Soliqlar va yig‘imlarni undirish uchun ish haqidan ushlab qolish

CC BY f
109-113
3
2
Поделиться
Усманова, Д. (2023). Soliqlar va yig‘imlarni undirish uchun ish haqidan ushlab qolish . Узбекистан-2030: наука, образование и экономика в развитии, 1(1), 109–113. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/uzbekistan-science-education/article/view/27447
Дилрабо Усманова, Ташкентский государственный юридический университет
аспирант
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Davlat va fuqarolarning o‘zaro munosabatlarida soliqlar va yig‘imlar muhim o‘rin egallaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasiga muvofiq fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashi shartligi keltirib o‘tilgan.


background image

"Узбекистан

-

2030: наука, образование и экономика

в развитии"

109

СЕКЦИЯ №

1.

Юридические науки

SOLIQLAR VA YIG‘IMLARNI UNDIRISH UCHUN ISH HAQIDAN

USHLAB QOLISH

Usmanova Dilrabo Bultakovna

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti

E-mail: dilrabova.555@gmail.com

Davlat va fuqarolarning o‘zaro munosabatlarida soliqlar va yig‘imlar

muhim o‘rin egallaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63

-

moddasiga muvofiq fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar v

a yig‘imlarni

to‘lashi shartligi keltirib o‘tilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 8

-moddasiga majburiylik

prinsipi belgilangan bo‘lib, unga muvofiq har bir shaxs ushbu Kodeksda

belgilangan soliqlar va unda nazarda tutilgan yig‘imlarni to‘lashi

shart. Hech

kimga soliqlar va yig‘imlarning barcha alomatlariga ega bo‘lgan, biroq ushbu

Kodeksda nazarda tutilmagan yoxud uning normalari buzilgan holda belgilangan

soliqlar va yig‘imlarni to‘lash majburiyati yuklatilishi mumkin emas.

O‘zbekiston Respub

likasining Mehnat kodeksi 269-moddasi ikkinchi qismi

1-

bandiga asosan xodimning yozma roziligidan qat’i nazar soliqlar va yig‘imlarni

undirish uchun uning ish haqidan ushlab qolinadi. Ushbu normani amaliyotda

to‘g‘ri tatbiq qilish uchun ish haqidan ushlab qolinadigan soliqlar va yig‘imlar

tarkibini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 16

-moddasiga asosan soliq

deganda ushbu Kodeksda belgilangan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat

budjetiga yoki davlat maqsadli jam

g‘armasiga (budjet tizimiga) to‘lanadigan

majburiy beg‘araz to‘lov tushuniladi.

Mazkur moddaning ikkinchi qismida esa yig‘im tushunchasiga ta’rif

berilgan. Unga ko‘ra, yig‘im deganda budjet tizimiga ushbu Kodeksda yoki boshqa

qonunchilik hujjatlarida belgi

langan majburiy to‘lov tushuniladi, bu yig‘imning

to‘lanishi uni to‘lovchi shaxsga nisbatan vakolatli organ yoki uning mansabdor

shaxsi tomonidan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish, shu

jumladan unga muayyan huquqlarni yoxud ruxsat etuvchi hujjatlarni berish

shartlaridan biri bo‘ladi.

Ushbu moddaning uchinchi qismiga ko‘ra esa, shaxsning zimmasiga sud

tartibida yuklatilgan jarimalar va boshqa to‘lovlar, shuningdek qonunda

belgilangan hollarda mol-mulkni musodara qilish hamda boshqacha tarzda olib

qo‘yish soliqlar yoki yig‘imlar jumlasiga kirmasligi ko‘rsatib o‘tilgan.


background image

"Узбекистан

-

2030: наука, образование и экономика

в развитии"

110

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 17

-moddasida soliqlar turlari

keltirib o‘tilgan. Xususan, ushbu moddaga asosan O‘zbekiston Respublikasi

hududida quyidagi soliqlar belgilanadi:

1) qo‘shilgan qiymat solig‘i;

2) aksiz solig‘i;

3) foyda solig‘i;

4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;

5) yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;

5.

1) foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘i;

6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

7) mol-

mulk solig‘i;

8) yer solig‘i;

9) ijtimoiy soliq.

O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida qayd etilishicha (17

-modda),

O‘zbekiston Respublikasi hududida yig‘imlar belgilanishi mumkin. Yig‘imlarni

joriy etish, hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi ushbu Kodeksda hamda boshqa

qonunchilik hujjatlarida belgilanadi. Ushbu norma mazmunidan kelib chiqib

shuni aytish mumkinki, yig‘imlarning turlari Soliq kodeksida yoki boshqa

qonunchilik hujjatlarida aks e

tishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Soliq

kodeksini tahlil qilish orqali unda 2 ta yig‘im turi keltirib o‘tilganligini ko‘rishimiz

mumkin. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 17

-moddasi

uchinchi qismi, 455-moddasining birinchi qismiga ko

‘ra quyidagi yig‘im turlari

nazarda tutilgan:

1) chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi

hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘im;

2) alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar,

jumladan:

alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun yig‘im;

umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini

realizatsiya qilish uchun yig‘im.

O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 14 iyuldagi 701

-sonli

“Litsenziyalash, ruxsat berish

va xabardor qilish tartib-

taomillari to‘g‘risida”gi

Qonuniga muvofiq 50 ta faoliyat turini amalga oshirish uchun litsenziya, 122 ta

faoliyat turini amalga oshirish uchun ruxsat etish, 33 faoliyat turini amalga

oshirish uchun xabardor qilish uchun yig‘imla

r undirish belgilangan.

Yuqorida ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining

269-moddasi birinchi qismi 1-

bandida soliqlar va yig‘imlarni undirish uchun

xodimning yozma roziligidan qat’i ish haqidan ushlab qolish ko‘rsatib o‘tilgan.
O‘zbekiston Respublikasi hududida esa 9 ta soliq turi amal qiladi. Ta’kidlash

lozimki, ish haqi jismoniy shaxsning daromadi hisoblanganligi bois unga daromad

solig‘i undiriladi. Xodimning mehnatga haq to‘lash tarzida daromadlari esa soliq


background image

"Узбекистан

-

2030: наука, образование и экономика

в развитии"

111

solish obyekti hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 367

-moddasiga muvofiq, ish

haqi bo‘yicha daromad olingan sana quyidagicha aniqlanadi:

-

mehnatga haq to‘lash tarzida daromad olinganda bunday daromadning

olingan sanasi deb, soliq to‘lovchiga mehnat shartno

masi (kontrakti) asosida

mehnat majburiyatlarini bajarganligi uchun, unga daromadlar hisoblangan

oyning oxirgi kuni e’tirof etiladi, shuningdek mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda

nazarda tutilgan ish qidirish davriga kompensatsiya to‘langan sana e’tirof et

iladi;

- kalendar oy tugaguniga qadar mehnat munosabatlari bekor qilingan

taqdirda, soliq to‘lovchi tomonidan mehnatga haq to‘lash tarzida olingan

daromadning haqiqatda olingan sanasi deb unga daromad hisoblangan oxirgi ish

kuni e’tirof etiladi.

O‘zbekisto

n Respublikasi Soliq kodeksining 371-moddasida mehnatga haq

to‘lash tarzidagi daromadlar keltirib o‘tilgan. Mazkur moddaga asosan ish

beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo‘lgan va tuzilgan mehnat

shartnomasiga (kontraktiga) muvofiq ishlarni bajarayotgan xodimlarga

hisoblanadigan hamda to‘lanadigan quyidagi barcha to‘lovlar mehnatga haq

to‘lash tarzidagi daromadlar deb e’tirof etiladi:

mehnatga haq to‘lashning qabul qilingan shakllari va tizimlariga muvofiq

ishbay narxlardan, tarif stavkalaridan va mansab maoshlaridan kelib chiqqan

holda hisoblab chiqarilgan, haqiqatda bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi;

ilmiy daraja va faxriy unvon uchun ustamalar;

muvofiq rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar (O‘zbekiston

Respublikasi Soliq kodeksining 372-moddasi);

kompensatsiya to‘lovlari (O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 373

-

moddasi);

ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash (O‘zbekiston Respublikasi Soliq

kodeksining 374-moddasi);

haqiqatda bajarilgan ish uchun haq hisoblangan boshqa to‘lovlar.

F

ikrimizcha, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 269

-moddasi

birinchi qismi 1-

bandini, ya’ni xodimning yozma roziligidan qat’i nazar soliqlar va

yig‘imlarni undirish uchun ish haqidan ushlab qolish bo‘yicha ayrim nazariy

muammolar mavjud. Birinchida

n, soliqlar va yig‘imlarni undirish “ish haqidan

ushlab qolish”ning mazmuniga kirishi ancha munozarali. Jumladan, Rossiya

Mehnat kodeksining 137-

moddasida, Qozog‘iston Mehnat kodeksining 115

-

moddasi, Belarus Mehnat kodeksining 107-moddasida ish haqidan ushlab qolish

xodimning rozili bilan yoki roziligidan qat’i nazar deb tasniflanmagan. Bundan

tashqari ushbu Kodeksda ish haqidan ushlab qolishlar ro‘yxatida soliqlar va

yig‘imlarni undirish keltirib o‘tilmagan. Shu jihatdan olib qaraganda, soliq huquqi,

mehna

t huquqi kabi huquq sohalariga “ushlab qolish” tushunchasini ta’rif berish

lozim bo‘ladi.

