Авторы

  • Zuxra Radjabova
    Chirchiq davlat pedagogika universiteti Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yopa.127026

Ключевые слова:

kasbiy shakllanish tarbiya ta’lim kasb tanlash kasbiy layoqat mehnat ekspertizasi kasbga yo‘naltirish ijtimoiy aloqalar nazariy bilimlar amaliy tajriba.

Аннотация

Ushbu maqolada shaxsning kasbiy shakllanish jarayoni yosh xususiyatlari va ish stajiga bog‘liq emasligi, aksincha, individning kasbiy rivojlanish bosqichiga qarab aniqlanishi ko‘rsatiladi. Kasbiy layoqat tizimi uchta darajaga bo‘linadi: kasbiy muhitni o‘rganish, mehnat ekspertizasi va kasbga yo‘naltirish. Har bir daraja o‘z vazifalarini bajarib, insonning imkoniyatlarini va istaklarini hisobga olgan holda kasbni tanlashga yordam beradi.


background image

28

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 04 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

KASBIY TANLOVGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

Radjabova Zuxra Mirzotilloyevna

Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi

ORCID ID: https://orcid.org/0009-0009-7263-6781

radjabovazuxra87@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15211309

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 01- Aprel 2025 yil
Ma’qullandi: 07- Aprel 2025 yil

Nashr qilindi: 14- Aprel 2025 yil

Ushbu maqolada shaxsning kasbiy shakllanish jarayoni
yosh xususiyatlari va ish stajiga bog‘liq emasligi,
aksincha, individning kasbiy rivojlanish bosqichiga qarab
aniqlanishi ko‘rsatiladi. Kasbiy layoqat tizimi uchta
darajaga bo‘linadi: kasbiy muhitni o‘rganish, mehnat
ekspertizasi va kasbga yo‘naltirish. Har bir daraja o‘z
vazifalarini bajarib, insonning imkoniyatlarini va
istaklarini hisobga olgan holda kasbni tanlashga yordam
beradi.
Kasbiy shakllanish jarayonini o‘rganishda qiyinchiliklar
mavjud bo‘lib, ular asosan qobiliyatlar va kasbiy
qobiliyatlarning normativ faoliyatga yo‘naltirilganligida
namoyon bo‘ladi. Shuningdek, maqolada inson va
ijtimoiy muhit o‘rtasidagi aloqalar tipi hamda ulardagi
o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Bu jarayonning psixologik va
pedagogik jihatdan chuqur o‘rganilishi zamonaviy ta’lim
va tarbiya tizimlarida keng qo‘llanilish imkonini beradi.

KEY WORDS

kasbiy shakllanish, tarbiya, ta’lim,
kasb tanlash, kasbiy layoqat,
mehnat

ekspertizasi,

kasbga

yo‘naltirish,

ijtimoiy

aloqalar,

nazariy bilimlar, amaliy tajriba.

Ta‘lim so‘z va o‘rganish yo‘li bilangina bo‘ladi.Tarbiya esa amaliy ish va tajriba bilan

o‘rgatishdir. Ya‘ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalaridan iborat bo‘lgan ish-
harakatlariga kasb-hunarga qiziqsalar, shu qiziqish ularni butunlay kasb-hunarga jalb etsa,
demak, ular kasb-hunarning chinakam oshig‗i bo‘ladilar. Maqsadni amalga oshirishda axd va
g‘ayrat mo‘ljallanganligini bajarishda zo‘r ta‘sirga egadir. Nazariy bilimlarni yo ustozlar yoki
hikmatlar o‘rgatadilar.Ishlar yuqorida aytib o‘tilgan narsalar, kasb-hunar shu tajriba shaxd va
g‗ayratga ega bo‘lganlari va shu narsalarni o‘z vujudlarida singdirganlaridan so‘ng ularni
astasekin egallay boradilar hamda yuqorida aytib o‘tilgan fazilatlarni aniqlab borib, nazariy
bilimlarning hammasida mantiqiy fikrlash yo‘lini ishlatishga odatlanadilar. Shu tartibda
bolalarga o‘rgatish yo‘li bilan ular kamolga еtguncha ana shu fazilatlar aniqlanadi va tarbiya
qilinadi. Buyuk qomusiy olim Abu Nasr Farobiy kasb hunar to‘g‘risida ilk fikrlarini bildirib
qimmatli maslahatlar bergan, chunonchi ta‘lim –so‘z va ko‘nikmalar majmui,tarbiya esa
amaliy malakalardan iborat ish – harakat ekanligini,muayyan kasb-hunarga berilgan u bilan
qiziqqan kishilar shu kasb hunarning chinakam shaydosi bo‘lishini aytgan. Bu
mulohazalardan anglanib turibdiki, kasb-hunar insoniyat uchun azaldan juda zarur hayotiy
vosita bo‘lib kelgan. Buyuk qomusiy olim sifatida barcha hodisalarning mohiyatini ilmiy
jihatdan ochib berishga harakat qilgan. Shaxsning mutaxassis sifatida shakllanish jarayoni


