Том 1 № 13 (2024)

Том 1 № 13 (2024)
Опубликован: 17-03-2025

Статьи

4-8 53 15

ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИНИНГ КРИМИНОГЕН ВАЗИЯТНИ ЎРГАНИШ ВА ТАҲЛИЛ ҚИЛИШ ФАОЛИЯТИ

Дилмурод Вахобжонов




Ушбу мақолада криминоген вазият тушунчаси криминоген вазиятга таъсир қилувчи психологик омиллар, криминоген вазиятларни таҳлил қилиш ҳамда профилактика инспектори фаолиятидаги мавжуд муаммолар ўрганилиб, уларнинг ечимига доир тавсиялар берилган.





9-11 32 18

OILA MUHITINING SHAXS IJTIMOIYLASHUVIGA TA’SIRI

Vinera Mambetiyarova , Sevinch Tozoboyeva




 Ushbu maqolada shaxs ijtimoiylashuvi ,  ijtimoiylashuv jarayonida oilaning tutgan o’rni va buning uchun oila  nimalarga e’tibor qaratishi haqida so’z yuritilgan .





12-14 66 29

DIN PSIXOLOGIYASINING SHAXS TARBIYASIDAGI O’RNI

Sevinch Abdullayeva , Nargiza O’rozboyeva , Venera Mambetiyarova




Ushbu maqolada din tushunchasining moxiyati , uning inson hayotidagi o’rni, dinning vazifalari, diniy kechinmalarning psixologik tahlili haqida ,bugungi globallashuv jarayoni jadal kechayotgan bir davrda dinning shaxs tarbiyasidagi ahamiyati haqida so’z yuritiladi.





15-18 67 23

TENSORFLOW KUTUBXONASIDAN FOYDALANGAN HOLDA NEYRON TARMOQLARNI YARATISH VA O‘QITISH.





Tensorflow - bu Google jamoasi tomonidan mashinani o‘rganish va chuqur o‘rganish tushunchalarini eng oson tarzda amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan dastur kutubxonasi hisoblanadi. Kutubxona ko‘plab matematik ifodalarni oson hisoblash uchun optimallashtirish usullarini o‘zida birlashtiradi.





19-22 56 17

“TASVIRLAR YOKI MATNLI MA’LUMOTLARNI KLASSIFIKATSIYA QILISH UCHUN SVMNI AMALGA OSHIRISH”





Tasvir va matnli ma’lumotlarni klassifikatsiya qilishda Support Vector Machine (SVM) algoritmi oddiy va samarali usullardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada SVM yordamida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan oddiy masalalar ko‘rib chiqiladi. Masalalar tasvir klassifikatsiyasi va matn tasnifiga asoslangan bo‘lib, jumladan, geometrik shakllarni aniqlash, sentiment tahlili, harflar va raqamlarni tasniflash, spam xabarlarni ajratish va rangli tasvirlarni klassifikatsiya qilish kabi oson muammolarni o‘z ichiga oladi. Har bir masalada ma’lumotlarni tayyorlash, xususiyatlarni chiqarish va SVM modelini qo‘llash jarayonlari batafsil yoritilgan.





23-26 123 29

TABIIY TILNI QAYTA ISHLASH (NLP) VA JAVOBLAR YARATISHNI INTEGRATSIYA QILISH

Bekzod Umarov , Umidaxon Mamatojiyeva




Mashinalarni o‘rganish (ML) va tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) sun’iy intellektning asosiy tarmoqlaridan bo‘lib, inson tilini tushunish va qayta ishlashda katta ahamiyatga ega. NLP texnologiyalarini javoblar yaratish tizimlari bilan integratsiya qilish orqali foydalanuvchilarga tezkor va aniq javoblar berish imkoniyati yaratiladi. Ushbu maqolada NLP ning mashinalarni o‘rganish bilan bog‘liq asosiy bosqichlari, javob yaratish texnologiyalari va ularning amaliy qo‘llanilish sohalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, NLP va javob yaratish texnologiyalarining kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlari ham tahlil qilinadi.





27-32 39 19

TRANSPORT YO‘LLARIDA MINIMAL MASOFALARNI HISOBLASHDA DEYKSTRI ALGORITIMINING AHAMIYATI

Sherzodbek Farmonov , Ravshanbek Akbarov




Ushbu maqolada Deykstra algoritmining eng qisqa yo‘lni topishdagi samaradorligi, amaliy qo‘llanilishi va cheklovlari tahlil qilinadi. Shuningdek, algoritmning A* kabi boshqa algoritmlar bilan solishtirilishi va samaradorlikni oshirish uchun takomillashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.





33-37 56 27

BOLALAR PSIXOLOGIYASI: RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA IJTIMOIY-EMOTSIONAL O’SISH OMILLARI





Ushbu maqolada bolalar psixologiyasining rivojlanish bosqichlari va ijtimoiy-emotsional o’sish omillari tahlil qilinadi. Bolalarning psixologik rivojlanishida oila, maktab va jamiyatning roli muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada bolalar psixologiyasining asosiy nazariyalari va tadqiqotlar asosida faktlar bilan yoritib beriladi. Maqsad — bolalarning emotsional va kognitiv rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadigan omillarni aniqlash va ularga tegishli ilmiy yondashuvlarni tahlil qilishdir.





38-40 81 20

SENSOR, TAYANCH–HARAKAT, INTELEKT VA NUTQ BUZILISHLARI QOʻSHILIB KELGAN MUJASSAM NUQSONLI BOLALARI

Azizabonu Rustamova




Sensor, tayanch-harakat va Intellektida nuqsoni bo'lgan bolalami aqliy rivojlantirish va korreksiyalash bo'yicha ishlarni tashkil etish bolalarning kognitiv faolligini oshirishga, umumiy intellektual qobiliyat va ko'nikmalarini shakllantirishga, jismoniy rivojlanishga va sog'lig'ini yaxshilashga, o'z-o'zini hurmat qilishni, o'zini o'zi tuzatishga qaratilgan hamda xabardorlik, hissiy barqarorlik va o'z-o'zini tartibga solishning shakllanishi, rivojlanish kechikishini ma'lum darajada qoplashga imkon beradi.





41-46 46 22

AVTOMATLASHTIRISH TIZIMLARIDA OBYEKT BARQARORLIGINI NAZORAT QILISH VA MODELLASHTIRISHGA DOIR AYRIM MULOHAZALAR

Bobur Buriyev




Ushbu maqolada avtomatlashtirish tizimlarida obyekt barqarorligini nazorat qilish va modellashtirish to’g’risida fikr yuritilgan.Unda obyekt muvozanatini rostlash texnikasi, avtomatlashtirish tizimlari va ularning samarodorligi borasida ma’lumotlar berilgan. Bundan tashqari tizimga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va ularning parametrlari to’g’risida tahlillar asosida fikr yuritilgan





47-50 80 21

JANUBIY USTYURT MILLIY TABIAT BOG'INING O'SIMLIKLAR DUNYOSI

Sultanbek Tleumuratov , Islam Saparbaev




Janubiy Ustyurt Milliy Tabiat Bog'ining o'simliklar dunyosi turli xil ekosistemalar va tabiiy sharoitlar bilan boyitilgan. Ushbu maqolada, Janubiy Ustyurtning o'simliklar dunyosining ekologik ahamiyati, asosiy o'simlik turlari, ularning yashash sharoitlari va saqlanishi haqida so'z yuritiladi. Hududda uchraydigan sahro va yarim sahro o'simliklari, shuningdek, endemik va noyob turlar tahlil qilinadi. O'simliklarning yerni saqlash, bioxilma-xillikni ta'minlash va mahalliy aholi hayotiga ta'siri yoritiladi. Bunga qo'shimcha ravishda, tabiiy xavf-xatarlar va inson faoliyatining o'simliklar dunyosiga salbiy ta'siri ham muhokama qilinadi.





51-54 29 25

ПОКРЫТИЯ, ПОЛУЧЕННЫЕ ИЗ ВЫСОКОЭНТРОПИЙНЫХ СПЛАВОВ: ПРОБЛЕМЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ

Индира Оразбаева , Бахыт Жоллыбеков




В последнее время сообщество по изучению материалов увидело значительный рост в развитии многокомпонентных сплавов, известных как высоко-энтропийные сплавы (ВЭА), с необычными свойствами и приложениями. В области защиты поверхности и инженерии также учитываются различные приложения высоко-энтропийных сплавов, чтобы извлечь выгоду из их привлекательных показателей в различных средах. Сплавные покрытия с высокой энтропией превосходили традиционные покрытия и ускорили дальнейшее развитие в этой области. Поэтому в данной статье рассматриваются предварительные разработки и результаты в области высоко-энтропийных сплавных покрытий.





55-59 41 15

МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИ ТАРБИЯЛАНУВЧИЛАРИНИ МАЪНАВИЙ-АХЛОҚИЙ ТАРБИЯЛАШ ЖАРАЁНИНИНГ АСОСИЙ ЙЎНАЛИШЛАРИ

Дилфуза Төремуратова




Мамалакатимизда амалга оширилаётган ислоҳотларнинг бош мақсади ҳар томонлама етук ва баркамол авлодни вояга етказишдан иборат. Мактабгача таълим тизимини янада такомиллаштириш, соғлом, фаол, тўлақонли, жамиятга мослашган бола шахсини шакллантириш, ўсишида турли нуқсонлари бўлган болаларни, шунингдек реабилитация қилиш ва соғломлаштиришга муҳтож болаларни ўқитиш, тарбиялаш ва интеграция қилиш учун қулай муҳит яратишдир.





60-63 38 20

TURLI YOSHDAGI FARZANDLARDA SIBLINGLARARO XASAD NAMOYON BO’LISHINING EMPERIK TADQIQ QILINISHI

Ziyovuddin Jumabekov




Hozirgi jadallashuv davrida oilaning mustahkamligi, farovonligi doimiy muhokamalarda avj olmoqda. Yurtimizda ham keng ko’lamda oila mustahkamligi yo’lida targ’ibot va tashviqot ishlarini emperik tadqiq qilish rivojlanmoqda. Mahallalarda xotin qizlar faollari, hokim yordamchilari oilalarda “sog’lom oila” shiori ostida turli ishlar olib borishmoqda.





64-68 66 26

INVESTITSIYADA SOLIQNING O‘RNI

Bekjahon Murodullayev , Sunnatillo Tilavov , Eldor To’xtayev , Axmadjon Xasanov




Mazkur maqolada investitsiyalar va soliq tizimining o‘zaro aloqasi, soliq siyosatining investitsiyaviy muhitni shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Soliq imtiyozlari, soliqlarning yuki va ulardan samarali foydalanish orqali investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston misolida soliq tizimidagi islohotlar va ularning investorlar uchun yaratgan sharoitlari o‘rganilib, global tajriba bilan solishtirishlar keltiriladi. Maqola yakunida investitsiyalarni rivojlantirish uchun soliq siyosatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. 





69-71 47 20

NAQQOSHLIK SAN’ATINING ME’MORCHILIKDAGI O’RNI VA NAQSHLARNING USLUBLARI

Baxtigul Fayzullayeva




Ushbu maqolada asosan XIV –XV asrlarda me’morchilikda naqshlarning ishlatilishi va Shahrisabzdagi Oq saroy me’moriy obidasidagi naqsh uslublari haqida ma’lumotlar aks ettiriladi.





75-78 32 20

ОNA TILI DARSLARIDA O‘QUV PREDMETLARARO INTЕGRATSIYA

R.Q. Ashurbayeva




 Mazkur maqolada mamlakatimizda ona tili ta`limining dolzarb  masalalari haqidagi mulohazalar o‘rin olgan. Shuningdek, integrativlik tamoyillari asosida ona tili darslarini samarali tashkil qilish va bugungi kunda amaldagi o‘quv predmetlariaro aloqadorligida ta’lim jarayonini tashkil qilish borasida namunalar berilgan. 





79-81 55 21

БИЛИНГВИЗМ В УСЛОВИЯХ СОВРЕМЕННОСТИ.

Наргиза Ходжаева




в условиях глобализации мир становится все более дружелюбным. Сегодня знание двух или более языков — это не только возможность для личного развития, но и жизненная необходимость для многих людей. Билингвизм может оказать влияние на мышление, культуру и даже глобальный характер,  его значение в условиях современности требует глубокого понимания.





82-85 143 32

VASIYLIK VA HOMIYLIK INSTITUTI TUSHUNCHASI VA MAZMUNI

Xurshidabonu Choriyeva




Ushbu maqolada vasiylik hamda homiylik tushunchalari tahlil etiladi, mamlakatimizdagi vasiylik va homiylik institutlari haqida so‘z yuritilib, chet el tajribasi hamda olimlarining fikri ham tahlil qilib o‘tiladi. Yakunda, muallif tegishli takliflarni ilgari suradi.





86-89 30 16

BASHARIYAT MUTAFAKKIRI





Maqolada dastlabki sharq renessansi davri ijodkori, buyuk olim Abu Rayhon Beruniyning  hayoti, ijodiy faoliyati hamda bizga meros qoldirgan nodir asarlari borasida soʻz yuritiladi.





90-93 41 15

ZAMONAVIY INGLIZ SHARQSHUNOSLIGI TAHLIL VA TANQIDI





Maqolada ingliz sharqshunosligining Sharq madaniyati, tillari va tarixini o'rganishga zamonaviy yondashuvlari tahlil qilinadi. Sharq matnlari va madaniy hodisalarni sharhlash va tanqid qilish usullari globallashuv va fanlararo yondashuvni hisobga olgan holda ko'rib chiqiladi. Oʻzbekistonda sharqshunoslik fanining rivojlanishiga ingliz sharqshunosligining taʼsiriga asosiy eʼtibor qaratilgan. O‘zbekistonlik tadqiqotchilar, shuningdek, xalqaro nashrlar materiallaridan foydalanilgan.





94-98 57 29

IOTDA BULUT TEXNOLOGIYALARI VA ULARDAN FOYDALANISH





Ushbu maqolada IoT (Internet of Things) va bulut texnologiyalarining o‘zaro aloqasi va integratsiyalashuvi tahlil qilinadi. IoTning keng tarqalishi bilan birga, katta hajmdagi real vaqtli ma’lumotlarni samarali boshqarish va tahlil qilish ehtiyoji ham oshib bormoqda. Bulut texnologiyalari bu sohada saqlash, qayta ishlash va tahliliy hisoblash uchun qulay platformani ta’minlaydi. IoT va bulut texnologiyalarining birgalikdagi qo‘llanilishi misolida sog‘liqni saqlash, sanoat, qishloq xo‘jaligi va aqlli shaharlar sohalaridagi dasturlar ko‘rib chiqiladi. Bulut platformalari IoT uchun moslashuvchanlik, xavfsizlik va yuqori hisoblash quvvatini ta’minlaydi.





99-101 52 39

THE INTEGRATION OF TEACHING ENGLISH THROUGH VOCABULARY

Nodira Khayrullayeva , Shakhrizoda Khamrabaeva




Effective vocabulary integration in English teaching is fundamental, as vocabulary underpins all language skills: reading, writing, speaking, and listening. Teaching vocabulary requires more than memorizing definitions; it involves meaningful context, repeated exposure, and active engagement. By applying thematic and contextual approaches, using v justisual aids, interactive activities, technology, and spaced repetition, teachers can make vocabulary learning more dynamic and effective. However, challenges exist in selecting relevant vocabulary, ensuring retention, and measuring progress, which necessitate careful planning and varied teaching methods.





102-103 44 16

РАЗГОВОРНАЯ И ПРОСТОРЕЧНАЯ ЛЕКСИКА: ТЕОРЕТИЧЕСКИЙ АСПЕКТ

Зулайхо Низомитдинова




в статье рассматриваются теоретические аспекты разговорной лексики и просторечий как значимых элементов языковой системы, определяются основные характеристики, функции и различия между  слоями лексики, указывается, что разговорная лексика выступает как часть литературного языка, выполняя коммуникативные и эмоционально-экспрессивные функции в непринужденном общении, а  просторечие как языковое явление, выходящее за рамки нормативности и отличающееся грубостью и упрощением форм.





104-108 75 22

BOLALAR PSIXOLOGIYASI: RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA IJTIMOIY-EMOTSIONAL O’SISH OMILLARI

Ruqiyaxon Hojamberdiyeva




Ushbu maqolada bolalar psixologiyasining rivojlanish bosqichlari va ijtimoiy-emotsional o’sish omillari tahlil qilinadi. Bolalarning psixologik rivojlanishida oila, maktab va jamiyatning roli muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada bolalar psixologiyasining asosiy nazariyalari va tadqiqotlar asosida faktlar bilan yoritib beriladi. Maqsad — bolalarning emotsional va kognitiv rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadigan omillarni aniqlash va ularga tegishli ilmiy yondashuvlarni tahlil qilishdir.





109-111 35 12

TAKOMILLASHTIRISHDA BIRINCHI QADAM OQIW BAGDARLAMASıNıŃ SHINIGIWLARDA TOLıQ ENGIZILIWI

Gulzira Zinatdinova




Bul maqala jetilistirilgen oqıw bagdarlamasınıń oqıw shinigiwlarında tolıq engiziliwi procesin tereń talqılaydı. Jańa oqıw baǵdarlamasın ámelge asırıw procesinde júzege keletuǵın metodologiyalıq ózgerisler, oqıtıwshılar hám oqıwshılardıń jumısın optimallastırıw, bilimlendiriw nátiyjeliligin arttırıwǵa qaratılǵan strategiyalar hám olardıń bilimlendiriw sistemasındaǵı áhmieti kórip shıǵıladı. Takomillestirilgen baǵdarlamanıń sabaqlarda tolıq engiziliwi nátiyjesinde oqıwshılardıń bilim dárejesi, sociallıq kónlikpeleri hám ózin-ózi rawajlandırıw qábiletleri qalay ózgeretuǵını haqqında dodalanadı.





112-115 28 25

INFORMATION ABOUT LIVER CIRRHOSIS AND TREATMENT OPTIONS





In the treatment of liver cirrhosis, it is important to eliminate the factors that cause it. If an infection that caused liver cirrhosis is detected, measures are taken to eliminate it. To prevent liver cirrhosis, it is necessary to improve working and living conditions, and to combat alcoholism.


 





116-118 22 7

OILALARDAGI ZO`RAVONLIKLARNING OLDINI OLISH YO`LLARI

G.P. Matniyazova




Bu tezisda oilalardagi zo`ravonliklar, ularning turlari, ularning oldini olishda olib boriladigan ishlarning mazmuni, bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan ishlar batafsil yoritib  berilgan.





119-120 32 10

FOOD WASTE: A GLOBAL ISSUE AND SUSTAINABLE SOLUTIONS

Dilshoda Djumanova, Marat Eshmuratov




Food waste is a global issue with far-reaching ecological, social, and economic consequences. This article delves into the scale and causes of food waste and proposes sustainable strategies to address the problem. Emphasizing the importance of efficiency and environmental stewardship, the article highlights the role of technology, policy, and education in creating a sustainable future.





121-127 42 12

O‘ZBEKISTONDA YURIDIK SOHA UCHUN MILLIY RAQAMLI HUQUQIY MA'LUMOTLAR DEIDENTIFIKATSIYA TIZIMINI YARATISH

E’zoza Irzayeva




Mazkur maqola doirasida muallif O‘zbekistonda yuridik soha uchun milliy raqamli huquqiy ma’lumotlar, ushbu huquqiy  ma’lumotlarning deidentifikatsiya tizimini yaratish va deidentifikatsiya haqida ma’lumotlarni yoritib bergan. Shuningdek bu tizim qanday yaratilishi, bu tizimning O’zbekistonning yuridik sohasi uchun ahamiyati, deidentifikatsiya tizimining xalqaro tajribalari va O’zbekistonda deidentifikatsiya tizimi bo’yicha qilinishi kerak bo’lgan takliflar xalqaro va mahalliy ma’lumotlar asosida tahlil qilingan.





128-131 40 23

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASINING SUG‘ORILADIGAN O‘TLOQI ALLYUVIAL TUPROQLARI SHAROITIDA YETISHTIRILGAN QISHLOQ XO‘JALIK EKINLARINING TUPROQ UNUMDORLIK KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI

Gulnaz Duysenbayeva




Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida yetishtirilgan turli qishloq xo‘jalik ekinlarining tuproq unumdorlik ko‘rsatkichlariga ta’siri o‘rganilgan. Tuproqlarning kimyoviy, fizik va biologik xususiyatlarining ekinlarga bog‘liq holda o‘zgarishini o‘rganish natijalari keltirilgan. Tuproq unumdorligi degradatsiyasiga olib keluvchi asosiy omillar aniqlanib, uni oshirish usullari, jumladan, almashlab ekishni maqbullashtirish, organik o‘g‘itlarni qo‘llash va suv resurslaridan oqilona foydalanish taklif etilgan. Olingan ma’lumotlar barqaror dehqonchilik tizimlarini ishlab chiqish va hudud tuproq resurslarini saqlab qolishda foydali bo‘lishi mumkin.





132-134 231 20

OTA-ONA VA FARZAND MUNOSABATLARINING OʻZINGA XOSLIGI





 Ota-ona va farzand munosabatlari inson hayotining asosiy va muhim omillaridan biri hisoblanadi. Ushbu munosabatlar farzandning ruhiy, emotsional va ijtimoiy rivojlanishiga bevosita ta'sir qiladi. Ota-ona va farzand o'rtasidagi ishonch, muhabbat, o'zaro tushunish va qo'llab-quvvatlash bolada o'zini qadrlash hissini shakllantiradi.





135-139 60 17

ZARAFSHON VODIYSIDA MINGLAR URUG’INING JOYLASHUVI.





Ushbu maqolada Zarafshon vodiysining geografik joylashuvi uning tarixi hamda Minglar sulalolasining Zarafshon vodiysidagi o’rni va ahamiyati haqida ayrim ma’lumotlardan tashkil topgan. Xususan, bunda, minglar sulolasi davrida vodiydagi siyosat, madaniy hayot va ijtimoiy hamda iqtisodiy ‘zgarishlar haqida bir qancha fikrlar yuritiladi. Shuningdek, sulolaning ko’zga ko’ringan vakillari va ularning Zarafshon vodiysi tarixida tutgan o’rni va bu kunga qadar kimlar bu mavzuga doir izlanishlar olib borganligi to’g’risidagi ma’lumotlarni ham tahlil qilib beradi.





143-145 48 61

ETNOPSIXOLOGIK TADQIQOTLARDA ISHLATILADIGAN METODLAR VA ULARGA QO’YILADIGAN TALABLAR





Ushbu maqolada etnopsixologiya va uning tadqiqotlarida oʻtkaziladigan shkalali oʻlchov,kuzatish va soʻrov  hamda proyektiv metodlari haqida soʻz yuritiladi.





146-151 46 13

QARAQALPAQSTAN AYMAǴINDA AKVAPONIKA SISTEMASINDA SAZAN BALIQ ( CYPRINUS CARPIO L ) JETISTIRIWDIŃ DÁSLEPKI NÁTIYJELERI





Bul maqalada jańa Akvaponika joybarı tiykarında Aral boyı aymaǵında  intensiv texnologiyalardan paydalanǵan halda balıq jetistiriw hám bul joybardıń  nátiyjeliligi haqqında maǵlıwmatlar berilgen.Sonıń menen birge akvaponika háwizlerinde jetilistirip atrǵan  sazan balıǵınıń morfologiyası hám oǵan berilip atrǵan kombikorm azıǵınıń quramı haqqında ilimiy maǵlıwmatlar statistikası haqqında  jazılǵan.





152-155 125 61

SIMLI VA SIMSIZ ALOQA TARMOQLARI





Ushbu maqola simli va simsiz tarmoq texnologiyalarining paydo bo’lishidan tortib bugungi kunda ulanishni qayta shakllantiruvchi ilg’or innovatsiyalargacha o’rganadi. Radioaloqaning dastlabki kunlaridan va Wi-Fi paydo bo’lishidan boshlab, u uyali tarmoqlarning paydo bo’lishi va Iokal tarmoq ulanishining paydo bo‘lishi kabi muhim bosqichlarni bosib o‘tadi. 5G va undan tashqarida o’zgaruvchan ta’sirni o‘rganish, texnologik taraqqiyot, me’yoriy-huquqiy bazalar va ijtimoiy talablar o‘rtasidagi murakkab o‘zaro bog‘liqlikni ochib beradi. Tarixiy tushunchalar, hozirgi tendentsiyalar va kelajak prognozlariga asoslanib, ushbu tadqiqot simsiz tarmoq texnologiyalarining evolyutsion traektoriyasini yaxlit tushunishni va u yengib o’tgan qiyinchiliklar, erishilgan yutuqlar va ulanishning ushbu dinamik sohasida istiqbolli yutuqlarni yoritib beradi.





156-160 132 14

TASNIFLASH VA KLASTERLASH





  Ushbu maqolada tasniflash va klasterlash usullari ma'lumotlarni tahlil qilishda qo‘llaniladigan muhim texnikalar sifatida ko‘rib chiqiladi. Tasniflash nazorat ostidagi o‘rgatish usuli bo‘lib, ma'lumotlarni oldindan belgilangan kategoriyalarga ajratishni o‘z ichiga oladi. Bu jarayonda o‘rgatish namunalar asosida model yaratiladi va yangi ma'lumotlar tegishli sinflarga taqsimlanadi. Klasterlash esa nazorat ostida bo‘lmagan o‘rgatish usuli bo‘lib, ma'lumotlarni yashirin o‘xshashliklar yoki tuzilmalarga asoslangan holda guruhlash imkonini beradi. Ushbu usul K-means, hierarchik klasterlash va DBSCAN kabi algoritmlar yordamida amalga oshiriladi. Maqolada tasniflash va klasterlashning marketing, tibbiyot, texnologik nosozliklarni aniqlash kabi sohalardagi qo‘llanilishi ko‘rib chiqilib, ushbu texnologiyalarning samaradorlik va ilmiy-texnik rivojlanishga qo‘shayotgan hissasi yoritilgan. Ma'lumotlarni tahlil qilishdagi bu usullar bilimlarni aniqlash va qaror qabul qilish jarayonini yanada takomillashtiradi.





161-162 22 14

EXPANDING THE IMPORTANCE OF PATRIOTISM AND LOYALTY TO THE HOMELAND IN BERDAKH'S WORKS

Gulzoda Nasrillayeva , Aziza Sobirova, Ramziddin Khamroqulov




This article analyzes Berdakh's works written in the spirit of patriotism, its interpretation in our country, the originality of his works, the image of the Motherland.