Авторы

  • Habibullo Baymanov
    Toshkent amaliy fanlar universiteti f.f.f.dok.(PhD), dotsent

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yopa.127060

Ключевые слова:

lingvometodik tizim innovatsion axborot-kommunikatsiya texnologiyalari smartfon smartsoat kompetentsiya lingvodidaktika digital lingvometodika raqamli texnologiya filologik va nofilologik tillar.

Аннотация

Mazkur maqolada raqamlashtirish sharoitida nemis tilini oliy taʼlim muassasalarida oʼqitishning lingvometodik tizimini innovatsion, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan taʼlim sifatini oshirish maqsadida talabalarning mustaqil ishlash kompetentsiyasini rivojlantirish uchun jahon taʼlim standartiga mos va xos raqamli avlodning yetti ekranli avlodi - smartfon va smartsoatlari kabi zich raqamli muhitga ega boʼlish hamda talaba-oʼquvchilarning mazkur multimediya vositalari bilan uygʼunlashtirishga qaratiladi.


background image

41

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 05 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA NEMIS TILINI OLIY

TAʼLIM MUASSASALARIDA OʼQITISHNING

LINGVOMETODIK TIZMI

Baymanov Habibullo Abdullayevich

Toshkent amaliy fanlar universiteti f.f.f.dok.(PhD), dotsent

habibullo81@list.ru Orsg. 0009-0001-9293-928

https://doi.org/10.5281/zenodo.15449707

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 05- May 2025 yil

Ma’qullandi: 10-May 2025 yil
Nashr qilindi: 17-May 2025 yil

Mazkur maqolada raqamlashtirish sharoitida nemis
tilini

oliy

taʼlim

muassasalarida

oʼqitishning

lingvometodik tizimini innovatsion, zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan taʼlim
sifatini oshirish maqsadida talabalarning mustaqil
ishlash kompetentsiyasini rivojlantirish uchun jahon
taʼlim standartiga mos va xos raqamli avlodning yetti
ekranli avlodi - smartfon va smartsoatlari kabi zich
raqamli muhitga ega boʼlish hamda talaba-
oʼquvchilarning mazkur multimediya vositalari bilan
uygʼunlashtirishga qaratiladi.

KEY WORDS

lingvometodik tizim, innovatsion,
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari,

smartfon,

smartsoat,

kompetentsiya,

lingvodidaktika,

digital,

lingvometodika,

raqamli

texnologiya, filologik va nofilologik
tillar.

Globallashuv sharoitida mamlakatimizning kelajagini tashabbuskor, strategik fikr

yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarisiz tasavvur etib boʼlmaydi. Nemis tili
oʼqitiladigan guruhlarda taʼlim mazmunini mehnat bozori, raqamlashayotgan jamiyat
talablariga moslashayotgan taʼlim va zamonaviy yondashuvlarga koʼra takomillashtirish
masalasini ilmiy hal qilish dolzarblik kasb qilmoqda.

Аyniqsa, oliy taʼlimda tahsil olayotgan talabalarning nafaqat chet tilidan, balki bilim

olishlarida keng koʼlamli qilib koʼtarish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim
tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi qabul qilindi. Bunda mutaxassislarni jahon
arenasida oʼz oʼrnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar boʼlishiga qaratilgan choralar
koʼzda tutilgan kontseptsiyada oʼz aksini koʼrsatish maqsad qilingan. Shuning uchun ham
mamlakatimizda taʼlimning barcha boʼgʼinlari rivojiga, xususan oliy taʼlim muassasalari
boshqaruv kengashlarining rolini oshirish va kafedralar vakolatlarini kengaytirish, oʼquv
jarayonini jahon arenasi talablariga moslashtirib, ishlab chiqarish bilan uzviyligini taʼminlash
va talabaning oʼz ustida ishlashi uchun muhit yaratishga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.
Bunda oliy taʼlim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, ilm-fan va innovatsiyani
rivojlantirish hamda professor-oʼqituvchilar va talabalar uchun qogʼozbozlikni kamaytirish,
sohani raqamlashtirish orqali ustuvor vazifalar maqsad tutilgani muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, Oʼzbekistonda taʼlimni rivojlantirish, uni tubdan qayta oʼzgartirishda

taʼlimni tubdan demokratlashtirish, uzluksiz taʼlim gʼoyasi, mutaxassislarni tayyorlash
vositasi, taʼlimning globallashuviga erishish taʼlimni axborotlashtirish uni tubdan qayta
oʼzgartirish kabi yoʼnalishlar paydo boʼlganligi yanada muhim oʼrin tutdi.


background image

42

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 05 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

Muhokama:

Lingvodidaktikada nemis tilini oʼqitishning nazariy va metodik masalalari

salmoqli boʼlsada, toboro tadqiqot obyektiviga aylanib bormoqda. Shular qatorida nemis tilini
oʼqitishning ham oʼziga xos lingvodidaktik xususiyatlari mavjud. Lingvometodika va
lingvodidaktikani farqlovchi belgilarni aniqlashtirish maqsadga muvofiq boʼladi.
Lingvodidaktika til oʼqitish vositalari: oʼquv adabiyotlari, yaʼni darslik va oʼquv qoʼllanmalarni
tuzish hamda foydalanish metodikasi bilan uzviy bogʼlanadi. Uning nazariy asosini
tilshunoslik materialining didaktik tuzilishi, til darsliklarining tuzilishi va mazmunini
oʼrganish tashkil qiladi [3].

Lingvometodika – til oʼrgatish metodikasi bu til oʼqitish shakli, metod va usullari,

vositalarini oʼrganadi va til oʼqitish maqsadlariga mos taʼlim mazmuni oʼlchovlarini
aniqlashtirish bilan shugʼullanadi. A.V.Tekuchev lingvometodika nazariyasining rivojlanishiga
turtki boʼlgan dastlabki pedagog oilmlardan hisoblanadi [2, 4].

Lingvodidaktikada nemis tilining nafaqat roman-german balki turkiy tillar vakillariga

oʼqitilishi masalasi eng faol sohadir. Nemis tilini qardosh tillar, jumladan Oʼzbekistonda tahsil
olayotgan filologik va nofilologik vakillariga oʼqitishning lingvodidaktik xususiyatlarini
tahlilga tortish nemis tilidan dars berayotgan oʼqituvchilar uchun muhim ahamiyatga ega.

Raqamli texnologiyalarning taʼlim sohasiga kirib kelishi qisqa vaqt ichida shu darajada

keskin avj oldiki, elektron va masofali taʼlimning oʼqitishdagi imkoniyatlarini hamda oʼrnini
ilmiy oʼrganishga ulgurmasimizdan, raqamli taʼlim, sunʼiy intellekt kabi tushunchalar, hatto
oʼqituvchi vazifasini egallab olish uchun raqobatga kirishdi [5]. Natijada tajribalarini
oʼrganish, keng va chuqur tahlil qilish, samaradorligi bilan salbiy tomonini ham anglab olish,
boshqarish muhim boʼladi. Haqiqatan ham, raqamli taʼlimning amaliy hamda nazariy
masalalari, muammolari oʼrganilgan xorijlik va oʼzbekistonlik olimlar tadqiqotlari nemis tilini
qardosh tilli guruhlarda raqamli texnologiyalar asosida oʼqitishning ham oʼrganilishi lozim
boʼlgan qirralarini aniqlashga, muammolarni oydinlashtirishga xizmat qiladi.

Olim N.Gruenberger raqamli taʼlimning bir tomondan moslashuvchanligini, ikkinchi

tomondan murakkab jarayon ekanligi eʼtirof etiladi [6].

Olima oʼzining, raqamli taʼlim tizimining murakkabligida kutilayotgan ijobiy natija bilan

birga aksi boʼlgan natijalar berishi ham kutilishi mumkin degan fikri bizning yuqorida qayd
etgan fikrimizni dalillaydi. Shuni inobatga olish muhimki, til taʼlimiga raqamli texnologiyalarni
tatbiq qilishga oid tajribalarni, tadqiqotlarni chuqur isloh qilish taqozo qilinadi.

Taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy qilish istiqbollari R.Poel tomonidan

tadqiq qilingan. Pedagog olim raqamli texnologiyalarning taʼlimdagi oʼrni va ahamiyati haqida
eʼtirof etib uning afzalliklari bilan bir qatorda elektron taʼlim oʼrta yoki oliy maʼlumotga ega
boʼlish imkoniyati cheklangan aholi uchun potensial sharoit yaratishi mumkinligini alohida
qayd etishadi [8].

Aytish mumkinki, raqamlashtirish maʼlum maʼnoda talabalarga maʼlumotni oʼrganish va

qidirishda yordam beradi lekin pedagoglar talaba oʼquvchilarga amaliy yoki nazariy
mashgʼuloti uchun raqamli resurslar tayyorlashda imkon qadar koʼproq maʼlumotlarni
yoritishga intilishi tinglovchini ortiqcha toliqtirishga olib kelish holatlari kuzatiladi.
Tayyorlangan slaydlar, ortiqcha koʼrgazmali materiallar bilan boyitilgan ekran dars
samaradorligiga putur yetkazadi. Maʼlumotlarni uzatish tezligini oshirish esa maʼlumotlarni
oʼzlashtirish sifatining pasayishiga, xatolar sonining ortib borishiga, oʼrganuvchining oʼzini his
qilishi va sogʼligiga salbiy taʼsir qiladi [1].


background image

43

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 05 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

Natija:

Soʼrovnoma oʼtkazilsada, universitet talabalar noutbuklariga atamalarni tarjima

qilish uchun maxsus dasturlar oʼrnatadi, bu darsliklar bilan ishlashni osonlashtiradi,
talabalarning darslarda eng yangi texnologiyalardan foydalanish ularni qiziqarli va mazmunli
qiladi degan javoblar yangrashi tabiiy holdir. Natijalar tahlili shuni koʼrsatadiki, xalqaro
almashinuv taʼlim dasturlarida qatnashgan talabalar duch keladigan qiyinchiliklarning
aksariyati talabalarning boshqa madaniy muhitga integratsiyalashuvi bilan bogʼliq boʼladi.

Taʼlim tizimiga raqamli texnologiyalarni tatbiq etishda muhokamaga tortiq muammolar

yechimi shuni dalillaydiki, zarur axborot infratuzilmasini yaratishni, pedagog kadrlarning
raqamli kompetensiyasini rivojlantirishni taqozo qiladi. Shu bilan

birga, oliy taʼlimda nemis tilini guruhlarda oʼqitishni raqamli muhitda tashkil qilish va

oʼqituvchi boshqaruvchilik faoliyatining yetarlicha oʼrganilmaganligi bu yoʼnalishdagi
tadqiqotlarni jadallashtirish, nemis tili taʼlimini raqamli texnologiyalar bilan yaxlit
rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy yondashuv va usullarini topishni
taqozo etadi. Bunda oliy taʼlimning raqamli transformatsiyasisiz tasavvur yetib boʼlmaydi.

Eʼtirof oʼrinliki, raqamlashtirish – “digital” (deutsch. “raqam”) axborotni saqlash va

tarqatish maqsadida raqamli texnologiyalar yordamida elektron koʼrinishga (hujjat, foto,
video, audio va h.k) oʼtkazish jarayoniga nisbatan qoʼllaniladi [7].

O’ylaymizki, sinf va auditoriyadan tashqari taʼlim olish imkoniyatlarini kompyuter,

noutbuk, planshet, smartfon telefonlar va shu kabi qurilmalar kabi orqali amalga oshirish
raqamli taʼlim olish tizmini yuzaga keltiradi. Shuningdek, raqamli resurslar, raqamli taʼlim
kontenti, raqamli oʼqitish muhiti, oʼqitishni tashkil qilishning raqamli texnologiyalari raqamli
oʼqitishning tarkibiy qismlari–taʼlim natijalarini baholashni raqamlashtirish uzviylikda, bir
butunlikda rivojlantirilish omillarni talab etadi. Shunday ekan, raqamli konsepsiyasining
amalga oshirilishi smart doskalar, planshetlar, kompyuterlar, proyektorlar kabi texnikalar
bilan jihozlangan taʼlim muassasalarida internet xizmatidan foydalanishdan tashqari, munosib
kontent yaratishga qodir. Bu nafaqat nemis tilini tilli guruhlarda, balki oʼquv rejadagi fanlarni
oʼqitish jarayonida ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.

