Cistanche Mongolika ekstraktining umumiy farmakologik xususiyatlari va antidepressant faolligi

CC BY f
105-108
9
0
Поделиться
Рахимова, Н., & Маматова, Н. (2023). Cistanche Mongolika ekstraktining umumiy farmakologik xususiyatlari va antidepressant faolligi . Узбекистан-2030: наука, образование и экономика в развитии, 1(1), 105–108. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/uzbekistan-science-education/article/view/27378
Нигина Рахимова, Ташкентский педиатрический медицинский институт
ассистент
Нодира Маматова, Ташкентский педиатрический медицинский институт
доктор медицинских наук, доцент
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Zamon jadallik bilan rivojlanayotgan bir paytda, insoniyatga o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmayapti. Ma’lumotlarni ko’pligi, shovqin-suron, internet rivojlanishi va boshqalar inson psixikasiga o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Bugungi kunda antidepressant preparatlariga talab kuchaymoqda. Albatta preparatning nojoyi ta’siri kamligi, qabul qilish intervali uzoqligi va tabiiyligi ko’p taraflama qulayliklarga olib keladi. Ushbu ilmiy maqolada Supurgi oilasiga mansub Cistanche o'simliklarining toksik- farmakologik xususiyatlari keltirilgan. Hozirgi vaqtda mahalliy o'simliklardan samarali dorivor moddalarni topish juda muhim. Cistanche an'anaviy Xitoy tabobatida keng qo'llaniladi. Chet elda Cistanche tubulosa osteoporoz (OP), Altsgeymer kasalligi (AD) va erkaklar jinsiy disfunktsiyasini (MSD) davolashda keng qo'llaniladi. Cistanches Herba - buyrak etishmovchiligi, ayollarning bepushtligi, patologik ajralmalar va qarilikdagi qabziyatni davolash uchun qo’llaniladi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, biz Oʻzbekiston Respublikasining Fargʻona viloyatida oʻsadigan Cistanche mongolica turidan tayyorlangan ekstraktning ba'zi farmakologik xususiyatlarini va o'tkir toksikligini, undan tashqari antideprassant xususiyatini tahlil qildik. Ushbu tadqiqot haqida ma'lumot quyida keltirilgan.


background image

"Узбекистан

-

2030: наука, образование и экономика

в развитии"

105

СЕКЦИЯ №

5.

Медицинские

науки

CISTANCHE MONGOLIKA EKSTRAKTINING UMUMIY

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI VA ANTIDEPRESSANT FAOLLIGI

Rahimova Nigina Furqat qizi

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, assistant

Mamatova Nodira Muxtorovna

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, tibbiyot fanlari doktori, dotsent

Kirish

Zamon jadallik bilan rivojlanayotgan bir paytda, insoniyatga o’z ta’sirini

ko’rsatmay qolmayapti. Ma’lumotlarni ko’pligi, shovqin

-suron, internet

rivojlanishi va boshqalar inson psixikasiga o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Bugungi

kunda antidepressant preparatlariga talab kuchaymoqda. Albatta preparatning

nojoyi ta’siri kamligi, qabul qilish intervali uzoqligi va tabiiyligi ko’p taraflama

qulayliklarga olib keladi. Ushbu ilmiy maqolada Supurgi oilasiga mansub
Cistanche o'simliklarining toksik- farmakologik xususiyatlari keltirilgan. Hozirgi

vaqtda mahalliy o'simliklardan samarali dorivor moddalarni topish juda muhim.

Cistanche an'anaviy Xitoy tabobatida keng qo'llaniladi. Chet elda Cistanche

tubulosa osteoporoz (OP), Altsgeymer kasalligi (AD) va erkaklar jinsiy

disfunktsiyasini (MSD) davolashda keng qo'llaniladi. Cistanches Herba - buyrak

etishmovchiligi, ayollarning bepushtligi, patologik ajralmalar va qarilikdagi

qabziyatni davolash uchun qo’llaniladi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, biz

Oʻzbekiston Respublikasining Fargʻona viloyatida oʻsadigan Cistanche mongolica

turidan tayyorlangan ekstraktning ba'zi farmakologik xususiyatlarini va o'tkir

toksikligini, undan tashqari antideprassant xususiyatini tahlil qildik. Ushbu

tadqiqot haqida ma'lumot quyida keltirilgan.

Tadqiqot maqsadi

O'simlikning yer usti va er osti qismlaridan ajratilgan ekstraktning o'tkir

toksikligi va umumiy farmakologik xususiyatlari, hamda antidepressant

xususiyatini aniqlash.

