Авторы

  • Guljahon Tojiyeva
    Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanidagi 34-sonli maktabning Tarbiya va huquq fani o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yopa.127030

Ключевые слова:

Bizda huquqiy ong deganda yana bir muammo bor: kimga qanday masalada murojaat qilish kerakligini bilmaymiz

Аннотация

Jamiyat ahlining huquqiy savodxonligi, huquqiy ongi bevosita shaxsiyat bilan, uning madaniy-ma’naviy saviyasi bilan bog‘liq. Saylovlarning yoritilishida nisbatan oshkoralik, shaffoflik kuzatilgani uchunmi, ayrim fuqarolarning o‘z huquqlarini anglamasligi, bu jamiyatimizdagi eng katta kamchilik ekani yaqqol ko‘rinib qolmoqda. Biz yurtning ravnaqi uchun o‘zini mas’ul deb biladigan, o‘z huquq va burchlarini ongli ravishda his qiladigan fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida qanday qadam tashlayapmiz?


background image

12

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 04 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

HUQUQIY ONGNI SHAKLLANTIRISHDA OILA VA

JAMIYATNING ROLI HAMDA UNING O‘ZIGA XOS

XUSUSIYATI

Tojiyeva Guljahon

Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanidagi

34-sonli maktabning Tarbiya va huquq fani o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15193161

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 01- Aprel 2025 yil

Ma’qullandi: 07- Aprel 2025 yil
Nashr qilindi: 11- Aprel 2025 yil

Jamiyat ahlining huquqiy savodxonligi, huquqiy ongi
bevosita shaxsiyat bilan, uning madaniy-ma’naviy
saviyasi bilan bog‘liq. Saylovlarning yoritilishida
nisbatan oshkoralik, shaffoflik kuzatilgani uchunmi,
ayrim fuqarolarning o‘z huquqlarini anglamasligi, bu
jamiyatimizdagi eng katta kamchilik ekani yaqqol
ko‘rinib qolmoqda. Biz yurtning ravnaqi uchun o‘zini
mas’ul deb biladigan, o‘z huquq va burchlarini ongli
ravishda his qiladigan fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida
qanday qadam tashlayapmiz?

KEY WORDS

Bizda huquqiy ong deganda yana
bir muammo bor: kimga qanday
masalada

murojaat

qilish

kerakligini bilmaymiz

Jamiyat ahlining huquqiy savodxonligi, huquqiy ongi bevosita shaxsiyat bilan, uning

madaniy-ma’naviy saviyasi bilan bog‘liq. Saylovlarning yoritilishida nisbatan oshkoralik,
shaffoflik kuzatilgani uchunmi, ayrim fuqarolarning o‘z huquqlarini anglamasligi, bu
jamiyatimizdagi eng katta kamchilik ekani yaqqol ko‘rinib qolmoqda. Biz yurtning ravnaqi
uchun o‘zini mas’ul deb biladigan, o‘z huquq va burchlarini ongli ravishda his qiladigan
fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida qanday qadam tashlayapmiz?

Bizda huquqiy ong deganda yana bir muammo bor: kimga qanday masalada murojaat

qilish kerakligini bilmaymiz. Bizni qiynaydigan narsa shuki, hokimlikning vakolati yoki
sudning vakolatiga kiradigan ishlar bo‘yicha ham vazirlikka murojaat qilinadi. Masalan,
sanitar holat obodonlashtirish masalasi bo‘lishicha Oliy Majlis deputati emas, mas’ul
tashkilotlar hal qilishi kerak. Individual xususiyatga ega bo‘lgan, barchaga tatbiq etib
bo‘lmaydigan masalalarni javobgar tashkilotning o‘zi hal qilishi lozim. Biror huquqiy
vakolatga ega shaxs qilishi lozim bo‘lsa, xalq o‘sha hududdan saylangan deputatning vakolati
ekanligini anglab olishi kerak.

“Toki jamiyatning har qaysi a’zosi o‘z huquqi, o‘z burchi va mas’uliyatini puxta bilmas

ekan, uni hayotiy ehtiyoj sifatida anglamas ekan, bizning islohot, yangilanish haqidagi barcha
so‘zlarimiz, sa’y-harakatlarimiz besamar ketaveradi. Bugun odamlarning dunyoqarashi, ongi,
tafakkurini o‘zgartirish mana shu masala bilan chambarchas bog‘liq”.

Yana bir misol, biz sudning mustaqilligini haqida ko‘p gapiramiz. Aslida, sudning ishiga

aralashishga hech kimning haqqi yo‘q. Sud bilan bog‘liq masalani sudning o‘ziga murojaat
qilib yechish kerak. Buni boshqa tashkilotlarga murojaat qilgan bilan ish yana sudning o‘ziga
topshiriladi. Bunday ovoragarchilikning oldini olishda ham huquqiy ong muhim ahamiyatga
ega.


background image

13

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 04 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA


– Xo‘sh, o‘sha huquqiy ongni qanday shakllantirish mumkin?
Huquqiy ong, avvalo, oilada shakllanadi. Biz kundalik turmushimizda duch keladigan

qonun-qoidalar bor. Masalan, voyaga yetmagan bolasiga do‘kondan sigaret yoki spirtli
ichimlik olib kelish buyuradi. Qonunan olganda, sotuvchi unga bu mahsulotlarni sotishga
haqqi yo‘q. Lekin bunga befarqlik oqibatida odatiy hol sifatida qaraladi. Yoki yo‘l harakati
qoidalarini olaylik, ota-onaning o‘zi o‘rnak bo‘lishi kerak bo‘lgan o‘rinda qoidani buzadi. Uni
ko‘rgan bola bundan keyin to‘g‘ri harakatlanadimi? Bola uchun ota-ona hamisha ideal namuna
hisoblanadi. Demak, huquqiy ong oiladan boshlanishi kerak. Bolaning dunyoqarashi
shakllanishida, ertaga mustaqil qaror qabul qilishida ham ota-ona namuna bo‘lishi kerak.
Farzandni urish mumkin emasligi, erkakning ayoliga qo‘l ko‘tarishi kabi holatlar tarbiyaga
ham, huquqiy ongga ham ta’sir ko‘rsatadi. Huquqni o‘rgatish faqat ta’limga tashlanmay oilada
ham olib borilsa, oson va yaxshi natijaga erishiladi. Yana bir masala – maktablarda davlat va
jamiyat huquqi bilan bog‘liq fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishni yo‘lga qo‘yish kerak. Faqat
nazariy kitobda chiroyli gaplarni aytavergan bilan u quruq ma’lumot bo‘lib qoladi. Menimcha,
bu borada mutaxassis – amali-yotchilarni ham ko‘proq jalb qilish kerak. Palament haqida
mavzu bo‘lyaptimi, o‘quvchi shu bosqichdan o‘tgan, amaliyotni o‘tagan kimdir bilan
ko‘rishishi kerak. Nazarimda, hech qaysi davlat idorasi vakili bu uchrashuvlarni rad etmaydi,
chunki bugun vaziyat shuni taqozo qilyapti.

Davlat va jamiyatning rivojlanganligini belgilaydigan bir qator muhim omillar bor. Biz

qisqa qilib, buning uchta jihatini sanab o‘tamiz:

•birinchidan,jamiyat a’zolarining huquqiy ongi, huquqiy madaniyati, huquqiy

savodxonlik darajasi baland bo‘lishi lozim;

•ikkinchidan,rivojlangan jamiyat a’zolarining, davlat fuqarolarining ijtimoiy-siyosiy

faolligi yuksak bo‘lishi kerak;

•uchinchidan,davlat fuqarolarining jamiyatdagi islohotlarga nisbatan daxldorlik tuyg‘usi

mavjud bo‘lishi shart.

To‘g‘risini aytish kerak, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy savodxonlik haqida

gap ketganda ko‘pchiligimizda faqat qonunlarni bilish yoki ulardan xabardorlik darajasi
tushuniladi. Aslida bu juda keng tushuncha bo‘lib, yuqorida sanab o‘tilgan davlat va
jamiyatning rivojlanganligini belgilaydigan uchala omilni ham o‘z ichiga oladi. Chunki,
huquqiy madaniyati yuksak insonlar qonunlarga itoatkor bo‘ladi, hamisha unga bo‘ysinadi va
qonunlarga nisbatan hurmat bilan qaraydi. Bunday insonlar qonunlarda belgilangan
qoidalarga zid hatti-harakat qilmaydi, aksincha, boshqalarni ham qonunlarda belgilangan
qoidalarga zid xatti-harakat qilmaslikka da’vat etadi. Aholini, ayniqsa, yoshlarni zararli
axborotlardan himoya qilish bo‘yicha mustahkam huquqiy immunitetni shakllantirish
maqsadida 2019 yil 9 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy
ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi
Farmoni qabul qilindi. Qonun ustuvorligini ta’minlash, shaxs, oila, jamiyat va davlatning
huquq va manfaatlari muhofazasini kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyati va huquqiy
ongini oshirish, fuqarolarni qonunga itoatgo‘ylik va hurmat ruhida tarbiyalash – bu
rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan chinakam demokratik huquqiy davlat va erkin
fuqarolik jamiyati qurishning nafaqat maqsadi, balki uning vositasi, eng muhim sharti
hisoblanadi. Jamiyat a’zolari huquqiy xulq-atvorga ega bo‘lishi va odob-axloq qoidalariga


background image

14

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 04 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

rioya etishi, ular huquqiy madaniyatini oshirishga ham yordam beradi. Yangi jamiyat
kishilarining odob-axloqi, eng avvalo, jamiyatda kishining xulqi, yurish-turishi va hayot
faoliyatining mahsuli sifatida namoyon bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish

— O‘zbekistonning strategik maqsadi qilib qo‘yilgan har tomonlama rivojlangan, erkin va
farovon, qonun ustuvor bo‘lgan, zamonaviy demokratik davlatlar qatoriga qo‘shilishning
muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Yoqubov J., Hayitboyev E. Huquqshunoslik. Toshkent «Yangi asr avlodi» 2006

2.

Abdusalomov M. 0 ‘zbekiston Respublikasining fuqarolik huquqi. Darslik. II qism. — Т.:

1999.
3.

Xolmo‘minov Q.T. Davlat va huquq nazariyasi. — Т.: 1998.

4.

Saidov A., Tadjixanov U., Odilqoriyev X. D avlat va huquq asoslari. — Т.: «Sharq», 2002

Библиографические ссылки

Yoqubov J., Hayitboyev E. Huquqshunoslik. Toshkent «Yangi asr avlodi» 2006

Abdusalomov M. 0 ‘zbekiston Respublikasining fuqarolik huquqi. Darslik. II qism. — Т.: 1999.

Xolmo‘minov Q.T. Davlat va huquq nazariyasi. — Т.: 1998.

Saidov A., Tadjixanov U., Odilqoriyev X. D avlat va huquq asoslari. — Т.: «Sharq», 2002