Xulosa:

Xulosa oʼrnida aytish joizki, zamonaviy axborot-kommunikatsiya

texnologiyalariga asoslangan innovatsion taʼlim texnologiyalari va didaktik modellarni
ommaviy va samarali qoʼllash orqali taʼlim tizimini raqamli avlodga moslashtirish, oliy taʼlim
muassasalarida taʼlim sifatini oshirish maqsadida talabalarning mustaqil ishlash
kompetentsiyasini rivojlantirish uchun oʼqituvchilarga talabalarning mustaqil ish
topshiriqlarini bajarish jarayonini tizimli ravishda oʼz-oʼzini nazorat qilish, jahon taʼlim
standartiga mos va xos raqamli avlodning – ekranli avlodi: televizor, kompyuter, planshet,
tablet, fablet, smartfon va smartsoatlari kabi zich raqamli muhitga ega boʼlish hamda talaba-
oʼquvchilarning mazkur multimediya vositalari bilan uygʼunlashishi davr talabini taqoza etadi.
Natijada zamonaviy raqamli universitet talabalarga va oʼqituvchilarga oʼqitish jarayonini va
kommunikatsiyalarni tashkillashtirish, byurokratiyadan xoli avtomatlashtirilgan raqamli qayd
va tahlil qilish, individual taʼlim traektoriyalarini savodli tuzish, yuzaga kelishi mumkin
boʼlgan muammolarga tezkorlik bilan munosabat bildirishga yordam beradigan qulay
imkoniyatlar va xizmatlar taqdim etadi.

Adabiyotlar ro’yxati:

1. Зимняя И.А. Педагогическая психология. Учебник для вузов. Изд. второе, доп., испр.


background image

44

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 05 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

иперераб.—М.: Издательская корпорация «Логос», 2000. — 384 с.
2. Текучева А.В. О классическом учебнике «Методика русского языка в средней школе»
Русский язык в школе. 2023;84(2):24-31.
3. Hamdamov R., Taylakov N., Begimqulov U., Sayfiev J. Elektron universitet. Elektron vazirlik.
Masofaviy taʼlim texnologiyalari. – Toshkent: Oʼzbekiston milliy entsiklopediyasi davlat ilmiy
nashriyoti, 2011. 288 b.
4. Юлдашева Ш. Цифровая трансформация и перспективы обучения узбекскому
языку.//IX Международный форум по педагогическому образованию IFTE 2023. –
Kazan, 2023. – С. 519.
5. Brown MR, Higgins K, Hartley K. Teachers and Technology Equity TEACHING Exceptional
Children, 33 (2001), pp. 32-39
6. Grünberger, Nina, Klaus Himpsl-Gutermann, Petra Szucsich, Katja Schirmer, Martin Sankofi,
Klemens Frick, und Birgit Döbrentey-Hawlik. 2021
7. Jalolov J.J. Chet tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2012. – 431 b.
8. Pöhl, Regula, und Daniel Schuoler. 2020. «Aus Latten und Leisten. Ordnen und
aufbewahren». Werkspuren 20.4 (160): 44–5.

Библиографические ссылки

Зимняя И.А. Педагогическая психология. Учебник для вузов. Изд. второе, доп., испр. иперераб.—М.: Издательская корпорация «Логос», 2000. — 384 с.

Текучева А.В. О классическом учебнике «Методика русского языка в средней школе» Русский язык в школе. 2023;84(2):24-31.

Hamdamov R., Taylakov N., Begimqulov U., Sayfiev J. Elektron universitet. Elektron vazirlik. Masofaviy taʼlim texnologiyalari. – Toshkent: Oʼzbekiston milliy entsiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti, 2011. 288 b.

Юлдашева Ш. Цифровая трансформация и перспективы обучения узбекскому языку.//IX Международный форум по педагогическому образованию IFTE 2023. – Kazan, 2023. – С. 519.

Brown MR, Higgins K, Hartley K. Teachers and Technology Equity TEACHING Exceptional

Children, 33 (2001), pp. 32-39

Grünberger, Nina, Klaus Himpsl-Gutermann, Petra Szucsich, Katja Schirmer, Martin Sankofi, Klemens Frick, und Birgit Döbrentey-Hawlik. 2021

Jalolov J.J. Chet tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2012. – 431 b.

Pöhl, Regula, und Daniel Schuoler. 2020. «Aus Latten und Leisten. Ordnen und aufbewahren». Werkspuren 20.4 (160): 44–5.