Авторы

  • Aziz Arzimuradov
    Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muxandislik bilim yurti, Qurollanish va otish kafedrasi katta o‘qituvchisi,

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yopa.127050

Ключевые слова:

dronlar intellektual qurollar gipertovushli qurollar sun’iy intellekt (AI) asosidagi tizimlar uchuvchisiz qurilmalar zamonaviy qurollar

Аннотация

Ushbu maqolada zamonaviy janglarda jangovar harakatlarni tashkillashtirishda zamonaviy qurollar va harbiy texnologiyalarning o‘rni tahlil qilingan. Xususan, intellektual qurollar, dronlar, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va kiberhujum vositalarining taktik va strategik ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, qurollarning jangdagi real qo‘llanilishi, ularning jangovar harakatlarga ta’siri va kelajakda yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan harbiy muammolar muhokama qilingan.


background image

80

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 05 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

ZAMONAVIY JANGLARDA JANGOVAR HARAKATLARNI

TASHKILLASHTIRISHDA ZAMONAVIY QUROLLARNING

O‘RNI

Arzimuradov Aziz Mashrabovich

Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muxandislik bilim yurti,

Qurollanish va otish kafedrasi katta o‘qituvchisi,

https://doi.org/10.5281/zenodo.15523572

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 20- May 2025 yil

Ma’qullandi: 24-May 2025 yil
Nashr qilindi: 27-May 2025 yil

Ushbu maqolada zamonaviy janglarda jangovar
harakatlarni tashkillashtirishda zamonaviy qurollar va
harbiy texnologiyalarning o‘rni tahlil qilingan. Xususan,
intellektual qurollar, dronlar, avtomatlashtirilgan
boshqaruv tizimlari va kiberhujum vositalarining taktik
va strategik ahamiyati yoritilgan. Shuningdek,
qurollarning jangdagi real qo‘llanilishi, ularning
jangovar harakatlarga ta’siri va kelajakda yuzaga
chiqishi mumkin bo‘lgan harbiy muammolar muhokama
qilingan.

KEY WORDS

dronlar,

intellektual

qurollar,

gipertovushli

qurollar,

sun’iy

intellekt (AI) asosidagi tizimlar,
uchuvchisiz qurilmalar, zamonaviy
qurollar

So‘nggi o‘n yilliklarda harbiy mojarolarda texnik va texnologiyaviy ustunlik hal qiluvchi

omilga aylandi. Dronlar, sun’iy intellektga asoslangan boshqaruv tizimlari, gipertovushli
raketalar, sputnik nazorati va kiberqurollar kabi zamonaviy qurollar jang maydonida
ustunlikni belgilab bermoqda. Harbiy sohada yuz berayotgan jadal o‘zgarishlar XXI asrda
jangovar harakatlar shakli va mazmunini tubdan o‘zgartirdi. Zamonaviy qurollar va harbiy
texnologiyalar orqali olib borilayotgan janglar endi nafaqat qo‘shinlar soni, balki axborot,
avtomatizatsiya va yuqori aniqlikdagi qurollar bilan ham belgilanmoqda. Maqolamizda ushbu
qurollarning jangovar harakatlarni tashkillashtirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi.

Zamonaviy qurollar
Dronlar va uchuvchisiz uchish apparatlari -

Dronlar razvedka, nishonga aniq zarba berish,

kuzatuv, qidiruv ishlarida va logistika vazifalarini bajarishda keng qo‘llanilmoqda. Turli
turdagi dronlar - razvedka, zarba, radioelektron kurash dronlari (rasm-1), harbiy
operatsiyalarda taktik afzallik yaratishda xizmat qilmoqda. Ular orqali xavfsiz masofadan
dushmanni yo‘q qilish mumkin.


background image

81

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 05 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

Rasm-1. Turli dron turlari

Gipertovushli qurollar -

Bu raketalar soniyalar ichida minglab km masofani bosib

o‘tishi mumkin. AQSH, Rossiya va Xitoy gipertovushli qurollar ishlab chiqarishda yetakchi
hisoblanadi. Ularning asosiy ustunligi — to‘satdan zarba berish va uning oldini olishning
murakkabligidir (rasm-2).


background image

82

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 05 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

Rasm-2. Gipertovushli qurollar

Sun’iy intellekt (AI) asosidagi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (C4ISR

) - AI

asosidagi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari jangovar qarorlarni qabul qilishda inson
aralashuvisiz ishlash imkonini beradi. Bu tezkor va aniq harakatlarga olib keladi.

C4ISR — komandovaniye, nazorat, aloqa, kompyuterlashtirish va kuzatuv tizimlari

jangda qaror qabul qilishni avtomatlashtiradi (rasm-3). Bu tizim orqali jangda tezkor harakat
qilish, dushmanning harakatini kuzatish va samarali boshqaruv ta’minlanadi. Harbiy
razvedka, boshqaruv va logistika sohalarida sun’iy intellektdan samarali foydalanilmoqda.


background image

83

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 05 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

Rasm-3. C4ISR tizimi diagrammasi

Tezkor qaror qabul qilish imkoni, jangovar tezkorlik va harakatchanlik

-

Zamonaviy qurollar axborotni tezkor yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish orqali harbiylar
uchun juda katta tezkorlikni ta’minlaydi. Harbiy robotlar va modul qurol tizimlari orqali
harbiy harakatlar tezkorlik bilan amalga oshiriladi. Bunday qurollar maxsus hududlardagi
manevrlar samaradorligini oshiradi.

