Авторы

  • Malika Misliddinova
    GulDPI O‘zbek tili va tillarni o‘qitish kafedrasi f.f.d.
  • Gulnoza Qurbonboyeva
    2- kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yopa.127100

Ключевые слова:

matn tanlash lisoniy variativlik muomala madaniyati ijtimoiylik ijtimoiy daraja nutqiy saviya nutqning gender xarakteri nutq ohangida gender farqlanish

Аннотация

ushbu maqolada o‘zbek xalq og‘zaki ijodi va badiiy adabiyotlarda lisoniy variativlik va gender variativlik haqida gap boradi. Badiiy matndagi ikki jins vakili bo‘lgan personajlar nutqi mazmun va xarakter jihatidan farqlanishi taqqoslanadi


background image

48

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 06 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

O‘ZBEK XALQ OG‘ZAKI IJODI NAMUNALARI MATNIDA

GENDER VARIATIVLIK

Malika Misliddinova

GulDPI O‘zbek tili va tillarni o‘qitish kafedrasi f.f.d.

Gulnoza Qurbonboyeva

2- kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15663759

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 05-June 2025 yil

Ma’qullandi: 10-June 2025 yil
Nashr qilindi: 14-June 2025 yil

ushbu maqolada o‘zbek xalq og‘zaki ijodi va badiiy
adabiyotlarda lisoniy variativlik va gender variativlik
haqida gap boradi. Badiiy matndagi ikki jins vakili
bo‘lgan personajlar nutqi mazmun va xarakter jihatidan
farqlanishi taqqoslanadi.

KEY WORDS

matn tanlash,lisoniy variativlik,
muomala madaniyati, ijtimoiylik,
ijtimoiy daraja, nutqiy saviya,
nutqning gender xarakteri, nutq
ohangida gender farqlanish.

Tilshunoslik fani va uning sohalarini o‘qitish jarayonida talabalarning badiiy matn bilan

ishlash malakasini oshirish, matn tanlash mahoratini rivojlantirish, matn tanlashda maqsadli
to‘g‘ri yondoshish, matn tarkibidagi til elementlarini ajratish hamda tahlillay olish
kompitensiyasini oshirib borish talab etiladi. Til jamiyat hayotining asosiy va eng muhim
hodisalaridan biri hisoblanib, jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida o‘zining ijobiy ta’sirini
ko‘rsatib keldi. Ayniqsa, jamiyat a’zolarining xulq- atvori, muomala madaniyati, urf-odatlari,
hayot tarzini, ruhiy holati, ijtimoiy qatlamining til orqali aks etishi fikrimizni to‘la tasdiqlaydi.
Shunga ko‘ra, talabalar jtimoiy tilning bugungi hayotimizdagi muhim asosiy va dolzarb
masalalarini tadqiq etish orqali ijtimoiy muhitda til qonuniyatlarini tadbiq etishning o‘ziga xos
jihatlarini o‘rganib boradilar. Bu kelgusida ular tomonidan ko‘plab tadqiqotlar olib borish
uchun zamin bo‘ladi.

Sotsiolingvistika fanini o‘qitishdan maqsad – til va jamiyatning o‘zaro uzviy munosabati,

tilning falsafa, ijtimoiy fanlar, psixolingvistika, etnografiya bilan bog‘liq jihatlari, tilning
ijtimoiy tabiati, lisoniy vaziyatlar, tilning ijtimoiy tabiatini yoritishda tarixiylik xususiyatidan
kelib chiqish, hayotiylik, me’yoriylik, hudidiy farqlanishlik mezonlariga amal qilish omillari
bilan tanishish, nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq eta olish, savodxonlik masalalari o‘zbek
tili birliklarini nutq jarayonida o‘z o‘rnida, topib va yoqib, tinglovchi (suhbatdosh)
psixologiyasini, kayfiyatini, saviyasini, yoshini, e’tiqodini, ijtimoiy ehtiyojlarini, ijtimoiy
mavqeyini, nutq so‘zlanayotgan moment va vaziyat, muhitni inobatga olgan holda maqsadli
rivojlantirishni o‘rgatishdan iborat. Sotsiolingvistikani fan sifatida o‘rganish jarayonida uning
umuminsoniy hamda siyosiy xususiyatlari, jumladan, til va jamiyat, til va mafkura, til va
tafakkur, til va xalq, til va yosh, til va jins, davlat institutlarida til, til taraqqiyotini prognozlash,
shuningdek, tilning falsafiy xususiyatlarini o‘rganish lozim bo‘ladi. Professor B. Golovin
“sotsiolingvistika” fanini tor va keng ma’noda tadqiq etishni maqsadga muvofiq deb biladi.


background image

49

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 06 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

Chunki sotsiolingvistika funksional (vazifaviy) ma’no kasb etib, u til qurilishi taraqqiyotiga
xizmat qilishini ta’kidlaydi va tilning vazifaviy xususiyatlari bilan bog‘liq, degan xulosaga
keladi1.

