Авторы

  • Baxtigul Fayzullayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.59063

Аннотация

Ushbu maqolada asosan XIV –XV asrlarda me’morchilikda naqshlarning ishlatilishi va Shahrisabzdagi Oq saroy me’moriy obidasidagi naqsh uslublari haqida ma’lumotlar aks ettiriladi.


background image

69

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 13-SON (YOʻITJ)

NAQQOSHLIK SAN’ATINING ME’MORCHILIKDAGI O’RNI

VA NAQSHLARNING USLUBLARI

Fayzullayeva Baxtigul Nurullo qizi.

“Shahrisabz davlat muzey-qo’riqxonasi”, Bo’lim boshlig’i

https://doi.org/10.5281/zenodo.14209604

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 9-noyabr 2024 yil

Ma’qullandi: 19-noyabr 2024 yil

Nashr qilindi: 23-noyabr 2024 yil

Ushbu

maqolada

asosan

XIV

–XV

asrlarda

me’morchilikda

naqshlarning

ishlatilishi

va

Shahrisabzdagi Oq saroy me’moriy obidasidagi naqsh

uslublari haqida ma’lumotlar aks ettiriladi.

KEY WORDS

Naqqoshlik, amaliy san’at turi,

naqsh,

tasvir,gul,bezak,

girih,

islimiy naqsh, handasaviy naqsh,

epigrafik

naqsh,

koshin,

parchin,me’moriy yodgorlik.

O’zbek xalqi amaliy san’ati o’zbek xalqi madaniyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Amaliy

san’atimizning asosini esa naqqoshlik san’ati tashkil etadi. Naqqoshlik san’ati namunalari

o’zining ulug’vorligi va qadimiyligi bilan ajralib turadi. O’rta Osiyo naqqoshlik san’ati ko’p

asrlar mobaynida rivojlanib kelgan. Oʻrta Osiyo, jumladan, hududida yaratilgan roʻzgʻor

buyumlari, asbob va qurollar, uy va inshootlarni naqshsiz (bezaksiz) tasavvur qilish qiyin.

Oʻrta Osiyoda ishlangan bezakli buyumlar, matolar xalqaro bozorlarda ham qadrlangan. Turli

oʻlkalar bilan madaniy-iqtisodiy aloqalar naqshning rivojiga ham sezilarli taʼsir koʻrsatgan.

Naqshlarda san’atning boshqa hamma turlaridan farqli ravishda avlodlarning chambarchas

bog’liqligini, milliy an’analarning davomiyligini ko’rish mumkin. Bizgacha ibtidoiy jamoa

tuzumida ashyoviy dalillar mehnat va ov qurollari, uy- anjom buyumlari, odamlar yashagan

manzil qoldiqlari yetib kelgan

Naqsh so’zi arabchadan olingan bo’lib tasvir, gul degan

ma’nolarni bildiradi. Ya’ni qismlari muayyan tartibda bir maromda takrorlanishidan hosil

boʻladigan handasiy shakllar, oʻsimlik, qush, hayvon va boshqalarning uslublashtirilgan

tasvirlaridan tarkib topgan bezak naqsh hisoblanadi.Buyumlarni naqsh bilan bezashda, turli

taqinchoqlarga, tumorlarga ehtiyoj paydo bo’lganligi arxeologlar tomonidan topilgan ashyoviy

buyumlarda namoyon bo’lmoqda. Naqsh tarixi insoniyatning badiiy madaniyati kabi

qadimiydir. Arxeologik materiallar naqshning jahondagi barcha xalqlarda qadimdan mavjud

boʻlganligini koʻrsatadi. Metall, sopol buyum, idish, qurollar paleolit, neolit davrlarida oddiy

handasiy shakllar qatorida oʻsimliksimon naqshlar bilan ham bezatilgan. Naqsh turli oʻlkalar,

turli xalqlarda geografik muhit, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, madaniyati taʼsirida turlicha

rivoj topgan. Neolit asrida naqqoshlik yanada rivojlandi.Endilikda ushbu davrlardan boshlab

kulolchilik buyumlarida naqshlar aks ettirila boshlaydi.Naqshlardan turli narsalar sopol

buyumlar, qurol, mato, kitoblar va boshqa buyumlarni bezashda, meʼmoriy obidalarni ham

ichki, ham tashqi qismlarini bezashda, nafis sanʼat (asosan, amaliy sanʼat) asarlarida keng


background image

70

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 13-SON (YOʻITJ)

qoʻllanadi, Narsaning sirtini bezayotgan naqsh uning tuzilishini yuzaga chiqaradi va uning

badiiy sifatini oshiradi. Naqsh yo mavhum shakllardan tuziladi, yo aniq mavzulardan

uslublashtiriladi. Ishlanayotgan xom ashyosiga koʻra, naqsh ishlashning turli-tuman uslub va

usullari mavjud: oʻyma (ganch, yogʻoch, mis, tosh, marmar va boshqalar), boʻyama (qogʻoz,

mato, ganch, yogʻoch, sopol va boshqalar), chok yordamida tikma (kashtadoʻzlik, zardoʻzlik va

boshqalar), zarb qilib, quyib (zargarlik, miskarlik va boshqalar), toʻqima (gilamchilik,

toʻqimachilik va boshqalar), qadama (inkrustatsiya, panjarasozlik va boshqalar) va boshqalar.

Naqsh sanʼati Markaziy Osiyo madaniyati tarixida juda qadimdan boʻlib, oʻziga xos namunalari

bilan ajralib turadi. Oʻrta Osiyoda naqshlar keng tarqalgan boʻlib, ular, asosan, dastlab

naqshlarning handasaviy (geometrik) va islimiy (o’simliksimon) naqsh turlari mavjud bo’lgan.

Islimiy - oʻsimliksimon shakldagi takrorlanuvchi taqsimlardan tuzilgan asosiy naqsh turi

hisoblanadi. Naqsh asosini tanob, band, barg , butalar tashkil etadi. Islimiy bir-biriga uzluksiz

ulanib, oʻralib ketadigan chirmoviqsimon, oʻsimliksimon naqshlarning takrorlanishidan

tashkil topadi. Shuning uchun baʼzan ustalar uni oʻrama yoki oʻsimliksimon naqsh deb ham

ataydilar. Islimiy naqshning xillari koʻp, u qaysi shakl bilan toʻldirilsa, naqsh shu shaklning

nomi bilan ataladi: Islimiy barg , islimiy bar-gak, islimiy bofta, islimiy gul, islimiy zanjira,

islimiy madohil, islimiy mehrob va boshqa yuzdan ortiq sodda va murakkab turlari mavjud.

Bu naqsh turlari yanada koʻpayib bormoqda. Keyinchalik esa epigrafik naqsh turi ham

shakllandi. Handasaviy shakl va chiziqlardan iborat eng murakkab naqsh turi esa girih deb

ataladi. Me’moriy obidalardagi naqshlar alohida ahamiyatga ega. Obidalardagi har bir naqsh

namunasi uning qanchalik qadimiyligi,uslublari go’zalligi bilan ajralib turadi. Meʼmoriy

yodgorliklarda naqshning ancha mukammal, oʻziga xos va yuksak sanʼatkorlik bilan yaratilgan

nusxalarini uchratish mumkin. Har bir naqshning oʻz qonun-qoidalari bor: taqsim va boʻlaklar

aniq oʻlchamda, uygʻun boʻlishi, ranglar did bilan tanlangan, oʻzaro mutanosib boʻlishi lozim.

Bu naqqosh ustadan katta maxorat, malaka talab qiladi. Oʻrta Osiyoda eng qadimiy naqsh

namunalar, asosan, meʼmoriy inshootlarda saqlangan; naqshning ajoyib namunalari ganch,

yogʻoch va toshni oʻyib, baʼzan boʻyab ishlangan. Meʼmorchilik naqsh hisobiga keng taraqqiy

etdi, Bino, buyum, idish, kiyim, naqshlar bilan bezatildi; masjid, madrasa, maqbaralarni

hashamdor qilishda naqsh muqim oʻrin egalladi. Amir Temur davrida bunyod etilgan Oqsaroy

me’moriy obidasi naqshlari alohida ahamiyatga ega. Oqsaroy O’rta Osiyodagi o’rta asrlarga

oid buyuk me’moriy obidadir. Ushbu qarorgoh Амир Темур davrida bunyod etilgan. Oqsaroy

buyuklik, poklik ma’nosidagi turli mazmundagi naqshlari bilan alohida ahamiyatlidir. Uning

bosh me’mori Muhammad Yusuf Tabriziy.Oqsaroy o’zida handasaviy,islimiy va epigrafik

naqshlari bilan alohida ajralib turadi. Oqsaroy peshtoqlarida Sher bilan quyoshning juft

tasviri uchraydiki, bu ramziy ma’noga ega. Oqsaroydagi ko’p rangli koshinli qoplanma diqqatga

sazovordir. Pardozlangan qizg’ish jigarrang fonida lojuvardlangan mayda g’ishtchalarning

qat’iy handasaviy to’qimasi bo’rtib turibdi.

1

Devor va shift, hatto gumbaz ham naqsh bilan

ziynatilgan. Amir Temur davrida qurilgan binolarda ko‘k va zarhal ranglar ustun bo‘lib,

dabdabali naqshlar ishlangan.

Saroy qurilishida Xorazm, Eron va boshqa mamlakatlarning

taniqli hunarmandlari qatnashgan. Masalan, gumbazli arkini bezashda tosh kesuvchi usta

Muhammad Yusuf Tabriziyning nomi ikki marta takrorlanadi. Ushbu noyob me’morchilik

durdonasi bugungi kunda ham o‘zining hashamati va ulug‘vorligi bilan shahar mehmonlarini

hayratga solmoqda.Oqsaroy poydevorining qurilishida oltin qumdan foydalanilgan. Poydevor,

yer sathidan chuqurlikda joylashgan bo‘lib binoning mustahkamligi va namlikka qarshiligiga

mo‘ljallangan murakkab usullarini o‘z ichiga oluvchi bir qancha qavatlardan iborat

edi.Oqsaroy devorlarining rang sxemasi, tarixiy, falsafiy va diniy mavzularni o‘zida mujassam

etgan, kufiy yozuvlari, ziynatli bezaklar, “girih” uslubida talqin qilingan islomiy naqshlar,

binoga ulug‘vor va sehrli ma’no bergan Yetti xil rangdagi tabiiy naqshlar bilan bezatilgan

poydevorda “Amir - Ollohning yerdagi soyasi” degan ma’nodagi yozuvlar mavjud. Old

1

Zohidov P.Sh.” Temur davrining me’moriy qahqashoni” kitob - albom Toshkent “Sharq” 1996-yil


background image

71

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 13-SON (YOʻITJ)

gumbazning old tomonida cho‘zilgan olti burchak shaklida “Adolat - davlatning asosi va

hukmdorlar shiori” degan arabcha yozuv olti marta takrorlangan. Oqsaroyning cho‘zilgan old

qanotida, arabcha kufiy uslubida “Agar bizning buyukligimizga shubha qilsangiz, biz qurgan

qasrlarga qarang”, “Aql-idrok o‘zining harakatlariga, johillik esa o‘zining orzulari va

umidlariga asoslanadi” degan hikmatli so‘zlar yozilgan.Bobur yozganidek, saroyning o‘rtasida

hovuz bor edi, uning qarshisida - mehmonlarni qabul qilish uchun gumbazli zal, yonida-

maslahatchilar uchun kichkina xona, hovlida hashamatli ayvonlar, saroy ichida esa haram va

amirning qarorgohi joylashgan edi.Saroy qabulxonasining kirish arkida sher va quyosh,

shuningdek uchta halqa shaklidagi Temur davlatining ramzi tasvirlangan. Ichkarida va yon

tomonlarda, gumbazlar, burchakdagi minoralarda esa, g‘ishtdan yasalgan qalqon shaklidagi

jimjimador naqshlar bor. Bu naqshlar, silliqlangan g‘isht yasalib feruza rangga bo‘yalgan. Ular

birgalikda, qadimgi sufiylar yozuvlarining och ko‘k rangli kompozitsiyasini yaratadi.Oy nurida

saroy fasadi va gumbazlari ranglari o'zgarib turishi sababli, Oqsaroy o‘zining shunday

afsonaviy nomini olgan.

XIV-XVasrlarda asr me’morchiligida imoratlarni o’ziga xos yangi

ma’lum maqsadga qaratilgan yechimlar asosida qurish bilan birga, ularni bezashda ham yangi

usullar qo’llaniladi. Binolarning peshtoqlari va xonalarning ichki devorlari qabartma rango-

rang parchinlar, oq yoki zangori rang ustiga zarhal berilgan islimiy naqshlar, ba’zan esa

epigrafik yozuvlar bilan pardozlanadi. Oq saroy O’rta Osiyo me’morligining yuksak maktabiga

xos uslubdagi bezaklar qo’llanilgan. Bu naqshinkor mayolikali va sirkor g’ishtdan iborat

mozaikadir. Birgina o’yma mozaikaning o’zida yetti xil: ko’k lojuvard qora, sariq, yashil, oq va

tilla rang mavjud.Mayolika esa lojuvard, ko’k, oq, g’ishtin qizil va tilla rangda berilgan. G’ishtin

mozaika bilan asosan peshtoqning yuqori qismlari bezatilgan. Burchak minoralardagi

Qur’oniy mazmundagi bitik ham g’ishtin mozaika bilan yozilgan. Peshtoq va ayvonning ichki

va yon devorlariga bezak mo’l berilgan. Umuman olganda, temuriylar davrigacha va undan

keyin ham Movarounnahr va Xuroson me’morchiligida bezak va naqsh bu qadar yuksalmagan.

Temur va Ulug‘bek davri me’morchiligida bezakda ko‘p ranglilik va naqshlar xilma-xilligi

kuzatiladi. . Epigrafik bitiklarni binoning maxsus joylariga, xattotlik san’atini mukammal

egallagan ustalar olti xil yozuvda ishlagan. Koshin qatamlarida tasvir mavzui kam

uchraydi.

Oqsaroy me’morchilik durdonasi bugungi kunda ham o‘zining hashamati va

ulug‘vorligi bilan shahar mehmonlarini hayratga solmoqda.Oqsaroyning ko’rkiga ko’rk

bag’ishlagan naqshlar hamda bezaklar bugungi kunda ham saqlanib turibdi. Bu naqshlar

Oqsaroyning qancha yilladan buyon mavjudligi, tarixidan so’zlaydi, bu esa tariximiz yanada

yaxshiroq anglashimizga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.

Temur va Ulug‘bek davri tarixi. T. 1996 y.

2.Amir Temur va temuriylar davrida madaniyat va san’at. T. 1996 y.

3. Ahmedov B. Temur. T. 1995 y.

4.Temurning me’moriy merosi. T. 1996 y.

5. Zohidov P.Sh.” Temur davrining me’moriy qahqashoni” kitob - albom Toshkent “Sharq”

1996-yil

Библиографические ссылки

Temur va Ulug‘bek davri tarixi. T. 1996 y.

Amir Temur va temuriylar davrida madaniyat va san’at. T. 1996 y.

Ahmedov B. Temur. T. 1995 y.

Temurning me’moriy merosi. T. 1996 y.

Zohidov P.Sh.” Temur davrining me’moriy qahqashoni” kitob - albom Toshkent “Sharq” 1996-yil