background image

29

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 04 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

xususida mualliflik qarashlari keltirilgan. Ilgari ishlab chiqilgan shaxsning mutaxassis sifatida
shakllanishi yosh xususiyati va ish stajiga bog‘liq degan qarashlardan farqli ravishda muallif
tomonidan shaxsning kasbiy mahorati bu parametrlarning funktsiyasi hisoblanmasligi,
aksincha individning kasbiy shakllanishining qaysi bosqichida ekanligiga qarab aniqlanishini
ko‘rsatib bergan. Malakali kadrlar tayyorlash tizimini uzluksiz ravishda rivojlantirish ehtiyoji
va turli ishlab chiqarish sohalarida ko‘p yillik ish staji bilan faoliyat yuritayotgan shaxsning o‘z
imkoniyatlarini to‘liq amalga oshirmasligi shaxsni har tomonlama kasbiy faoliyatda o‘zini
namoyon qilishi muammosini yuzaga keltirdi. Bu muammolarni hal qilmasdan turib kelgusi
kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatli sifatli ta‘limni va rejalashtirishni amalga oshirish mumkin
emas.

Bu muammoning amaliy ahamiyati uni turli fan doiralar qatorida psixologiya doirasida

ham o‘rganishni muhimligini ko‘rsatib berdi. Kasbiy shakllanish jarayonini o‘rganishdagi
qiyinchiliklar qobiliyatlar va kasbiy qobiliyatlarning ishni bajarishning muayyan bir usuliga
asoslangan normativ faoliyatga yo‘naltirilganligidadir. Shuning uchun ham kasbiy etuklik
darajasi ajratib ko‘rsatilmaydi, balki faqatgina yosh xususiyati va mutaxassis sifatida
yuritilayotgan vaqt inobatga olinadi.

Shaxsning kasbiy shakllanishi masalasi ko‘pgina mualliflar tomonidan tadqiq qilingan.

Bu inson taraqqiyotida tez-tez uchraydigan jarayondir. Ko‘pincha mutaxassis shaxsining to‘la
tahlil qilish tushib qoladi, shaxsning kasbiy shakllanish bosqichi esa hayot yo‘li bosqichi bilan
muvofiq tarzda ko‘rib chiqiladi. Shuning uchun vaqt doirasida qatiy chegaralanib qoladi.

Ijtimoiy sohalarda faoliyat yurituvchi shaxsning kasbiy shakllanishini o‘rganishda

insonning imkoniyatlarini to‘liq ochib beruvchi sub‘ekt va ijtimoiy muhit orasidagi turli
ijtimoiy aloqalar tipiga ahamiyat berish muhimdir. Har bir ijtimoiy aloqalarning yana
odamovilik va muloqotchanlik kabi kichik tiplarga bo‘linishi biz uchun muhim ahamiyatga
egadir. Birinchi tipda sub‘ekt o‘zini ―topgan, o‘zida va faoliyatida o‘zini o‘zgartirishni
hoxlamasligi bilan tavsiflanadi. Ikkinchi tip esa sub‘ektning o‘zini o‘zi - qidirishi‖ bilan
izohlanadi. Bu o‘tish, oraliq holat hisoblanadi. Individ (yoki jamiyat) bir shaklni tark etib
jamiyatning boshqa yuqori darajasiga erishadi.

