32
YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI
IF: 5.141
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue, 05 YO’PA
Volume 3 Issue 01 YOPA
WORKOUT SPORT TURI, O’ZBEKISTONDA SPORTNI
RIVOJLANISHI
Sodiqov Elbek Ne’matillo o’g’li
Andijon Davlat Pedagogika Instituti 1-bosqich talabasi
E-mail: sodiqov1134@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15400995
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 05- May 2025 yil
Ma’qullandi: 10-May 2025 yil
Nashr qilindi: 14-May 2025 yil
Maqola workout sport turi va uning yo’nalishlari, bu
sport turining O’zbekistonda yoyilishi uchun qanday
harakatlar qilingani, Street workout sporti qanday
paydo bo’lgani haqida ma’lumotlar keltirilgan.
KEY WORDS
Workout, freestyle, OFB, static,
dinamik,
besh
tashabbus
olimpiadasi, planch, flag.
Workout (ko’cha sporti, ko’cha gimnastikasi) an’anaviy gimnastika va jismoniy mashqlar
bilan bog’liq bo’lib, zamonaviy shaklda 2000-yillarda AQSH va Yevropada ko’cha sporti
sifatida rivojlangan. Workout - bu yo’nalish ko’pincha sport turi deb keltiriladi, ammo bu
yo’nalish rasman spot turi deb elon qilinmagan.Bu sportning qulay taraflaridan biri mustaqil
tarzda ham shug’ullanish mumkunligida bo’lib, elementlarni o’rganishda ijtimoiy tarmoqlar
va turli ilovalardan masalan(thenics) kabi ilovalarda o’rganish mumkun. Kelib chiqishi
gimnastikaga asoslangan bu sportning 2 yo’nalishi mavjud, freestyle (erkin mashqlar) OFB
(O’z tana vazniga asoslangan kuch mashqlari-Own Bodyweight Fitnees) bu yo’nalish bilan
shug’ullanishning qulay tarafi alohida sport zallari talab qilinmaydi, ko’cha, hovli va boshqa
joylarda ham shug’ullanish uchun qulay sport hisoblanadi.bu sport ayniqsa bolalar,va
o’smirlarda tananing tog’ri rivojlanishida va muskullarning o’sishi uchun juda muhim
sanaladi. Freestyle (erkin mashqlar)-Sportchilar turnik, parallel to’sin yani bruslar, shved
devori va boshqa sport anjomlaridan foydalangan holda akrobatik harakatlar va
kombinatsiyalarni usullari bilan bajaradilar. Bajarilgan elementlar ijodiy yondashuv va
harakatlarning uzluksizligi bilan baholanadi. Baholash mezonlariga ko’ra murakkablik,
ijodkorlik, harakatlarning to’g’riligi va texnik aniqligiga qarab har bir ko’rsatgan elementlari,
mashqlari uchun ball beriladi va ballarning umumiy jamlanmasiga qarab g’olib shaxs
aniqlanadi.
Sportchilar o’z chiqishlarini musiqaga moslashtirib, tomoshabinlarga tasirli chiqishga
harakat qiladilar. Bajaradigon elementlar Statik (harakatsiz) va Dinamik (harakatlar bilan)
bajariladigan mashqlar mavjud.
Statik(harakatsiz) mashqlarga “flag” (bayroq usluli) bu usul qalinligi o’rtacha bo’lgan
ustunlar va narvon ko’rinishidagi predmetlarda qo’llarga tayangan holda bayroq ko’rinishida
harakatsiz turgan tarzda bajariladi.Ko’p hollarda statik harakatlar murakkabligi sababli
yuqori ball qo’yilishiga sabab bo’ladi.
33
YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI
IF: 5.141
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue, 05 YO’PA
Volume 3 Issue 01 YOPA
“Planche” (qollarda gorizontal turish) bu uslub ko’pincha parallel to’sinlar yani bruss va
predmetlarsiz yerda ham bajarilishi mumkun bo’lgan mashq hisoblanib bu sul ham qo’llarga
tayangan holda harakatsiz gorizanttal holda bajariladigan mashq hisoblanadi
Dinamik (harakatlar bilan bajariladigan mashqlar) bu mashqlar turnik yoki parallel
to’sinlar yani bruslarda turli hil akrabatik harakatlar,aylanmalar, tushib chiqish harakatlari
orqali bajariladi
OFB (O’z tana vazniga asoslangan kuch mashqlari-“Own Bodyweight fitness”)bu
yo’nalish asosan tezlik,chaqqonlik,chidamlilik, va kuch kabi jismoniy sifatlarni talab etadi. Bu
yo’nalish turnik va parallel to’sinlar yani brusda tushib chiqish orqali bajariladigan mashq
hisoblanadi. Dastlab brusda bajarilishi uchun 30secund vaqt beriladi so’ngra turnikga o’tadi
bu vaqt dasvomida dam olish uchun 10secund vaq beriladi va turnikdagi mashqni boshlaydi,
34
YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI
IF: 5.141
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue, 05 YO’PA
Volume 3 Issue 01 YOPA
Yani asosan ikkala predmetda ham bajarish uchun 30sekund vaqt beriladi va dam olish uchun
10sekund beriladi.Ushbu vaqt ichida har bir tushib chiqishning tehnikasiga qarab hisobga
olinadi va ball beriladi so’ngra umumiy ball hisobga olinib g’olib aniqlanadi. 2000-yillarga
kelib internet tarmog’ining yanada rivojlanishi va mamlakatlarning oʻzaro axborot
almashinishning oshishi natijasida dunyoning turli burchaklaridagi yangiliklar va
ma‘lumotlardan foydalanish imkoni keng ommaviylashdi. Shu vaqtda ba‘zi saytlarda
koʻchada bajariladigan oʻziga xos mashg‗ulotlarning (ingliz tilida Street workout) havaskor
videoroliklari paydo boʻla boshladi. Ba‘zi videoroliklar gettomashg‗ulotlar deb nomlangan
edi (ingliz tilida Ghetto workout), bu, ushbu videoroliklarni, ―gettolarda istiqomat
qiladigan afroamerikaliklar tomonidan internet tarmog’iga tashlashlari sababli boʻlishi
mumkin. Shunday qilib Workout - sport turi sifatida AQShda vujudga keldi.
