91
YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI
IF: 5.141
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue, 05 YO’PA
Volume 3 Issue 01 YOPA
O‘ZBEKISTON SSR VA GDR O’RTASIDAGI MADANIY
ALOQALAR TARIXI
Sirliboyeva Gulrux Umar qizi
TDIU o‘qituvchisi, O’zFA tadqiqotchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15532261
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 20- May 2025 yil
Ma’qullandi: 25-May 2025 yil
Nashr qilindi: 28-May 2025 yil
Ushbu ilmiy maqolada sotsialistik davlatlarning o’zaro
madaniy aloqalari xususiyati O‘zbekiston SSR va
Germaniya Demokratik Respublikasi misolida ochib
berilgan. Birgina, GDR misolida Sovet davrida
O‘zbekiston SSR ning umumiy madaniy aloqalar
xususiyatlari ko‘rsatilgan. Xususan, bu davr madaniy
aloqlarining asosiy xususiyatlari sotsializm g’oyasini
yoyishdan iborat bo’lgan.
KEY WORDS
O‘zbekiston SSR, GDR, xalqaro
aloqalar,
madaniy
aloqalar,
internatsional
madaniyat,
sotsializm
g’oyasi,
simpozium,
madaniyat
kunlari,
dekada,
delegatsiya.
Bu davrda O’zbekiston SSR ning madaniyati shaklan milliy bo’lsada, mazmunan sovet
mafkurasiga asoslangan edi. Davlatlar o’rtasidagi madaniy aloqalar ham aksar hollarda
sotsializm g’oyasini yoyishda bir vosita rolini o’ynagan. Shunday bo’lsada, madaniy aloqalar
mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro tinchlik va do’stlik aloqalarining mustahkamlanishida muhim
o’rin tutgan. Hamma davrlarda madaniy aloqalar siyosiy aloqalarning rivojlantirish uchun
ham muhim zamin bo’lib xizmat qiladi. Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, tashqi aloqlarni
tadqiq qilish har qachon muhim sanaladi.
O‘rganilayotgan davrda O‘zbekiston GDR bilan keng miqiyosda madaniy aloqalarni
yo’lga qo’ygan.
Adabiyotlar tahlili.
Xorijiy olimlar tomonidan,aynan, O‘zbekiston SSR ning GDR bilan aloqalariga oid
tadqiqotlar bo’lmasada, SSSR va Germaniya davlati o‘rtasida iqtisodiy-madaniy va o‘zaro
hamkorlik bo‘yicha tadqiqotlar mavjud bo‘lib, ularda O‘zbekiston SSR haqida to‘xtalib o‘tilgan.
A.V.Nikolayeva[3] ishida SSSR va GDR o'rtasidagi 50-yillar va 60-yillarning o'rtalarida
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik masalalari mohiyatan yoritilgan, shuningdek,
rivojlangan sotsializmni muvaffaqiyatli qurishda davlatlar o’rtasidagi aloqalarining ahamiyati
ochib berilgan va ushbu samarali hamkorlikning bosqichlari tavsiflangan.
Yana bir xorijlik tadqiqotchi shu mavzu doirasida tadqiqot olib borib, 1970-1980
yillarda SSSRda hukumat va jamiyat o'rtasidagi munosabatlar, sotsializmning kech davridagi
ommaviy jamoat tashkilotlari tarixiga va sovet madaniy diplomatiyasini o‘rgangan.
Maqolaning manbalari delegatsiyalarni qabul qilish va jo'natish haqidagi hisobotlar, xorijiy
hamkorlik rejalari va Sharqiy blok mamlakatlaridagi Sovet elchilarining axborotlariga
asoslangan. Xorijiy tashkilotlar – kitobxonlar assotsiatsiyasi, nashriyotlar huzuridagi
92
YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI
IF: 5.141
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue, 05 YO’PA
Volume 3 Issue 01 YOPA
obunachilar klublari, bibliofillar jamoalari va boshqalar bilan hamkorlik ularning faoliyatini
atroflicha ko‘rib chiqishdan boshlandi. Sotsialistik mamlakatlar, shu qatori, GDR ga sovet
guruhlarini yuborish, kitobxonlik sohasidagi muhim tadbirlarda, jumladan, xalqaro
ko‘rgazmalar, milliy kitob haftaliklariga to‘xtalib o‘tgan. Xulosa sifatida GDR Madaniyat
jamiyati bilan yaqin munosabatlar o'rnatish bilan birga, ma‘lum darajada tarqoqlik belgilari
borligini takidlagan[4].