Garmonik aloqalar uchun sub‘ekt yaxlit shaxs sifatida namoyon bo‘ladi, u sub‘yekt-

predmet tartibi – rolli niqob sharti bilan belgilanadi. Bu erda inson ―taraqqiyotning absolyut
harakati holatida‖ bo‘ladi.

Keyinchalik shaxsni kasbiy shakllanishi borasidagi qarashlarga S.L.Rubinshteyn ishlari

asos bo‘lib xizmat qildi. S.L.Rubinshteyn insonning hayotga munosabatini ifodalovchi ikki
usulni ajratib ko‘rsatgan. Birinchi usul – bu insondagi barcha munosabatlar to‘liq emas, balki
alohida hodisalariga munosabat doirasiga kiruvchi hayotdir. Bunday munosabatda inson
hayot sub‘ekti hisoblanmaydi, shu bilan birga undan alohida ham bo‘lmaydi. Bu erda
hayotning o‘zi ―tabiiy jarayon sifatida‖ namoyon bo‘ladi, inson hayot tarzi bilan uni to‘ldiradi.
Ijtimoiy hayot insonni o‘rniga sub‘ekt sifatida namoyon bo‘ladi. Bu erda axloq, beayblik,
yomonlik qilmaslik, tabiiylik, insonning tabiiy holati sifatida namoyon bo‘ladi va shu bilan bir
qatorda bu erda yaxshilik va yomonlik o‘zaro bog‘liqdir. Bu usul insonning hayoti o‘zidan o‘zi
kechadigan hayot-avtomat aloqalariga kiruvchi xususiyat sifatida tavsiflanadi.

Ikkinchi usul ichki refleksiyani namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib, u ―hayotning bu

uzluksiz jarayonini to‘xtatib qo‘yishi, uzib qo‘yishi mumkin va insonning g‘oyalar dunyosidan
chiqarib yuboradi. Inson g‘oyalar dunyosidan tashqaridagi pozitsiyani egallaydi...‖. Bunday
refleksiyaning namoyon bo‘lishi hayotiy qadriyatlar tizimini aniqlash bilan bog‘liqdir.
S.L.Rubinshteyn aynan shu holat bilan voqelikning yangi usuliga o‘tish imkoniyatini bog‘laydi.
Bevosita aloqalarni uzish va ularni yangi negizlar asosida tiklash ikkinchi usulga o‘tish bilan


background image

30

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 04 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

yakunlanadi. Shu vaqtdan boshlab ―ruhiy bo‘shliqqa, axloqiy skeptizmga, axloqiy
beqarorlikka yoki boshqa – yangi anglangan sharoitda axloqiy inson hayotini qurishga yo‘l
ochila boshlaydi‖.

A.A.Rusalinova tomonidan kasb tanlashning 3 ta omili ajratib ko‗rsatiladi:
-moddiy motivlar (kasb orqali moddiy ta‘minlanganlik);
-ijtimoiy mavqei (kasbning jamiyatdagi o‗rni va qadri);
-shaxsning qiziqishlari darajasi (bu shaxsning kasbdan qoniqishi va uning ko‗rsatishi

bilan bog‗liq darajada).

U yoki bu kasbni tanlashga ta‘sir etuvchi omillar sirasiga quyidagilar kiradi:
-tanlagan kasbiga shaxsiy layoqatning mavjudligi;
-kasbni shaxs qiziqishlari va intilishlari bilan muvofiqligi;
-tanlangan kasbni egallash uchun moddiy imkoniyatlarni еtarli ekanligi;
-tanlagan kasbni egallash oson va qulayligi;
-tanlagan kasbi doirasida ish topishning osonligi va karera qilish imkoniyatining

mavjudligi;

-ko‗p miqdordagi oylik maoshi;
-ota-ona va do’stlari tomonidan beriladigan maslahat.
Kasbiy layoqat tizimi ijtimoiy muassasa sifatida o’zaro bog’liq darajalardan iborat:

Birinchi daraja

–kasbiy muhitni o‗rganish va tahlil qilish. Buning uchun kasb va

mutaxassislikni shaxsga qo‗yadigan talablar nuqtai nazaridan ko‗rib chiquvchi
professiografiya qo‗llaniladi. Professiografiya kasblar tasnifini ham o‗zida mujassamlaydi.
Ma‘lumki, kasblar tavsifi turli mezonlarga asoslanadi, ya‘ni texnologik, iqtisodiy, gigienik,
ahloqiy, psixologik va boshqalar. Kasblarning psixologik tavsifi psixogramma deyiladi. Bunda
subektning psixologik sifatlariga qo‗yiladigan talablar keltiriladi.

Ikkinchi daraja – mehnat ekspertizasi

. Mehnat ekspertizasi – bu shaxsning muayyan

kasb bo‗yicha mehnatga layoqatliligini aniqlashdir. Ekspertiza o‗tkazishning maxsus tizimlari
mavjud, ya‘ni tibbiy-mehnat ekspertizasi komissiyasidir.

Mehnat ekspertizasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
1.Shaxs mazkur faoliyatni bajara oladimi (sog’lig’i nuqtai nazaridan).
2.Faoliyatni amalga oshirish uchun munosib insonlarni tanlay olish.
3.Ishga yaroqsiz xodimlarni o‗z vaqtida ishdan ozod qilish.
4.Shaxsga mos ishni aniqlash.

Uchinchi darajasi–kasbga yo’naltirish.

Kasbga yo‗nalganlik bu shaxs imkoniyatlari

darajasidagi adekvat kasbni tanlashga ilmiy asoslangan yordam ko‗rsatish va qo‗llab-
quvvatlashga qaratilgan davlat tizimi. Kasbga yo‗naltirish yordamida shaxsning istak-
hohishlari va kasblar olamidagi ijtimoiy talabning o‗zaro muvofiqlashuvi kechadi.

Kasbga yo‗naltirish tizimi kichik tizimchalardan iborat:
1.Kasbiy tashviqot va targ’ibot tizimi.
2.Kasbiy maslahat tizimi.
3.Kasb tanlash tizimi.
4.Kasbiy moslashuv tizimi.
Sanab o‘tilgan fenomenlar yangi usulning mavjudligini tavsiflamaydi, balki, shaxs

ilgarigidek yashash imkoniyati yo‘q bo‘lgan vaziyatda qolganda o‘zining beqaror ―Men‖
tizimini buzilishlardan saqlab qola olmasligini anglatadi. Bu vaziyat ba‘zida ―o‘zini safarbar
etish‖ holati deb nomlanadi. Biroq bu holatni o‘zining namoyon bo‘lishiga ko‘ra o‘zini o‘zi
safarbar etish deb nomlab bo‘lmaydi: tabiatdan, boshqalardan alohida tarzda anglanmagan
voqelikni yo‘qotish mumkin emas. Shunchaki, birinchi usulda turmush tarzining hayot-


background image

31

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 04 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

avtomatdan ajratilmaganligi hech qachon axloqiy beqarorlikni keltirib chiqarmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

1.Abu Nasr Farobiy Falsafiy risolalar to‘plami . – Toshkent: “Fan”, 1998.

2.

Kasb-hunar va ta’lim haqidagi fikrlarining ilmiy asoslarini o‘z ichiga oladi.

3.

2.Rubinshteyn S.L. "Odam va dunyo" . – Moskva: "Pedagogika", 1975. Insonning hayotga

munosabati va uning psixologik tahlillari bo‘yicha klassik ish.
4.

3.Rusalinova A.A. "Kasb tanlashning psixologik omillari".–Moskva: "Nauka", 2001.Kasb

tanlashda moddiy, ijtimoiy va shaxsiy omillarning rolini chuqurroq o‘rganish.
5.

Климов Э.А. ―Как вибрат профессию Москва, 1990.

6.

5.Turg`unov A.A. Kasb-hunarga yunaltirish.-M.,2019

7.

Professional o'zini o'zi anglash va kasb tanlash. (2024). Pedagogik klaster-Pedagogik

ishlanmalar

jurnali

,

2

(5),

84-88.

http://euroasianjournals.org/index.php/pc/article/view/357
8.

Radjabova Zuxra Mirzotilloyevna. (2022). 1.4. KASB TANLASH FAOLIYATINING ASOSIY

PSIXOLOGIK

MUAMMOLARI.