Materiallar va tadqiqot usullari

Akademik S.Yu. Yunusov nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar

akademiyasi O'simlik moddalari kimyosi institutida tajribalar o'tkazildi. Tadqiqot

ob'ekti Farg'on viloyati Yozyovon tumanida joylashgan Farg'ona davlat tabiat

yodgorligidan to'plangan Cistanche mongolica o'simligining poyasi 80% etanol
bilan ekstraksiya qilingan. Hayvonlar tasodifiy tanlab olingan va laboratoriya

sharoitlariga moslashishga imkon berish uchun qabul qilishdan oldin kamida 5


background image

"Узбекистан

-

2030: наука, образование и экономика

в развитии"

106

kun davomida o'z qafaslarida saqlangan. Tajribalar 1.5-

2 kg og’rlikdagi

quyonlarda, og'irligi 200-220 g bo'lgan oq labarator kalamushlar va vazni 18-22

g bo'lgan oq sichqon o’tkazildi. Hayvonla

r bilan barcha muolajalar tajribalar yoki

boshqa ilmiy maqsadlarda qo'llaniladigan umurtqali hayvonlarni himoya qilish

bo'yicha Evropa konventsiyasining xalqaro tavsiyalari talablariga muvofiq

amalga oshirildi.

Tajribalarda moddaning harakatlanish aktivli

gi, α

-adrenomimetik fenamin

ta’sirini yuzaga keladigan harakat faolligi (R.Rothman at al., 2001), “ochiq

maydon” usulida harakat va qidiruv faolligi (Hall C. 1936), arekolin yordamida
chaqirilgan so‘lakaylik hamda tremorga qarshi faolligini hamda spetsifik

depressiyaga qarshi hayvonlarni majburiy suzish davomiyligiga (Porsolt R. at

al.1977) va “sichqonlarning dumidan osish” testi (Steru L., et al. 1985) modellarda

olib borildi.

Preparatning mahalliy ta’sirlovchi xususiyatini o'rganish uchun tajriba

quyonlarida orqa terining oldindan kesilgan (4x5 sm) joyiga surtish orqali

o'tkazildi. Cistanche mongolica ekstrakti har kuni 20 kun davomida 4 tomchi

eritma sifatida qo'llanilgan. Hayvonlarning nazorat guruhi xuddi shunday

sharoitda fiziologik eritma bilan ishlov berildi.

Preparatning ko'zning shilliq qavatga ta'sirini o'rganish uchun quyon

ko'zining konyuktiva qopiga o’rganilayotgan moddani tomizib baholandi.

Preparatning kumulyativ xususiyatini o’rganish maqsadida, oq

kalamushlarda tajriba o'tkazib o'rganildi. Cistanche mongolica ekstrakti 20 kun

davomida har kuni 50-100 mg/kg va 200 mg/kg dozalarda qo'llanilgan. Xuddi

shunday sharoitda hayvonlarning nazorat guruhiga fiziologik eritma yuborildi.

Tajriba davomida umumiy holati, vazni, xulq-atvori, bosh terisi, shilliq pardalar

holati, oziq-ovqat va suv iste'moli nazorat qilindi.

Preparatning ruxsat etilgan dozasi tajriba boshlanishidan boshlab 21-kuni

qorin bo'shlig'iga kiritildi. Nazorat hayvonlariga 21-kuni shu kabi rejimdan

foydalangan holda fiziologik eritma kiritildi.

Steru L. usuli bo‘yicha “dumi bilan osilgan sichqonlar" sinovi. Tajriba ikki

bo‘lmaga bo‘lingan holda 60x20x20 sm o‘lchamli kamerada olib bori

ldi.

Tajribadan 45 daqiqa oldin (farmakologik faollikning eng yuqori vaqti)

hayvonlarga o‘rganiluvchi birikma kiritildi. Sichqon dumining uchidan 1,5 sm

masofada yopishqoq tasma leykoplastir yordamida yopishtirib qo’yildi. Poldan

hayvonning burunigacha bo‘

lgan masofa 10 smni tashkil etishi kerak. 6 daqiqa

davomida immobilizatsiyaning umumiy davomiyligi (harakatsiz osilish) bir

vaqtning o‘zida ikkita hayvonda qayd etildi. Immobilizatsiya (xulq

-atvor

umidsizligining ko‘rsatkichi) depressiyaning klinik belgisi

dir. Eksperimental

guruhlardagi hayvonlarda immobilizatsiya davomiyligining nazoratga nisbatan
kamayishi moddada antidepressant xususiyatlarining mavjudligini anglatadi.

