101
YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI
SJIF: 5.141
www.in-academy.uz
3-JILD, 6-SON (YOʻPA)
SIYOSIY MATN TARJIMASINING NAZARIY
ETIMOLOGIYASI
Elshod Amirkulov Toshtemir o`g`li
Turon universiteti
G`arb tillari kafedrasi o`qituvchisi
Elshodamirkulov1997@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15689792
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 10-Iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 14-Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 18-Iyun 2025 yil
Ushbu maqolada siyosiy matn tarjimasining tarixi,
genesisi va tarjima haqidagi ilk nazariy fikrlar haqida
soʻz yuritiladi. Siyosiy matnlar tarjimasi xalqaro
munosabatlarda muhim koʻprik vazifasini oʻtaydi. Chunki
bu orqali milliy manfaatlar va xalqaro munosabatlar
ifodo etilishi tufayli bunday tarjima turi tarjimondan eng
murakkab, ilgʻor, nozik va oʻta muhim masalalarni toʻliq
tushuna olishi kerakligini talab qiladi. Tarixda ham
tarjimonlarning bu kabi masalalarni hal etish boʻyicha
oʻlgʻa surgan usullari ushbu maqolada keltirilib oʻtiladi.
Shuningdek, sharq va gʻarb tarjimonchilik maktablari va
ulardagi faoliyat koʻrsatgan yetuk tarjimonlar ishlari
haqida ham toʻliq maʻlumot beriladi.
KEY WORDS
: tarjima tarixi, siyosiy savodxonlik,
entsiklopedik
lugʻat,
nazariy
tushuncha, siyosiy vaziyat
Ilk davrlardan buyon har bir asrning tarixiy qiyofasini oʻsha asrning avvalambor siyosiy,
ijtimoiy, madaniy xolati yaratib bergan. Quldorlik, feodal, sotsialistik, kommunistik siyosiy
tizimlarining oʻrnatilishi yoki barbod etilishi bilan mamlakatlarning taqdiri belgilangan.
Ibtidoiy jamiyat davridan boshlangan oila, qabila, urugʻ jamoachiligida mavjud boʻlmish
boshqaruv faoliyati ilk siyosat tushunchasiga asos boʻla oladi.
Maʻlumki, aynan oʻsha urugʻchilik davridan oʻzaro boshqa urugʻlar bilan ham aloqa olib
borishga boʻlgan extiyojning oʻsishi natijasida, tilmochlik faoliyati yuzaga kelib asta-sekin
rivojlana borgan. Urugʻlararo mahsulot ayriboshlash, nikoh tuzish, hududiy chegara boʻlishish
singari kelishuvlarni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish zarurati bilan tom maʻnoda siyosiy
tarjimonlikning ham ana shu qadar erta dunyoga kelganligini taʻkidlab oʻtish joizdir.
Xozirgi zamonamizda jamiyat hayotini siyosiy axborotlarsiz tasavvur qila olmaymiz.
Insonlarga kundalik zarur boʻlgan bunday maʻlumot, xabarlar oʻzga tillardan adekvat tarzda
oʻgirilib yetkazilishi darkor. Aks holda, tarjimonning aybi – tilni mukammal bilmasligi yohud
siyosiy savodsizligi oqibatida boshqa chet mamlakat haqida notoʻgʻri fikr tugʻilishi mumkin.
Shu tufayli tarjimondan siyosiy matnlarni tarjima qilishda lisoniy bilimlar bilan birga
gʻayrilisoniy entsiklopedik bilimlar ham talab etiladi. [1:52-53]
Tarjima jarayonlari yer yuzidagi xalqlarning insoniyat sivilizatsiyasini birgalikda, yaqin
hamkorlikda yaratib borganini koʻrsatadi. Dastlabki tarjimalar insoniyatning bir-biriga tomon
ochgan karvon yoʻlIarida tugʻilgan. Ilk tarjima namunalari odamzodning yodida qolmagan.
Lekin ular odam, non, ota, ona, uka, singil, oy, osmon, yer, yoʻl kabi soʻzlardan va ularning
102
YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI
SJIF: 5.141
www.in-academy.uz
3-JILD, 6-SON (YOʻPA)
boshqa tillarga tarjimalaridan iborat boʻlganligini tasavvur qilish qiyin emas. Miloddan avvalgi
III-I asrlardagi ellinizm madaniyati deb ilmda atalib kelayotgan madaniyat gullab yashnagan
davrlarda Aleksandr Makedonskiy Sharqqa - Turon, Xitoy, Shimoliy Hindistonga
yurishlaridan soʻng Aleksandriya, Pergam, Antioxiya degan yangi madaniy shaharlarda
dunyoning yangi madaniyat markazlari bino boʻldi.
