Авторы

  • Najmiddin Hafizov
    Renessans ta’lim universiteti “Xorijiy til va adabiyoti” kafedrasi arab tili fani assistent o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yopa.127076

Ключевые слова:

Bu holatga yechim sifatida aytish mumkinki harflarni asta-sekin o‘rganish ko‘p yozma va ko‘zgu mashqlar qilish arab yozuvi uchun mo‘ljallangan maxsus kitoblar va dasturlardan foydalanish yordam beradi.

Аннотация

Arab tili dunyoda millionlab insonlar tomonidan so‘zlashiladigan, boy tarix va madaniyatga ega til hisoblanadi. Biroq, arab tilini o‘rganish ko‘plab o‘rganuvchilar uchun o‘ziga xos qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bu qiyinchiliklar tilning tuzilishi, talaffuzi, yozuvi va madaniy jihatlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Quyida arab tilini oʻrganishda duch kelinadigan asosiy muammolar va ularni yengib o‘tish yo‘llari haqida so‘z yuritiladi.


background image

129

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

SJIF: 5.141

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON (YOʻPA)

ARAB TILINI OʻRGANISHDAGI QIYINCHILIKLAR

Hafizov Najmiddin Abdurashidovich

Renessans ta’lim universiteti “Xorijiy til va adabiyoti”

kafedrasi arab tili fani assistent o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15708937

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-Iyun 2025 yil

Ma’qullandi: 14-Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 21-Iyun 2025 yil

Arab tili dunyoda millionlab insonlar tomonidan
so‘zlashiladigan, boy tarix va madaniyatga ega til
hisoblanadi. Biroq, arab tilini o‘rganish ko‘plab
o‘rganuvchilar uchun o‘ziga xos qiyinchiliklarni keltirib
chiqaradi. Bu qiyinchiliklar tilning tuzilishi, talaffuzi,
yozuvi va madaniy jihatlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Quyida arab tilini oʻrganishda duch kelinadigan asosiy
muammolar va ularni yengib o‘tish yo‘llari haqida so‘z
yuritiladi.

KEY WORDS

Bu holatga yechim sifatida aytish
mumkinki harflarni asta-sekin
o‘rganish, ko‘p yozma va ko‘zgu
mashqlar qilish, arab yozuvi uchun
mo‘ljallangan maxsus kitoblar va
dasturlardan foydalanish yordam
beradi.

Arab tili dunyoda millionlab insonlar tomonidan so‘zlashiladigan, boy tarix va

madaniyatga ega til hisoblanadi. Biroq, arab tilini o‘rganish ko‘plab o‘rganuvchilar uchun
o‘ziga xos qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bu qiyinchiliklar tilning tuzilishi, talaffuzi, yozuvi
va madaniy jihatlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Quyida arab tilini oʻrganishda duch
kelinadigan asosiy muammolar va ularni yengib o‘tish yo‘llari haqida so‘z yuritiladi.

1. Harflar va yozuv tizimi.

Arab alifbosi lotin yozuvidan tubdan farq qiladi. Uning o‘ngdan chapga yozilishi,

harflarning turli holatlarda shakllanishi (so‘z boshida, o‘rtasida yoki oxirida), hamda alifbo
harflarining bir-biriga o‘xshashligi yangi boshlovchilar uchun chalkashlik tug‘diradi. Bundan
tashqari, arab tilida undosh harflar ko‘p bo‘lib, ularni aniq farqlash ba’zida qiyin kechadi.

Bu holatga yechim sifatida aytish mumkinki harflarni asta-sekin o‘rganish, ko‘p yozma

va ko‘zgu mashqlar qilish, arab yozuvi uchun mo‘ljallangan maxsus kitoblar va dasturlardan
foydalanish yordam beradi.

2. Talaffuzdagi murakkabliklar

.

Arab tilida talaffuz qilinishi qiyin bo‘lgan tovushlar mavjud (masalan, “

ع

” (ayn) va “

ح

(ha)). Bu tovushlar ko‘plab boshqa tillarda yo‘q bo‘lgani uchun o‘rganuvchilar uchun katta
to‘siq hisoblanadi.

Bu holatga yechim sifatida aytish mumkinki audio materiallar, talaffuzni to‘g‘ri

o‘rgatadigan mutaxassislar bilan ishlash va muntazam mashq qilish orqali talaffuzni
yaxshilash mumkin.


background image

130

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

SJIF: 5.141

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON (YOʻPA)

3. Grammatik murakkabliklar.

Arab tilining grammatikasi urakkab va o‘ziga xosdir. Misol uchun, so‘z shakllarining

koʻpligi, jins (erkak va ayol) va raqam (birlik, juftlik, ko‘plik) kategoriyalarining borligi,
harakatlar (vaznlar) tizimi o‘rganishni qiyinlashtiradi.

Bu holatga yechim sifatida grammatika qoidalarini bosqichma-bosqich o‘rganish, ko‘p

mashq qilish va real muloqotda qo‘llash kabi usullarni aytish mumkin.

4. Dialektlar va klassik til farqi.

Arab tilining ko‘plab dialektlari mavjud bo‘lib, ular o‘rtasida sezilarli farqlar bor. Kitobiy

(Modern Standard Arabic — MSA) til va kundalik og‘zaki dialektlar o‘rtasida katta tafovut
mavjud. O‘rganuvchilar ko‘pincha qaysi tilni o‘rganish kerakligini aniqlay olmaydi.

Maqsadga qarab, dastlab klassik tilni yoki muayyan dialektni o‘rganishga qaror qilish va

keyinchalik boshqa shakllarni o‘zlashtirish bu holatga yechim bo‘la oladi.

5. Madaniy farqlar va kontekst.

Arab tili o‘ziga xos madaniy va ijtimoiy kontekstga ega. Ba’zi iboralar yoki gaplar

to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilinmaydi yoki noto‘g‘ri tushunilishi mumkin. Shu sababdan
madaniyatni bilmasdan tilni o‘rganish muloqotda qiyinchilik tug‘diradi. Bunga yechim arab
mamlakatlarining madaniyati, urf-odatlari bilan tanishish va tilni o‘rganishni madaniy
kontekst bilan birga olib borish.

6. Tilga bo‘lgan motivatsiya va doimiylik

.

Arab tili boshqa yevropa tillariga qaraganda murakkabligi sababli, ko‘plab

o‘rganuvchilar o‘rganishni davom ettirishda motivatsiyani yo‘qotadi. Doimiy mashq qilmaslik
esa bilimlarning unutulishiga olib keladi.

Aniq maqsad qo‘yish, tilni o‘rganish uchun muntazam vaqt ajratish va qiziqarli

metodlardan foydalanish motivatsiyani oshiradi.

Xulosa o‘rnida aytish kerakki, arab tilini oʻrganish jarayoni qiyin va ba’zan mashaqqatli

bo‘lishiga qaramay, unga sodiq va to‘g‘ri metodlar bilan yondashish orqali barcha
qiyinchiliklarni yengib o‘tish mumkin. Har bir qiyinchilik yangi imkoniyat sifatida qabul
qilinib, doimiy mashq va intilish orqali tilni mukammal egallash mumkin. Arab tili nafaqat til,
balki boy madaniyat va tarix darvozasi ekanini yodda tutish muhimdir.