Shu o‘rinda yana O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan


background image

"Узбекистан

-

2030: наука, образование и экономика

в развитии"

112

daromad solig‘idan tashqari boshqa soliq turlari ish beruvchi tomonidan

xodimning ish haqidan ushlab qolinishi mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 269

-moddasi birinchi qismi

1-

bandidagi ish haqidan yig‘imlarni ushlab qolinishi masalasida haqli e’tiroz

mavjud. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 16

-moddasida

yig

‘imlarga ta’rif berilgan bo‘lib, unga ko‘ra “bu yig‘imning to‘lanishi uni to‘lovchi

shaxsga nisbatan vakolatli organ yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan yuridik

ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan unga muayyan

huquqlarni yoxud ruxsa

t etuvchi hujjatlarni berish shartlaridan biri bo‘ladi” deb

ko‘rsatilgan. Aytaylik, advokatlik faoliyati uchun litsenziya yoki avtotransport

vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma olish uchun yig‘im to‘lash kerak,

bunday yig‘im to‘lanmaganda ushbu

hujjatlarni oluvchilarning ish haqidan

mazkur yig‘im undirilmaydi. Ushbu yig‘im to‘lmanmaganda litsenziya yoki

ruxsatnoma berilmaydi. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasining Mehnat

kodeksi 269-moddasi birinchi qismi 1-

bandidan “yig‘imlar” degan so‘zni chi

qarib

tashlash taklif etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

:

1. Ismoilov, S. A. (2021). NEW TENDENCIES OF LIBERALIZATION OF

LABOR LEGISLATION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN. Galaxy International

Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 582-589.

2.

ИСМОИЛОВ, Ш. (2019). THE EFFECT OF A NEW EDITED LABOR CODE

OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN ON THE DEVELOPMENT OF

ENTREPRENEURSHIP AND INVESTMENT ACTIVITY. Юридик фанлар

аҳборотномаси, (1), 46

-50.

3.

Nigmatullo o‘g‘li, M. D. (2023). TERMINATION OF EMPLOYME

NT

CONTRACT DUE TO CIRCUMSTANCES BEYOND THE CONTROL OF THE PARTIES.

Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 11(8), 271-275.

4.

Nigmatullo o‘g‘li, M. D. (2022). TERMINATION OF EMPLOYMENT

CONTRACT DUE TO CIRCUMSTANCES BEYOND THE CONTROL OF THE PARTIES

(THEORETICAL AND LEGAL ANALYSIS). World Bulletin of Management and Law,

17, 94-97.

5.

Aleksandrovich, K. N., & Nigmatullo o‘g‘li, M. D. (2023). TERMINATION

OF THE EMPLOYMENT CONTRACT DUE TO THE DEATH OF THE EMPLOYEE.

Journal of new century innovations, 28(3), 168-173.

6. Khojabekov, M. (2020). Employment rights and privileges of persons

with disabilities. TSUL Legal Report International electronic scientific journal,

1(1).

7.

Хожабеков, М. (2020). Features of legal regulation of the labor of civi

l

servants. INTERNATIONAL JOURNAL OF DISCOURSE ON INNOVATION,

INTEGRATION AND EDUCATION, 1(4), 182-185.


background image

"Узбекистан

-

2030: наука, образование и экономика

в развитии"

113

8. Rakhimov, M., & Kuryanov, N. (2023). Prohibition of forced labor. Science

and Education, 4(1), 1147-1150.

9. Mukhammadliyevich, K. M. (2022). TYPES OF DISCIPLINARY

RESPONSIBILITY: GENERAL AND SPECIAL DISCIPLINARY RESPONSIBILITY.

Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development, 9, 370-377.




Библиографические ссылки

Ismoilov, S. A. (2021). NEW TENDENCIES OF LIBERALIZATION OF LABOR LEGISLATION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 582-589.

ИСМОИЛОВ, Ш. (2019). THE EFFECT OF A NEW EDITED LABOR CODE OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN ON THE DEVELOPMENT OF ENTREPRENEURSHIP AND INVESTMENT ACTIVITY. Юридик фанлар ах,боротномаси, (1), 46-50.

Nigmatullo o'g'li, M. D. (2023). TERMINATION OF EMPLOYMENT CONTRACT DUE TO CIRCUMSTANCES BEYOND THE CONTROL OF THE PARTIES. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 11(8), 271-275.

Nigmatullo o'g'li, M. D. (2022). TERMINATION OF EMPLOYMENT CONTRACT DUE TO CIRCUMSTANCES BEYOND THE CONTROL OF THE PARTIES (THEORETICAL AND LEGAL ANALYSIS). World Bulletin of Management and Law, 17,94-97.

Aleksandrovich, K. N„ & Nigmatullo o'g'li, M. D. (2023). TERMINATION OF THE EMPLOYMENT CONTRACT DUE TO THE DEATH OF THE EMPLOYEE. Journal of new century innovations, 28(3), 168-173.

Khojabekov, M. (2020). Employment rights and privileges of persons with disabilities. TSUL Legal Report International electronic scientific journal, 1(1).

Хожабеков, M. (2020). Features of legal regulation of the labor of civil servants. INTERNATIONAL JOURNAL OF DISCOURSE ON INNOVATION, INTEGRATION AND EDUCATION, 1(4), 182-185.

Rakhimov, M., & Kuryanov, N. (2023). Prohibition of forced labor. Science and Education, 4(1), 1147-1150.

Mukhammadliyevich, К. M. (2022). TYPES OF DISCIPLINARY RESPONSIBILITY: GENERAL AND SPECIAL DISCIPLINARY RESPONSIBILITY. Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development, 9, 370-377.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов