Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.56896

Аннотация

 Ushbu maqolada arpa o‘simligining inson salomatligiga foydasi hamda kimyoviy tarkibi va ularning foydali xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Arpaning doni va somoni yoki ko’k massasi chorva mollari uchun to’yimli ozuqa sifatida ko’p ishlatiladi. Shuningdek, donidan talqon, pechene, yorma va kofe kabi oziq-ovqat mahsulotlari ham tayyorlanadi


background image

119

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 12-SON (YOʻITJ)

PIVO TAYYORLASHDA ISHLATILADIGAN XOM-ASHYO VA

ULARNING TURLARI

Kurbanbaeva Gulshad Sarsenbaevna

Qoraqalpoq Davlat Universiteti katta o'qituvchisi

kurbanbaevagulsad@gmail.com

Uteniyazov Ilxam Rasbergenovich

Qoraqalpoq davlat universiteti Kimyo- texnologiya fakulteti

Oziq-ovqat oziq-ovqat mutaxossisligi 3 kurs talabası

https://doi.org/10.5281/zenodo.14170429

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 9-noyabr 2024 yil

Ma’qullandi: 10-noyabr 2024 yil

Nashr qilindi: 15-noyabr 2024 yil

Ushbu

maqolada

arpa

o‘simligining

inson

salomatligiga foydasi hamda kimyoviy tarkibi va

ularning foydali xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Arpaning

doni va somoni yoki ko’k massasi chorva mollari uchun

to’yimli ozuqa sifatida ko’p ishlatiladi. Shuningdek,

donidan talqon, pechene, yorma va kofe kabi oziq-

ovqat mahsulotlari ham tayyorlanadi

KEY WORDS

uglevod, oqsil, vitamin, organik

kislota , melanoid) organik

kislota-sut, olma kislotalari

,

chorvachilik,

ozuqa

,dorivor

moddalar, metabolizm, azotli

birikmalar.

Arpa

(Hordeum) —

gʻalladoshlar

oilasiga mansub bir va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar

turkumi. Yevrosiyo va Amerikada 30 ga yaqin turi maʼlum. Dehqonchilikda Arpa

Oʻrta

Osiyo

(Turkmaniston jan.)da miloddan avvalgi 12- 10-ming yilliqdan ekib kelinadi. Vatani Old

Osiyo. Ekma Arpa (N. sativum) jahondagi koʻpgina mamlakatlarda yetishtiriladi. Biologik

xususiyatlariga koʻra, A. bahori va kuzgi turlarga boʻlinadi. Arpa ildiz toʻplami popuksimon:

asosiy ildiz haydalma qatlamda rivojlanadi. Poyasi poxolpoya, 4 — 6 ta boʻgʻimli, boʻyi 30 —

35 sm dan 130 — 134 sm gacha. Bargi

barg

plastinkasi, barg qini, tilcha va quloqchalardan

iborat, boshqa gʻalla oʻsimliklarining bargidan koʻra kengroq. Toʻpguli boshoq. Mevasi pardali

yoki yalangʻoch don, rangi sargʻish, och jigarrang va och kulrang. 1000 ta doni vazni 20 — 60 g.

Bahori Arpaning vegetatsiya davri 55-110 sutka, kuzgisiniki 180 — 210 sutka (nav

xususiyatlari va ekiladigan hududga qarab). Arpa eng tezpishar don ekinidir. Arpa oʻzidan

changlanuvchi oʻsimlik, guli yopiq. Maysalari 4 — 5°da unib chiqadi, oʻsib rivojlanib borishi

uchun qulay harorat 22°. Arpa issiqqa chidamli oʻsimlik, havo quruqligini yaxshi koʻtaradi.

Xalq xoʻjaligida Arpadan xilma-xil maqsadlarda (oziq-ovqat, yem, pivo sanoati uchun xom

ashyo) foydalaniladi. Donida 13% suv, 2% oqsil, 64,6% uglevodlar, 5,5% klechatka, 2,1% yogʻ,

2,8% kul moddasi bor. 1 kg arpa doni 1,2 ozuqa birligiga teng .Lalmi dehqonchilik

mintaqasida bahori, sugʻoriladigan yerlarda kuzgi-qishki va koʻklamgi namdan yaxshi baxra

oladigan yuqori hosil beradigan kuz-gi Arpa yetishtiriladi. Juda erta quruq jazirama issiq

boshlanmasidan ol-din (maining oxiri — iyun) pishib yetiladi. Sugʻoriladigan maydonlarda

har gektaridan 50 s gacha hosil beradi. Oʻzbekistonda sugʻoriladigan yerlarda Qarshi, Zafar,

Siklon; lalmi yerlarda Baysheshek, Unumli arpa, Nutans va boshqa na-vlari ekiladi. Urugʻlari

4 — 5 sm chuq. ga qadaladi, ekish meʼ-yori A.ning faqat oʻzi eqilganda 100 — 120 kg/ga, vika

bilan birga eqilganda 50 — 70 va 40 — 50 kg/ga. A. oʻgʻitlarga talabchan.


background image

120

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 12-SON (YOʻITJ)

Arpa doni - g’alladoshlar oilasiga mansub bir va ko’p yillik o ’tsimon o’simliklar turkumi.

Mevasi pardali yoki yalang’och don, rangi sarg’ish, och jigarrang va och kulrang. Аrpа doni

uchta asosi qismdan: murtak, endosperma va qobiqdan iborat. Qobiq o’z navbatida gul qavati

va urug’ qavatidan iborat. Gul qavat urug’ qavatning ustida joylashgan bo’ladi. Arpa doni,

donni yig’ib olishda gul qavati saqlanib qoladi.

Pivo ishlab-chiqarish uchun xom-ashyo bu:

- arpa solodi;

- arpa;

- makkajo’xori uni;

- soya uni;

- guruch yormasi;

- qulmoq (Xmel)

- shakar;

- suv;

- achitqi.

Pivo - kuchsiz alkogolli, karbonat angidrid gazi bilan to’yintirilgan, jilvali, ko’piklanuvchi,

qulmoqga xos bo’lgan hidga va yoqimli taxir mazali, chanqovbosti, ishtahani ochish

xususiyatiga ega bo’lgan yaxna-salqinlashtiruvchi ichimlik.Pivo tarkibidagi karbonat angidrid

gazini borligi uning chanqov bosdi xususiyatini oshiradi; pivoni bakalga qo’yganda uning

tarkibidagi CO

2

gazi pufakchalarini ajralib chiqishi va bu gazni pivo yuzasida ko’pik hosil

qilishi ichimlikni jilvali ko’rinishini ta’minlaydi. Ichimlik tarkibidagi kam miqdordagi alkogol

organizmda qo’zg’atuvchanlikka olib keladi. Qulmoq tarkibidagi taxir moddasi oshqozon osti

bezlariga qo’zg’atuvchan ta’sir qilib, ovqatni hazm bo’lishiga yordam beradi va ovqatni

so’rilishi yaxshilanadi.

Pivo tarkibida suv, etil spirti va karbonat angidrid gazidan tashqari ko’pgina faol biologik

moddalar-uglevod, oqsil, vitamin, organik kislota va mineral moddalarni bo’lishi uning

ozuqaligini oshiradi. Mana shu xususiyatlari sababli pivo ishlab chiqarish va uni iste’mol qilish

keng tarqalgan.

Pivoni mazasi va xushbo’yligini-soloddan ajratilgan ekstraktiv moddalar, qulmoqdan

ajratilgan achchiq va xushbo’y moddalar, bijg’ish vaqtida hosil bo’lgan CO

2

gazi, etil spirti va

boshqa moddalar hosil qiladi.

Ishlab chiqarish texnologiyasiga ko’ra pivolar ikki turga:

-och-tiniq;

- to’q ranglilarga bo’linadi.

Och tiniq navli pivolarda qulmoq ta’mli xo’shbo’yligi ko’proq. To’q rangli navli pivolarda ta’mi

shirinroq, solod mazali va hidi ko’proq bo’ladi. Oqish tiniq pivoni energetik quwati 1700-2200

kDj/kg

, to’q rangli pivoniki-3400

kDj/kg

ga teng.

Pivoni navlari uning ishlab-chiqarishda ishlatilgan solod turiga, undirmasdan qo’shilgan

don mahsulotlarini miqdori va turiga bog’liq.

Pivoni och rangli navlarga: ≪Агра boshog’i≫, ≪Mehnat≫, ≪Patriot≫, ≪Qibray-1≫.

Och rangli pivolarda kuchsiz ifodalangan solod ta'mi, qulmoq hidi va ravshan

ifodalangan qulmoqning taxir ta’mi xos.

To’q rangli navlarga: ≪Olmaliq pivosi≫, ≪Qibray 8≫ va boshqalar kiradi. To’q rangli

pivo ishlab chiqarishda solodning maxsus navlari (to’q rangli,

karamelizatsiyalangan) qo’llaniladi. Shuning uchun to’q rangli pivo och rangli pivoga nisbatan

solod- karamelli shirinroq tamga, kamroq ifodalangan qulmoq taxirligiga, to’qroq rangga ega.

Hozirgi vaqtda alkogolsiz pivolar ham ishlab chiqarilmoqda. Bunda pivolar

quyidagi texnologiyalar asosida:
- bijg’ishni to’xtatish;


background image

121

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 12-SON (YOʻITJ)

- spirtni bug’latish;

- spirtni ajratish usullari orqali olinmoqda.

Bijg’itishni to’xtatish usulida alkogolsiz pivo ishlab chiqarishda

sharbat

tarkibidagi qandning hammasi bijg’imaydi. Bunda maxsus achitqi rassalari

qo’llaniladi. Bunday pivo shirin bo’lib, uning ta’mi oddiy pivolardan farq qiladi.
Pivo tarkibidagi spirt vakuumda bug’latish usuli, bunda tayyor pivo tarkibidagi

spirt

vakuum

bug’latish qurilmasida bug’latib ajratiladi. Pivo tarkibidagi spirt dializ usulida ajratiladi. Bu

usulda pivoning mazasi yaxshi saqlanadi. Alkogolsiz pivolar tarkibida 0,5 % gacha spirt

bo’ladi.Har bir nav pivo standartda ko’rib chiqilgan aniq rangga, tarkibidagi alkogol va

ekstraktiv moddalar miqdoriga qarab tavsiflanadi. Pivoni tayyorlashda ishlatiladigan

soloddan olingan boshlang’ich sharbatni kontsentratsiyasi 11-20% ni tashkil etadi. Oq rangli

sharbatni boshlang’ich kontsentatsiyasi 10-18-20% ni, to’q rangli sharbatni kontsetratsiyasi,

12-21% ga teng. Tayyor pivoni tarkibini 90%-suv, 2,8-6%-spirt, 0,3% karbonat angidrid gazi

(C0

2

),5,5-10% -ekstraktiv moddalar tashkil etadi.

Pivo tarkibidagi alkogol miqdori pivo turiga qarab 2,8% dan 6 % gacha bo’lishi mumkin. Etil

spirtidan tashqari, pivoda kam miqdorda murakkab spirtlar va 0,2- 0,3 %glitserin bo’ladi.C0

2

ning o ’rtacha olganda 0,35-0,4 % miqdori va

o ’ta to’yingan holda 0,7 % bo’lishi qabul qilingan.

Pivo mahsulotlari qadoqlangan idishlami yarlig’idagi 11 yoki 12 % sonlari, pivo

tayyorlanadigan sharbatning tarkibidagi quruq moddalarni foiz miqdorini ko’rsatadi.Bu son

pivo tarkibidagi spirt miqdori emas. Agar yarlikda 11% yozilgan bo’Isa, bu pivo tarkibidagi

spirt miqdori 2,8 dan 3,2 % gacha bo’ladi. Pivoning alohida turlari tarkibida 6% gacha spirt

bo’ladi.

Pivoda boshqa organik moddalardan qulmoqning achchiq birikmaiari, qulmoq va solod

birikmaiari, rang beruvchi moddalar (melanoid) organik kislota-sut, qahrabo, shovel, olma

kislotalari bo’ladi. Pivo ekstraktiviga yana kolloidlar ham kiradi.D ekstrin, pentozan,

murakkab azot birikmaiari, qulmoq smolasi, yog’och va rang beruvchi birikmalar kolloid ham

bo’lib, elektr zaryadiga ega. Pivoning ko’pik hosil qilishi kolloid jarayondir. Ko’pik hosil qilishi

bilan pivo boshqa ichimliklardan farq qiladi.

Xulosa

:Pivo tayyorlashda ishlatiladigan xom-ashyo pivo mazasi, xushbo'yligi va sifatini

belgilaydi. Arpa, xamirturush, suv, xop va qo'shimchalar pivo tayyorlashda muhim rol

o'ynaydi. Har bir xom-ashyo pivo tayyorlashda o'ziga xos xususiyatlarni ta'minlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1. O’simlikshunoslik. Atabayeva H.N., Xudayqulov J.B. O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

maxsus ta’lim vazirligi - Т.: « Fan va texnologiya», 2018. -407 bet. ISBN: 978-9943-11-859-1

2. N.SH.Abdullaev, J.R. Xo’shvaqtov, X.Sa’dullaev, I.U.Xaydarov.Pivo va vino mahsulotlari ishlab

chiqarish texnologiyasi/ Navro'z nashriyoti 2019.-288 bet

3.

Spirtii va bijg'itilgaii mahsulollar ishlab chiqarish texnologiyasi: Z Sh. Sapayeva, B.A.

Abdullayeva; O'quv qo'llanma. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziriigi;

O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi. — Toshkent: Noshir, 2013. — 96 bet.

4.

Пиво и пивные напитки: технологии и сырье. Г. А. Ермолаева. СОВРЕМЕННЫЕ

ТЕХНОЛОГИИ СОВРЕМЕННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ для ПИВОВАРЕНИЯ. УДК 664.002.33;

664.002.38; 663.44

5. Kurbanbayeva, G. (2023). Innovative ways of increasing grain productivity in the

agriculture. Journal of Agriculture & Horticulture, 3(9), 21–24. Retrieved from

https://internationalbulletins.com/intjour/index.php/jah/article/view/1332

.

6. Kurbanbaeva Gulshad, & Askarova Khurshida. (2024). Grain and grain structure. American

Journal

of

Applied

Science

and

Technology,

4(03),

29-33.

https://doi.org/10.37547/ajast/Volume04Issue03-06

.


background image

122

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 12-SON (YOʻITJ)

7. Kurbanbaeva G., & Dauletiyarova M. (2024). Qoraqalpog’iston respublikasida

biostimulyatorlarni boshoqli don ekinlarga qo’llash va hosildorligini oshirish. Евразийский

журнал академических исследований, 4(4), 146–151. извлечено от

https://in-

academy.uz/index.php/ejar/article/view/30147

,

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.10990737

.

Библиографические ссылки

O’simlikshunoslik. Atabayeva H.N., Xudayqulov J.B. O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi - Т.: « Fan va texnologiya», 2018. -407 bet. ISBN: 978-9943-11-859-1

N.SH.Abdullaev, J.R. Xo’shvaqtov, X.Sa’dullaev, I.U.Xaydarov.Pivo va vino mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi/ Navro'z nashriyoti 2019.-288 bet

Spirtii va bijg'itilgaii mahsulollar ishlab chiqarish texnologiyasi: Z Sh. Sapayeva, B.A. Abdullayeva; O'quv qo'llanma. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziriigi; O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi. — Toshkent: Noshir, 2013. — 96 bet.

Пиво и пивные напитки: технологии и сырье. Г. А. Ермолаева. СОВРЕМЕННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ СОВРЕМЕННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ для ПИВОВАРЕНИЯ. УДК 664.002.33; 664.002.38; 663.44

Kurbanbayeva, G. (2023). Innovative ways of increasing grain productivity in the agriculture. Journal of Agriculture & Horticulture, 3(9), 21–24. Retrieved from https://internationalbulletins.com/intjour/index.php/jah/article/view/1332.

Kurbanbaeva Gulshad, & Askarova Khurshida. (2024). Grain and grain structure. American Journal of Applied Science and Technology, 4(03), 29-33. https://doi.org/10.37547/ajast/Volume04Issue03-06.

Kurbanbaeva G., & Dauletiyarova M. (2024). Qoraqalpog’iston respublikasida biostimulyatorlarni boshoqli don ekinlarga qo’llash va hosildorligini oshirish. Евразийский журнал академических исследований, 4(4), 146–151. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/ejar/article/view/30147, DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.10990737.