Авторы

  • Go`zal Bobomurodova
    Bixoro davlat tibbiyot instituti o`qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yopa.127089

Ключевые слова:

psixolingvistika muloqot nutqiy faoliyat kommunikativ kompetensiya emotsional idrok madaniy kontekst o‘zbek tili..

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek tilida samarali muloqot jarayonini ta’minlovchi psixolingvistik omillar tahlil qilinadi. Muloqotning kognitiv, emotsional, ijtimoiy va madaniy omillari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ochib beriladi. Shuningdek, lingvistik birliklarning psixologik qabul qilinishi, kommunikataviy kompetensiya, neverbal vositalar va nutqiy vaziyatlarga moslashuvning samarali muloqotdagi o‘rni asoslab berilgan. Maqola natijalari o‘zbek tilshunosligi va psixolingvistika kesishmasida olib borilayotgan tadqiqotlarga ilmiy asos bo‘la oladi.


background image

87

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 06 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

O‘ZBEK TILIDA PSIXOLINGVISTIK JIHATDAN SAMARALI

MULOQOTNI TA’MINLOVCHI OMILLAR

Bobomurodova Go`zal Olimovna

Bixoro davlat tibbiyot instituti o`qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15684271

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-Iyun 2025 yil

Ma’qullandi: 14-Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 17-Iyun 2025 yil

Ushbu maqolada o‘zbek tilida samarali muloqot
jarayonini ta’minlovchi psixolingvistik omillar tahlil
qilinadi. Muloqotning kognitiv, emotsional, ijtimoiy va
madaniy omillari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ochib
beriladi. Shuningdek, lingvistik birliklarning psixologik
qabul qilinishi, kommunikataviy kompetensiya, neverbal
vositalar va nutqiy vaziyatlarga moslashuvning samarali
muloqotdagi o‘rni asoslab berilgan. Maqola natijalari
o‘zbek tilshunosligi va psixolingvistika kesishmasida olib
borilayotgan tadqiqotlarga ilmiy asos bo‘la oladi.

KEY WORDS

psixolingvistika, muloqot, nutqiy
faoliyat,

kommunikativ

kompetensiya, emotsional idrok,
madaniy kontekst, o‘zbek tili..

Hozirgi davrda muloqot insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy hamkorlik, axborot almashinuvi va

shaxslararo munosabatlarning asosiy vositasi sifatida keng o‘rganilmoqda. Ayniqsa, til va
tafakkur o‘rtasidagi murakkab aloqalarni o‘rganadigan fan – psixolingvistika – nutqiy
faoliyatni chuqur tahlil qilish imkonini beradi. Bu yo‘nalishda olib borilayotgan tadqiqotlar
nafaqat til birliklarining shakli va funksiyasini, balki inson tafakkuri, emotsional holati, psixik
jarayonlari, madaniy va ijtimoiy kontekstlarni ham qamrab oladi.

Muloqotning samaradorligi uni tashkil etuvchi psixologik va lingvistik omillarning

uyg‘unligiga bog‘liq. Xususan, o‘zbek tilida nutqiy muloqot o‘zining madaniy, ijtimoiy, etik va
milliy xususiyatlari bilan boshqa tillardagi muloqot modellari bilan farqlanadi. Bu farqlarni
anglash va chuqur o‘rganish orqali muloqot jarayonini samarali tashkil etish imkoniyati paydo
bo‘ladi.

Bugungi kun tilshunosligida psixolingvistik jihatdan samarali muloqot masalasi dolzarb

ilmiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Chunki insonning til vositasida muloqotga kirishish
qobiliyati uning kognitiv tayyorgarligi, emotsional sezgirligi, ijtimoiy tajribasi va madaniy
kompetensiyasiga bevosita bog‘liqdir.

Mazkur maqolada o‘zbek tilida samarali muloqotni ta’minlovchi lingvistik, kognitiv,

emotsional, ijtimoiy va madaniy omillar psixolingvistik yondashuv asosida tahlil qilinadi.
Shuningdek, bu omillarning o‘zaro uyg‘unlashuvi, nutqiy faoliyatga ta’siri va o‘zbek tiliga xos
xususiyatlari yoritiladi.

Adabiyotlar tahlili.

O‘zbek tilida samarali muloqotning psixolingvistik jihatlarini

yoritishda qator xorijiy va mahalliy manbalardan foydalanildi. Bu manbalar muloqotning
psixologik, kognitiv, lingvistik va madaniy asoslarini tahlil qilishga xizmat qildi.

Psixolingvistik yondashuvga asos solgan N.I. Жинкинning “Механизмы речи” asarida

nutqning idrok qilinishi va yaratilishi jarayonlari, ichki va tashqi nutq farqlari, psixik


background image

88

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 06 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

reflekslar va idrok mexanizmlari tizimli yoritilgan. Mazkur ish nutqiy muloqotda inson
ongining qanday ishlashini ilmiy asosda tushunish imkonini beradi.

O‘zbek tilshunosligida psixolingvistika tamoyillarini milliy kontekstda tadqiq qilgan

mualliflar safida А. Хайдаров alohida o‘rin tutadi. Uning “Ўзбек тилида мулоқот нутқи:
психолингвистик ёндашув” nomli tadqiqoti o‘zbek tilida muloqotning madaniy, emotsional
va kontekstual jihatlarini ochib beradi. Unda suhbatdoshlar o‘rtasidagi ijtimoiy maqom,
nutqiy etiketa, va konnotativ vositalar asosida samarali muloqotga erishish yo‘llari tahlil
qilingan.

Psixolingvistik faoliyatda insonning shaxsiy va ijtimoiy tajribasi, emotsional holati,

tafakkur strukturalari bilan bog‘liq jihatlarni Н. Ҳотамов o‘zining “Инсон ва нутқ:
психолингвистик қарашлар” asarida tahlil qiladi. U muloqotda so‘zdan tashqari vositalar,
ichki motivlar va muloqotga tayyorlik darajasi muloqot sifatini aniqlovchi omillar ekanini
asoslaydi.

D. Hymes tomonidan ilgari surilgan kommunikativ kompetensiya nazariyasi esa tilni

nafaqat grammatik to‘g‘rilik, balki uni ijtimoiy jihatdan to‘g‘ri ishlatish, nutq vaziyatiga
moslashtirish qobiliyati sifatida talqin etadi. Bu nazariya maqolada muloqot samaradorligini
baholovchi asosiy mezonlardan biri sifatida ishlatilgan.

O‘zbek milliy muloqot madaniyatini o‘rganishda У. Турсуновning “Ўзбек тилида

мулоқот маданияти ва этик меъёрлар” nomli risolasi muhim manba bo‘ldi. Unda o‘zbek
xalqiga xos duo-so‘zlar, maqollar, salomlashuv andozalari va jest-mimika kabi neverbal
vositalarning madaniy asoslari tahlil qilinadi. Ushbu manba maqola doirasida madaniy va
milliy omillarning psixolingvistik tahliliga asos bo‘lib xizmat qildi.

Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek tilida samarali muloqotga erishish uchun

lingvistik, psixologik, sotsiokulturniy va emotsional jihatlar uyg‘unligi zarur. Foydalanilgan
manbalar nafaqat nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan, balki maqola muallifining psixolingvistik
tahlilini chuqurlashtirishga ham imkon yaratgan.

Metod va metodologiya.

Mazkur ilmiy maqola psixolingvistika, nutqiy muloqot

nazariyasi va kognitiv tilshunoslik doirasidagi qarashlarga tayangan holda, interfandisziplinar
(fanlararo) yondashuv asosida amalga oshirildi. Tadqiqotda o‘zbek tilidagi muloqot jarayonini
tahlil qilish uchun bir qator nazariy va amaliy metodlardan foydalanildi.

Metodologik asoslar. Maqola quyidagi metodologik yondashuvlarga tayangan:

Psixolingvistik yondashuv – til va tafakkur, nutq va emotsiya, idrok va muloqotning

o‘zaro munosabatini o‘rganish;

Kognitiv yondashuv – inson ongining axborotni qanday qabul qilishi, qayta ishlashi va

til vositalari orqali ifodalash jarayonlarini tahlil qilish;

Sotsiomadaniy yondashuv – o‘zbek tilida muloqotga ta’sir qiluvchi madaniy me’yorlar,

ijtimoiy maqomlar, etik qadriyatlarni o‘rganish.

Tadqiqot metodlari.

1.

Tahliliy-deskriptiv metod. Muloqotning psixolingvistik tarkibini aniqlash,

emotsional va kognitiv komponentlarni tasvirlash va tahlil qilishda qo‘llanildi. O‘zbek tiliga
xos lingvistik birliklar va muloqot andozalari semantik va pragmatik jihatdan sharhlandi.

2.

Qiyosiy metod.

O‘zbekcha muloqotning ba’zi jihatlari boshqa tillardagi

kommunikativ model bilan solishtirildi (masalan: kinoya, urg‘u, so‘zlashuv etiketi).

