в государстве. Социальная возможность означает способность распределять места, полномочия, уровни, позиции и привилегии на социальной лестнице. Автор подчеркивает, что на это распределение влияет парадигма экономических возможностей. Например, доход или богатство, являясь экономическими возможностями, также определяют социальный статус.


background image

"Узбекистан

-

2030: наука, образование и экономика

в развитии"

76

СЕКЦИЯ

3.

Исторические науки

KUCHLI IJTIMOIY HIMOYA TIZIMINING ASARLARDA

YORITILISH TARIXI

Yunusxo

‘jayev Habibulla Zafar o‘g‘li

Urganch davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi

https://orcid.org/0009-0004-0455-3507

Annotatsiya:

Maqolada muallif tomonidan insonlar ijtimoiy siyosatga

davlatda kuchli ijtimoiy imkoniyatlar berilgan sharoitdagina erisha olishi haqida

oʻz fikrlarini bayon et

gan.

Kalit so‘zlar

:

sharq, tarixiy-madaniy, iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy, siyosat, oila,

soliq, dinor, vaqf, Oʻzbekiston, davlat, axborot, resurs, risk, gʻoya.

Аннотация

:

В статье автор рассматривает, что люди могут

осуществлять социальную политику только

при наличии сильных

социальных возможностей в государстве. Социальная возможность
означает способность распределять места, полномочия, уровни, позиции и

привилегии на социальной лестнице. Автор подчеркивает, что на это

распределение влияет парадигма экономических возможностей. Например,

доход или богатство, являясь экономическими возможностями, также

определяют социальный статус.

Ключевые слова

:

Восток, историко

-

культурный, экономико

-

политический, социальный, политика, семья, налог, динар, дар, Узбекистан,

государство, информация, ресурс, риск, идея.

Annotation:

In the article the author the fact that people can achieve social

policy only in the conditions of strong social opportunities in the state. Social
opportunity means the ability to distribute places, powers, levels, positions,

privileges on the social ladder. Of course, this distribution is influenced by the

paradigm of economic opportunities. For example, despite the fact that income or

wealth are economic opportunities, they also describe social status.

Keywords:

east, historical-cultural, economic-political, social, politics, family,

tax, dinar, endowment, Uzbekistan, state, information, resource, risk, idea.

Ijtimoiy hayot jamiyatdagi turli ijtimoiy qatlam vakillarining turmush tarzi

va ularning xatti-harakatlarining mushtarak tizimi

bo‘lib

, u turli hodisalarga

nisbatan ijtimoiy munosabatlar tizimi sifatida yuzaga keladi. Ijtimoiy siyosatning

sub’

yektlari davlatning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlari, ish

beruvchilar, kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari hisoblanadi.


background image

"Узбекистан

-

2030: наука, образование и экономика

в развитии"

77

Ijtimoiy himoya tizimi quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

-ijtimoiy adolat va tenglik;

-

ijtimoiy mas’uliyat;

-ijtimoiy sherikchilik;

-ijtimoiy kafolatlar.

Davlat ijtimoiy siyosatining asosiy mezonlarini aholining turmush darajasi

va sifatini yaxshilash tashkil etadi. Aholining turmush darajasi odamlarning zarur

moddiy va

ma’naviy

ne’matlar

bilan

ta’min

langani, bandligi, shuningdek,

“inson

taraqqiyoti

bilimi, salomatligi, shaxsiy ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlari

hamda uning yashash shart-sharoitlari, uy-joyga egaligi, atrof muhitning ahvoli,

iqtisodiy va ijtimoiy ehtiyojlari qondirilishini ifodalovchi mezonlar asosida

aniqlanadi”

[1].

Ijtimoiy siyosatning nazariy jihatlari haqida

so‘z

yuritganda unda shaxs,

davlat va jamiyatning

o‘zaro

dialektik aloqadorligi muhim rol

o‘ynaydi

. Shu bois,

ijtimoiy hayotni tartibga solish va uni yanada takomillashtirishda shartli ravishda

quyidagi uchta jihatni

e’tiborga

olish muhim ahamiyat kasb etadi. Ular

quyidagilardir:

1.