Bu yerlarda yunoncha museyon deb ataladigan qiroatxonalar va kutubxonalar vujudga
keldi. Mana shu Aleksandriyada Ptolemey Fitadelf II zamonida miloddan avvalgi 285-246
yillarda butun insoniyat sivilizatsiyasining taqdiriga juda kuchli taʻsir koʻrsatgan, tarixda
buyuk bir oʻzgarish yasagan tengsiz bir voqea boʻlib oʻtdi. “Tavrot”ning eng qadimgi besh
muqaddas kitobi yunon tiliga tarjima qilindi. Bu tarjima insoniyat tarixiga “Septuaginta” nomi
bilan kirdi.
Tarjima jarayonining oʻzi ham gʻoyatda ustalik hamda bilimdonlik, donishmandlik bilan
tashkil etildi. Butun ilm olamidan maxsus tanlab olingan yetmishta til bilimdoni toʻplab
kelindi. Yetmish olim bir-biridan mutlaqo xabari boʻlmagan holda qadimiy oromiy-ivrit tilidan
yunon tiliga “Tavrot”ning dastlabki besh muqaddas kitobini oʻgirdi. “Septuaginta”ning maʻnosi
ana shundan, yaʻni yetmish shorih (sharhlovchi) talqini deganidir. Shu tariqa “Tavrot”ning
saqlanib qolgan yagona ivrit-oromiy nusxasidan yetmishta yunon tilidagi tarjima nusxalari
yaratildi. [1:56-57]
Tarjima haqida ilk nazariy fikrlar dastlab qadim Rimda yuzaga kelgan edi. Yunon va lotin
tillarini mukammal bilgan Aristotel, Sitseron va Goratsiy tarjima jarayonida soʻz ketidan
quvish yaramaydi, ularning maʼno ifodalarini avval tarozida oʻlchab, keyin tarjima qilish
maʼqul, degan fikrni bildirganlar. Keyinchalik Italiyada Bartolomeo va Manetti, Fransiyada dyu
Belle va Malerb, Angliyada Bekon va Drayden, Germaniyada Gyote va Gumboldt, Rossiyada
Lomonosov va Sumarokov tarjima xususida oʻz nazariy tushunchalarini bildirib oʻtganlar.
Oʻzbek qadimgi siyosiy adabiyotilarida ham tarjimachilik qadimdan rivojlangan.
Mahmud Koshgʻariy, Rabgʻuziy, Qutb, Navoiy, Bobur, Munis, Ogahiy va boshqa ijodida tarjima
katta oʻrin egallaydi. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy kabi olimlar oʻz asarlarini arab tilida yozdilar.
359 yilda vafot qilgan olim Abu Bakr Muhammad bin Jaʻfariy Narshaxiy Buxoro tarixiga oyid
«Tahqiqul-viloyat» (Oʻlkani oʻrganish) nomli asarini yozdi. Bu asar fors tiliga, keyingi
davrlarda rus tiliga ham tarjima qilindi. Eng qadimiy asarlardan biri 922 yilda vafot qilgan
Abu Jaʻfar Muhammad bin Jarir Tabariyning «Tarixi Tabariy» nomli bir necha tomli asari
boʻlib, 963 yilda Buxoroda somoniy amirlarining saroyida vazir boʻlgan Mir Abu Ali bin
Muhammad Balʻamiy tojikchaga qisqartib tarjima etgan. Keyinchalik bu asarning oʻzi ham
boshqa tillarga tarjima qilingan.
XVIII asrning boshlarida Muhammad Yusuf Munshi bin xoʻja Baqo yozgan (“Tarixi
Muqimxoniy”) nomli asarni Ogahiy tarjima qilgan. Shoir oʻzining devoniga yozgan
muqaddimasida bu kitobni (“Tazkirai Muqimxoniy”) nomi bilan tarjima qilganini aytib oʻtadi.
Atoullo bin Fazullo Husayniy (“Ravzatul-ahbob"), varaqlar. Usmonli turk tilidan tarjima
qilingan katta asarlardan biri Ibrohim Haqqiyning (“Tarixi umumiy”) nomli asaridir. Bu asar
Istanbulda 1889-yilda bosilgan, uni 1908- yilda domla Roʻzmuhammad Xorazmiy Firuzning
topshirigʻi bilan tarjima qilgan.
1953-yili Xalqaro tarjimonlar uyushmasi – FIT (Federation Internationale des
Traducteurs) ning tashkil qilinishi tarjimon va tarjimashunoslar faoliyatining yanada ravnaq
topishida muhim roʻl oʻynadi. 1955-yildan uyushma organi “Babel” (“Bobil”) jurnali nashr
103
YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI
SJIF: 5.141
www.in-academy.uz
3-JILD, 6-SON (YOʻPA)
etila boshlandi. Bu yillarda turli mamlakat olimlarining tarjima nazariyasi muammolariga
bagʻishlangan tadqiqotlari birin-ketin bosilib chiqdi. Ular orasida fransuz olimi Jorj
Munenning “Goʻzal, ammo bevafo”, ingliz olimi Teodor Savorining “Tarjima sanʼati” kitoblari
oʻsha davrda muhim ahamiyat kasb etdi. [3:16-17]
Davrlar oʻtgani sari tarjimaga boʻlgan talablar yangilana boradi. Ammo uning ijodiy
xarakteri, qayta yaratish sanʼati ekanligi oʻzgarmaydi. Tarjimaning koʻlami va taraqqiyoti har
bir xalqning maʼrifiy darajasiga bogʻliq va, oʻz navbatida, u millatning ijtimoiy tafakkuriga
samarali taʼsir etadi.
