Авторы

  • Dilrabo Murodova
  • Nilufar Norbo’tayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.82630

Аннотация

Mazkur maqolada Buxoro vohasining antik va ilk o‘rta asrlar davri arxeologiyasi, jumladan, mintaqaning sivilizatsiyaviy o‘sishini aks ettiruvchi shaharlar, qishloqlar, mudofaa inshootlari, diniy va arxitektura inshootlarining bunyod bo‘lishi arxeologik jihatdan tahlil qilinadi. Arxeologik tadqiqotlari ushbu hududning antik va ilk o‘rta asrlar davridagi ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotini yoritishda muhim ahamiyatga ega. Mazkur yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlar natijasida Buxoro vohasining antik va ilk o‘rta asrlardagi urbanizatsiya jarayonlari, iqtisodiy aloqalari va madaniy taraqqiyoti haqida qimmatli ma’lumotlar to‘plangan. Ushbu topilmalar nafaqat tarixiy xotiralarni tiklashda, balki mintaqaning sivilizatsiyaviy merosini o‘rganishda ham muhim o‘rin tutadi.


background image

120

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)

BUXORO VOHASINING ANTIK VA ILK O’RTA ASRLAR

DAVRI ARXEOLOGIYASI XUSUSIDA

Murodova Dilrabo Shomurodovna

Buxoro davlat universiteti dotsenti, t.f.f.d. (PhD)

Norbo’tayeva Nilufar Abdullayevna

Buxoro davlat universiteti arxeologiya ta’lim yo‘nalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15316014

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 16-aprel 2025 yil

Ma’qullandi:20-aprel 2025 yil

Nashr qilindi: 30-aprel 2025 yil

Mazkur maqolada Buxoro vohasining antik va ilk o‘rta

asrlar davri arxeologiyasi, jumladan, mintaqaning

sivilizatsiyaviy o‘sishini aks ettiruvchi shaharlar,

qishloqlar, mudofaa inshootlari, diniy va arxitektura

inshootlarining bunyod bo‘lishi arxeologik jihatdan

tahlil qilinadi. Arxeologik tadqiqotlari ushbu

hududning antik va ilk o‘rta asrlar davridagi ijtimoiy,

iqtisodiy va madaniy taraqqiyotini yoritishda muhim

ahamiyatga ega. Mazkur yo‘nalishda olib borilgan

tadqiqotlar natijasida Buxoro vohasining antik va ilk

o‘rta asrlardagi urbanizatsiya jarayonlari, iqtisodiy

aloqalari va madaniy taraqqiyoti haqida qimmatli

ma’lumotlar to‘plangan. Ushbu topilmalar nafaqat

tarixiy xotiralarni tiklashda, balki mintaqaning

sivilizatsiyaviy merosini o‘rganishda ham muhim o‘rin

tutadi.

KEY WORDS

antik, arxeologiya, Markaziy Osiyo,

Poykent,

Varaxsha,

Vardonze,

meros,

topilma,

tadqiqot,

madaniyat.

KIRISH

Buxoro – Markaziy Osiyoning ko‘hna va navqiron, madaniy jihatdan taraqqiy etgan

moziy shaharlaridan biri bo‘lib, asrlar davomida mintaqaning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy

markazi bo‘lib kelgan. U insoniyat tarixi va madaniyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan moziy

gavharidir. Buxoro vohasi ko‘plab sivilizatsiyalarning ta’siri natijasida shakllangan bo‘lib,

uning moddiy madaniyati bu o‘zgarishlarning yorqin namunasidir. Bugungi kunda Buxoro

arxeologiyasi oldida turgan dolzarb masalalardan biri, vohaning antik va ilk o‘rta asrlar davri

moddiy madaniyatini arxeologik manbalar asosida tadqiq etish, tarixiy jarayonlarni ilmiy

asoslangan dalillar bilan yoritib berish masalasi soha olimlari oldidagi muhim vazifalardan

biridir.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Mazkur maqolada Buxoro vohasining antik va ilk o‘rta asrlar davri arxeologiyasiga oid

ilmiy izlanishlar natijasida yaratilgan manbalar asosidagi ma’lumotlar tahlil qilinadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Ushbu kichuk tadqiqot ishida tarix fanida tadqiqotlar olib borishning tarixiylik tamoyili,

xolislik, qiyosiy-mantiqiy va tizimli tahlil metodlaridan foydalanilgan.

TAHLIL VA NATIJALAR

Markaziy Osiyoning yirik dehqonchilik makonlaridan biri Buxoro vohasi

geografik joylashuviga ko‘ra qadimdan sharq bilan g‘arb mamlakatlarini bog‘lovchi, savdo-

iqtisodiy va madaniy ko‘prik vazifasini bajarib kelgan. Buxoro vohasi asrlar osha tarixiy

taraqqiyot davomida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan yuksak dehqonchilik madaniyati,


background image

121

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)

rivojlangan hunarmandchilik va savdo-sotiq taraqqiy etgan zamin bo‘lgan [8,

165-168

].

Buxoro vohasining antik va ilk o‘rta asrlar davri arxeologiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar uzoq

yillardan beri olib borilmoqda. Mazkur mavzu mahalliy va xorijiy olimlar tomonidan turli

nuqtai nazardan o‘rganilgan bo‘lib, bu boradagi tadqiqotlarni quyidagi bosqichlarga ajratish

mumkin:

1. XIX – XX asr boshlaridagi o‘rganish bosqichida Buxoro vohasi bo‘yicha dastlabki

tadqiqotlar rus olimlari tomonidan olib borilgan. Buxoro vohasi tarixi, moddiy madaniyati,

arxeologik va etnologik, kartografik ma’lumotlar asosan XIX asrda chet eldan tashrif buyurgan

rus va boshqa millat elchilari, agentlari va sayyohlari tomonidan to‘planib, ilmiy doiraga

ma’lum qilingan. Ushbu tadqiqotlar asosan tarixiy va geologik kuzatuvlarga asoslangan bo‘lib,

quyidagi olimlarning ishlari muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. A. L. Kuhn va V. V. Bartold –

Buxoro tarixini o‘rgangan va uning shahar madaniyati, savdo yo‘llari haqida ma’lumot bergan.

O‘zbek arxeologiya maktabi asoschisi Ya. G. G‘ulomov esa sug‘orish tizimlari va qadimgi

dehqonchilik madaniyatini o‘rganib, Buxoro vohasining rivojlanishida sug‘orish tizimlarining

ahamiyatini ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar asosida yoritgan.

2. Sovet davrida olib borilgan tadqiqotlar (XX asr o‘rtalari – 1991)

Bu davrda Buxoro vohasida keng qamrovli arxeologik ekspeditsiyalar tashkil etilgan.

Mazkur tadqiqotlarda M. E. Masson va G. A. Pugachenkova kabi olimlarning hissasi katta bo‘lib,

asosan, Buxoro va uning atrofidagi arxeologik yodgorliklarni o‘rganilib, shaharning tarixiy

rivojlanish bosqichlarini aniqlagan.

V. A. Livshits tadqiqotlarida ham So‘g‘d yozuvlari va

madaniyatini o‘rganib, Buxoro vohasining qadimgi savdo aloqalarini tahlil qilingan. Buxoroda

olib borilgan

arxeologik ekspeditsiyalarda Poykent, Varaxsha, Romitan kabi qadimgi

shaharlarning tuzilishi, iqtisodiy hayoti va madaniy merosini o‘rganishda muhim rol o‘ynagan.

3. Mustaqillik davrida olib borilgan tadqiqotlar (1991-yildan hozirgacha)

O‘zbekiston mustaqillikka yerishgach, Buxoro vohasi arxeologiyasini o‘rganish bo‘yicha yangi

bosqich boshlangan. Bu davrda milliy va xalqaro hamkorlik doirasida ko‘plab arxeologik

tadqiqotlar olib borildi: Buxoro arxeologiya instituti va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi –

Buxoro vohasidagi qadimgi shahar va qishloqlarni tadqiq etish bo‘yicha ilmiy izlanishlarni

davom ettirmoqda. Sh. Pidaev va A. Mirzaahmedov – Buxoro vohasining ilk o‘rta asrlar

davridagi shaharsozlik va hunarmandchilik an’analarini tadqiq qilgan. Xalqaro tadqiqotlar –

Fransiya, Yaponiya va Rossiya olimlari bilan hamkorlikda Poykent va Varaxsha

yodgorliklarida yangi arxeologik qazishmalar o‘tkazilmoqda.

Buxoro vohasi arxeologiyasini o‘rganish uzoq tarixga ega bo‘lib, bu borada mahalliy va

xorijiy olimlar katta ilmiy ishlarni amalga oshirgan. Hozirgi kunda yangi texnologiyalar va

xalqaro ilmiy hamkorlik orqali arxeologik tadqiqotlar yanada chuqurlashmoqda. Biroq, hali

to‘liq ochilmagan yoki kam o‘rganilgan jihatlar mavjud bo‘lib, bu mavzuning dolzarbligini

saqlab qoladi.

Moddiy-madaniyat ashyolari Buxoro vohasida antik va ilk o‘rta asr davrida tarixiy

jarayonlar bir qancha shiddatli kechganini ko ‘rsatadi. Hududda shu davrdan boshlab O‘rta

Osiyodagi yirik tarixiy–madaniy o‘lkalardan biriga aylanib, umumbashariyat madaniyatiga

qo‘shgan munosib hissasi tufayli jahon tarixida o‘chmas iz qoldira boshlagan. Buxoro vohasi

Markaziy Osiyoning eng qadimiy madaniy markazlaridan biri bo‘lib, uning antik va ilk o‘rta

asrlar tarixi hamda arxeologiyasi ilmiy jihatdan muhim ahamiyatga ega [1, 20].

Arxeologik tadqiqotlar asosida o‘lkada antik dariga oid turli vazifalarni bajargan

arxeologik ѐdgorliklarning aniqlanishi, vohaning antik davrini qayta tiklashga katta ѐrdam

berdi. Buxoro vohasining antik davr arxeologik ѐdgorliklarini bajargan vazifasiga qarab ikki

guruhga bo‘lishimiz mumkin. Bular, o‘z davri tarixi va madaniyatidan ulkan xabar beruvchi

yirik shaharlar, hamda asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan kun kechirgan aholi

istiqomat qilgan qishloq tipidagi manzilgohlar hisoblanadi. Yirik shahar markazlarining

asosiylari Poykent, Varaxsha, Romushtepa, Vardonze kabi shaharlar bo‘lsa, qishloq tipidagi


background image

122

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)

manzilgohlarga Qizilqir, Nortepa, Arabon-1, Arabon-2, Xo‘jabo‘ston, Beshtepa, Setaloq kabi

manzilgohlarini kiritishimiz mumkin [2, 22].

Malumki, Buxoro vohasi qadimgi So‘g‘diyona tarkibida bo‘lib, Ahamoniylar, Yunon-

Baqtriya, Kushon, Eftalit, Turk xoqonligi kabi davlatlar tarkibida shakllangan. Bu hududda ilk

shahar madaniyati rivojlanib, hunarmandchilik, savdo va sug‘orma dehqonchilik yuksalgan.

Ushbu davr arxeologik yodgorliklarini o‘rganish orqali hududning siyosiy va iqtisodiy

taraqqiyoti haqida qimmatli ma’lumotlar olinadi.

Antik va ilk o‘rta asrlarda Buxoro vohasida qadimgi shaharlar shakllangan, ularning

arxeologik tadqiqi bu davrdagi urbanizatsiya jarayonlarini o‘rganishga imkon beradi. Masalan,

Paykent, Varaxsha, Romitan, va Buxoro shahristoni kabi yodgorliklar shaharsozlik an’analari

va turmush tarzi haqida qimmatli dalillarni taqdim etadi [3, 25].

Buxoro vohasi Buyuk Ipak yo‘lining muhim chorrahalaridan biri bo‘lib, savdo, madaniy va

diniy almashinuv markazi bo‘lgan. Arxeologik topilmalar bu hududning Xitoy, Hindiston,

Yeron, Vizantiya va arab mamlakatlari bilan aloqalarini o‘rganishga yordam byeradi [7,

7-11

].

Antik va ilk o‘rta asrlarda Buxoro vohasida zardushtiylik, buddizm va mahalliy diniy

e’tiqodlar hukmron bo‘lgan, keyinchalik islom dini tarqalgan. Arxeologik tadqiqotlar orqali

ibodatxonalar, diniy marosimlarga oid topilmalar va zardushtiylikka oid otashkada (olov

ibodatxonalari) kabi yodgorliklar o‘rganilmoqda. Arxeologik tadqiqotlar Buxoro vohasining

noyob myerosini asrab-avaylash va yangi avlodlarga yetkazishda muhim rol o‘ynaydi.

Topilmalar asosida muzeylar tashkil etish, ilmiy tadqiqotlarni chuqurlashtirish va turizmni

rivojlantirish orqali madaniy meros targ‘ib qilinmoqda [4, 60-62].

Milodning IV asri ikkinchi yarmida Buxoro voxasining vaziyati o`zgaradi. Bu birinchi

navbatda, sosoniylar ta’sirining kuchayishi bilan bog’liqki, oldingi ellinizm ramzlari yo’qoldi –

taxtiravonda o’tirgan Gerakl tavsviri o`rnini sosoniylarni o’tli mexrobi – (otashdon) egallaydi.

Mil. IV asr boshlarida Buxoro voxasida o`ng tomonida hukmdorning o’ngga qaragan boshi

tasvirlangan, orqa tomonida esa o`tli mehrob va hukmdor nomi, unvoni yaxshi o’qiladigan

so’g’d yozuvli kumush tangalari chiqarilgan. V.A. Livshitsning fikricha, hukmdorning ismi

eroncha bo’lib, otlik degan ma’noni anglatadi. Mil. VII asridan oldingi davrga mansub bo’lgan

Shimoliy xonadonlar tarixi – Beyshi va Suyshu (VII) manbalariga ko`ra, Buxoro voxasida

xududida bo’lgan eng yirik o`lka An deb atalgan. Suyshu (Suy sulolari tarixi) ma’lumotiga kura

Buxoroda ikkita o`lka mavjudligini aytadi. Mazkur manbaga ko`ra, Andan (Buxoro) yuz li

(taxminan 45 km) g’arbda Bi o’lkasi joylashib uning podshoxi bo’lmagan va An davlatiga

bo’ysungan. Bu o’lkani Poykand bilan taqqoslash mumkin. Ma’lumot juda qisqa bo’lsada, biroq

u har ikkila o`lka o`rtasida qandaydir ziddiyat mavjudligiga va Buxoroning bir o`lkasi ikkinchi

o`lka ustidan o`z xukmronligini o`rnatganligi ishora qiilinadi. VII-VIII asr Buxoro hukmdorlari

haqida arab – fors va xitoy manbalarida ancha ko`p ma’lumotlar keltirilgan. Xuroson noibi

Ubaydulloh binni Ziyod davrida (673 – 674) boshlangan va Said binni Usmon va Salom binni

Ziyod davrida (680 - 683) davom ettirilgan arablarning Buxoroga harbiy yurishlari vaqtiga

kelib, Boxoro voxasida bir qancha mustaqil tumanlar joylashgan [5, 52]. Buxorxudotlar

sulolasi tomonidan boshqariladigan Buxoroning o`zi: fors Shahzodasi Shopur avlodlari –

vardanxudotlar hukmronlik qilgan. Vardana, Karmana va savdogarlar shahri Poykand.

Mamlakat arablar tomonidan fath etilgandan so’ng, bularning bari Buxoroga qo’shib

yuborilgandan so’ng, bu tumanlar o`z mustaqilligini yo’qotdi. Numizmatik dalillar bu davrda

Buxoro vohasida o’z tangasini zabt etish xuquqiga ega bo’lgan mustaqil tumanlar

bo’lganligidan guvohik beradi. Arxeologik manbalar

Buxoro vohasida olib borilgan qazilmalar ushbu hududning antik va ilk o‘rta asrlardagi

madaniy taraqqiyotini yoritib beruvchi muhim dalil hisoblanadi [6, 25].

Poykent shahristoni – miloddan avvalgi IV–III asrlardan boshlab yashagan aholi manzilgohi

bo‘lib, Buxoro vohasining eng qadimiy shaharlaridan biri hisoblanadi. Varaxsha – ilk o‘rta

asrlarga oid Buxoro hokimlarining saroyi joylashgan yodgorlik bo‘lib, VI–VIII asrlarga tegishli

san’at namunalari topilgan. Romitan va Romitan tepaliklari – antik va ilk o‘rta asrlar davriga


background image

123

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)

oid arxeologik obidalar. Buxoro shahristoni – tarixiy shahar markazi bo‘lib, ilk o‘rta asrlarda

urbanizatsiya jarayonini o‘rganishda muhim dalillarni taqdim etadi.

XULOSA

Buxoro vohasining antik va ilk o‘rta asrlar davri arxeologik tadqiqotlari ushbu

hududning uzoq tarixiy davrlardagi madaniy, iqtisodiy va siyosiy jarayonlarini chuqur tahlil

qilish imkonini beradi. Mazkur davrda Buxoro vohasi Markaziy Osiyo sivilizatsiyasining

muhim markazlaridan biri sifatida shakllangan va rivojlangan bo‘lib, bu jarayon arxeologik

yodgorliklar orqali yaqqol namoyon bo‘ladi. Arxeologik tadqiqotlar Buxoro vohasining uzoq

tarixiy jarayonlardagi muhim rolini tasdiqlaydi. Bu hududning madaniy boyligi, savdo

aloqalarining keng qamrovliligi va urbanizatsiya jarayonining bosqichma-bosqich rivojlanishi

tarixiy va ilmiy jihatdan juda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu yodgorliklarni o‘rganish

natijasida Buxoro vohasining nafaqat mahalliy, balki mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi tarixiy

jarayonlardagi o‘rni chuqurroq yoritiladi. Shunday qilib, Buxoro vohasi antik va ilk o‘rta

asrlar davrida o‘zining betakror madaniyati, rivojlangan iqtisodiy tizimi va boy tarixiy merosi

bilan ajralib turadi. Ushbu tarixiy jarayonlarni o‘rganish nafaqat o‘tmishni tushunishga, balki

mintaqaning kelajakdagi madaniy va ilmiy tadqiqotlar yanada chuqurlashtirishga xizmat

qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.H. To’rayev. Buxoro tarixi. Buxoro. 2020

.

2. Муҳаммаджонов А. Қадимги Бухоро (Ахеологик лавҳалар ва тарих) -Тошкент. 1991. Б.

25.
3. A.Ochilov. Buxoro arxeologiyasi. Buxoro. 2022. –B. 218.

4.

A.Ochilov.

Buxoro vohasining antik va ilk o-rta asrlar davri arxeologiyasi bo-yicha qisqacha

mulohazalar //

Miasto Przyszłości Kielce. Vol. 2022. 60-62.

5. R. Ibragimov R.Z. O‘rta Osiyo arxeologiyasi. T. 2020.
6. https://oefen.uz/uz/documents// buxoro-vohasi –antik-davr-arxeologiyasi.

7. Murodova, D. S., & O'tayeva, F. X. (2015). TF Gelax tadqiqotlarida Buxoro shahri mudofaa

tizimining organilishi. In

The Fifth International Conference on History and Political

Sciences

(pp. 7-11).

8. Shomurodovna, M. D. (2024). Analysis Of Contemporary Activity of Bukhara Province State

Archive as An Example of Achievements and Shortcomings.

Western European Journal of

Historical Events and Social Science

,

2

(5), 165-168.

9. Murodova, D., & Obidova, G. (2025). FRANS ROZENTAL QUR’ONDA “ILM” TUSHUNCHASINI

TAHLIL QILGAN OLIM.

Modern Science and Research

,

4

(2), 157-161.

11).

Библиографические ссылки

H. To’rayev. Buxoro tarixi. Buxoro. 2020.

Муҳаммаджонов А. Қадимги Бухоро (Ахеологик лавҳалар ва тарих) -Тошкент. 1991. Б. 25.

A.Ochilov. Buxoro arxeologiyasi. Buxoro. 2022. –B. 218.

A.Ochilov. Buxoro vohasining antik va ilk o-rta asrlar davri arxeologiyasi bo-yicha qisqacha mulohazalar // Miasto Przyszłości Kielce. Vol. 2022. 60-62.

R. Ibragimov R.Z. O‘rta Osiyo arxeologiyasi. T. 2020.

https://oefen.uz/uz/documents// buxoro-vohasi –antik-davr-arxeologiyasi.

Murodova, D. S., & O'tayeva, F. X. (2015). TF Gelax tadqiqotlarida Buxoro shahri mudofaa tizimining organilishi. In The Fifth International Conference on History and Political Sciences (pp. 7-11).

Shomurodovna, M. D. (2024). Analysis Of Contemporary Activity of Bukhara Province State Archive as An Example of Achievements and Shortcomings. Western European Journal of Historical Events and Social Science, 2(5), 165-168.

Murodova, D., & Obidova, G. (2025). FRANS ROZENTAL QUR’ONDA “ILM” TUSHUNCHASINI TAHLIL QILGAN OLIM. Modern Science and Research, 4(2), 157-161.

.