Shaxsning ijtimoiy rivojlanishi (mikro darajada);

2.

Davlatning ijtimoiy rivojlanishi (makrodaraja);

3.

Korxonalar, tashkilotlar va tijorat kompaniyalarining ijtimoiy rivojlanishi

(mezo-

daraja). Shaxsning ijtimoiy rivojlanishi (mikro darajada), bu inson o‘zligini

anglashi, o‘zini o‘zi boshqara olishi, uning shaxsiy ko‘nikma va paradigmalari

asosida shakllanadi, Ya’ni, uning bilimi va a

xloqi

y ko‘nikmalarini o‘lchash uchun

ijtimoiy muhitning o‘rni katta, shu asosdan u ma’lum ijtimoiy birliklar, oil

a,

mahalla, atrofdagilar ta’siri ostida yuzaga keladi.

To‘g‘ri, shaxsning ijtimoiy rivojlanishi avval

a

mbor insonning o‘ziga bog‘liq

bo‘lsa

-

da, ijtimoiy so‘zining ma’no va mazmunidan kelib chiqib, tahlil etilsa, uning

rivojlanishida jamoa katta rol o‘ynaydi. Ya’ni, shaxsning ijtimoiy ko‘nikmalaridan

tashqari uning barcha shaxsiy qobiliyatlarini, funksional vazifa va bilimlarini,

mavjud bo‘lgan

ma’lumotlar miqdorini atrofdagilar qiziqishlari bilan

uyg‘unlashtirish kerak bo‘ladi.

Davlat darajasida jamiyatning ijtimoiy rivojlanishi o‘z

-

o‘zidan ayonki, uning

barcha a’zolarining sa’y

-

harakatlari bilan vujudga keladi, ya’ni bunda insonlar

o‘rtasidagi o‘zaro pro

gressiv muloqotlar tizimi shakllanadi. Har bir mintaqada

o‘ziga xos o‘xshash ijtimoiy resurs shakllanadi va keyin butun mamlakat bo‘ylab

birlashadi. Davlat miqyosida jamiyat rivojini ta’minlash uchun barcha ijtimoiy

sub’

yektlar (ijtimoiy fondlar, uyushmalar, mahalla va boshqalar) bir maslak sari

yakdil qadam tashlashi, ular ish faoliyati muvofiq bo‘lishi muhim. Yoki ma’lum bir

hududda xo‘jalik yurituvchi sub’

yektlarning iqtisodiy faoliyatini yaxshilash ham

zarur. So‘ngra har bir ijtimoiy sub’

y

ektning ish natijalariga ko‘ra jamiyat ijtimoiy

fundamenti

shakllanadi. To‘plangan ta

jribalar pirovardida jamiyatning ijtimoiy

rivojlanish darajasini belgilaydi.


background image

"Узбекистан

-

2030: наука, образование и экономика

в развитии"

78

Endi sharq xalqlarida ijtimoiy masalalarga oid qarashlarga

e’tibor

qaratsak.

Masalan, xalq turmush tarzi bilan

bog‘liq

oila va jamiyat hayotining turli

masalalari sharq xalqlari tarixi hamda madaniyatining qadimgi merosi

zardushtiylikka oid adabiyotlarda

o‘z

ifodasini topgan. Ularda

o‘sha

davrning

axloqiy, falsafiy va ijtimoiy

g‘oyalarini

aks ettiruvchi zardushtiylar turmush tarzi,

kishilar

o‘rtasidagi

o‘zaro

munosabatlarga oid fikrlar

o‘sha

davrda va undan

so‘ng

jamiyatdagi ijtimoiy-falsafiy qarashlarning takomillashishi uchun asosiy manba

bo‘lib

xizmat qilgan [3].

XV asrda yashagan diniy ulamo

Xo‘ja A

hror Valiyning

Manoqibi Xoja Ahror

asarida keltirilishicha, Umar Shayx Mirzo Toshkent aholisiga soliq solganida

250.000 dinor miqdordagi bir yillik soliqni uning o‘zi to‘lab yuborganligi ma’lum.

