Авторы

  • Madina Olimova
    Qo’qon Universiteti Andijon Filiali Fto’(Ing) 1-Kurs Talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yopa.127087

Ключевые слова:

xorijiy tillar turizm muloqot xizmat sifati madaniy almashinuv xalqaro hamkorlik ingliz tili til bilimi sayyohlik raqobatbardoshlik.

Аннотация

Ushbu maqolada xorijiy tillarni bilishning turizm sohasidagi ahamiyati yoritilgan. Globalizatsiya jarayonida turizm tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan bir davrda, xorijiy tillarni bilish mehmonlarga sifatli xizmat ko‘rsatish, madaniy muloqotni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Maqolada turizm sohasida faoliyat yurituvchi xodimlar uchun ingliz, rus, arab va boshqa tillarni bilish zarurati asoslab berilgan hamda bu tillarni o‘rganishning amaliy foydalari misollar asosida ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, maqolada xorijiy tillarni bilish orqali turistik xizmatlar sifati oshishi va mamlakatning jahon turizm bozoridagi raqobatbardoshligi kuchayishi mumkinligi ta’kidlangan.


background image

96

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 06 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

XORIJIY TILLARNI BILISHNING TURIZMDA AHAMIYATI

Olimova Madina Xalimjon qizi

Qo’qon Universiteti Andijon Filiali Fto’(Ing) 1-Kurs Talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15684736

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-Iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 14-Iyun 2025 yil

Nashr qilindi: 17-Iyun 2025 yil

Ushbu maqolada xorijiy tillarni bilishning turizm
sohasidagi

ahamiyati

yoritilgan.

Globalizatsiya

jarayonida turizm tez sur’atlar bilan rivojlanib
borayotgan bir davrda, xorijiy tillarni bilish
mehmonlarga sifatli xizmat ko‘rsatish, madaniy
muloqotni

yo‘lga

qo‘yish,

shuningdek,

xalqaro

hamkorlikni mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat
qilmoqda. Maqolada turizm sohasida faoliyat yurituvchi
xodimlar uchun ingliz, rus, arab va boshqa tillarni bilish
zarurati asoslab berilgan hamda bu tillarni
o‘rganishning amaliy foydalari misollar asosida ko‘rsatib
o‘tilgan. Shuningdek, maqolada xorijiy tillarni bilish
orqali turistik xizmatlar sifati oshishi va mamlakatning
jahon turizm bozoridagi raqobatbardoshligi kuchayishi
mumkinligi ta’kidlangan.

KEY WORDS

xorijiy tillar, turizm, muloqot,
xizmat sifati, madaniy almashinuv,
xalqaro hamkorlik, ingliz tili, til
bilimi,

sayyohlik,

raqobatbardoshlik.

O’zbekistonda turizm sohasining rivojlanish tendensiyalari mamlakatimiz mustaqillikka

erishgach, davlat siyosatining muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida shakllandi.
Mustaqillik yillarida, O’zbekistonning tarixiy merosi, tabiiy boyliklari va madaniyati dunyo
miqyosida tanitilib, xalqaro turizm oqimlarini jalb qilish maqsadida qator islohotlar amalga
oshirildi.

Ammo bu yo„nalishdagi jadal rivojlanish aynan 2019-yildan boshlab yangi bosqichga

ko’tarildi, O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi tashkil etilib,
sektorni davlat siyosati darajasida qo’llab-quvvatlashga kirishildi. Islohotlar dastlab
mamlakatning turizm infratuzilmasini yaxshilashga qaratildi. Zamonaviy mehmonxonalar,
restoranlar, transport tarmoqlari qurilishi va yangilanishi orqali xizmat ko’rsatish sifati
xalqaro talablar darajasiga olib chiqildi. Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy
shaharlardagi aeroportlar xalqaro sertifikatlarga mos ravishda rekonstruktsiya qilindi, bu esa
chet el sayyohlariga qulaylik yaratdi. Shu bilan birga, milliy yo’llar va transport tizimlari ham
takomillashtirildi. Bugungi globallashuv davrida turizm sanoati dunyo miqyosida eng tez
rivojlanayotgan va iqtisodiy foyda keltiruvchi sohalardan biriga aylangan. Turizmning
rivojlanishi nafaqat mamlakat iqtisodiyoti, balki madaniy almashinuv, xalqaro aloqalar va
xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro tushunishni mustahkamlashda ham katta rol o‘ynaydi. Ana shu
jarayonda xorijiy tillarni bilish muhim


background image

97

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 06 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

vosita sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
Xorijiy tillar, ayniqsa ingliz tili, bugungi kunda xalqaro muloqot vositasi bo‘lib xizmat

qilmoqda. Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan gidlar, mehmonxona xodimlari,
restoranchilar, transport xizmati ko‘rsatuvchilar va boshqa mutaxassislar xorijiy tillarni
bilsalar, sayyohlarga sifatli va qulay xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa
sayyohning mamlakatga bo‘lgan ijobiy qarashini shakllantiradi va ularning sonining ortishiga
xizmat qiladi.

Shuningdek, xorijiy tillarni bilish orqali sayyohlar bilan bevosita muloqotga kirishish,

ularning ehtiyojlarini to‘g‘ri tushunish va xizmatlarni shunga mos tarzda taklif etish mumkin.
Ayniqsa, ingliz, rus, arab, xitoy kabi tillarni bilish xalqaro turizmda katta ustunlik beradi. Har
bir sayyoh o‘z ona tilida muloqot qila olmasa-da, ingliz tilida asosiy axborotni olish imkoniga
ega bo‘lishni istaydi.

Xorijiy tillarni bilish, shuningdek, turizm sohasidagi mutaxassislarning kasbiy

malakasini oshirishda, xorijiy tajribalarni o‘rganishda va xalqaro loyihalarda ishtirok etishda
ham muhim rol o‘ynaydi. Til bilimi orqali xorijiy hamkorlar bilan samarali aloqa o‘rnatish,
xalqaro ko‘rgazma va anjumanlarda qatnashish, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish
imkoniyati paydo bo‘ladi.

Bundan tashqari, xorijiy tillar madaniy tafakkur va dunyoqarashni kengaytiradi. Bu esa

mehmonlarga yondashuvda ochiqlik, bag‘rikenglik va madaniy sezgirlikni shakllantiradi.
Sayyoh o‘zini qadrlangan, tushunilgan deb his qilsa, u albatta, yana shu manzilga qaytishni
xohlaydi.