O‘zbek tadqiqotchilaridan Xolmuradov Rashid Mamatqulovich, aynan, O‘zbekikiston SSR
ning GDR bilan aloqalarini keng ko‘lamda yoritib, ikki davlat orasida delegatsiyalar
almashinuvi, sport,turizm sohasidagi munosabatlarini ochib bergan[5].
Tadqiqot metodologiyasi.
Ilmiy maqolada nazariy va uslubiy asosi kompleks yondashuv, tarixiylik va mantiqiylik,
tizimlilik, qiyosiy tahlil, retrospektiv, statistik tahlil kabi tadqiqot usullaridan foydalanildi.
Tahlil va natijalar
O’zbekiston SSR GDR keng miqiyosda madaniya aloqalar ham olib borilgan. Madaniy
aloqalar rivojida o’zaro delegatsiyalar almashinuvi, madaniy kechalar, madaniyat kunlari
muhim o’rin tutgan. Xususan,1968-yilning 1-10 oktabr kunlari O’zbekistonda GDR madaniyat
dekadasi bo’lib o’tdi. Rasmiy delegatsiya tarkibi 10 kishidan iborat bo’lib, unga GDR
Madaniyat Vaziri o’rinbosari Xorst Brash boshchilik qilgan[6].
Bu delegatsiya tarkibi keng bo’lib, GDR madaniyatini yoyishga qaratilgan edi. Artistlar,
kompozitorlar, rassomlar kabi turli madaniyat sohasi vakillarini o’z ichiga olgan edi. Xususan,
20 kishidan tashkil topgan artistlar gruppasi, 51 kishidan iborat Germaniya Demokratik
Respublikasi davlat raqs ansambli, 46 kishidan iborat Yurgena Germana boshchiligidagi
Berlin estrada orkestri, Bax nomidagi musiqa konkursi lauriatlari Peter Ryozel, Xristian
Funke, shuningdek, jurnalistlarlar,kino, televedeniya,yuqori ta’lim vazirligi “знание” jamiyati,
matbuotni o’z ichiga olgan umumiy 50 kishilik badiiy jamoa va bu namoyishlarni
tashkillashtiruvchi 8 kishilik ishchi guruh tashrifi amalga oshirildi[7].
1968-
yil 1-oktabrda O’zbekiston SSR ning Alisher Navoiy nomidagi opera va balet
teatrida GDR madaniyat dekadasining badiiy ochilishi tashkil qilindi va GDR dan tashrif
buyurgan mehmon qatnashchilar qabul qilindi[8]. Ushbu ochilish marosimi keng miqiyosda
tashkillashtirilib, O’zbekiston SSR dan ham ko’plab madaniyat va san’at vakillari ishtirok
etishdi.
Dekada davomida GDR ning 14 xildagi ko’rgazmalari 2-oktabrda Toshkent va
Samarqanddagi san’at saroylari va Chirchiqdagi ximiklar madaniyat saroyida ko’tarinki ruhda
namoyish etildi. Shuningdek, rasmiy delegatsiya bilan birgalikda,artistlar gruppalari
Samarqand, Farg’ona va Andijon viloyatlaridagi sanoat korxonalari, o’quv yurtlari, arxitektura
yodgorliklari bilan tanishib, turli do’stlik mitinglari va kechalarda ishtirok etishdi. Xususan,
rasmiy delegatsiya a’zolari bilan 20 dan ortiq do’stlik kunlari kechalari o’tkazilib, bu
tadbirlarning har biri GDR artislarining konsert dasturlari bilan yakunlangan[9]. Repertuarida
mashhur GDR san’at namayondalari o’rin olgan konsert va badiiy namoyishlar butun
respublika bo’ylab tashkillashtirilgan.
Shu yilning 2-oktabr kuni Toshkent shahri va tumanlarida badiiy jamoaning chiqishlari
boshlandi. Yurgana Germana boshchiligida Berlin estrada orkestri konserti bo’lib, unda 12
mingga yaqin odam qatnashdi[10]. Shu kabi konsertlarning asosiy qismi GDR davlat musiqa
va raqs ansambli tomonidan o’tkazilgan.
93
YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI
IF: 5.141
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue, 05 YO’PA
Volume 3 Issue 01 YOPA
GDR musiqa va raqs ansambli 14 ta konsert dasturlarini namoyish qilish uchun ikkita
mustaqil brigadaga bo’linib, I gruppa Chirchiq shahridagi ximiklar madaniyat saroyida,
Angren shahridagi “Энергетик” madaniyat uyida, Olmaliqdagi “Строитель” madaniyat
uyida,Qo’qondagi shahar teatrida , Farg’onadagi ofitserlar uyida, Andijon shahri drama
teatrida chiqishlar qilgan. II gruppa esa Xovosdagi temiryo’lchilar madaniyat uyida, Guliston
shahridagi madaniyat uyida, Yangiyerdagi “Строитель” madaniyat uyida, Samarqand
shahridagi opera va balet teatrida, Kattaqo’rg’on tumanidagi ofitserlar uyida, Qarshi
shahridagi ofitserlar uyida va Buxoro shahridagi drama teatrida namoyishlar tashkillashtirib,
16 minga yaqin tomoshabinni qamrab olgan[11].