Ma’lum muddat o‘tgach, yana 70.000 dinorni ham o‘zi

to‘lagan. Ushbu sa

xovatli

ishni Xoja Ahror xalq oldida obro‘ e’tibor qozonish uchun emas, balki o‘sha

murakkab vaziyatlarda xalq gardaniga tushgan og‘ir yukni yengillashtirish uchun

qilgan [4].

Shuningdek, yaqin tariximizga murojaat qilsak, 1941-1945 yillardagi

ikkinchi jahon urushining og‘ir damlarida o‘zbek xalqi front hududlaridan

O‘zbekistonga ko‘chirib keltirilgan xalqlarga nisbatan haqiqiy bag‘rikenglikni

namoyon etgan. Jumladan, Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Polsha kabi

davlatlardagi front oldi viloyatlaridan

O‘zbekistonga ko‘chirib keltirilgan aholiga

insonparva

rlik ko‘rsatilgan. Masalan, urush yillarida O‘zbekistonga 1 mlndan

ortiq kishi ko‘chirib keltirilgan bo‘lsa, shulardan 240 000 dan ko‘prog‘i bolalar edi

[7].

Shunday

og‘ir

damlarda ularga ijtimoiy yordamlar

ko‘rsatilib

, evakuatsiya

qilinganlar mahalliy oilalarga, bolalar uylariga, maxsus maktablarga

joylashtiriladi.

Xalq boshidan kechirgan og‘ir Stalin qatag‘onlari yillari va ikkinchi

jahon urushi yillari ko‘plab qiyinchiliklarni ko‘

rgan koreyslar, nemislar, turklar,

polyaklar, ruslar, greklar, yahudiylar, qrim-tatar va boshqa millat vakillari

O‘zbekistonga ko‘chirilgan bo‘lib, ular uchun O‘zbekiston ikkinchi Vatanga

aylandi. Chunki ular shu yerda yashab qoldilar, shu yerda tarbiya topib, kamolga

yetdilar.

Davlatimiz milliy mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng barcha sohalarda

bo‘lgani kabi ijtimoiy sohada ham ulkan islohotlar boshlandi. Jamiyat va

davlatning alohida e’tiboriga mu

h

toj qatlam vakillariga doimiy g‘amxo‘rlik

ko‘rsatilib, qo‘llab

-quvvatlanmoqda. Masalan, ijtimoiy siyosatning rivojlanish

tendensiyasiga muvofiq, agar 1990-yil respublikada xarajatlarning 31 foizi

ijtimoiy sohalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lsa

, bugungi kunga kelib

ushbu ko‘rsatkich 60 foizni tashkil etadi. Uning asosiy qismi ta’lim, sog‘liqni

saqlash va ijtimoiy ta’minot sohalariga yo‘naltiriladi. Ijtimoiy yo‘nalishlarda olib

borilgan izchil islohotlar natijasida mamlakatimizda aholi yalpi daromadlari 12,2

barobar oshdi. Aholining o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 67 yoshdan 73,2 yoshga

yetdi. O‘zbekiston ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoning rivojlangan davlatlari


background image

"Узбекистан

-

2030: наука, образование и экономика

в развитии"

79

darajasiga yaqinlashdi [8].

2021-yilgacha

bo‘lgan

davrda respublikada

kambag‘allikni

kamaytirishga

qaratilgan chora-tadbirlar natijasida aholi jon boshiga real jami daromad 43,9

foizga,

o‘rtacha

hisoblangan nominal oylik ish haqi 79,7 foizga yoki 2016-yildagi

1293,8 ming

so‘mdan

2019-yilda 2324,5 ming

so‘mga

oshdi. Jahon bankining

“O‘zbekiston

fuqarolarini

tinglab”

loyihasi doirasida, uy

xo‘jaliklari

orasida

o‘tkazilgan

so‘rovnoma

natijalariga

ko‘ra

, 2020-yilning yanvar-mart oylari uchun

o‘rtacha

kambag‘al

xonadonning oylik daromadi taxminan 1,5 million

so‘mni

tashkil etib, taqqoslama narxlarda bu

ko‘rsatkich

o‘tgan

yilning mos davriga

nisbatan 12 foizga oshgan [9].

