84
YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI
IF: 5.141
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue, 06 YO’PA
Volume 3 Issue 01 YOPA
IMOM MOTURIDIY: ISLOM FALSAFASI VA ILMINING
POYDEVORI SIFATIDA
Qozoqboyeva Mahliyo Komilovna
ToshDO‘TAU “Adabiyotshunoslik: o‘zbek adabiyoti”
yo‘nalishi 1-kurs magistranti
mahliyoqozoqboyeva3@gmail.com +998957719708
Ziyayeva Yulduz Temirxonovna
Ilmiy rahbar:
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori,
dotsent
https://doi.org/10.5281/zenodo.15680743
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 10-Iyun 2025 yil
Ma’qullandi: 14-Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 17-Iyun 2025 yil
Ushbu maqolada islom ta’limotining va aqidasining
yorqin vakillaridan biri Imom Moturidiyning kalom ilmi
sohasidagi o‘rni, moturidiylik maktabining asoschisi
sifatidagi roli hamda fiqh ilmidagi ilmiy merosi tahlil
qilingan.
KEY WORDS
moturudiylik maktabi, fiqh, kalom,
tafsir, falsafa, islom aqidasi, “Imom
Al-hudo”, “Ta’vilot al-Qur’on”.
IX-X asrlar islom ta’limotining taraqqiyot davri bo‘lib, bu davrda islom ta’limotida yetuk
allomalar ijod qilgan. Ulardan biri - Imom Moturidiy, u o‘zining aqidaviy qarashlari va ilmiy
me’rosi bilan beqiyos hissa qo‘shgan. Imom Moturidiy (Abu Mansur al-Moturidiy, 853-yil
Samarqand – 944-yil Samarqand) Samarqandning Moturid qishlog‘ida tavallud topgan.
Dastlab madrasada, keyinchalik hanafiy faqihlardan ta’lim olgan. Shu vaqt davomida u ko‘plab
islom ta’limotining olim va allomalari bilan suhbatda bo‘ladi, fiqh va islom aqidasi bo‘- yicha
ilmini yanada chuqurlashtirgan. Butun umri davomida islom dini, aqidasi, falsafsi va fiqh ilmi
bo‘yicha asarlar yozib qoldirgan. U “Imom Al-hudo” (“Hidoyat yo‘li imkoni”), “Imom al-
mutakallimin” (“Mutakallimlar imomi”) deb ulug‘langan. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, islom
dini kirib kelib, ravnaq topishni boshlagan paytida turli tuman guruh va firqalar paydo bo‘lib,
o‘zlarining tuzumiga mos ta’limotlarni da’vo qila boshlagan. Bu holat imon-e’tiqod borasida
turli ixtiloflarni keltirib chiqargan. O‘sha davrda guruhlar orasidan to‘g‘ri ta’limotni aniqlash
mushkul edi, shunday guruhlardan biri mu’taziliylar bo‘lib, ular aqidaviy masalalarni chuqur
tahlil qilishda va sharhlashda naqliy dalillardan aqliy dalillarni ustun qo‘yishdi. Bu holat esa
salaf hamda ahli hadis ulamolari orasida kalom ilmiga nisbatan tanqidiy fikrlarni paydo
bo‘lishiga olib bordi. Manashunday og‘ir va murakkab vaziyatda ulug‘ mutakallim Imom
Moturidiydek allomalar yetishib chiqdi va vujudga kelgan muammoli vaziyatlarni bartaraf
etishda o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Imom Moturidiy tafsir, fiqh va aqoid kabi ilmlarning turli yo‘nalishlari bo‘yicha asarlar
yozgan. Uning dastlabki asarlaridan biri, tafsiri fiqh yo‘nalishi bo‘yicha “Ta’vilotu ahli
sunna”dir. Shuningdek, usulul fiqh yo‘nalishida “Ma’xozush sharoi” (“Shar’iy hukmlar
manbai”) va “Jadal” (“Ilmiy bahslar”) nomli kitoblar ham yozgan. Oradan vaqt o‘tgandan so‘ng,
Imom Moturidiy Qur’on tafsiri ga bag‘ishlangan “Ta’vilot al-Qur’on” asari va uning davomi
hisoblanmish “Irshad al-mubtadiyin fiy tajvidi Kalami Robbil’alamin” (“Qur’on o‘qishga
