33
YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI
IF: 5.141
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue, 04 YO’PA
Volume 3 Issue 01 YOPA
O‘ZBEKISTON XALQ YOZUVCHISI SHUKUR XOLMIRZAYEV
BADIIY MAHORATINING BIR QIRRASI HAQIDA
Nodira Yangibayeva Saparbayevna
Xorazm viloyati, Ma’mun universiteti o‘qituvchisi,
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD )
Oybekova Dilnura
Ma’mun universiteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15235231
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 05- Aprel 2025 yil
Ma’qullandi: 10- Aprel 2025 yil
Nashr qilindi: 17- Aprel 2025 yil
O‘zbek adabiyotshunosligida Shukur Xolmirzayev hayoti
va ijodi bo‘yicha ko‘plab maqolalar, tadqiqotlar,
monografiyalar, xotira kitoblar yaratildi. Bularga o‘tgan
asrning 80-90-yillarida M.Qo‘shjonov, U.Normatov,
S.Mamajonov,
O.Tog‘ayev,
A.Rasulov,
M.Olimov,
S.Sodiqov, H.Boltaboyev, Q.Yo‘ldoshev, O.Otaxonov,
R.Qo‘chqor kabi adabiyotshunoslarning maqola va
taqrizlarini ko‘rsatish mumkin. Bulardan tashqari, adib
hayoti va ijodi bo‘yicha bir nechta dissertatsiyalar ham
yaratildi.
KEY WORDS
estetik ideal, biblionim, ramziy
sarlavha, detal sarlavha, ijodiy
laboratoriya, obraz sarlavha..
Ma’lumki, asar nomi aslida shu asarni boshqa asarlardan farqlab, ajratib turadigan
birlamchi belgi hisoblanib, “...asar sarlavhasi bir yoki bir nechta so‘zda ifodalanishi, yuzlab
sahifalarga sochilgan fikrni o‘zida aniq, nomlanishidanoq o‘quvchini o‘ziga jalb qilishi
lozim”.[6. S. 289.] Jahon adabiyotshunosligida ta’kidlanganidek, “Kitobga nom tanlash o‘ziga
xos nozik ish bo‘lib, bunda ta’b, did, havas, moyillik va qiziqishlar, ba’zan esa mazkur asar
xizmat qilishi lozim bo‘lgan g‘ayri ixtiyoriy tendensiyalar va nihoyat, moda yoki davr urf-
odatlari ham namoyon bo‘ladi. ...uning favquloddaligi, ajoyibligi, g‘alatiligi, chalkashligi va
jumboqli bo‘lishiga e’tibor qaratiladi”. [3. S. 16.] Adabiyotning o‘q ildizi bo‘lmish folklor
asarlarini kuzatsak, sarlavha qo‘yilishi nisbatan sodda ko‘rinishda bo‘lgan. Masalan, doston
nomlariga asosiy qahramonning nomi sarlavha sifatida tanlangan. Xalq dostonlarida shon-
shuhrati baland, qahramonliklar ko‘rsatgan bosh qahramon Alpomish, Go‘ro‘g‘li, Rustam
kabilarning ismi doston nomi sifatida xalq xotirasiga, adabiyot tarixiga muhrlangan. Yozma
adabiyotda esa badiiy yaratiqqa nom tanlash o‘ziga xos ijodiy jarayondan o‘tadi. Ba’zi
yozuvchilarda asar mavzusi xayolda paydo bo‘lishi bilanoq uning nomi ham shu ilohiy lahzada
tug‘ilsa, ayrim so‘z ahlida bu jarayon kechikib, asar to‘liq nihoyalangach, uning mazmunini
tahlil qilib, asar ichidagi eng sara so‘zlar, katta estetik ma’no tashuvchi obrazlar tafakkur
elagidan o‘tgachgina, sarlavha sifatida o‘zini namoyon qilishi mumkin. Ijodkor o‘z asariga nom
qo‘yar ekan, bir makon bir zamon vakili bo‘lgan yozuvchi- shoirlar bir-biridan bexabar o‘z
asarlariga bir xil nom berishlari ham mumkin. Bu o‘sha adiblarning borliqni badiiy
o‘zlashtirishi, estetik idealidagi o‘xshashlik yoki zamonada ustunlik qilayotgan urf(moda)
bilan bog‘liq holda bo‘lishi ham mumkin. “Muallif asarning onasi, u o‘z bolasiga qanday nom
tanlaydi, bu uning huquqi albatta...badiiy asar sarlavhasida badiiy obraz yashirinib yotadi”
1
.