3.

Kontent-tahlil (mazmuniy tahlil). Real nutqiy namunalar (og‘zaki va yozma


background image

89

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 06 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

muloqotlar) asosida emotsional intonatsiyalar, neverbal vositalar va konnotativ birliklarning
funksional xususiyatlari o‘rganildi.

4.

Empirik kuzatuv usuli. Talabalar, pedagoglar va kundalik muloqot

ishtirokchilari nutqi kuzatilib, ularning psixolingvistik faoliyatida qanday strategiyalar
ishlatilayotgani aniqlashtirildi.

5.

Ilmiy adabiyotlar sharhi. Mavzuga oid nazariy manbalar, xorijiy va mahalliy

tadqiqotlar o‘rganilib, psixolingvistik tahlil uchun asosiy tushunchalar ajratib olindi.

Tadqiqot natijalari.

O‘zbek tilida samarali muloqotni psixolingvistik nuqtayi nazardan

o‘rganish asosida olib borilgan nazariy tahlillar, kuzatuvlar, nutqiy faoliyat namunalarining
kontent-tahlili va amaliy kuzatishlar quyidagi ilmiy natijalarni aniqlashga imkon berdi:

Samarali muloqot kompleks omillar uyg‘unligi asosida yuzaga chiqadi. O‘zbek tilida

samarali muloqot faqatgina to‘g‘ri grammatik qurilgan gaplar emas, balki kognitiv faollik,
emotsional ohang, kommunikativ strategiyalar, madaniy kontekstga moslashish, neverbal
vositalardan foydalanish kabi omillarning o‘zaro uyg‘unlashuvi orqali yuzaga chiqadi. Bu holat
ayniqsa ijtimoiy maqomga ega muloqotlarda yaqqol ko‘zga tashlandi.

O‘zbek tilida emotsional-intonatsion vositalarning ahamiyati yuqori. Kuzatuvlar shuni

ko‘rsatdiki, o‘zbek tilida intonatsiya, urg‘u va pauzalar muloqot ishtirokchilari orasidagi hissiy
holatni ifodalashda, masofani belgilashda va bahoni anglatishda muhim ahamiyatga ega. Shu
bilan birga, bir xil so‘zning ohangga ko‘ra turlicha ma’no kasb etishi — muloqotni tushunishda
psixolingvistik idrokning rolini tasdiqlaydi.

O‘zbek tilida neverbal vositalar og‘zaki nutqni faol qo‘llab-quvvatlaydi. Tadqiqotda

aniqlanishicha, mimika, qo‘l harakatlari, ko‘z bilan aloqa, tana holatining o‘zgarishi kabi
neverbal vositalar o‘zbek madaniy muloqotida nutqni to‘ldiribgina qolmay, uning psixologik
mazmunini ham kuchaytiradi. Talabalarda olib borilgan kuzatuvda muloqot paytida nutqdan
ko‘ra ko‘proq tana tili vositalari yordamida ma’lumot yetkazilishi holatlari qayd etildi.

Muloqot strategiyalari ijtimoiy vaziyat va suhbatdosh maqomiga mos tanlanadi. O‘zbek

tilida muloqot ishtirokchilari, ayniqsa, yosh, jins, ijtimoiy maqom va tanishlik darajasiga qarab
nutq uslubini sezilarli darajada o‘zgartiradi. Suhbatdosh tanlashda “siz-sen” kabi grammatika
vositalari orqali masofa va hurmat ifodalanadi. Bu esa muloqotda psixolingvistik
moslashuvchanlik mavjudligini ko‘rsatadi.

Nutqiy etiketa va milliy qadriyatlar samarali muloqotda muhim rol o‘ynaydi. Muloqot

madaniyati jihatidan olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek tilida do‘stona, iliq va
odobli muloqotga intilish – milliy mentalitetga xos hodisa bo‘lib, bu holat muloqot
samaradorligini oshiruvchi omil sifatida qaraladi. Tadqiqotda talabalarning muloqotida tez-
tez uchraydigan duo, maqol, izhoriy iboralar (masalan: “baraka toping”, “rahmatli bo‘ling”)
muloqotni hissiy jihatdan boyitishda faol ishlatilgan.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, o‘zbek tilida psixolingvistik jihatdan samarali muloqotga

erishish uchun nafaqat til birliklarini, balki inson psixikasi, emotsional idrok, sotsiomadaniy
kompetensiya va nutqiy kontekstni kompleks ravishda hisobga olish zarur. Bu holat
psixolingvistika va tilshunoslik kesishmasida muloqot jarayonini yanada samarali tashkil
qilishga zamin yaratadi.


