15
YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI
IF: 5.141
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue, 04 YO’PA
Volume 3 Issue 01 YOPA
OYBEKNING "BOLALIK" ASARINING YOSHLAR
TARBIYASIDA TUTGAN O`RNI.
Sayfiyeva Muxlisa Sodiqjon qizi
Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15195955
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 01- Aprel 2025 yil
Ma’qullandi: 07- Aprel 2025 yil
Nashr qilindi: 11- Aprel 2025 yil
Ushbu ilmiy maqolada Oybekning hayoti va ijodi, hamda
Oybekning «Bolalik» qissasi talqini, bu asarda yoshlar
tarbiyasida tutkan o’rnini ta'sir etuvchi omillar talqin
etilgan.
KEY WORDS
Bolalik qissasi, Musavoy obrazi,
kichkintoylar
tarbiya,
obraz,
sarguzasht,
Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek o'tgan asrimizning buyuk adiblaridandir. Uning
"Alisher Navoiy", "Qutlug' qon", "Quyosh qoraymas", "Oltin vodiydan shabadalar" romanlari,
"Bolalik", "Nur qidirib", "Alisherning bolaligi" kabi qissalari, she'r va dostonlari — jami 19
tomlik mukammal asarlari bizga meros bo'lib qoldi. "Bolalik" qissasi bir necha bor nashr
etilgan va turli avlodlarning koʻngil mulkiga aylanishga ulgurib bo’gan. Uni yangi asrimizning
yosh avlodlari oʻqir ekanlar, bundan yuz yil muqaddam bobolarining bolaligi qanday
kechganligini, qanday qiyinchiliklar bo’lganligini bilib oladilar va bugungi chin ma'nodagi
hurlik, mustaqillikning va hozirgi shart sharoiylarning qadriga yetadilar Ustoz Oybеkning
«Bolalik» va «Bola Alishеr» qissalari mеning bolalikda o'qigan va bir umrga mеhr qo'ygan
kitoblarimdir. Avval «Bolalik»ni o'qiganman, qayta-qayta mutolaa qilganman. Yillar o'tib
«Bola Alishеr»ni topganman. Bu ikki asar bolaligimning sеvimli kitoblari Mirkarim Osimning
«O'tror», Ananyanning «Qoplon dara asirlari»,G'afur G'ulomning «Shum bola» va ertak
to'plamlari qatorida edi. Atoqli o`zbek yozuvchisi Muso Toshmuhammad o`g`li Oybek turfa
voqealarga boy, mashaqqatli va shu bilan birga ajoyib hayot yo`lini bosib o`tgan.U xasta xolida
ham ijod qilishni to’xtatmagan. Qo`lingizdagi «Bolalik xotiralarim» kitobida u ana shu yo`lning
1917- 1918 yillarga qadar bo`lgan qismi bilan siz hurmatli kitobxonlarni tanishtiradi. Oybek
singari ulug` allomalarning bolalik va yoshlik kezlari ularning ko`cha changitib yurgan oddiy
boladan xalqning mutafakkir siymolaridan biriga aylanishi, ayniqsa, yosh avlodlar uchun
hamisha maroqli va ibratlidir.
Oybekning ―Bolalik qissasi avtobiografik xarakterda boʻlib, uning bosh qahramoni –
Musavoy, yaʼni boʻlajak adibning oʻzidir. Qissa bola tilidan hikoya qilinadi. Undagi voqealar
Oybekning bolalik xotiralaridir, lekin muallif faqat xotiralar bilan cheklanib qolmasdan, oʻsha
davrning yirik voqealarini ham tasvirlaydi. Qissa voqealari XX asrning 10-yillarida kechadi. Bu
davr adibning ayni bolalik davridir. Adabiyotshunos A. Rasulovning taʼkidlashicha, ―Oybek
davrlarni yaxshi eslaydi. Aniqrogʻi XX asrning 10-yillari voqeligi odamlari Oybek ijodining
yorqinlaridan birini belgilaydi. U ―”Bobom” ―”Bolalik” ―”Baxtigul” va “Sogʻindiq” ―”Ulugʻ
16
YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI
IF: 5.141
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue, 04 YO’PA
Volume 3 Issue 01 YOPA
yoʻl” asarlarida shu davrni tasvirlaydi. Demoqchimizki, Oybek ijodini oʻrganganda biografik
metodni zinhor unutmaslik kerak. Bizningcha badiiy soʻz tahlilida asar mohiyatini bevosita
matn orqali anglagan muhim. Yaʼni muallifdan matnga emas, matndan muallifga tomon
borgan maʼqul. Garchi, ―”Bolalik” qissasi voqealari memuar tarzda boʻlsa ham, muallif unga
bir qancha ijtimoiy ruh bagʻishlaydi. Bu narsa asarning keyingi boblarida ijtimoiy
voqealarning yorqinlashuvida koʻrinadi. ―Bolalik qissasidan bola rivojlanishida ijtimoiy
muhit va sotsiogenetik omillar muhim ekanligini anglash mumkin. Chunki Musavoyning
hayoti asosan ijtimoiy muhitda: bozorda, koʻchada oʻtadi. Musavoy ham Shum bola kabi oʻsmir
yigit. Faqat Gʻ. Gʻulom Shu bolaning 5-6 oylik sarguzashtini tasvirlasa, Musavoyning kamida
oʻn yillik hayoti aks ettiriladi. Uning yoshi (4-14) muallif tomonidan aniq koʻrsatiladi.
Oybekning qirq olti yoshida og’ir va bir umrli og’ir xastalikka yo’liqqanida shunday ijodiy
kuchga to’lgan edi. Ammo xastalik uning tiliga kishan solib o’ng qo’lidagi qalamni bir umrga
tortib oldi. Oybek ko’pgina asarlarini jumladan “Bolalik” qissasini ham oila a‘zolariga aytib
yozdirdi.Oybekning “Bolalik”qissasi estetik janrda yozilgan. Asarda bosh qahramonning
biografiyasi xalq hayoti davr hodisalari ijtimoiy o’zgarishlar bilan uzviy bog’liq holda
tasvirlangan.Qissada bosh qahramon Musaboyning biografiyasini hikoya qilish orqali o’sha
yillardagi xalq hayotining keng haqiqiy bo’lgan manzarasi chizilgan. Qissa o’z uslubining
mayinligi lirizmga boyligin voqealar mantig’ining kuchliligi va izchilligi, obrazlarning aniqligi,
qissa tilining ravon va jozibadorligi bilan kitobxonlarga manzur bo’ladi.Oybek bu qissani
yozish bilan birga o’zining bolalar dunyosini, kichkintoylar psixologiyasini qanchalik chuqur
bilishini namoyish etadi. Chunki bu asarda bolalar xarakteri va psixologiyasining turli xil,
hatto ba‘zan ko’z ilg’mas darajada nozik bo’lgan murakkab tomonlari ham mohirlik bilan
ochib berilgan. Oybekning “Qutlug’ qon” romani voqealari bilan “Bolalik” qissasi voqealari
bir-biriga o’xshashlik joylari mavjud. M. Qo’shjonov ta‘kidlaganidek ―Tarixdan ma‘no izlashni
Oybek umrining oxirigacha davom ettirdi. U o’zining “Bolalik” qissasida temirchi Jo’ra,
Tursunlar va Yo’lchilar davriga murojaat qiladi. “Bolalik”da temirchi jo’rani eslatadigan kosib
va masteroviylar obrazini yaratdi. ”Bolalik”da yana bir xulosa Oybek poemalari bilan
uchrashamiz. Bu esa adib qahramonlarining hayotiy ekanligini yana bir tasdiqlaydi Oybekning
“Bolalik”qissasi shaxsiy sarguzashtlar ifodasi bo’lib qolmasdan, adib qalamining har bir
harakatida katta umumlashmalar, davrning xarakterli voqealari, muhim masalalari talqini
yotadi. Asar bosh qahramoni Muso doim bobosi Otaqo’zi bilan birga yuradi. Undan latifalar,
ertaklar, rivoyatlar tinglaydi. Ikiknchi bobosi (onasining otasi)ham Musoni juda yaxshi
ko’radi. Muso bobosi huzurida xalifalarning turli hangomalarini eshitadi. Onasi Karomatning
Mashrab Fuzuliy g’azallarini o’qishi Musoda kitobga havas uyg’otadi. U maktabga o’qishga
borganda ham qunt bilan domlasi buyurgan vazifalarni bajaradi. U ayniqsa Navoiy she‘riyatini
juda sevadi. Ilk daf‘a Navoiyning ijodini o’qir ekan, Navoiyga bo’lgan munosabatini quyidagi
satrlarda bayon qiladi: Baytlari ishqiy , falsafiy, chuqur mazmunli Haqiqatdan, Navoiy menda
pok sevgi yaratdi. Uning she‘rlarini zavq bilan, chuqur his bilan o’qiyman. Pok muhabbatni,
chuqur ma‘noni yoqimli hisni ilk daf‘a Navoiydan o’rganaman. Oybek xalq tili boyligini ruhini
mukammal bilgan va ulardan ustalik bilan bilgan va ulardan ustalik bilan foydalana oladigan
san‘atkor bo’lganligi uchun ham “Bolalik”ning tili shirali, sodda va ravon.Asar tilining bu
fazilati, eng avvalo adibning tabiiylikni ta‘minlashi bilan o’lchanadi. Chunki umuman ijodda,