1
Ҳамидов Х. Бадиий асар номлари таржимасига доир.// Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2021. – №4. – Б.45.
34
YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI
IF: 5.141
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue, 04 YO’PA
Volume 3 Issue 01 YOPA
Asar ijodiy rejasini o‘ylagan paytdayoq qat’iy qarorga kelib, nomni aniqlashtirib qo‘ygan
ijodkorlar ijodiy jarayonda voqealarning u yoki bu qismiga qayta ishlov berib, asar
mazmuniga ham daxl qiladilar. Bunday holda nom ham o‘z vazifasini bajarmay qoladi, tabiiyki,
adib o‘z badiiy yaratig‘ining nomini o‘zgartirishga majbur. Adabiyot tarixida shunday holatlar
kuzatilganki, ijodkorga ustozlari yoki zamondoshlari, hattoki kitobxonlar ham asarga sarlavha
qo‘yish bobida o‘z fikrlari bilan ta’sir o‘tkazib turgan. Shukur Xolmirzayevning ilk qissasi
“To‘lqinlar”ni o‘qigach, ustoz yozuvchi A.Qahhor yosh adibga maktub yozadi. Maktubda ustoz
adib yosh ijodkorga asar nomini o‘zgartirish haqida tavsiya bergan. Bu haqida M.Qo‘chqorova
o‘zining “Abdulla Qahhor – istiqlol davri adabiyotshunosligi ko‘zgusida” monografiyasida
ilmiy ma’lumotlar keltirgan. Olima mazkur xatni hozirda A.Qahhor uy-muzeyida KP№ 2126
inventar raqami bilan saqlanib kelinayotganini ta’kidalaydi
2
.
“Sharq yulduzi”da bosilgan “To‘lqinlar” povestingizni o‘qidim. Povest yaxshi taassurot
qoldirdi. Ma’murjonni boshda tabassum bilan tasvir etasiz. Butun asar davomida qisqalikka
intilasiz.Yozuvchilikda ko‘zingiz ochilib kelayotgani ko‘rinib turibdi. Nazarimda, povestning
nomi to‘g‘ri emas.
Keyingi ishlaringiz baroridan kelsin?
Salom bilan: Abdulla Qahhor”
3
.
Maktubdan anglashilganidek, yosh ijodkorga Abdulla Qahhor xayrixohlik bilan oq yo‘l
tilagan. “Yosh muallif Abdulla Qahhordek ustozdan maktub olgach, tabiiyki, yana-da jo‘shib,
ilhomlanib, “To‘lqinlar” qissasi ustida tahrir ishlarini boshlab, asarning tamomila qayta
ishlangan yangi variantini yaratadi. Bu fikrimizni Abdulla Qahhor uy-muzeyida saqlanayotgan
bir maktub va “To‘lqinlar” qissasining kitob varianti isbotlaydi.Gap shundaki, Shukur
Xolmirzayev ustozga 1963-yil 27-dekabr sanasi bilan pochtadan xat va qissaning kitob
variantini jo‘natadi. E’tibor bersak, oradan roppa-rosa bir yilga yaqin vaqt o‘tib, yosh yozuvchi
adibga xat yozishga jazm etadi. Bugungi kunda mazkur xat uy-muzeyda KP№2126 inventar
raqami bilan saqlanmoqda.
...Aytmoqchi, bandrolni ochishingiz bilan ko‘zingiz ham tushgan – povestning nomi
o‘zgarishsiz qoldirilgan. Domla, matbuotda “T”...“T” deb tilga olinaverganidan otni qashqasi
bo‘lib ketdiki, keyin uni yana o‘zgartirishni lozim ko‘rolmadim”
4
.
Biroq keyinchalik Shukur Xolmirzayev asarlari saylanmasining besh jildligi “Sharq”
nashriyoti tomonidan ketma-ket tarzda chop qilinayotgan paytda 5-jildga kiruvchi qissalarini
nashriyotga berishdan oldin muallif ularni bir sidra ko‘zdan kechiradi. Nasr ustunlaridan biri
– ustozi Abdulla Qahhorning taklifi uni yillar davomida o‘ylantirgan, ham shogirdlik burchi
nuqtayi nazaridan, ham badiiy tafakkuri yetilgan ijodkorning asosli qarori bois nom
o‘zgartiriladi: “To‘lqinlar” qissasi endi “Bukri tol” sarlavhasi bilan 5-jild saylanmasidan o‘rin
olgan. Bosh qahramon Ma’murjon “egri xoda to‘g‘ri bo‘lmas” maqoli ta’rifiga mos kimsa
bo‘lgani bois, asardagi detal bukri tol uning holi-xislatiga ishora qilsa, yosh tolni bosib uni egri
o‘sishga majbur etgan toshni Ma’murjonning o‘tmishidagi noto‘g‘ri tarbiyaga, ma’naviy
tubanlashuvidagi sabablarga mengzash mumkin.
2
Қўчқорова М. Абдулла Қаҳҳор – Истиқлол даври адабиётшунослиги кўзгусида
.
–Тошкент: Академнашр, 2008.
– Б.193
3
Ko‘rsatilgan manba.
4
Қўчқорова М.Абдулла Қаҳҳор – Истиқлол даври адабиётшунослиги кўзгусида
.
–Тошкент: Академнашр, 2008.
–Б.197.
35
YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI
IF: 5.141
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue, 04 YO’PA
Volume 3 Issue 01 YOPA
Umuman, nasriy asarlarning, xususan, hikoya janrining sir-u hadisini olgan, jahon
hikoyanavislari bilan bemalol mahorat bobida bellasha oladigan Shukur Xolmirzayev asariga
nom tanlashga jiddiy yondashgan. Adib hikoya janrining barkamol namunalarini yaratgan
mahoratli hikoyanavis ekanini namoyon etgan bo‘lsa, adibning o‘z hikoyalariga nom
tanlashida she’riyatga bo‘lgan ulkan muhabbatini yaqqol ko‘rsatadi. Shoirlarga xos bo‘lgan
“chigitga bahorni qamaydigan” darajada purma’nolilik va ixchamlik yozuvchi tanlagan
nomlarda namoyon bo‘ladi. Metoforik ko‘chim, kinoya, xalqonalik, donishmandlik,
samimiylikka esh bo‘lgan soddalik uning asarlari nomi zamirida yashirin. Adibning asarga
nom tanlash mahorati, o‘ziga xos ijodiy tutumlarini o‘rganib, Shukur Xolmirzayev quyidagi
badiiy maqsadlarni ko‘zlab, o‘z asarlariga nom tanlagan. “Shukur Xolmirzayev ijodidagi hikoya
janriga tegishli o‘ziga xoslik, qisqa sujetlilik, soddalik, keng mazmunlilik bo‘lsa, asarlarning
sarlavhasiga qo‘yiladigan asosiy talab ham qisqalik, ixchamlikdir”
5
.
Biz badiiy asar sarlavhalarining badiiyati borasidagi M. Xudoyorova,
6
I.Toshaliyev
7
,
Sh.Aqmanova
8
kabi tadqiqotchilarning ilmiy mulohazalari bilan tanishib, adabiyotshunos
K.Hamrayev tomonidan ilgari surilgan sarlavhalar tasnifi
9
ni inobatga olgan holda Shukur
Xolmirzayevning o‘z asarlariga nom qo‘yishdagi individual badiiy-estetik yondashuvini shartli
ravishda quyidagicha tasnif qilish mumkin deb hisoblaymiz:
1.