Mazkur islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad xalq manfaati, yurt

tinchligi va vatan taraqqiyoti deyishimiz mumkin. Ularning tag zamirida esa

ijtimoiy davlatchilikni rivojlantirish va takomillashtirish yotadi. Ijtimoiy davlat,

avvalo, ishsizlikdan himoyalanish, kafolatlangan sifatli

ta’lim

, malakali tibbiy

yordam, barcha uchun teng imkoniyatlar, oilalar, bolalar, ayollar, qariyalar,

nogironligi bor shaxslarni har tomonlama

qo‘llab

-quvvatlash

kabi ko‘plab

vazifalarni o‘z zimmasiga oladi. Shuning bilan birga,

yashash uchun zarur

resurslar

ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi, transport va boshqa

qulayliklar bilan

ta’minlanis

h, majburiy mehnatga taqiq

qo‘yish

ham ijtimoiy

davlatda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoy

ev ta’kidlaganidek:

“...

ijtimoiy davlatda hech kim

e’tibordan

chetda

qolmaydi,

o‘z

muammolari bilan

yolg‘iz

tashlab

qo‘yilmaydi”

[10].

XULOSA.

Keltirilgan misollar tarixda ham o‘zbek xalqida odamlarga

ijtimoiy ko‘mak berish, ularga yordamlar ko‘rsatish an’anasi ma

v

jud bo‘lganligini

tasdiqlaydi. Ya’ni, tarixda ham saxovatli insonlar doimo xalq dardini ko‘zlab ish

yuritgan

ligiga guvoh bo‘lish mumkin. Bu esa tarixdan zarur xulosalar chiqarib,

kelajakda

aholini

ijtimoiy

himoya

qilish

mexanizmlarini

yanada

mustahkamlashni, uning maqsadli yo‘nalishlarini belgilab olishni nazarda tutadi.

Markaziy Osiyoda joyla

shgan O‘zbekistonda bugungi kunda tarixiy an’analarga

asoslangan holda, g‘arb mamlakatlaridan farqli ravishda aholini ijtimoiy himoya

qilish prinsipiga amal qilinadi.

Ya’ni aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi davlat

ich

ki siyosatining ustuvor yo‘nalishi

sanaladi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

Q. Abdurahmonov,

Oʻzbekistonda inson omili va manfaatlari

-eng oliy

qadriyat. Iqtisodiy, ilmiy-tahliliy risola.

–Toshkent.: Gʻafur Gʻulom nomidagi

nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2017.-B 189.

2.

Маковелский

А

.

О

.

Авеста

.

Баку

, 1960.

С

. 89-92;

Бойс

М

.

Зороастрийцы

:

Верования

и

обычаи

.

М

.:

Наука

, 1988.

С

. 200-201;

Дорошенко

Е

.

А

.

Зороастрийцы

в

Иране

.

М

.:

Наука

, 1982.

С

. 84-99; T.

Mahmudov, Avesto haqida.

T.: Sharq, 2000.

B. 13; Tohir Karim. Muqaddas

Avesto izidan.

T., 2000; H. Homidov, Avesto fayzlari.

T., 2001.

B. 57-61; Avesto


background image

"Узбекистан

-

2030: наука, образование и экономика

в развитии"

80

yasht kitobi / Isxoqov M. tarjimasi.

T.: Sharq, 2001; Avesto tarixiy badiiy

yodgorlik / Asqar Mahkam tarjimasi.

T.: Sharq, 2001.

3.

Z. Qutiboyev, Xoja Ahror Valiy. T

. “Fan”. 1996. 82 bet

.

4.

M.

Choʻqay Istiqlol jallodlari.

-T.:

Gʻafur Gʻulom

nomidagi Adabiyot va

sanʼat nashriyoti.

1992, 6-

bet.; Behbudiy. Tanlangan asarlar. Soʻz boshi. T;

Maʼnaviyat, 1999, 28

-b.; M. Abdurashidxonov Xotiralarim. -T.: Sharq. 2001.;

Avloniy. Tanlangan asarlar 1, 2 jildlar. Maʼnaviyat. 1998; Behbudiy

. Tanlangan

asarlar, Maʼnaviyat. 1999, Fitrat. Tanlangan asarlar 1,2,3 jildlar, 2000

-2003.;

Behbudiy M. Turkiston madaniy muxtoriyati loyihasi. Jahon adabiyoti, 2003-yil,
avgust, 146-

b.; Doʻstqorayev B. Oʻzbekistonda yangi davlatchilik maʼrifati.//

Jamiyat va boshqaruv,1997-yil,2-son,13 bet.