Porsolt R. usuli bo‘yicha majburiy suzish davomiyligiga moddalarning

ta’siri. Ushbu usul antidepressant faollikka ega bo‘lgan moddalarni aniqlashning


background image

"Узбекистан

-

2030: наука, образование и экономика

в развитии"

107

eng asosiy tekshiruv usuli hisoblanadi. Oq sichqonlarda o‘rganilayotgan

moddalarning majburiy aktiv va passiv suzishga, hamda immobilizatsiya

holatining yashirin davriga ta’siri o‘rganildi. Ha

r bir tajribada 6 ta hayvon

ishlatilgan. Antidepressantlar ta’siri ostida, ularning ta’sir mexanizmidan qat’iy

nazar, hayvonlarning faolligi oshadi va harakatsizlik (immobilizatsiya) vaqti

kamayadi.

Natijalar va uning muhokamasi. Ta’sirlovchi xususiyatini

o'rganish uchun

o'tkazilgan tajribalar shuni ko'rsatdiki, preparat teriga qayta-qayta qo'llanganda

(20 marta) teriga ta’sirlovchi xususiyat ko'rsatmadi. Ko'zning konyuktiva qopiga
kiritilganda shilliq qavatning giperemiyasi va ko’z yoshlanishi yo'q edi.

Kumulyativ ta'sirni o'rganish natijalari shuni ko'rsatdiki, preparat tajriba

davomida umumiy holat va xatti-harakatlarda sezilarli o'zgarishlarga olib

kelmadi. Barcha hayvonlar ovqatni yaxshi iste'mol qildilar va vazni ortdi.

Hayvonlarning o'limi qayd etilmagan.

Shuning uchun, Cistanche ekstrakti mongolica hayvonlarning tanasida

moddiy to'planishga olib kelmaydi degan xulosaga kelindi.

Cistanche mongolica o‘simligi ekstraktining L. Steru usuli bo‘yicha oq

sichqonlarning dumidan osilish vaqti davomiyligiga ta’

sirini kuzatganimiz. Oq

sichqonlarda o‘tkazilgan tajribalarda ekstraktni 50, 100 va 200 mg/kg do’zada

yuborib kuzatildi. Uning faolligini ishonchliligini tekshirish maqsadida, hozirgi

kunda keng qo’llaniladiga vatanlab ta’sir ko’rsatadigan fluoksetin prepa

rati

tanlandi. Solishtirma preparat fluoksetin 10; 20 va 30 mg/kg dozada og‘iz orqali

yuborib o‘rganildi. Tajriba 6

-

daqiqa vaqt davomida o‘rganildi. Harakatli va

harakatsiz vaqtlari soniyalarga bo‘lib hisoblandi. Olingan natijalar bo‘yicha

ko‘rsatkichlar 3

-

jadvalda ko‘rsatilgan.

1-jadval

Cistanche mongolica o‘simligi ekstrakti va solishtirma preparat

fluoksetinning oq sichqonlardagi dumidan osilish vaqti

davomiyligiga ta’siri

Moddalar va

guruhlar

Dozalar

mg/kg

Harakatchanlik

davri

Harakatsizlik

davri

Samarasi %

larda

1. Nazorat guruhi

151

209

-

2.

Cistanche
mongolica

50

194.8

165.2

+21

100

200

160

+23.4

200

205.6

154.4

+26.1

3.

Fluoksetin

10

177.9

182.1

+13

20

185.7

174.3

+16.6

30

216.9

143.1

+31.5


background image

"Узбекистан

-

2030: наука, образование и экономика

в развитии"

108

Xulosa

Shunday qilib, o'rganilgan dozalarda 50; 100 va 200 mg/kg terini bezovta

qilmaydi. Ko'zning koyunktiva qopiga kiritilganda shilliq qavatning giperemiyasi

va ko’z yoshllanishi yo'q edi. Kumulyativ xususiyatga eg

a emas. Porsolt R. usulida

tekshirilganda antidepressantlar ta’siri ostida, ularning ta’sir mexanizmidan

qat’iy nazar, hayvonlarning faolligi oshdi va harakatsizlik (immobilizatsiya) vaqti

kamaydi. Steru L. usulida tekshirilganda shuni qayt edikki, Cistanche mongolica

o‘simligi ekstraktining barcha dozalarida deyarli bir xil ko‘rsatkich nazorat guruhi

bilan solishtirganda, 21-

26% gacha yuqori natija ko‘rsatgan. Solishtirma preparat

fluoksetin esa, nazorat guruhidan 13-

31,5% gacha yuqori ko‘rsatdi hamda

Cist

anche mongolica o‘simligi bo‘yicha deyarli bir xil faollikni namoyon qilgan.



inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов