148
YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI
SJIF: 5.141
www.in-academy.uz
3-JILD, 6-SON (YOʻPA)
KOGNITIV TILSHUNOSLIK VA LINGVOMADANIYATDA
KONSEPT TUSHUNCHASI
Jumayeva Muhabbat Mustaqimovna
Navoiy davlat universiteti
Ingliz tilshinosligi kafedrasi doktoranti
E-mail: jumayevamuhabbat547@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15721607
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 10-Iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 15-Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 23-Iyun 2025 yil
Zamonaviy tilshunoslikning dolzarb mavzularidan biri
bu –konseptdir. Bu termin kognitiv tilshunoslik va
lingvokulturologiyaning muhim kategoriyalaridan biri
hisoblanadi. Ushbu maqolada konsept mavzusining
ushbu ikki soha o’rganilishi tadqiqqa tortiladi. Konsept
atamasi kognitiv tilshunoslik va lingvomadaniyat uchun
ham umumit atama bo’lsada, ikkala fan uchun ham ikki
xil tushunchani anglatadi.
KEY WORDS
kognitiv
tilshunoslik,
kognitiv
grammatika, lingvokulturologiya,
konsept,
Askoldov,
tushuncha,
mantiqiy
kategoriya,
kognitiv
fan,kognitologiya,
lingvokulturologik tadqiqot.
Ayni paytda tilga antroposentrik yondashuv tilshunoslik sohasining eng so’ngi
yutuqlarini o’zida mujassam etib,mustaqil paradigm sifatidagi maqomini tobora
mustahkamlab bormoqda. Ko’plab tadqiqotchilarning e’tirof etishicha ,kognitiv tilshunoslik va
lingvokulturologiya antroposentrik paradigmaning yetakchi yo’nalishlari hisoblanadi.O’tgan
asrning so’ngi choragida o’zining ilk qadamlarini qo’ygan kognitiv tilshunoslik XXIasr
boshodayoq lingvistikaning peshqadam sohalaridan biriga aylanib ulgurdi. Zamonaviy
kognitiv tilshunoslikning vujudga kelishi amerikalik olimlar J.Miller, J.Bruner, J.Lakoff,
R.Langaker, R.Jakendoff va boshqalarning ilmiy ishlari bilan bog’lanadi. Kognitiv tilshunoslik
tilni falsafadagi bilish nazariyasi bilan bog’lab, uning hosil bo’lishidagi psixologik,biologik va
eyrofiziologik jihatlarning ijtimoiy,madaniy va lisoniy hodisalar bilan uzviy aloqasini ilmiy
tadqiq
etuvchi
soha
hisoblanadi.
Kognitiv
so’zi
inglizcha
“
cognize-
bilmoq,anglamoq,tushumoq” demakdir. Kognitiv tilshunoslik “chegaradosh fan” bo’lib,
kognitologiya, kognitiv psixologiya, psixolongvistika, lingvistika kabi sohalar to’qnashuvida
vujudga
keldi.
1975-yilda
J.Lakoff
va
S.Tompsonning
maqolasida
“kognitiv
grammatika”termini paydo bo”ldida 80-yillarda yevropaning an’anaviy tilshunosligida
kognitiv tilshunoslik qaror topdi. Rus tilshunosligiga esa kognitiv lingvistika
V.I.Gerasimovning (“Новое в зарубежнойлингвистике”,1988) ilmiy maqolasi bilan kirib
keldi. Rus tilshunosligining yana bir atoqli vakili E.S.Kubryakova quyidagicha fikr
bidiradi:”Kognitologiya ko’p qirrali fan sohalaridandir. Uning doirasida shakllangan
tilshunoslik,o’z navbatida, murakkab vazifaijrosini ko’zlaydi, lisoniy va bilim stukturalari
o’rtasidagi munosabatlar hamda doimiy muqobilliklar tahlili, izohi rejalashtiriladi.
O’zbek tilshunosi Sh.S.Safarovning fikriga ko’ra , “Kognitiv tilashunoslikning vazifasi til
yordamida bilim olish va saqlash,tilni amalda qo’llash, hamda uzatish, umuman til tizimi va
149
YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI
SJIF: 5.141
www.in-academy.uz
3-JILD, 6-SON (YOʻPA)
trkibini inson miyasidagi in’ikosi sifatida tafakkur bilan bog’lab, chuqur ilmiy tadqiq
etishdir.Professor A.Mamatov til tizimini kognitiv jihatdan tahlil qilish borasida fikr yuritar
ekan, shunday deb yozadi: “Kognitiv fan kognisiya bilan shug’ullansa kognitiv tilshunoslik
kognisiyaning, ya’ni bilishning tilde aks etishini, verballashuvini tadqiq qiladi. Tilgha bo’lgan
kognitiv yondashuv – bu til shaklining oxir-oqibat inson ongi, fikri, bilish strukturalarining aks
ettirilishidir. Kognitivlik o’z tuzilishiga ko’ra insonning bilish faoliyatiga tayangan barcha
tipdagi bilimlarning tizimlashishini ifodalaydi.XXasrning oxirlariga kelib, til va madaniyat
muammosi masalasini o’rganishni maqad qilgan-tilshunoslikning yangi sohasi
lingvokulturologiya jadal rivojlandi. Lingvokulturologiya- madaniyatshunoslik va tilshunoslik
fanlari o’rtasida umumlashma fan bo’lib ,til va madaniyatning o’zaro ta’siri va bog’liqligi, bu
bo’liqlikning shakllanishi hamda yaxlit bir sistema sifatida til va tildan tashqarida aks etishi
kabi hodisalarni o’rganish bilan shug’ullanadi.Lingvokulturologiya o’rganish obyektiga ko’ra
madaniyatshunoslik va tilshunoslik fanlariga birmuncha yaqin, biroq mazmun-mohiyati,
o’rganish obyektiga bo’lgan yondashuviga ko’ra farqli deb aytish mumkin. Uning
chegaralanuvchi maqomi shundan iboratki, u xalq madaniyatining tilde namoyon bo’lishi
hamda ifodalanishi, til mentaliteti, milliyligi, til ruhiyati bilan bog’liq arvishda nutqiy
muloqotni tashkil etishdagi milliy-madaniy spesifik qoidalarni o’rganadi hamda millatning
tilde aks etgan o’ziga xos milliy til xususiyatlarini aniqlash hodisalarini tadqiq etish bilan
shug’ullanadi. Lingvokulturologiyaning vazifasi shundan iboratki , u til birliklarining madaniy
mazmunini o’zga til elementlari va madaniyatining tanish simvolik “kodlari bilan .Ushbu ikki
soha uchun ham umumiy bo’lgan asosiy kategoriyalardan biri, muhim o’rganish obyekti- bu
konseptdir. Bu atamani ilk bor 1928-yilda rus tilshunosi Askoldov o’z maqolasida qo’llagan. U
konseptga “bu bir tur yoki boshqa turdagi tushunchalar haqida fikrlash jarayonini o’zida aks
ettiradigan birlikdir”4, deb izoh bergan. Ammo shunga qaramay ushbu atamaga XXasrning 70-
yillarida ham chuqur izoh talab qiladigan muammo sifatida qaralardi. Konsept
tushunchasining tilshunoslar istemoliga kirishi 80-yillarda ingliz olimlari Cheyf, R.Jakendof5,
Lakof6larnining asarlari bilan bog’liqdir. Aynan o’sha matnlarda konseptualizatsiya,
konseptual mohiyat atamalari uchrab turadi. Konsept tushunchasining lug’aviy ma’nosi ustida
ahm ko’pgina olimlar har xil fikrlarni bildirishadi. Unga ko’ra mantiqiy kategoriya, amaliy
falsafa tushunchasi, milliy mentalitetning asosiy birligi sifatida qaraydiganlar ham bor.
“konsept”-lotincha “conceptus” so’zidan olingan bo’lib, “tushuncha” ma’nosini bildiradi.
Kognitiv atamalar lug’atida esa konsept atamasiga quyidagicha ta’rif beriladi: konsept bizning
tafakkurimizdagi aqliy va psixik resurslarning inson bilim va malakalarida aks etishiga izmat
qiladigan tushunchadir. “konsept” atamasi zamonaviy tilshunoslikda birir bir leksik birlikning
tafakkurdagi obrazini ifodalash uchun qo’llaniladi. Kundalikilmiy ijodda esa onsept atamasi
“tushuncha”bilan sininim sifatida qo’llaniladi.
Tilshunoslikn ing yangi yo’nalishi- lingvomadaniyat til va madaniyat o’rtasidagi
bog’liqlikni o’rganadi. Konsept uning markaziy tushunchasi hisoblanadi. Professor
N.Mahmudov lingvokulturologiyada (lingvomadaniyat) konseptning о‘rganilishi xususida
shunday yozadi: “Lingvokulturologik tadqiqotlarda aynan konseptning ifodalanishi
muammolariga juda katta e’tibor qaratilmoqda, internet materiallari bilan tanishganda,
masalan, Rossiyadagi tilshunoslikda bu yо‘nalish nihoyatda keng tarqalganini kо‘rish mumkin,
bu boradagi ishlarni sanab, sanog‘iga yetish mushkul. Hatto sо‘nggi yillarda yoqlangan
nomzodlik dissertatsiyalarining juda katta qismi aynan u yoki bu tilda konseptning
150
YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI
SJIF: 5.141
www.in-academy.uz
3-JILD, 6-SON (YOʻPA)
lingvokulturologik tadqiqiga bag‘ishlangan”.Garchi ushbu atama kognitiv tilshunoslik va
lingvokulturologiya uchun ham muhim kategoriya hisoblansada, uning ushbu fanlardagi izohi
farqlidir. Ushbu termin tilshunoslikda o’tgan asrning 80-yillariga qadar tushuncha so’ziga
sinonim sifatida ishlatilgan bo’lsa, bugungi kunga kelib uning izohi tushuncha terminiga
nisbatan kengayganini ko’rish mumkin.Konsept tushunchasi deyarli barcha atoqli tilshunoslar
tomonidan keng tadqiq qilinib, ularning barchasi ushbu tushunchani turlicha individual
tarzda talqin qilishadi. Y.A.Stepanov va S.A.Askoldovning fikri bir biriga juda yaqindir, ular
konseptni “mantiqiy kattegoriya” sifatida talqin etishadi. Ya’ni Askoldovning fikricha “konsept
bu madaniyat elementlaridan birining kishi tafakkurida shakllangan shaklidir, xuddi nshu
shaklda madaniyat kishining mental dunyosiga kirib boradi”.Yana bir rus tilshunosi
V.A.Maslova konsept ma’nosiga ko’p qirrali tuzilma sifatida qarab, nafaqat til egalari
tomonidan o’ylanadigan, balki ular o’zlari hisqiladigan hayajon,baho, milliy obraz va
konnatatsiyani o’z ichig olishini ko’rsatadi va konsept tuzilishida o’zgacha nuetai nazar
borligini ta’kidlaydi. Konsept markazida qadrlilik turishi, u madaniyat tadqiqiga xizmat qilishi,
madaniyat asosida aynan qadrlilik prinsipi yotishini ham o’z fikrlarida bayon etgan.
Qolaversa, har bir konsept murakkab mental uyg’unligi, ma’noiy tuzilishidan tashqari insonni
ifodalayotgan obyektga munosabati va umuminsoniy yoki umumiy, milliy-madaniy, ijtimoiy,
til egalariga tegishli, shaxsiy individual komponentlarni o’z ichiga olishini ta’kidlaydi.
Demak, konsept lingvomadaniyatda eng faol qо‘llanuvchi birlik sanaladi. Konsept
lingvomadaniy birlik sifatida u yoki bu xalq madaniyatining о‘ziga xos jihatlarini ifodalaydi.
Masalan, choy konsepti о‘zbek kishilarining tafakkurida quyidagicha assotsiatsiyalanadi:
1) Chanqoq bosdi ichimlik: chanqaganda ichiladigan, hattoki yozning chillasida ham
ichiladigan issiq ko’k choy;
2) Mehmondo’stlikning ifodasi: uyga mehmon kelganda nondan keyin dasturxonga
tortiladigan eng asosiy mahsulot. Kishilar tanishini uyga taklif etish uchun “bir payola choy
ichib keting “ iborasini ishlatishadi.
3) Bosh og’rig’ini qoldiruvchi malham: bosh og’riganda ko’pchilik, ayniqsa yoshi kattalar
achchiq choy damlatib ichishadi;
4) Kelinlar odobining ifodasi. O’zbek madaniyatida choy uzatishning ham o’z odobi bor, yani
o’zbek oilalarida asosan kelinlar avval yoshi kattalarga , turgan holatda, chap qo’llari ko’ksida,
o’ng qo’llari bilan choy uzatishadi.
5) Shunchaki suhbat chog’idagi ermak.
Lingvomadaniy konsept barcha til egalari uchun dunyoqarash modeli vazifasini о‘taydi.
Lingvomadaniy konsept milliy xarakterning shakllanishiga ta’sir kо‘rsatuvchi madaniyat
vositasi hisoblanadi. Lingvomadaniyatda madaniyat konseptlari alohida tadqiq etiladi.
Madaniyatning asosiy konseptlari jamoaviy til ongida muhim ahamiyat kasb etadi.
Madaniyatning asosiy konseptlari deganda mavhum otlar, xususan, vijdon, taqdir, qismat,
iroda, gunoh, qonun, erkinlik, ziyolilar, vatan va h.k. tushuniladi. Madaniyat konseptlarini A.Y.
Gurevich ikki guruhga: “fazoviy”, falsafiy kategoriyalar, ya’ni madaniyatning universal
kategoriyalari (vaqt, makon, sabab, о‘zgarish, harakat) hamda ijtimoiy kategoriyalar, ya’ni
madaniyat kategoriyalari (erkinlik, huquq, haqiqat, mehnat, boylik, mulk)ga ajratadi.
V.A.Maslova bunga yana bir guruhni – milliy madaniyat kategoriyasini ham ilova qiladi.
Konseptlarni tahlil qilish jarayonida har qanday tilda madaniy о‘ziga xos konseptlarning
kо‘pligi aniqlangan. Masalan, kartoshka konsepti madaniy о‘ziga xos konseptlardan biri
151
YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI
SJIF: 5.141
www.in-academy.uz
3-JILD, 6-SON (YOʻPA)
hisoblanadi. Kartoshka ruslar uchun nochor ovqatlanish etaloni, buni sidet na odnoy
kartoshke frazeologizmi misolida ham kо‘rish mumkin; beloruslar uchun odatiy milliy taom,
ikkinchi non, muhim ozuqa hisoblanadi. Yoki non konseptini olsak,о‘zbeklar uchun non
muhim ozuqa etaloni hisoblansa, koreys, yapon, xitoy xalqlari uchun muhim ozuqa
hisoblanmaydi. Ular uchun guruch asosiy ozuqa etaloni sanaladi.
O’zbek tilshunosligida ham “konsept” tushunchasi turli talqinga ega. Masalan, Sh.Safarov
“moddiy dunyo idroki ayni paytda idrok etilayotgan predmet- hodisalar haqida
tushunchaning tug’ilishini, keyinchalik ushbu tushuncha mental namuna-konsept sifatida
shakllanib, moddiy nom olishi”ni ta’kidlaydi.O’.Q.Yusupov konseptni “tashqi yoki ichki
dunyodagi biror bir narsa yoki hodisa haqidagi ongimizdagi bilimlar majmuasi, u haqidagi
obrazlar va unga bo’lgan ijobiy, salbiy, neytral munosabatlar, ya’ni baholashlardir”, deb
belgilaydi. Tushuncha va konseptni farqlashda olim quyidagicha fikr bildiradi:” konsept bilan
tushunchani ayebergga o’xshatish mumkin. Agar konsept aysberg bo’lsa, uning suvdan chiqib
turgan qismi tushunchadir”.Yuqoridagi fikrlarni o’rganish natijasida shunday xulosaga kelish
mumkinki, konsept tushunchasi har bir shaxs uchun individual va jamiyat uchun umummilliy
bo’lgan, ong, til va ruhiyatning bog’liqligida kechuvchi jarayondir. .tilshunoslikda yanada
chuqur o’rganishni taqozo etadigan mavzu. Kognitiv tilshunoslikda turli olimlarning fikrlarini
o’rganish natijasida. Yakdil xulosaga kelinmagani ma’lum bo’ldi va tilshunoslikning yanada
chuqur o’rganilishi talab etiladigan mavzusi ekanligi ko’rinadi.
References:
1. Кубрякова Е.С О когнитивной лингвистики и семантики термина когнитивны//
Вестник Воронежского государственного университета. –Воронеж, 2001.90-с
2. Safarov Sh. S. Kognitiv tilshunoslik.-Jizzax: Sangzor,2006.- B.91 3. Mamatov A. E. Tilga
kognitiv yondashuvning mohiyati nimada? Tilshunoslikning dolzarb masalalari: Prof.
A.Nurmonov tavalludining 70 yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan ilmiy-amaliy anjuman
materiallari.-Andijon,2012/-B.212-219. 4. Аскольдов С.А. Концепт и слово// Русская
словесность. От теории словесности к структуре текста. Антологтя.-М:Аcademia. 1997.-
C.267-280 5. Ray Jakendoff, 1989: “What is a concept, that a person may grasp it”. Program in
Linguistics and Cognitive science Brandies University Watham. 6. George Lakoff : 1980:
Metapfors We Live BY 7. Melikuziev, A. L. (2022). Historical and modern classification of
paralinguistics. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(10), 126-128.
8. Mahmudov N. Tilning mukammal tadqiqi yo’llarini izlab// O’zbek tili va adabiyoti-T.:2012,
3-16-B
9. Маслова В.А. Лингвокултурология.—М.:»академия», 2001.-с.208
10. А.Я. Гуревич Дискурс и личность: эволюция коммуникативной компетенции. М.:
Лабиринт, 2004. -С.320 . 10.Маслова В.А. Лингвокультурология.–М.: «Академия», 2001. -
С.208.