xususan tilda tabiiylikni ta‘minlamay turib, obrazlilikni yuzaga keltirib bo’lmaydi. Negaki,
hayotimizdan mahrum obrazlilik, badiiylik emas, sun‘iylikdir. “Bolalik”da yozuvchi har bir
17
YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI
IF: 5.141
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue, 04 YO’PA
Volume 3 Issue 01 YOPA
nutq vositasini, sharoitni, qahramonlar sevgisini, intilish va dunyo qarashini nazarda tutgan
holda qo’llagani uchun tabiiylikni ta‘minlay olgan. Ustoz Oybek har bir asarida xalqimiz
taraqqiyoti tarixidagi xarakterli davrni qalamga oladi. Uni butun murakkabligi bilan juda
haqqoniy ifodalaydi. Natijada ko’p qirrali ijtimoiy, siyosiy, va madaniy hayotimiz munavvar
ko’zgu sifatida namoyon bo’ladi. Sevimli adib har bir tarixiy jarayonini haqqoniy aks ettirar
ekan, xalq qalbi va ruhini butun to’laligi bilan ijodlashga va badiiy mahsul qaddini tiklovchi
tasviriy vositalarning tabiiyligiga alohida e‘tibor beradi. Binobarin hayotiy materialning
tabiiyligi ham zarur. Adib bu masalaga hamisha yuksak san‘atkorlik nuqtai nazaridan
yondashadi. Oybek ijodkorning xalq tilidan foydalanishda alohida ma‘suliyatini nazarda
tutishni uqtiradi. Ayni vaqtda yozuvchi tiliga ijodiy yondoshsa, uning xizmatlari xalq tili
taraqqiyotiga ta‘sir etishini ham ta‘kidladi. Tilning boyishida, ijod va so’zlarning aniqlanishida
fikrlarni ochiq va yrtqizib bera bilishida adabiyotning, san‘atkorlarning katta xizmatlari
bo’ladi.Bu esa badiiy qalamning mo’jizakorligini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega.
XULOSA
Xullas, tahlilga tortilgan qissalarda adib o’z asarida bolaligini qanday qiyinchiliklarga
duch kelganligini, qanday kunlarni boshidan o’tqazganligini va kechinmalarini bilib olamiz.
Bundan xulosa chiqarishimiz kerakki hozirgi yoshlar hayotiga nisbatan avvalgi yoshlar hayoti
orasidagi faqrq va xozirgi kundagi yoshlar uchun keng imkonyatlar yaratilganligi va bundan
unumli fiydalanishimiz kerak ekanligini tushunamiz. Qolaversa bu asarda bola obrazlarining
mavjudligidir. Chunki muallif asarda bola obrazini yaratishdan muayyan badiiy maqsadni
koʻzlaydi, uning ruhiy erkinlikka boʻlgan tashnaligi bola obrazida mujassamlashadi. XX asr
oʻzbek qissachiligining rivojlanishi unda inson ruhiy olamini kengroq tasvirlashga urinishda
namoyon boʻldi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. A.Zunnunov. Adabiyot o`qitish metodikasi. N.: ―O`qituvchi‖, 1992.
2. Zunnunov A., Xotamov N. Adabiyot nazariyasidan qo`llanma. O`rta maktablarning
yuqori sinflari uchun. – T.: O`qituvchi, 1978
3. Imomova G.M. Tipik milliy xarakterlar yaratishda badiiy nuqning |roli: Filol. Fanlari
nomzodi … dis. Avtoref. -T., 1993. – 135 b.
4. Yuldoshev M. Badiiy matn va uning lingvopoetik taxdili asoslari. -T.:Fan, 2007.-1236
5. Matjon S. Maktabda adabiyotdan mustaqil ishlar. – T.: O`qituvchi, 1996.-145