Badiiy asar tarkibidan o‘sib chiquvchi sarlavhalar:
a)
obraz-sarlavha. Bunda muallim asardagi asosiy qahramon nomi yoki shaxs otiga
asoslanib nom tanlaydi: “Ko‘kboy”, “Cho‘loq turna”, “Qariya”, “Keksa g‘ijjakchi”, “Yozuvchi”,
“Podachi”, “Sirli militsioner”, “Uchinchi hamroh”, “O‘zbek bobo”, “Oq otli”;
b)
detal-sarlavha. Bunda badiiy asardagi muhim vazifa bajargan detal nom
darajasiga chiqariladi. Bu tipdagi sarlavhalarni tanlashda adiblar butun bir boshli asarni
harakatga keltirgan detalga asos qilib oladi: “Haykal”, “Ko‘k dengiz”, “Yashil niva”, “Bitikli
tosh”;
c)
sujet-sarlavha. Bunday tipdagi asar nomlari bosh qahramon harakati, sujet
mazmuni orqali shakl topadi: “Zov ostida adashuv”, “Olma yemadim”, “Boychechak ochildi”,
“Nasib etsa” kabilar.
2.
Majoziy-sarlavha. Bunda sarlavhalar majoziy ma’noga ega bo‘ladi. Bunda
muallifning noyob poetik topilmasi metafora yoki kinoya ma’no ko‘chish usuli orqali o‘z
ifodasini topadi va asar sarlavhasiga ko‘tariladi: “Bukri tol”,“Bulut to‘sgan oy”, “Bandi burgut”,
“Qushlar qishlovdan qaytdi”, “Bahor o‘tdi”, “Jarga uchgan odam”, “Og‘ir tosh ko‘chsa”,
“Xumor”, “Yovvoyi gul”, “Mangu yo‘ldosh”, “Bir vujudda ikki jon”;
a)
kinoya sarlavha. Bunday sarlavhada piching, kinoya mazmuni yashiringan
bo‘ladi. Ramziylik yozuvchining kinoyaviy maqsadiga xizmat qiladi: “Ustoz”, “Kulgan bilan
kuldirgan”, “Odam”, “Yangi zot”, “Tabassum”,” “Dinozavr”, “Olabo‘ji”, “Ikki jahon ovvorasi”,
“O‘n sakkizga kirmagan kim bor?”;
5
Bekqulova Sh.R Sarlavha stilistikasi (gazeta va badiiy asar(hikoya)lar materiallari asosida. Lingvistika (O‘zbek tili)
mutaxassisligi bo‘yicha magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. – Samarqand, 2013. – B.88.
6
Худоёрова М. Навоий қитъалари сарлавҳасига доир.//Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2021. – №1. – Б. 58-
62.
7
Тошалиев И. Сарлавҳалар стилистикаси. – Тошкент. 1995. – 96 б.
8
Aqmanova Sh.O‘zbek tili biblionimyasi.Kharezm travel. – Urganch. 2023. – 150 b.
9
Ҳамраев К. Ҳозирги ўзбек ҳикоясида композиция поэтикаси: Филол. фан. бўйича фалс. докт. (PhD) ...дисс.–
Тошкент, 2018. – Б.95-101.
36
YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI
IF: 5.141
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue, 04 YO’PA
Volume 3 Issue 01 YOPA
b)
tazod-sarlavha. Bu kabi sarlavhalarda ikki zid tushunchalar bir majoziy ma’noni
tashishga xizmat qiladi. “Kuzda bahor havosi”,” Bulut to‘sgan oy”, “Bodom qishda gulladi”;
c)
falsafiy-sarlavha.
Bunday
sarlavhalar
yozuvchi
o‘ylagan
falsafiy
mushohadalarning mahsulini, asar mazmunidan kelib chiqadigan teran falsafani o‘zida aks
ettiradi. “Odam”, “Olam tortishish qonuni”, “O‘zbek xarakteri” kabilar.
3.
Ruhiy-emotsional sarlavha. Mazkur tipdagi sarlavhalar, odatda, ruhiy tasvir
ustunlik qiladigan asarlarga nisbatan tanlanadi: “Ko‘ngil”, “Yig‘i”, “Tabassum”.