Harbiy operatsiyalarda axborot ustunligi - Zamonaviy qurollar orqali real vaqtda

axborot yig‘ish va tahlil qilish imkoni bor. Bu jangovar qarorlarni aniq va tez qabul qilishga
yordam beradi. Zamonaviy harbiy harakatlar axborotni egallash va dushmanning axborot
tizimini izdan chiqarishga asoslanadi. Shu jihatdan kiber qurollar muhim ahamiyatga ega.

Mudofaa va hujumdagi mutanosiblik -

Zamonaviy qurollar jang maydonida faqat

hujum uchun emas, balki mudofaa maqsadida ham foydalaniladi. Ayniqsa, Iron Dome bunga
yaqqol misoldir.

Aniqlik va kuchaytirilgan samaradorlik - Yuqori aniqlikdagi qurollar kam sonli kuch

bilan katta ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi. Bu esa resurslar tejamkorligini ta’minlaydi.

Zamonaviy qurollardan samarali foydalanish tajribasi
Ozarbayjon-Armaniston mojarosi misolida (2020) -

Ozarbayjon Turkiya va Isroildan xarid

qilingan dronlar yordamida Armaniston pozitsiyalarini aniq aniqlash va yo‘q qilishga erishdi.

Turkiyaning

Bayraktar TB2

droni Liviya, Suriya va Ozarbayjon-Armaniston mojarosida

samarali qo‘llanildi (rasm-4).


background image

84

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 05 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

Rasm-4. Bayraktar TB2

Ukraina-Rossiya urushi misolida (2022-2024) -

Ushbu nizoda dronlar, kiber

hujumlar (rasm-5), va sun’iy intellekt, Starlink (rasm-6), GPS boshqaruvli raketa tizimlari
jangovar harakatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri keng qo‘llanildi. Bu esa zamonaviy qurollarning jangga
ta’sirini yaqqol ko‘rsatdi. Masalan, Ukrainada Bayraktar TB2 dronlarining samarasi ko‘plab
misollarda tasdiqlandi.

Rasm-5. Kiber hujum Rasm-6.Starlink

Izrail va XAMAS o‘rtasidagi to‘qnashuvlar misolida (Iron Dome) — zenit mudofaa tizimi

orqali yuzlab raketalarni yo‘q qilish mumkinligi isbotlandi. Bu tizim real vaqtda himoya
mexanizmlarining qiymatini ko‘rsatdi (rasmлар-7,8).


background image

85

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 05 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

Rasm-7. Iron Dome tizimi Rasm-8.

Iron Dome tizimi ishlayotgan paytda

Zamonaviy qurollar bilan bog‘liq xavf-xatarlar

Suverenitet va inson huquqlari xavfi -

Avtomatik qurollar mustaqil qaror

qabul qilish orqali inson huquqlariga tahdid solishi mumkin. Misol uchun, nishon

tanlashdagi xatolar fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Kiber xavfsizlik - Zamonaviy qurollar kiberhujumlarga duchor bo‘lishi va butun

boshqaruv tizimini ishdan chiqarishi mumkin. Bu esa umumiy mudofaa tizimlarining zaif
tomoni hisoblanadi.

Sun’iy intellektni integratsiyalash - Kelajakda qurollar nafaqat boshqaruvda, balki

mustaqil strategik fikrlash imkoniyatiga ega bo‘lishi kutilmoqda. Bu esa “aqlli armiya”
konsepsiyasini ro‘yobga chiqaradi.

Kosmosda harbiy harakatlar - Superdavlatlar kosmik qurollanishga jiddiy e’tibor

qaratmoqda. Bu harbiy muvozanatni o‘zgartirishi va yer orbitasidagi nazorat uchun kurashni
oshirishi mumkin (rasm-6).

Rasm-9. Kosmosda zamonaviy qurollar

Xulosa

Zamonaviy qurollar janglarning qiyofasini tubdan o‘zgartirmoqda. Jangovar harakatlarni

tashkillashtirishda tezkorlik, aniqlik va axborot ustunligini ta’minlashda ularning o‘rni
beqiyos. Zamonaviy janglarda qurollarning rolini faqat fizik ta’sir bilan emas, balki axborot,


background image

86

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 05 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

avtomatizatsiya va strategiya bilan baholash kerak. Jangovar harakatlarning samaradorligi
zamonaviy texnologiyalar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, harbiy strategiyalar shunga mos
ravishda rivojlanishi kerak. Shu bois har bir davlat o‘z harbiy salohiyatini kuchaytirishda
zamonaviy qurollarni tadqiq etish, joriy qilish va kadrlar tayyorlashga e’tibor qaratishi lozim.

Adabiyotlar:

1. Vikipediyadan olingan material - bepul ensiklopediya.
2. Internet ma’lumotlari. AQ-9 Reaper droni, C4ISR diagrammasi, Bayraktar TB2 droni, Iron
Dome tizimi, Kosmik qurol prototiplari:
https://www.af.mil/About-Us/Fact-Sheets/Display/Article/104470/mq-9-reaper/
https://www.defense.gov/Multimedia/Photos/igphoto/2002669280/
https://militaryembedded.com/unmanned/counter-uas/laser-weapon-prototype-proves-
itself-against-moving-targets
https://baykartech.com/en/uav/bayraktar-tb2/

Библиографические ссылки