Sahna namoyishlari bilan bir qatorda repertuardan nemis drijjyorlarining musiqiy
chiqishlari ham joy olgan. Xususan, Toshkent Davlat Konservatoriyasida drijjyor Kurta
Mazoraning 850 ta odam kirgan ikkita konserti,shuningdek, koservatoriya va ofitserlar uyida
100 ming tomoshabin qatnashgan Peter Ryozelya,Xristiana Funke kabi kuchli
pianinachilarning konsertlari bo’lib o’tdi[12]. Tomoshabinlar nemis klassik va zamonaviy
san’at namunalaridan bahramand bo’lishgan. Bu chiqishlar oz bo’lsada nemis madaniyatining
tarqalishiga xizmat qilgan.
Dekada yakunida Toshkent shahri va tumanlarida GDR artistlari va Chirchiq kimyo
kambinati, “Ташавтомаш” zavodi, ТашГУ , pedinstitut talabalari bilan badiiy kecha
tashkillashtirildi. 9-oktabr kuni Toshkent shahridagi san’at saroyida GDR madaniyat
dekadasining yopilish marosimi bo’lib o’tdi[13].
Garchand O’zbekiston SSR da bo’lib o’tgan bo’lsada, bu madaniyat dekadasi GDR va SSSR
xalqlari o’rtasidagi do’stlik aloqlarining yorqin namunasi bo’ldi. Sovet davlati ilgari surgan
internatsional madaniyat rivojiga hissa qo’shdi.
Xulosa.
Umuman olganda, bu davrda O’zbekiston SSR ning xorij davlatlar bilan olib borilgan
madaniy aloqalari o’zbek madaniyatini namayon qilishga emas, balki yangidan maydonga
kelgan sotsialistik madaniyatni targ’ibotiga yo’naltirilgan edi. O’zbekistonlik madaniyat
vakillari xorij davlatlari bilan madaniy hamkorlikda ana shunday sovet mafkurasiga
asoslangan sotsialistik madaniyat targ’ibotchisi bo’lgan xalos.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.Аьзамхўжаев А. Ўзбекистон ССР нинг ташкил топиши ва ривожланиши, T.,” Фан”,
1974. – Б.87.
2.Турсунов Ҳ.Совет Ўзбекистони. T.,Ўзбекистон КП МК бирлашган нашрёти,1964. – Б.25.
3.Николаева А.Н. Экономическое сотрудничество ЩР с СССР. -М., Наука, 1968.
4. Матвеев Е.В. Обьединение читателей в социалистических странах как сфера
интересов
всесоюзного
обўества
любителей
книги.
Вестник
Пермского
университета,История,54(3),140-152. https://doi.org/10.17072/2219-3111-2021-3-140-
152.
5. Холмурадов Рашид Маматкулович Вклад Узбекской СCР В Экономическое,
НаучноТехническое
и
культурное
сотрудничество
СССР
с
Герман¬ской
Демократической Республикой (1949 - 1975 гг.) дисс…Т. 1984
6. Ўзбекистон Миллий Архиви материаллaри. Ф.Р-2487. О-3. Д-1938.Л-3.
7. Ўзбекистон Миллий Архиви материаллaри. Ф.Р-2487. О-3. Д-1938.Л-4.
8. Ўзбекистон Миллий Архиви материаллaри. Ф.Р-2487. О-3. Д-1938.Л-4.
94
YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI
IF: 5.141
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue, 05 YO’PA
Volume 3 Issue 01 YOPA
9. Ўзбекистон Миллий Архиви материаллaри. Ф.Р-2487. О-3. Д-1938.Л-4.
10. Ўзбекистон Миллий Архиви материаллaри. Ф.Р-2487. О-3. Д-1938.Л-5.
11. Ўзбекистон Миллий Архиви материаллaри. Ф.Р-2487. О-3. Д-1938.Л-5.
12. Ўзбекистон Миллий Архиви материаллaри. Ф.Р-2487. О-3. Д-1938.Л-6.
13. Ўзбекистон Миллий Архиви материаллaри. Ф.Р-2487. О-3. Д-1938.Л-7.