Asosiy qism.

Lingvistik va kognitiv tayyorgarlik.

Tilshunoslar fikricha, samarali muloqot

uchun leksik va grammatik boylik yetarli bo‘lishi bilan birga, kognitiv tayyorgarlik – ya’ni


background image

90

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 06 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

axborotni tez va to‘g‘ri qayta ishlash, kontekstni anglash, assotsiatsiyalarni yaratish salohiyati
ham muhim hisoblanadi. O‘zbek tilida ko‘p ma’noli, iborali so‘zlar ko‘pligi muloqotda tafakkur
tezligini va anglash doirasini kengaytiradi.

Kommunikativ kompetensiya.

Dell Hymes tomonidan ishlab chiqilgan kommunikativ

kompetensiya nazariyasiga ko‘ra, muloqot faqat grammatik to‘g‘rilik emas, balki kontekstga,
suhbatdoshga va vaziyatga moslashgan ifodalar tanlashni talab etadi. O‘zbek tilida bu jihat
“siz-sen”, “hurmatli-so‘zlashuvchilik” ifodalari orqali yaqqol namoyon bo‘ladi.

Emotsional-intonatsion vositalar.

Samarali muloqotda intonatsiya, pauza, urg‘u kabi

paralingvistik vositalarning o‘rni beqiyos. O‘zbek tilida ohang o‘zgarishi orqali turli
emotsional holatlar ifodalanadi: masalan, “Nima?” so‘zining hayrat, g‘azab yoki
tushunmovchilik ifodasi sifatida ishlatilishi.

Neverbal vositalarning ahamiyati.

Psixolingvistik yondashuvga ko‘ra, insonlar o‘rtasidagi

muloqotning 60% dan ortig‘i neverbal vositalar orqali amalga oshiriladi. O‘zbek madaniyatida
boshni egish, qo‘lni ko‘ksiga qo‘yish, ko‘z bilan aloqa qilish kabi vositalar og‘zaki nutqni
to‘ldirib, tushunishni samarali qiladi.

Ijtimoiy-psixologik omillar.

Muloqot ishtirokchilari o‘rtasidagi ishonch, hurmat, e’tibor va

tayyorlik darajasi muloqot samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbek ijtimoiy muhitida
muloqotda katta yoshga hurmat, ijtimoiy maqomga mos til tanlash – ijtimoiy-psixologik
omillar sifatida namoyon bo‘ladi.

Madaniy kontekst va nutq etiketi.

Milliy madaniyat muloqot modelining psixolingvistik

asosi hisoblanadi. O‘zbek tilida ko‘plab madaniy barqaror iboralar – duo, maqol, iboralar
(masalan: “Ko‘nglingiz to‘q bo‘lsin”, “Qadam ranju bo‘lmasin”) – hissiy yuklamali va muloqotni
iliq muhitda olib borishga xizmat qiladi.

Xulosa.

Tadqiqot davomida o‘zbek tilida psixolingvistik jihatdan samarali muloqotni

ta’minlovchi omillar har tomonlama tahlil qilindi. Olingan ilmiy natijalar asosida quyidagi
xulosalarga kelindi:

1.

Samarali muloqot bu – faqat grammatik jihatdan to‘g‘ri gapirish emas, balki

nutqiy jarayonda kognitiv, emotsional, ijtimoiy va madaniy omillar uyg‘unligida yuzaga
keladigan ko‘p qatlamli psixolingvistik faoliyatdir.

2.

O‘zbek tilida intonatsion vositalar, so‘zdan tashqari ifodalar (neverbal belgilar)

va nutqiy etiketa elementlari kommunikativ jarayonni boyitadi va muloqotning
ta’sirchanligini oshiradi.

3.

Muloqotda suhbatdoshning yoshi, jinsiy belgisi, ijtimoiy maqomi va madaniy

muhitiga qarab til vositalarini ongli tanlash — samarali psixolingvistik moslashuv belgilaridan
biridir.

4.

O‘zbek tilida nutqiy madaniyat va etika me’yorlari, ya’ni duo-so‘zlar, maqollar,

salomlashuv andozalari muloqotni iliq, mazmunli va ijtimoiy maqbul holatda olib borishda
muhim vositadir.

5.