Conferencea,

373–378.

Retrieved

from

https://www.conferencea.org/index.php/conferences/article/view/924
9.

Professional o'zini o'zi anglash va kasb tanlash. (2024). Pedagogik klaster-Pedagogik

ishlanmalar

jurnali

,

2

(5),

84-88.

https://euroasianjournals.org/index.php/pc/article/view/357
10.

Zuhra Mirzotilloyevna Radjabova. (2024). TEENAGERS’ PERCEPTIONS ABOUT CAREER

CHOICES AND CAREER PROSPECTS. European Science Methodical Journal, 2(6), 493–498.
Retrieved from https://europeanscience.org/index.php/3/article/view/773
11.

5.Kuzmin, I. V., & Kholmogorova, G. A. (2015). Psikhologiia kar'ery: Teoriia i praktika.

Moskva: Yurait. https://www.yurait.ru/
12.

6.Ibragimov, I. A. (2017). Kasbiy faoliyat va uning psixologik jihatlari. Toshkent: Fan va

texnologiyalar nashriyoti. https://www.ziyonet.uz/
13.

7.Карпов, А. В. (2016). Психологии карьерного роста и развитииа. Санкт-

Петербург: Реч.https://www.ozon.ru/
14.

8.Baranova, N. S. (2013). Psikhologiia professionalnogo samoopredeleniia. Moskva:

Znanie. https://www.ozon.ru/
15.

9.Ovcharova, T. M. (2014). Psikhologiia trudovoi deiatel'nosti i professional'nogo rosta.

Moskva: MGU. https://www.ozon.ru/
16.

Sharipova, N. (2023). PHONETICS: UNLOCKING THE SOUNDS OF LANGUAGE. В ZDIT

(Т. 2, Выпуск 27, сс. 22–24). Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.10321056
17.

Турсунов

А.

2022

ЧАҚИРУВГА

ҚАДАР

БОШЛАНҒИЧ

ТАЙЁРГАРЛИК

МАШҒУЛОТЛАРИДА ПЕДАГОГИК ВА ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ ҚЎЛЛАШ ВА
УЛАРНИНГ ЎЗИГА ХОС ТОМОНЛАРИ Science and innovation, 1(B3), 432- 434
18.

Sharipova Nodira Shavkat Qizi, . (2024). TEACHING ENGLISH TO YOUNG LEARNERS

USING CLIL METHOD IN CLASS. International Journal of Pedagogics, 4(06), 161–164.
https://doi.org/10.37547/ijp/Volume04Issue06-29 .
19.

Abdurasulov, J. (2024). PEDAGOGICAL PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF MILITARY

PATRIOTIC EDUCATION IN GENERAL SECONDARY EDUCATIONAL INSTITUTIONS. В
INTERNATIONAL BULLETIN OF APPLIED SCIENCE AND TECHNOLOGY (Т. 4, Выпуск 7, сс.

38–40). Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.12721051


background image

32

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 04 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

20.

Аbdurasulov J. (2024). HARBIY PEDAGOGIKANING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI.

Молодые

ученые,

2(6),

48–52.

извлечено

от

https://inacademy.uz/index.php/yo/article/view/28164
21.

Jo‘rayev , S. ., & Abdurasulov, J. (2024). SUBJECT, TASKS AND CONTENT OF STUDYING

THE BASICS OF MILITARY-PATRIOTIC EDUCATION. Академические исследования в
современной науке, 3(7), 149–153.извлечено.
22.

Абдурасулов, Ж. (2022). ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНФОРМАЦИОННЫХТЕХНОЛОГИЙ В

УСВОЕНИИ УРОКОВ ИСТОРИИ.

Библиографические ссылки

Abu Nasr Farobiy Falsafiy risolalar to‘plami . – Toshkent: “Fan”, 1998.

Kasb-hunar va ta’lim haqidagi fikrlarining ilmiy asoslarini o‘z ichiga oladi.

Rubinshteyn S.L. "Odam va dunyo" . – Moskva: "Pedagogika", 1975. Insonning hayotga munosabati va uning psixologik tahlillari bo‘yicha klassik ish.

Rusalinova A.A. "Kasb tanlashning psixologik omillari".–Moskva: "Nauka", 2001.Kasb tanlashda moddiy, ijtimoiy va shaxsiy omillarning rolini chuqurroq o‘rganish.

Климов Э.А. ―Как вибрат профессию Москва, 1990.

Turg`unov A.A. Kasb-hunarga yunaltirish.-M.,2019

Professional o'zini o'zi anglash va kasb tanlash. (2024). Pedagogik klaster-Pedagogik ishlanmalar jurnali , 2 (5), 84-88. http://euroasianjournals.org/index.php/pc/article/view/357

Radjabova Zuxra Mirzotilloyevna. (2022). 1.4. KASB TANLASH FAOLIYATINING ASOSIY PSIXOLOGIK MUAMMOLARI. Conferencea, 373–378. Retrieved from https://www.conferencea.org/index.php/conferences/article/view/924

Professional o'zini o'zi anglash va kasb tanlash. (2024). Pedagogik klaster-Pedagogik ishlanmalar jurnali , 2 (5), 84-88. https://euroasianjournals.org/index.php/pc/article/view/357

Zuhra Mirzotilloyevna Radjabova. (2024). TEENAGERS’ PERCEPTIONS ABOUT CAREER CHOICES AND CAREER PROSPECTS. European Science Methodical Journal, 2(6), 493–498. Retrieved from https://europeanscience.org/index.php/3/article/view/773

Kuzmin, I. V., & Kholmogorova, G. A. (2015). Psikhologiia kar'ery: Teoriia i praktika. Moskva: Yurait. https://www.yurait.ru/

Ibragimov, I. A. (2017). Kasbiy faoliyat va uning psixologik jihatlari. Toshkent: Fan va texnologiyalar nashriyoti. https://www.ziyonet.uz/

Карпов, А. В. (2016). Психологии карьерного роста и развитииа. Санкт-Петербург: Реч.https://www.ozon.ru/

Baranova, N. S. (2013). Psikhologiia professionalnogo samoopredeleniia. Moskva: Znanie. https://www.ozon.ru/

Ovcharova, T. M. (2014). Psikhologiia trudovoi deiatel'nosti i professional'nogo rosta. Moskva: MGU. https://www.ozon.ru/

Sharipova, N. (2023). PHONETICS: UNLOCKING THE SOUNDS OF LANGUAGE. В ZDIT (Т. 2, Выпуск 27, сс. 22–24). Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.10321056

Турсунов А. 2022 ЧАҚИРУВГА ҚАДАР БОШЛАНҒИЧ ТАЙЁРГАРЛИК МАШҒУЛОТЛАРИДА ПЕДАГОГИК ВА ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ ҚЎЛЛАШ ВА УЛАРНИНГ ЎЗИГА ХОС ТОМОНЛАРИ Science and innovation, 1(B3), 432- 434

Sharipova Nodira Shavkat Qizi, . (2024). TEACHING ENGLISH TO YOUNG LEARNERS USING CLIL METHOD IN CLASS. International Journal of Pedagogics, 4(06), 161–164. https://doi.org/10.37547/ijp/Volume04Issue06-29 .

Abdurasulov, J. (2024). PEDAGOGICAL PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF MILITARY PATRIOTIC EDUCATION IN GENERAL SECONDARY EDUCATIONAL INSTITUTIONS. В INTERNATIONAL BULLETIN OF APPLIED SCIENCE AND TECHNOLOGY (Т. 4, Выпуск 7, сс. 38–40). Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.12721051

Аbdurasulov J. (2024). HARBIY PEDAGOGIKANING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI. Молодые ученые, 2(6), 48–52. извлечено от https://inacademy.uz/index.php/yo/article/view/28164

Jo‘rayev , S. ., & Abdurasulov, J. (2024). SUBJECT, TASKS AND CONTENT OF STUDYING THE BASICS OF MILITARY-PATRIOTIC EDUCATION. Академические исследования в современной науке, 3(7), 149–153.извлечено.

Абдурасулов, Ж. (2022). ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНФОРМАЦИОННЫХТЕХНОЛОГИЙ В УСВОЕНИИ УРОКОВ ИСТОРИИ.