4.
Xronotop-sarlavha. Bu kabi sarlavhalar badiiy zamon yoki makonga ishora
qiladi: “Olis yulduzlar ostida”, “Kechagi kun kecha”, “Oy yorug‘ida”, “Ot yili”, “Ota yurt”, “Arpali
qishlog‘ida”, “Kimsasiz hovli”, “Shudring tushgan bedazor”, “Yur, tog‘larga ketamiz”;
5.
Folkloristik xususiyatga ega sarlavhalar. Bunday tipdagi sarlavhalar xalq
ijodiyoti chashmalaridan suv ichgan, folklor unsurlari aks etgan asarlarga nisbatan tanlanadi.
Bunday asarni yozush uchun ham, unga nom tanlash uchun ham muallifdan xalq og‘zaki
ijodini chuqur bilish talab qilinadi. “Chillak o‘yin”, “Qadimda bo‘lgan ekan”, “Navro‘z, Navro‘z”,
“Quloqcho‘zma”, “To‘p o‘yin”, “Xorun ar Rashid”.
Yuqoridagi shartli tasnifdan ko‘rinib turibdiki, Shukur Xolmirzayev o‘z hikoya,
romanlariga sarlavha sifatida ko‘p hollarda ko‘chma ma’no ifodalovchi so‘zlarni, birikmalarni
tanlagan.
Umuman, sarlavhalar badiiy asarning muhim komponentlaridan biri hisoblanadi, shu
ma’noda Shukur Xolmirzayevning shaxsiy arxivida saqlanib qolgan qo‘lyozmalardagi hikoya
sarlavhalarining nashr variantlar bilan qiyosan o‘rganish ham ijodkor laboratoriyasini yanada
teranroq o‘rganishga asos bo‘ladi.
Adabiyotlar ro’yxati:
1.
Aqmanova Sh. O‘zbek tili biblionimyasi. – Urganch. Kharezm travel. 2023. – B. 150.
2.
Bekqulova Sh.R Sarlavha stilistikasi (gazeta va badiiy asar(hikoya)lar materiallari asosida.
Lingvistika (O‘zbek tili) mutaxassisligi bo‘yicha magistr akademik darajasini olish uchun
yozilgan dissertatsiya. – Samarqand, 2013. – B. 88.
3.
Hamidov X. Badiiy asar nomlari tarjimasiga doir.// O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent,
2021. – №4. – B. 45.
4.
Hamrayev K. Hozirgi o‘zbek hikoyasida kompozitsiya poetikasi: Filol. fan. bo‘yicha fals.
dokt. (PhD) ...diss. –Toshkent, 2018. – B. 95-101.
5.
Umurov H. Adabiyotshunoslik nazariyasi. – Toshkent: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi,
2004. – B.136
6.
. Parandovskiy Yan. So‘z kimyosi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2022. – B. 289.
7.
. Toshaliyev I. Sarlavhalar stilistikasi. – Toshkent. 1995. – 96 b.
8.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. IV jild. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi Davlat
Ilmiy nashriyoti, 2008. – B. 384.
9.
Qo‘chqorova M. Abdulla Qahhor – Istiqlol davri adabiyotshunosligi ko‘zgusida. –Toshkent:
Akademnashr, 2008. – B.193.
10.
. Xudoyorova M. Navoiy qit’alari sarlavhasiga doir // O‘zbek tili va adabiyoti. –
Toshkent, 2021. – №1. – B. 58-62.
11.
. Xolmirzayeva S. Qaytmas damlar. – Toshkent: Dizayn-press, 2013. – B. 84.
12.
Xolmirzayev Sh. Saylanma. IV jild. – Toshkent: Sharq, 2007. – B. 468.
37
YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI
IF: 5.141
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue, 04 YO’PA
Volume 3 Issue 01 YOPA
13.
Sh. Xolmirzayevning shaxsiy arxividan “Kuzda bahor havosi” hikoyasining qoralama
variantlari.