9
YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI
IF: 5.141
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue, 04 YO’PA
Volume 3 Issue 01 YOPA
ZULFIYA ISROILOVA IJODIDA METONIMIYA UNSURLARI
Yusupova Gulchexra Alisher qizi
To’rtko’l tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
gulchehraalisherovna@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15179543
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 01- Aprel 2025 yil
Ma’qullandi: 05- Aprel 2025 yil
Nashr qilindi: 09- Aprel 2025 yil
Ushbu maqolada o’zbek tilida keng uchraydigan ma’no
ko’chish turlaridan biri – metonimiyaning badiiy
adabiyotda, xususan, shoira Zulfiya Isroilova ijodida keng
uchrashi, metonimiyaning tilshunoslik hamda badiiy
adabiyotdagi
vazifasi
haqida
so’z
yuritiladi.
Metonimiyaning hosil bo’lish usullari tahlil qilinib,
Zulfiyaxonim ijod namunalari bilan izohlanadi.
KEY WORDS
Ma’no ko’chishi, metonimiya, lirika,
aloqadorlik, shaxs oti, o’rin-joy oti
Har bir xalqning boyligi, avvalo, uning tili, madaniyati hamda urf-odatlari bilan
belgilanadi. Milliy tilning rivojlanishida esa, shaksiz, adabiyot ixlosmandlarining o’rni beqiyos.
Tilning lug’at boyligi qanchalik ko’p bo’lsa, o’sha tilning umri ham shunchalar uzun bo’ladi,
insonlar so’zlarning muqobili uchun boshqa tillarga murojaat qilishmaydi.
Tildagi so’zlarning ko’chma ma’nolarda qo’llanishi jumlalar go’zalligini ta’minlaydi. Shu
sababli shoir va yozuvchilar o’z ijod namunalarida ko’chma ma’nodagi so’zlardan unumli
foydalanishadi. Jumladan, shoira Zulfiya ijodida ham ko’chma ma’noning, xususan,
metonimiyaning go’zal namunalari uchraydi.
Metonimiya yunoncha “metanymia” – qayta nomlash demakdir. Narsa va hodisalar
o’rtasida makon va zamondagi o’zaro aloqadorlik asosida birining nomi ikkinchisiga ko’chishi
metonimiya hisoblanadi (1:196). Metonimiyada biror predmet xususiyati yoki voqea-
hodisaning nomini aytganda shunga o’zaro bog’liq bo’lgan ikkinchisi anglashiladi. Bunda
o’xshashlik nazarda tutilmaydi. Boshqacha aytganda, ikkita bir-biriga bog’liq predmet, belgi,
holatning birining nomi tejamkorlik natijasida tushiriladi (2:69). Masalan Zulfiyaning
“Sog’inib” she’ridagi
Yaxshiyamki, qalamga yorman,
So’zlab turar bor dilimni ul…(3:78)
misralarida qalam so’zi metonimiyaga misol bo’ladi. Bilamizki, ijod ahlining asosiy
yozish vositasi qalam va she’rdagi bu so’z o’z ma’nosida emas, qalam orqali yozilgan
she’riyatni bildiradi. Demak, misrada she’riyat, ijod namunalari “qalam” so’zi bilan qayta
nomlangan va ular orasidagi aloqadorlik o’quvchida buni tushunishda qiyinchilik
tug’dirmaydi.
Ma’no ko’chishi yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida metonimiya quyidagi
yo’llar bilan hosil qilinishi aniqlangan:
10
YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI
IF: 5.141
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue, 04 YO’PA
Volume 3 Issue 01 YOPA
1)
Vaqtga ko’ra: o’nga (yosh) kirdim, yarim yillik (imtihon) topshirildi kabi (2:70).
Shoira ijodida ham bu ko’rinishdagi metonimiya aks etgan:
Men ishq edim,
Ishqdan mastdim bearmon,
O’ttizga yetmay bir zarbdan uyg’ondim… (3:39)
Ushbu misralarda “o’ttizga yetmay” birikmasida “o’ttiz yosh” nazarda tutilgan, she’rni
o’qiyotgan inson ham so’zlarning o’zaro aloqasi orqali anglashilayotgan ma’noni tushunib
oladi. Yoki shunga o’xshash:
– Agar o’n sakkizga qaytsam, mabodo
Shu Sakson darada qolib ketardim… (3:198)
misralarida ham shu turdagi metonimiya qo’llangan. Ya’ni shoira o’n sakkiz yoshli
davriga qaytganida Sakson darada qolishini nazarda tutyapti. Ko’rinib turibdiki, “yoshlik
davr” so’zlari tejalgan.
2)
O’ringa munosabatiga ko’ra: bir stakan (suv) ichdim, bir tarelka (ovqat) yedim,
qishloq (-dagi odamlar) uyquda kabi (2:70). Shoira Zulfiya o’z lirikasida bu turdagi
metonimiyadan ham unumli foydalangan. Uning
Qo’shnimiz uyiga tushmakda kelin,
Hovli-yu ko’chani zabt etgan karnay… (3:34)
misralarida “hovli-yu ko’chani zabt etgan karnay” jumlasi orqali hovlilar va
ko’chalardagi insonlar nazarda tutilgan. Yoki
Horib, charchab, sayrga chiqsa Buxoro
Oq nurlar to’shadi ming-ming chirog’dan…(3:192)
misralarida Buxoro so’zi o’rin-joy oti ma’nosi uchun emas, shaxs oti – shu joyda
istiqomat qiluvchi odamlar ma’nosini bildirish vazifasini bajaryapti.
3)
Muallif va asar o’rtasidagi munosabatga ko’ra: Pushkinni (asar) o’qidim (2:70).
Shoira ijodini tahlil qilsak, bu turdagi metonimiyalarga ham ko’zimiz tushadi. Jumladan,
Menga Navoiydan aytgin alla deb,
Lutfiydan ongimga ziyo taratding,
Qiynalgan olamga bo’lgin dalda deb,
Asli o’zing meni shoir yaratding…(3:5)
misralarida “Navoiydan aytgin alla”, “Lutfiydan ziyo taratding” metonimiyalari
qo’llangan. Navoiy, Lutfiy va ularning asarlari bir-biriga bog’liq bo’lib, so’z tejash uchun
asarlari, baytlari yoki she’rlari so’zlari tushirilgan bo’lishi mumkin. Natijada Navoiy, Lutfiy
so’zlari shaxs ma’nosini emas, asarlar ma’nosini ifodalash vazifasini bajaryapti. Yoki
Sizni Zebuniso dardidan voqif,
Nodirabegimga etay oshno!.. (3:212)
misralarida ham “Nodirabegimga etay oshno” jumlasi Nodirabegim ijodiga oshno
etishni bildirgan, shaxs nomi shu shaxsning ijodini anglatgan va bu orqali fikr lo’nda, ifodali
va ta’sirchan chiqishi ta’minlangan.
Yuqoridagi misollar shuni ko’rsatadiki, shoira Zulfiya ijodida metonimiya ma’no
ko’chishining barcha turlari uchraydi va bu ijodkorning tilimizdagi so’zlardan o’ziga xos
mahorat bilan foydalanganining dalilidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
A.Nurmonov, A.Sobirov, N.Qosimova. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Toshkent – “ILM ZIYO” –
11
YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI
IF: 5.141
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue, 04 YO’PA
Volume 3 Issue 01 YOPA
2013.
2.
B. Mengliyev, O’.Xoliyorov. O’zbek tilidan universal qo’llanma.- Toshkent Akademnashr.
2011.
3.
Zulfiya. Saylanma. Toshkent – 2016