kirishganlar uchun qo‘llanma”) kitobidir. (Al-Moturidiy taʼlimoti va uning Sharq xalqlari
85
YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI
IF: 5.141
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue, 06 YO’PA
Volume 3 Issue 01 YOPA
madaniyatidagi oʻrni. Maʼruzalar toʻplami, T., 2000). Imom Moturidiy bu asarida Ilohiy
muhabbat, dunyoning o‘tkinchiligi, taqvo, nafsni yengish kabi yaxshi va yomon fazilatlarga
urg‘u beradi. Hoji Xalifaning “Kashf az-zuman an-asomil kutub va funun” (“Kitob va fanlar
nomlari haqidagi shubhalarni bartaraf etish kitobi”) kitobida ta’kidlab o‘tilishicha, Abu
Mansur al-Moturidiyning “Kitob al-jadal” (“Dialektika haqida kitob”), “Kitob al-usul” (“Diniy
ta’limot usuli kitobi”) va “Ma hazi ash-shari’a” (“Shariat asoslari sarasi”) kabi asarlari ham ilm-
fanga ma’lumdir. Shunday kitoblari islom ta’limotining rivojlanishida juda muhim
qo‘llanmalar sifatida talqin qilinib kelinmoqda. ( Uvatov U., Imom al-Moturidiy va uning
taʼlimoti, T., 2000).
Imom Moturidiyning eng katta xizmatlaridan biri – Islom falsafasi va aqidasini tugal va
izchil qilib yoritib bergan allomalardan biridir. U din va aqida o‘rtasidagi bog‘liqlikni
ta’kidalab o‘tadi va insonning tafakkur qilish qobilyatini dinni tushunishda muhim
vositalardan biri sifatida ko‘rsatadi. Shuni ham aytib o‘tish lozimki, u islom dini, inson
erkinligi, ertasi, taqdiri kabi murakkab masalalarida batafsil va muvozanatli fikrlarni bildirib
o‘tadi. Moturidiy ta’limotining boshqa ta’limotlardan farqi shundaki, u dinni faqat e’tiqodiy
majmua qilib ko‘rsatmaydi, balki insonning ongli fikrlashi va tushunishiga asoslangan
e’tiqoddir deb ta’kidlab o‘tadi. Bu esa islomning yanada barqaror, izchil, moslashuvchan
shalkda rivojlanishiga imkon beradi. (Shayx Abdulaziz Mansur. Aqoid matnlari. ‒T.: Toshkent
islom universiteti, 2006).
Imom Moturidiy turli xil mavzularda kitoblar yozgan va kitoblar islom ta’limotining
olim va fuzalolari asarlarni mavzularga ko‘ra nomlab chiqib, quyidagicha bayon qilishgan:
1.
Tafsir
2.
Kalom ilmi
3.
Usul al-fiqh (Mansur A., Al-Moturidiy taʼlimoti, T.,2003).
Imom Moturidiy islom olamining e’tiborli, salohiyatli allomalari safida har doim hurmat
bilan tilga olinishi bejiz emas. To‘g‘ri yo‘lga va hidoyatga olib boruvchi olim yashagan davrida
yuzaga kelgan ko‘plab buzg‘unchi firqalar turli xil g‘oyalarni ilgari surib, insonlarni yo‘ldan
adashtirar, boshqa soxta ilohiyotga sig‘inishga undar edi. Bu esa islom falsafasi va aqidasining
insonlar orasida turlicha tushunishga olib borar va noxushliklarga sabab bo‘lar edi. Imom
Moturidiy har bir buzilgan va adashgan oqimlarga qarshi mardonavar va dadil kurash olib
bordi. Buzg‘unchi g‘oyalarni va oqim yetakchilarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanqid qildi, ularning har
biriga asoslanga raddiyalar berishga kuch va jasorat topdi. Imom Moturidiy aqidasi, insonlarni
eng mustahkam poydevor uzra birlashtirishga bor kuch- g‘ayrati , salohiyati va ilmi bilan
to‘g‘ri yo‘l ko‘rsata olgan. Imom Moturidiy ilmi ham o‘z davri, ham kelajak uchun mukammal
va mustahkam poydevorini bunyod etdi. Uning kitoblari, asarlari, o‘gitlari asrlarga tatiydigan
manba bo‘lib qoldi.