2021-yil yakunigacha Davlat dasturining 209-bandi ijrosi taʼminlanib, sportning yurish,
yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol va “Workout” (mahalla va ko‘cha fitnesi)
turlarini ommaviylashtirish va rivojlantirish maqsadida aholi punktlarida, har bir mahalla va
tuman (shahar)da jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishga shart-sharoitlar
yaratiladi.
Shu o‘rinda aholi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirishda “Workout” (mahalla va
ko‘cha fitnesi) turlariga alohida urg‘u berilgani bejiz emas. Bugungi kunda barcha avlod
vakillari erkin harakatlanish va rivojlanishi uchun imkon beradigan sport turlarini tanlashga
intilmoqda. Ammo barcha fuqarolar ham ishdan keyin fitnes markazga borish uchun vaqt yoki
iqtisodiy imkoniyat topa olmasligi mumkin.
Shu o‘rinda, Workout (mahalla va ko‘cha fitnesi) ishlash va yashash joyi uchun yaqin
bo‘lgan hududda istalgan vaqtda, hech qanday sarf-xarajatsiz shug‘ullanish imkonini beradi.
Besh tashabbus olimpiadasi- Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan ommaviy musobaqa va
tanlovlarni oʻz ichiga oladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi
„Mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib
chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PQ-201-son qarorining 4-xatboshi „a“ bandi asosida har
yili anʼanaviy tarzda amalga oshiriladi . Har yili 1 marotaba mart-dekabr oylari davomida
tashkil etiladi.
35
YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI
IF: 5.141
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue, 05 YO’PA
Volume 3 Issue 01 YOPA
Prezident tomonidan 28.07.2023 yildagi “Mahallalarda sport infratuzilmasini
rivojlantirish va sport maydonchalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi PQ-245-son Qaror imzolandi.
Hujjat bilan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida gʻolib va sovrindor boʻlgan hamda
hududda sport infratuzilmasi mavjud boʻlmagan mahalla terma jamoalari uchun 5000 ta
universal, stritbol va vorkaut sport maydonchalarini 2030 yilga qadar tashkil qilishning
umumiy parametrlari tasdiqlanmoqda.
Shuningdek yoshlarning bu sportga qiziqishi orqali o’zining mashg’ulotlar bajargan
qisqacha video roliklarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashi va o’zaro raqobat o’tkazishlari turli
muhokamalarga sabab bo’ldi va yoshlarning bu sportga qiziqishini ortishiga sabab
bo’ldi.bunday shaxslardan @jamshid_jamshidd @ahmad_workout @bek_zufarr kabi insonlar
instagram tarmog’ida o’z sahifasini yuritib kelishmoqda.
Workout sporti va jismoniy mashqlar inson tanasi uchun foydali jihatlari juda ko’p va
har bir insonni yosh toifasiga qaramasdan bu sport turi bilan shug’ullanishi quyidagicha
foydali jihatlarni o’z ichiga oladi; Sog’liqni mustahkamlaydi;yurak-qon tomir tizimi, nafas olish
va asab tizimlarini rivojlantiradi,immunitetni oshiradi va turli kasalliklardan himoya
qiladi.Ortiqcha vazndan halos bo’lishga yordam beradi va inson tanasidagi ortiqcha
yog’lardan halos bo’lishga yordam beradi.muntazam mashqlar charchoqnin kamaytirib uyqu
sifatini yaxshilashda ham yordam beradi.sport turi bilan shug’ullanish testosteron darajasini
oshirib samarali mushak osishiga yordam beradi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, workout sporti barcha yoshdagi insonlar foydalanishi uchun juda
qulay bo’lgan zamonaviy sport . Bu sport bilan har qanday sharoitlarda ortiqcha mablag’ sarf
qilmagan holda shug’ullanish mumkunligi va bunga sabab 2025-yilga kelib har bir mahalla,
maktab va jamoat joylarida sport maydonchalarni qurib bitkazilganligini ko’rishimiz
mumkun. shuningdek hozirgi zamonaviy tehnalogiyalar rivojlangan davrdagi eng kata
muammolardan biri bo’lgan semizlik kasalliglarini oldini olishga qaratilgan yo’l
hisoblanishidir.O’zbekistonga bu sportning rivojlanishiga ham asosiy sabablardan biri shu
hisoblanishi va bu loyihalar o’z samarasini berganligini ham ko’rishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abdumalikov R., Yunusov T.T. va boshqalar. «O‘zbekistonda jismoniy tarbiya taolimining
rivojlanishi», metodik tavsiyanoma. T., O‘zDJTI nashr. 1992
2.
Tursunov U., «Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi», o‘quv qo‘llanma, Qo‘qon, 1992.
3.
F. Xo‘jaev, T. Usmanxo‘jaev. Boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya, o‘quv qo‘llanma. T.,
“O‘qituvchi”, 1996.
4.
A. Abdullaev. Jismoniy tarbiya vositalari. O‘quv qo‘llanma. Farg’ona. 1999.
5.
Karimov F.A. Sport soxasidagi ilmiy tadqiqotlar. T.. «Zar qalam». 2004.