Tilshunoslik va psixologiyaning tutash nuqtasida turuvchi bu mavzu muloqot

sifatini yaxshilash, til o‘rgatish, pedagogik faoliyat va ijtimoiy psixologik muhitni rivojlantirish
uchun zarur nazariy va amaliy asoslarni beradi.


Takliflar

1.

O‘quv dasturlarida (xususan, filologiya, pedagogika, psixologiya yo‘nalishlarida)


background image

91

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 06 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

“psixolingvistik muloqot”, “madaniyatlararo muloqot” kabi modul kurslarni joriy qilish zarur.
Bu orqali talabalar muloqotda faqat til emas, balki shaxs va tafakkur omillarining o‘rnini
chuqurroq anglaydilar.

2.

Tarbiyaviy va axborot-tarbiyaviy tadbirlarda o‘zbek tilining emotsional,

madaniy va etik vositalarini to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha maxsus treninglar tashkil etilishi lozim.

3.

Tilni o‘rganishga oid darsliklar va qo‘llanmalarda kommunikativ

kompetensiyani rivojlantiruvchi topshiriqlar sonini ko‘paytirish, muloqot uslublari, vaziyatli
suhbatlar tahlilini kiritish taklif etiladi.

4.

Ilmiy-tadqiqot ishlarida o‘zbek tilidagi muloqotning neverbal jihatlari, nutqiy

emotsiyalar va konnotativ vositalarni chuqurroq o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Bu yo‘nalish
hanuzgacha yetarli darajada o‘rganilmagan.

Jamiyatda nutq madaniyatini shakllantirish uchun ommaviy axborot vositalarida,

ijtimoiy tarmoqlarda madaniy muloqot namunalari targ‘ib qilinishi kerak. Psixolingvistik
jihatdan to‘g‘ri va ijobiy muloqot insonlararo ijtimoiy muhitni yaxshilaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Жинкин Н.И. Механизмы речи. – М.: Наука, 1972. – 200 с.

2.

Хайдаров А. Ўзбек тилида мулоқот нутқи: психолингвистик ёндашув. – Т.: Фан, 2017.

– 152 б.
3.

Ҳотамов Н. Инсон ва нутқ: психолингвистик қарашлар. – Т.: Ўқитувчи, 2002. – 130 б.

4.

Турсунов У. Ўзбек тилида мулоқот маданияти ва этик меъёрлар. – Т.: Истиқбол, 2020.

– 110 б.
5.

Hymes D. On Communicative Competence // Sociolinguistics / ed. by J.B. Pride, J. Holmes. –

Penguin Books, 1972. – P. 269–293.
6.

Вежбицкая А. Язык. Культура. Познание. – М.: Русские словари, 1996. – 336 с.

7.

Leontyev A.A. Психолингвистика. – М.: Смысл, 1999. – 284 с.

8.

Tomasello M. Constructing a Language: A Usage-Based Theory of Language Acquisition. –

Cambridge, MA: Harvard University Press, 2003. – 388 p.
9.

Ходжиев А. Миллий маънавият ва нутқ маданияти. – Т.: Маънавият, 2005. – 96 б.

10.

Назарова Г.Ф. Психолингвистика. Учебное пособие. – М.: Флинта, 2015. – 240 с.

Библиографические ссылки

Жинкин Н.И. Механизмы речи. – М.: Наука, 1972. – 200 с.

Хайдаров А. Ўзбек тилида мулоқот нутқи: психолингвистик ёндашув. – Т.: Фан, 2017. – 152 б.

Ҳотамов Н. Инсон ва нутқ: психолингвистик қарашлар. – Т.: Ўқитувчи, 2002. – 130 б.

Турсунов У. Ўзбек тилида мулоқот маданияти ва этик меъёрлар. – Т.: Истиқбол, 2020. – 110 б.

Hymes D. On Communicative Competence // Sociolinguistics / ed. by J.B. Pride, J. Holmes. – Penguin Books, 1972. – P. 269–293.

Вежбицкая А. Язык. Культура. Познание. – М.: Русские словари, 1996. – 336 с.

Leontyev A.A. Психолингвистика. – М.: Смысл, 1999. – 284 с.

Tomasello M. Constructing a Language: A Usage-Based Theory of Language Acquisition. – Cambridge, MA: Harvard University Press, 2003. – 388 p.

Ходжиев А. Миллий маънавият ва нутқ маданияти. – Т.: Маънавият, 2005. – 96 б.

Назарова Г.Ф. Психолингвистика. Учебное пособие. – М.: Флинта, 2015. – 240 с.