Imom Moturidiy tomonidan tashkil qilingan aqidaviy maktab ham islom aqidasini aqliy
va naqliy so‘zlar, jumlalar orqali dalillash va bayon qilishga asoslangan. Unga ko‘ra, iymonni
inson qalbida tasdiqlashi kerak, shu bilan birga tili bilan e’tirof etishi va qilgan savobli
amallari orqali ko‘rsatishi lozimdir. (Asrorova L. Abu Hafs Kabir Buxoriy va hanafiy fiqhi. ‒T.:
Toshkent islom universiteti, 2014). Abu Mansur al-Moturidiy o‘z davrining islom ilmi
sohasining eng yetuk allomasi hisoblanib, butun musulmon dunyosi olimlari tomonidan tan
olingan va e’tirof etilgan. U umri davomida muhaddislar, imomlar, faqihlar bilan muloqotda
bo‘lgan, orttirgan bilimlarini ular bilan baham ko‘rgan, bilmaganlarini ulardan o‘rgangan. Al-
86
YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI
IF: 5.141
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue, 06 YO’PA
Volume 3 Issue 01 YOPA
Moturidiy hanafiy mazhabini Movarounnahr va Xurosonda keng yoyish va o‘zidan keyingi
avlodga mukammal holda yetkazib berishga hissa qo‘shgan. Bugungi kunda ko‘plab
musulmonlar uning bu mazhabiga ergashishgan.
Yurtimizda Imom Moturidiy hayoti va ijodi batafsil o‘rganildi va turli xil konfrensiyalar
o‘tkazildi, hayoti bo‘yicha yozuvchilarimiz tomonidan asarlar yozildi, shuningdek asarlari
Imom Moturidiy islom ta’limotining tayanchi sifatida nafaqat aqida sohasida, balki butun
islom falsafasi va diniy tafakkurida muhim o‘rin tutib, o‘zbek va boshqa tillarga tarjima qilinib
islom aqidasi va ta’limotidan mukammal saboqlar bermoqda. Imom Moturidiy islom
ta’limotining poydevori sifatida nafaqat aqida sohasida, balki butun islom falsafasi va diniy
tafakkurida muhim o’rin egallagan. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.Karimov
tashabbusi bilan Samarqand shahrida Imom Moturidiy xotirasiga bag‘ishlab ilmiy yodgorlik
tashkil qilindi. Toshkent va Samarqandda Moturidiy ta’limoti va uning islom olamidagi tutgan
ro‘li boyicha xalqari ilmiy anjumanlar tashkil qilindi. (Karimov I. A., Vatan ravnaqi uchun har
birimiz masʼulmiz Imom Moturidiy tavalludining 1130-yilligiga bagʻishlangan tantanali
marosimda soʻzlangan nutq, 9-j, T., 2001). Imom Moturidiy ta’limoti ilmiy asosda, mantiqiy
dalillar orqali islomiy e’tiqodlarni yoritib berib, musulmonlarning diniy bilimlarini tizimli
ravishda shakllantirdi. Moturidiy maktabining izchil va muvozanatli yondoshuvi, islom
dunyosida turli fikrlar va ta’limotlarning rivojlanishiga kuchli turtki berdi. Shu sababli, Imom
Moturidiy nafaqat o‘z davrining, balki keyingi asrlarning ham islom ta’limotini
mustahkamlashda asosiy figurasi hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Al-Moturidiy taʼlimoti va uning Sharq xalqlari madaniyatidagi oʻrni. Maʼruzalar toʻplami, T.,
2000.
2.
Uvatov U., Imom al-Moturidiy va uning taʼlimoti, T., 2000.
3.
Shayx Abdulaziz Mansur. Aqoid matnlari. ‒T.: Toshkent islom universiteti, 2006.
4.
Mansur A., Al-Moturidiy taʼlimoti, T.,2003.
5.
Asrorova L. Abu Hafs Kabir Buxoriy va hanafiy fiqhi. ‒T.: Toshkent islom universiteti, 2014.
6.
Karimov I. A., Vatan ravnaqi uchun har birimiz masʼulmiz Imom Moturidiy tavalludining
1130-yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda soʻzlangan nutq, 9-j, T., 2001.