Siyosiy tarjima – bu siyosiy matnni
asliyat tilidan tarjima tiliga ogʻirish boʻlib, bu jarayonda siyosatchi tarjimondan siyosiy matnga
xolis yondoshish, oʻz fikri, pozitsiyasining taʻsirini oʻtkazmaslik, keng ensiklopedik va
zamonaviy informatsion bilimlarga ega boʻlishi talab qilinadi. Siyosiy matnlarni tarjima
qiluvchi tarjimon birinchi navbatda mos leksikani mukammal egallagan boʻlishi lozim. [2:13-
14]
XX asrda oʻzbek tilidagi siyosiy maʻruzalar avvalambor rus tiliga soʻngra esa boshqa
xorijiy tillarga tarjima qilish vaziyati koʻp kuzatilgan. Oʻzbek tilida ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-
siyosiy adabiyotlar tarjimachiligida R. Abduraxdyunov, V. Rahimov, A. Shomahmudov,
Z.Tincherova kabi tarjimonlar katta yutuqlarga erishishgan.
Bundan tashqari, 60-yillarda N. Vladimirova, J. Sharipov, Gʻ. Salomov, Yu. Poʻlatov, J.
Boʻronov, A. S. Aznaurova, A. Abduazizov, Q. Musayev, G. Gʻafurova, S. Salomova, N. Komilov
singari tarjimashunos olimlar tomonidan yaratilgan ijtimoiy-siyosiy sohalar boʻyicha ilmiy
tadqiqotlar Oʻzbekistonda ham siyosiy tarjima borasida keng koʻlamda izlanishlar olib
borilganidan dalolatdir.
Tarjima faoliyatining koʻpgina turlariga xos boʻlgani singari ijtimoiy-siyosiy tarjimaga
ham umuman nomutanosib boʻlgan talablar qoʻyiladi: u yuqori darajada tezkor va maksimal
darajada aniq va siyosiy jihatdan toʻgʻri boʻlishi lozim. Siyosiy tarjima - bu faqatgina iboralarni
soʻzma-soʻz shakllantirish emas, balki bu yana boshqa davlatning madaniy anʻanalarini
anglash hamdir. [4:2-3]
Tarjima qilinayotgan matning mohiyatini ifodalab bera olish uchun siyosiy tarjimani
amalga oshirish chogʻida boshqa mamlakat hayotining oʻziga xos xususiyatlari haqida ham,
undagi siyosiy vaziyatlar, aholining kayfiyati va ruhiyati haqida va uning hayotidagi boshqa
jabha masalalari toʻgʻrisida ham keng maʻlumotga ega boʻlishi kerak.
Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, siyosiy matn tarjimasining tarixi, etimologiyasini
oʻrganish ushbu soha tarjimonlari uchun juda ulkan bilimlar manbaini ochish hisoblandi.
Chunki oldingi davr tarjimonlar ishlarini oʻrganish, ular qoʻllagan usul va metodlarni hozirgi
zamon tarjima metodlari bilan solishtirish orqali joriy tarjimonlar juda katta yutuqlarni qoʻlga
kiritishlari mumkin. Shuningdek, sharq va gʻarb tarjimachilik maktablarining yetuk
namoyondalarining tarjima asalarni oʻrganish ikkila madaniyat oʻrtasidagi oʻxshash va farqli
jihatlarini oʻrganishga katta yoʻl ochib beradi. Siyosiy matnlar tarjimasi bilan ish olib borgan
XX asr oʻzbek tarjimonlari ham tarjimaning ushbu yoʻnalishni yurtimizda yanada kengroq
oʻrganilishiga va bu soha turning yangi avlodga oʻqitilishiga oʻzlaring ilmiy ishlari billan katta
hissa qoʻshishgan. Umuman olganda tarjimaning bu turi bizda hali yanada keng oʻrganilishi va
tadqiq etilishi kelajak avlod oldida turgan katta vazifalardan biri hisoblanadi.
References:
104
YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI
SJIF: 5.141
www.in-academy.uz
3-JILD, 6-SON (YOʻPA)
[1] Tarjima nazariyasi: Oliy oʻquv yurtlari uchun oʻquv qoʻllanma I.Gʻofurov, O,Moʻminov,
N.Qambarov. - Toshkent :Tafakkur-Boʻstoni, 2012. b.52-53.
[2] Z.F.Zaynutdinov. 2013. Oʻzbek tilidan xitoy tiliga siyosiy matnlar tarjimasi va uning oʻziga
xosliklari, b.13-14.
[3] Gʻafurov I. Tarjimshunoslik mutaxassisligiga kirish. – T., 2008.b.16-17
[4] M.A.Nugumanova. 2013.The importance of translation in political life. Karaganda State
Technical University, p.2-3.