5.

Taraqqiyotning “oʻzbek modeli” –

xalqimiz farovonligining muhim omili

// https://birinchi-prezident.uz/?p=207.

6.

Aholini ijtimoiy qoʻllab

-

quvvatlash tizimidagi muammolarni aynan qoʻlda

boshqarish

rejimida

hal

etishga

toʻgʻri

kelmoqda

//

https://kun.uz/news/2020/08/11/aholini-ijtimoiy-qollab-quvvatlash-

tizimidagi-muammolarni-aynan-qolda-boshqarish-rejimida-hal-etishga-togri-

kelmoqda-obid-hakimov.

7.

Prezident Konstitutsiyada “Oʻzbekiston —

ijtimoiy davlat” degan gʻoyani

mustahkamlashni taklif qildi // https://daryo.uz/k/2022/06/20/prezident-

konstitutsiyada-ozbekiston-ijtimoiy-davlat-degan-goyani-mustahkamlashni-

taklif-qildi



Библиографические ссылки

Q. Abdurahmonov, Oʻzbekistonda inson omili va manfaatlari-eng oliy qadriyat. Iqtisodiy, ilmiy-tahliliy risola. –Toshkent.: Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2017.-B 189.

Маковелский А.О. Авеста. — Баку, 1960. – С. 89-92; Бойс М. Зороастрийцы: Верования и обычаи. — М.: Наука, 1988. –С. 200-201; Дорошенко Е.А. Зороастрийцы в Иране. — М.: Наука, 1982. – С. 84-99; T. Mahmudov, Avesto haqida. – T.: Sharq, 2000. – B. 13; Tohir Karim. Muqaddas Avesto izidan.– T., 2000; H. Homidov, Avesto fayzlari. – T., 2001. – B. 57-61; Avesto yasht kitobi Isxoqov M. tarjimasi.– T.: Sharq, 2001; Avesto tarixiy badiiy yodgorlik / Asqar Mahkam tarjimasi. – T.: Sharq, 2001.

Z. Qutiboyev, Xoja Ahror Valiy. T. “Fan”. 1996. 82 bet.

M. Choʻqay Istiqlol jallodlari. -T.: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 1992, 6-bet.; Behbudiy. Tanlangan asarlar. Soʻz boshi. T; Maʼnaviyat, 1999, 28-b.; M. Abdurashidxonov Xotiralarim. -T.: Sharq. 2001.; Avloniy. Tanlangan asarlar 1, 2 jildlar. Maʼnaviyat. 1998; Behbudiy. Tanlangan asarlar, Maʼnaviyat. 1999, Fitrat. Tanlangan asarlar 1,2,3 jildlar, 2000-2003.; Behbudiy M. Turkiston madaniy muxtoriyati loyihasi. Jahon adabiyoti, 2003-yil, avgust, 146-b.; Doʻstqorayev B. Oʻzbekistonda yangi davlatchilik maʼrifati.// Jamiyat va boshqaruv,1997-yil,2-son,13 bet.

Taraqqiyotning “oʻzbek modeli” – xalqimiz farovonligining muhim omili // https://birinchi-prezident.uz/?p=207.

Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimidagi muammolarni aynan qoʻlda boshqarish rejimida hal etishga toʻgʻri kelmoqda // https://kun.uz/news/2020/08/11/aholini-ijtimoiy-qollab-quvvatlash-tizimidagi-muammolarni-aynan-qolda-boshqarish-rejimida-hal etishga-togri-kelmoqda-obid-hakimov.

Prezident Konstitutsiyada “Oʻzbekiston — ijtimoiy davlat” degan gʻoyani mustahkamlashni taklif qildi // https://daryo.uz/k/2022/06/20/prezident-konstitutsiyada-ozbekiston-ijtimoiy-davlat-degan-goyani-mustahkamlashni-taklif-qildi

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов