117
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)
BUXORODAGI ZAMONAVIY ARXEOLOGIK IZLANISHLAR
VA NATIJALAR
Murodova Dilrabo Shomurodovna
Buxoro davlat universiteti dotsenti, t.f.f.d. (PhD)
Raxmonova Zarina Hakim qizi
Buxoro davlat universiteti arxeologiya ta’lim yo‘nalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15315982
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 16-aprel 2025 yil
Ma’qullandi:20-aprel 2025 yil
Nashr qilindi: 30-aprel 2025 yil
Ushbu maqolada Buxoroda mustaqillik yillarida olib
borilgan arxeologik tadqiqotlar, ularning natijalari va
ahamiyati xususidagi ma’lumotlar tahlil qilinadi.
Bugungi kunda mamlakat tarixini yanada chuqur
o‘rganish, milliy merosni asrash va targ‘ib qilish davlat
siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan.
Tarixiy obidalar va madaniy yodgorliklarni tadqiq
qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Maqolada
Mustaqillik yillarida madaniy merosni saqlash
borasida Buxoroda olib borilgan keng ko‘lamli
arxeologik tadqiqotlarning ahamiyati yoritilgan.
KEY WORDS
Madaniy
meros,
arxeologik
tadqiqot, izlanish, yodgorlik,
arxeologik
park,
xorijiy
hamkorlik, qazishma, topilmalar,
ta’mirlash.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2025-yil 30-yanvardagi “O‘zbekiston
— 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga
oid davlat dasturi to‘g‘risidagi PF-16-son farmonida madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy
o‘rganish va ommalashtirish bilan bog‘liq faoliyatni yanada takomillashtirish borasida qator
vazifalar belgilab berildi. Jumladan, arxeologiya yodgorliklarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib
borish va muzeylashtirish, 75 ta arxeologiya yodgorliklarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib
borish, 3 ta arxeologiya yodgorliklarini konservatsiya qilish va muzeylashtirish choralarini
ko‘rish, respublikadagi 57 ta madaniy meros obyektlarida restavratsiya va ta’mirlash-tiklash
yuzasidan zarur choralarni amalga oshirish, davlat muzeylaridagi elektron identifikatsiya
qilinadigan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari sonini 600 ming donaga oshirish, davlat
muzeylari va madaniy meros obyektlariga tashrif buyuradigan mahalliy va xorijiy sayyohlar
sonini 6 mln nafarga yetkazish, muzey rahbar va xodimlaridan 100 nafarining malakasini
oshirish kabi joriy yilda bajarilishi mo‘ljallangan chora-tadbirlar xaritasi ishlab chiqildi [1;].
Shu jihatdan ilm-fan, madaniyat, davlatchilik qadimdan taraqqiy etgan Buxoro vohasini
arxeologik jihatdan tadqiq etish, ilmiy jihatdan dalillangan yangi ma’lumotlarni ommlashtirish
borasida hududda qator arxeologik qazishmalar olib borilmoqda [6; B.
165-168.
].
Buxoro - Buyuk Ipak yo‘li chorahasida joylashgan ko‘hna va navqiron zamin. U
insoniyat tarixi va madaniyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan moziy gavharidir. Mustaqillikdan
so‘ng amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida Buxoro va uning atrofida joylashgan
ko‘plab tarixiy yodgorliklarning yoshi ancha qadimiy ekanligi aniqlandi. Shuningdek, o‘rta
asrlarda Buxoroda shakllangan hunarmandchilik, savdo va madaniy hayotga oid yangi dalillar
topildi [9; B.
7-11
]. Buxoro tarixini o‘rganish xalqaro miqyosda amalga oshirila boshlandi.
Buxoro hududida - AQSH, Germaniya, Italiya, Polsha, Rossiya, Fransiya, Yaponiya kabi
davlatlaming arxeolog olimlari bilan hamkorlikda, xalqaro miqyosda, arxeologik tadqiqotlar
olib borilmoqda.
118
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)
Istiqlol yillarida nihoyatda faollashgan tadqiqotlar ko‘lami va ulaming ilmiy samarasi
natijasida O‘zbekiston arxeologiyasi dunyoviy ahamiyat kasb etdi. Arxeologiya instituti
vatanimiz hududida hamkorlikda arxeologik tadqiqotlar olib borish uchun jahonning eng
rivojlangan mamlakatlari ilmiy markazlari bilan shartnomalar tuzishga erishdi.
Mamlakatimizning tarixiy hududlarida olib borilgan keng miqyosdagi arxeologik tadqiqotlar
qadimgi va o‘rta asrlarga oid madaniyatlar izlarini o'rganilishiga imkon yaratdi. 2000-уili
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti va Sankt-Peterburg Davlat Ermitaji
qo‘shma ekspeditsiyasi Poykend yodgorligini statsionar o‘rganish doirasida Poykend
shahristonida qazish ishlari olib boradi. Qazishmalarda arkning shimoliy qismida eramizning
boshlarida paydo bo’lgan va arablar istilosiga qadar davriy qayta qurilgan Zardushtiy
ibodatxonasining qoldiqlari topilgan. Ekspeditsiyaning muhim yutuqlaridan biri IX-X asrlarga
oid minora poydevori qoldiqlarining topilganligidir. U 42x24-25x8-10 sm o‘lchamdagi loy
g‘ishtdan yotqizilgan, strukturaning tashqi diametri 10,6 m, qolgan balandligi 1,3 m.
Minoraning asosi uchta devor halqalaridan iborat. Poykend minorasi O‘rta Osiyo
me’morchiligining dastlabki namunasidir. 2001-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasi Arxeologiya institutining Buxoro arxeologik ekspeditsiyasi, Sankt-Peterburg
Davlat Ermitaji va Tayvan Respublikasi Tayvan milliy san’at kollejining professori Joan Stenli-
Beyker boshchiligida bir guruh tadqiqotchliari Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanidagi
Poykend yodgorligida ilmiy izlanishlarni olib borganlar [3; B. 61-65].
1991-2024-yillarda Poykent hududida muntazam ravishda olib borilayotgan
arxeologik tadqiqotlarda nafaqat Rossiya, balki Fransiya ilmiy jamoatchiligi ham faol ishtirok
etganlar. Izlanishlar natijasida qo‘lga kiritilgan 2200 dan ortiq eksponatlar Poykent
muzeyidan o‘rin olgan. So‘nggi yillarda Poykentdagi qazishmalarda topilgan noyob topilmalar
orasida metaldan ishlangan qurollar keng jamoatchilik e’tiborini topdi. Har xil o‘lchamdagi
xanjarlar, kamon nayzasi uchlari, askarlar sovutidan parchalar, qo‘l jangi chog‘ida ishlatilgan
metal uzuklar eramizdan avvalgi I va eramizning I asriga ta’luqli bo‘lib, saklar va massagetlar
davriga oid ibodatxona janubida olib borilgan qazish ishlari natijasida topilgan [4; B. 2].
2013–2014 yillarda Rossiya Davlat Ermitaji va O‘zbekiston FA Arxeologiya
instituti tomonidan Buxoro arxeologik ekspeditsiyasi doirasida Poykend shaharchasi va uning
atrofida qazish ishlari davom ettirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Milliy arxeologiya markazi tomonidan o‘rta
asrlarda O‘rta Osiyoda shahar madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi borasidagi
jarayonlarni tadqiq qilish, shahar aholisining turar-joylari xususiyati, shahriston
topografiyasini o‘rganish
maqsadida 2020-yilning
oktabr-noyabr oylarida Buxoro
Shahristonining janubi-g‘arbiy hududida arxeologik tadqiqotlar olib borilgan. Qazish
ishlarizda markaz xodimlari D.K.Mirzaahmedov, D.Xolov, S.Mirzaahmedov, X.Rahmonov,
M.Sultonovalar ishtirok qilishgan. 2018-2023-yillarida Shahriston hududida olib borilgan
qazuv ishlarida nafaqat O‘zbekiston, balki Fransiya, AQSH qo‘shma ekspeditsiyalari
hamkorlikda tadqiqotlar olib borilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Alohida muhim ijtimoiy,
madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va
mukammal ta’mirlash direksiyasi, Buxoro viloyati hokimligi madaniy meros departamenti
viloyat boshqarmasi tomonidan 2020-2021-yillarda “Ark qo‘rg‘oni” ning 2,5 gektardan iborat
arxeologiya hududida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Hududda joylashgan madaniy meros
ob’ektlari konservatsiya qilinib, O‘zbekistonda birinchi arxeologik parkni “Ark qo‘rg‘oni”da
tashkil etish ishlari boshlab yuboriladi. Arxeologik parkning loyihasi O‘zbekistondagi Markaziy
Osiyo xalqaro tadqiqotlar instituti (MISAI) tomonidan tayyorlanib, arxeologiya yo‘nalishi
bo‘yicha xalqaro toifadagi ekspertlar loyiha takliflaridan foydalanilgan. 2023-yilning 22-
119
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)
sentabrida ichki va tashqi sayyohlik tarmog‘ini yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan
“Arxeologik park” ning tantanali ochilish marosimi o‘tkazilgan [6; ].
2022-yil martdan 2023-yil avgustigacha bo‘lgan davrda “Buxoro amirligi qozixona
mahkamasi tarixi” loyihasi doirasida Buxoro amirligining markaziy qozixonasi joylashgan
Buxoroning eski shahar hududidagi Abdullabekov tor ko‘chasi, 12-uyda qazish ishlari olib
borilgan.
Qazuv ishlari davomida 16 ta xona qayd etilgan. Inshootning butun shimoliy
qanotiga oid binolarining katta kismi va qisman yuqori gorizont bo‘ylab, Qozixona
binolarining g‘arbiy va janubiy qanotlari ochilgan.
Arxeologik tadqiqotlar asosan sharqiy hovli
qismining mehmonxona, ayvonning keng sufasi va janubi-g ‘arbiy hovli bo‘linmasi–ichkariga
tegishli Qozikalonning shaxsiy oilaviy xonalari aniqlangan. Xonalar, umuman olganda butun
shimoliy tashqi devor chizig‘i bo‘ylab ketma-ket cho‘zilgan, derazalari janubiy hovliga ochilib,
Buxoro uylarining an’anaviy qishki qurilish tizimiga mansubligi aniqlangan. Shimoliy qanot
binolarining katta qismi va qisman yuqori gorizont bo’ylab, Qozixona binolarining g‘arbiy va
janubiy qanotlari ochilgan. Natijada, etnografik ma’lumotlarga tayangan holda, tarixiy
me’moriy majmuaning bir-biridan to‘siq chizig ‘i va ikki tabaqali eshuklar bilan ajratilgan
uchta hovli bo‘linmasiga bo‘inishi aniqlangan [7; B. 157-161]. Qazishmalar natijasida XIV-XVI-
asrlarga oid sopol va koshinlardan yasalgan idish parchalari, arxitektura dekor parchasi, XIX-
XX-asr boshlariga oid yashil rangda sirlangan idish parchalari, obdasta, sopol qubur, qora,
qizil va jigar ranglar bilan angoblangan yirik, kir yuvishga mo‘ljallangan sopol tog‘ora, metal
hunarmandchilik asboblari topib o‘rganilgan.
XULOSA
Mustaqillik yillarida tarixiy-madaniy merosni o‘rganish va asrab-avaylash davlat
siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanganligini soha taraqqiyoti yo‘lida amalga
oshirilayotgan qator tadbirlarda ko‘rish mumkin. Buxoro vohasida olib borilgan arxeologik
tadqiqotlar natijasida hududdagi ko‘hna shaharlarning o‘tmishini yorituvchi topilmalar
aniqlandi. Bu tadqiqotlar nafaqat ilmiy jamoatchilik, balki turizm va madaniyat sohalari rivoji
uchun ham katta ahamiyat kasb etmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
https://lex.uz/uz/docs/-7369703
2.A.I Ochilov. Buxoro arxeologiyasi / - Buxoro. 2022. –B. 218.
3. И. Иброҳимов. Пойкентдан металл қуроллар топилди // Buxoronoma. -2025. 29
январь. – Б. 2
4.
5. I.Naimov. Buxoro amirligi qozixona mahkamasi tarixi (XVIII asr o ‘rtalari – XX asr boshlari)
Buxoro. 2023. – B. 131.
6. Shomurodovna, M. D. (2024). Analysis Of Contemporary Activity of Bukhara Province State
Archive as An Example of Achievements and Shortcomings.
Western European Journal of
Historical Events and Social Science
,
2
(5), 165-168.
7. Murodova, D., & Obidova, G. (2025). FRANS ROZENTAL QUR’ONDA “ILM” TUSHUNCHASINI
TAHLIL QILGAN OLIM.
Modern Science and Research
,
4
(2), 157-161.
8. Murodova, D., & To‘layev, S. (2025). ALI QUSHCHI–ILM INSONI.
Modern Science and
Research
,
4
(4), 493-496.
9. Murodova, D. S., & O'tayeva, F. X. (2015). TF Gelax tadqiqotlarida Buxoro shahri mudofaa
tizimining organilishi. In
The Fifth International Conference on History and Political
Sciences
(pp. 7-11).