Авторы

  • Nigora Ibragimova
    Buxoro davlat universiteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yopa.127078

Ключевые слова:

ekologik huquq ijtimoiy ekologik ta’minot huquqi ekologik huquqiy ta’lim ekologik ta’lim jarayoni ekologik ijtimoiy omillar ta’minoti

Аннотация

Maqolada mamlakatimizda ekologik huquq, atrof-muhit xavfsizlikni ta’minlash, ekologik madaniyatni shaklantirish hamda aholi turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan ekologik omillarga e’tiborni qaratishdan iborat.


background image

123

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

SJIF: 5.141

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON (YOʻPA)

EKOLOGIK XAVFSIZLIK INSON XAVFSIZLIGI OMILIDIR.

Ibragimova Nigora

Buxoro davlat universiteti

talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15705040

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-Iyun 2025 yil

Ma’qullandi: 14-Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 20-Iyun 2025 yil

Maqolada mamlakatimizda ekologik huquq, atrof-muhit
xavfsizlikni

ta’minlash,

ekologik

madaniyatni

shaklantirish hamda aholi turmush tarzini yaxshilashga
qaratilgan ekologik omillarga e’tiborni qaratishdan
iborat.

KEY WORDS

ekologik huquq, ijtimoiy ekologik
ta’minot huquqi, ekologik huquqiy
ta’lim, ekologik ta’lim jarayoni,
ekologik ijtimoiy omillar ta’minoti.

Ekologik muammolar butunjahon hamjamiyatini tashvishga solayotgan hamda ekologik

muammoga aylangan bugungi sharoitda yanada dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ekologik
madaniyatni ta’minlash maqsadida yurtimizda, aholining ta’lim-tarbiyasiga va qulay tabiiy
muhitga ega bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, tabiiy resurslardan o‘rinli
foydalanish, yuzaga kelayotgan ekologik muammolarning oldini olish va salbiy oqibatlarini
bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratib kelmoqda. Atrof-muhit muhofazasi, tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish, ekologik xavfsizlikka oid 20 dan ortiq qonunlar va yuzlab
qonunosti hujjatlari qabul qilinib hayotga tatbiq qilinmoqda.

Hozirgi globallashuv taraqqiyot davrida erishilgan natijalar tahlil etilar ekan,

mamlakatimiz aholisi oldiga qo‘yilgan oliyjanob maqsadimiz yo‘lida salmoqli natijalarga
erishganimiz mumkin. Zero, ilm fanning rivojlanishi va uning erishgan yutuqlaridan kundalik
hayotda keng foydalanish jahon taraqqiyotining bugungi kundagi muhim xususiyatlaridan
biridir. Yangi ilmiy texnologiyalar asri, fan va uning natijalari jamiyat muammolarini bevosita
hal etishga imkon beradigan, eng yuksak samarali ishlab chiqarish kuchiga aylangan davrdir

Ekologik ta’lim-tarbiya masalasining rivojlanishi nafaqat inson turmush tarzini, balki

mamlakatlar va xalqlarning ijtimoiy siyosiy qiyofasini tubdan o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda, u
yoki bu davlatning jahon hamjamiyatidagi o‘rni, obro‘ e’tibori, kuch qudrati fan va
texnologiyalar taraqqiyoti bilan ham belgilanmoqda.

Ekologik ta’lim-tarbiya masalasi kelajagimizning shakli-shamoyilini yaratib berish,

ertangi kunimizning yo‘nalishlarini, tabiiy qonuniyatlarini, uning qanday bo‘lishini ko‘rsatib
berishdan iboratdir.

Demak, ekologik tizim rivojini, uning faol harakatini, mamlakat huquqiy hayotini, uning

kelajagini, ertangi ekologik-huquqiy faoliyat yo‘nalishlarini belgilab beradi. Ayniqsa,
ekologiyaga qaratilgan masalalarga e’tibor nafaqat ekologik-huquqiy tizimning o‘zi, balki u


background image

124

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

SJIF: 5.141

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON (YOʻPA)

bilan hamohang tarzda mamlakat rivojiga ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.

Yurtimizda va jamiyatimiz maqsad-mohiyatini, ekologik ta’lim-tarbiyaga yo‘naltirilgan

taraqqiyotimiz xususiyatlarini chuqur hamda to‘g‘ri anglab yetishda, amalga oshirilayotgan
barcha ishlar markazida inson, uning ekologik-huquq va erkinliklari hamda manfaatlari
yotishini tushunib olishda ekologik-huquqiy bilimlari yetakchi ahamiyatga egadir

O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha

Harakatlar strategiyasida aholining ehtiyojmand qatlamlari ijtimoiy himoyasi hamda keksalar
va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llabquvvatlashni kuchaytirish,
ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida davlat
xususiy sherikligini rivojlantirish, pensionerlar, nogiron, yolg‘iz keksalar, aholining boshqa
ehtiyojmand toifalarini to‘laqonli hayot kechirishlarini ta’minlash uchun ularga tibbiy-ijtimoiy
yordam ko‘rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish nazarda tutilganligi,
ijtimoiy sohani rivojlantirish har doim davlatimizning diqqat markazida ekanligidan dalolat
berib turibdi.

Mamlakatimizda yuritib kelinayotgan ijtimoiy siyosatning inson manfaatlari tomon

yo‘naltirilganligi eng avvalo, fuqarolarni ijtimoiy ta’minot olishga bo‘lgan huquqlari
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (39-modda) kafolatlanishi bilan birga ulardan
amalda to‘liq foydalanish uchun zarur huquqiy vositalar barpo etilganligi, moddiy va ijtimoiy
yordamlar olishning tashkiliy jihatdan ta’minlanganligida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu
sohadagi qonunchilikni takomillashtirilishi va rivojlantirilishida xalqimizning mehr-muruvvat
va saxovat ko‘rsatish borasidagi qadimiy milliy an’analarimiz hamda qadriyatlarimiz bilan bir
qatorda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga doir jahon standartlariga ham tayanib ish
ko‘rilayotgani davlatimizning demokratik va insonparvar qiyofasini yanada yaqqol namoyon
qilmoqda. Xususan, BMT tomonidan qabul qilingan “Inson huquqlari umumjahon
Deklaratsiyasi”, “Iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va madaniy huquqlar to‘g‘risida”gi xalqaro
Paktda va ularning fakultativ protokollarida fuqarolarning ijtimoiy ta’minot olishga bo‘lgan
huquqi va davlatning mazkur huquqni ta’minlash bilan bog‘liq majburiyatlari mustahkamlab
qo‘yilgan.

Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga tomon rivojlanish jarayonida

mamlakatimizda ekologik jihatlarga e’tibor qaratilgan holda jahon andozalariga mos
keladigan, joriy qilingan umuminsoniy va demokratik ekologik qadriyatlar asosiga qurilgan
qonunchilik tizimi barpo etildi, bu yangi tizim o‘z mohiyatiga ko‘ra inson haq-huquqlarini har
tomonlama tan olish, hech bir to‘siqlarsiz ro‘yobga chiqarilishini to‘la kafolatlashga
qaratilganligi bilan e’tiborga sazovordir.

Ekologik holatni yaxshilashga qaratilgan yangi vazifalaridan biri-aholini ekologik,

ijtimoiy himoyalash davlat siyosati va uning huquqiy ta’minlanishi jarayonlarini tahlil etish
hamda yagona tizimga solishdan iboratdir.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ekologik islohotlar samarasi sifatida yangicha

ijtimoiy munosabatlar shakllanib va rivojlanib bormoqda. Ushbu talab ekologik, ijtimoiy
ta’minot huquqi ham to‘la taalluqli bo‘lib, bozor munosabatlari jamiyatda turli mulkiy ahvolda
bo‘lgan aholi tabaqalari yuzaga kelishiga olib kelmoqda va natijada aholining muayyan qismi
ob’ektiv sabablarga ko‘ra ekologik holatni yanada yaxshilash uchun davlat va jamiyat
ko‘magiga muhtojdir.

Bizning nazarimizda ekologik muammolar mamakatimizda yuz berayotgan bozor


background image

125

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

SJIF: 5.141

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON (YOʻPA)

munosabatlari jarayoni bilan bog‘liq ravishda quyidagi yo‘nalishlarda rivojlantirilishi lozim:

- atrof-muhitga jiddiy e’tibor qaratish orqali davlat tizimi bilan bir qatorda uning

nodavlat shakllarini kengaytirish va bu sohada fundamental tadqiqotlar yo‘lga qo‘yilishi;

- aholini ekologik madaniyatini shakllantirish va atroflicha o‘rganilishi va kelajakda bu

munosabatlarining ijtimoiy ekologik ta’minot jihatlariga urg‘u berilgani holda ilmiy
tadqiqotlar amalga oshirilishi kerak.

Mamlakatimizda yuz berayotgan barcha ijobiy o‘zgarishlar va erishayotgan

yutuqlarimizni o‘zida aks ettirishi, eng muhimi, inson, uning ekologik huquq va manfaatlari
eng oliy qadriyat ekani haqidagi g‘oyalarimizga asoslangan bo‘lishi lozim.

Ekologik munosabatlarni huquqiy tartibga solish uchun milliy va xalqaro huquqda

ekologik me’yorlar hamda qoidalarni tabiat qonuniyatlariga mos ravishda ishlab chiqish,
ularni vakolatli organ, tashkilot yoki hamjamiyatlar tomonidan qabul qilish, uning
ishtirokchilari o‘rtasida ushbu me’yorlarni umummajburiy kuchga ega qilish va albatta,
huquqbuzarlarga nisbatan yuridik oqibatlarni keltirib chiqarish mexanizmini yaratish zarur.
Aks holda, atrof-muhitni muhofaza qilishni huquqiy jihatdan tartibga solish imkoniyatini
yuzaga chiqarish aslo mumkin emas.

Zero, ekologik munosabatlarni huquqiy tartibga solish nafaqat atrof-muhit

muhofazasiga, balki xalqlar va davlatlar o‘rtasida barcha mahalliy, regional va global
masalalarni demokratik yusinda hal qilish hamda insoniyatni barqaror rivojlanish
tamoyillariga rioya qilishga olib keladi.

Foydalanilgan va tavsiya etiladigan adabiyotlar:

1. Avesto. Tarixiy adabiy yodgorlik.-T.: «SHark», 2001.
2. Aholi uchun yuridik ma’lumotnoma. 1-6 sonlar.-T.: Adolat, 1994-1995
3. Kobilov SH.R. Ekologiya konunchililini buzganlik uchun yuridik javobgarlik.-T.: Fan,2001
4. Ekologiya huquqi. (M.B.Usmonov taxriri ostida).-T.: Adabiyot jamgarmasi, 2001
5. O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” gi Qonun //O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlis Axborotnomasi. - Toshket: 1999. - №1 – 20 modda.

Библиографические ссылки

Avesto. Tarixiy adabiy yodgorlik.-T.: «SHark», 2001.

Aholi uchun yuridik ma’lumotnoma. 1-6 sonlar.-T.: Adolat, 1994-1995

Kobilov SH.R. Ekologiya konunchililini buzganlik uchun yuridik javobgarlik.-T.: Fan,2001

Ekologiya huquqi. (M.B.Usmonov taxriri ostida).-T.: Adabiyot jamgarmasi, 2001

O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” gi Qonun //O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Axborotnomasi. - Toshket: 1999. - №1 – 20 modda.