Agarda biz muloqot jarayonida bir til vositasining tasarrufidan boshqa til vositasining

tasarrufiga o‘ta olsak, masalan, adresatning almashinishida o‘sha mavzuni muhokama qilishda
davom etsak, demak, bizning ixtiyorimizda ayni mavzu haqida turlicha gapirishga imkon
beradigan vositalar majmuyi paydo bo‘ladi. Bu tilning favqulodda muhim xususiyati bo‘lib, u
so‘zlovchining muayyan tilda nafaqat o‘z fikrlarini erkin ifodalash, balki uni turli usullar
(tillar)orqali berish imkoniyati bilan ham ta’minlaydi. Til egasining ayni bir ma’noni turlicha
ifodalay olishi, uning qayta ifodalash qobiliyati deyiladi. Mazkur qobiliyat aytilgandan ma’no
chiqarib olish qobiliyati va to‘g‘ri iboralarni noto‘g‘ri iboralardan farqlash mahorati bilan
birga, “til bilish” deb nomlanadigan murakkab psixik malaka asosida yotadi. Xalq tilida bir
tushunchaning turli dealektlarda turlicha atalishi, yoki nomlanishi leksik variativlikdir.
Variativlik nutqiy kommunikatsiyaning barcha darajalarida – turli til vositalarini bilishdan
tortib, to so‘zlashuvchining bir tilga tegishli turli fonetik va urg‘u variantlariga yo‘l qo‘yilishini
tushunib yetishigacha bo‘lgan darajalarda namoyon bo‘ladi. Masalan, Toshkent shahrida
piyola so‘zini ikki xil talaffuz qilish kuzatiladi: “pila” va “pela”. Bu fonetik variativlikka misol
bo‘ladi. Yoki, Farg‘onada narvon o‘rniga shoti, Xorazmda narvon o‘rniga zangi, Xorazmda sabzi
o‘rniga gashir (fors-tojik tilida so‘zlashuvchilar nutqi ta’sirida zar(d)chopon so‘zi ham kirib
keldiM.M.), adabiy tildagi tepalik ma’nosini beruvchi so‘z Andijon shevasida
du(o‘)mbakdo‘ngak, yoki, atalasomsa- g‘lmindi- tor(l)piq so‘zlarining qo‘llanilishi leksik
variativlikka misol bo‘ladi. Bir xil ma’noga ega bo‘lgan lisoniy belgilarning shaklidagi, tashqi
ko‘rinishidagi nomutanosiblikka, har xillikka variativlik deyiladi.

Gender tushunchasi erkak va ayollarning psixologik, ijtimoiy va madaniy о‘ziga xos

xususiyatlarini nazarda tutadi. Insoniyatning uzoq yillik evolutsiyasi jarayonida bu ikki
qarama-qarshi jins о‘ziga xos bо‘lgan umumiylik hamda farqlarga ega bо‘lib bordi. Natijada
ayol va erkakni bir-biridan farqlovchi va umumlashtiruvchi xususiyatlar tizimi shakllandi.
Gender erkaklar va ayollar aynanligi va xulqatvordagi tafovutni nazarda tutadi. Til vositalarini
gender jihatidan tahlil qilish keyingi yillarda tilshunoslikda amalga oshirilgan va
oshirilayotgan masalalardan biri hisoblanadi. Yevropa tilshunosligida bir qator ishlar amalga
oshirilgan bо‘lib, erkak va ayollar nutqida uchraydigan murojaatlarning farqli holatlari
kо‘rsatib о‘tilgan. Xususan, rus tilshunosligida ham bu borada yetarli darajada ishlar olib
borilgan bо‘lib, rus erkak va ayollari nutqidagi barcha vositalar tahlil qilingan. Har bir millat
о‘zining mental tabiatidan kelib chiqib muloqot jarayonida til vositalarini turlicha qо‘llaydi.
О‘zbeklar nutqida qо‘llaniladigan til vositalari, ya’ni murojaat shakllari boshqa xalqlarnikidan
farq qilib, unda о‘zbekona madaniyat aks etib turadi. Shu bilan birga, ayollar va erkaklar
nutqida ham bu vositalarning qо‘llanishida farqlar kuzatiladi. Sotsiolingvistikada “gender”
tushunchasi “biologik jins” tushunchasidan farqlanuvchi ijtimoiy tushuncha hisoblanadi.
Buning asosida jamiyatda erkak va ayollarga xos bo‘lgan xususiyatlar negizida shakllangan
“ijtimoiy jins” tushunchasi yotadi. Boshqacha aytganda, gender tadqiqotlarda uzoq vaqt
davomida odamlar dunyoqarashida shakllangan, jamiyat tomonidan qabul qilingan erkaklik
va ayollik (maskulinnost va feminizm)ka xos axloq me’yorlari tushuniladi. Ana shunday axloq
me’yorlari ichida muloqot xulqi masalasi markaziy masalalardan biri bo‘lganligi bois
genderologik muammolarni lingvistik aspektda o‘rganish zarurati tug‘ildi.


background image

50

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 06 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

Shu o‘rinda bizga xalq og‘zaki ijodi namunalari va badiiy muallifiy asarlar qo‘l keladi.

O‘zbek xalqi tarixi, madaniyati va ma’naviyatini o‘rganishda xalq og‘zaki ijodi tuganmas
manba sanalishi bilan birga erkak va ayol nutqiy variativligining ajoyib namunasi hamdir.
Zero, badiiy asar tili xalq tili asosida vujudga kelib, uning bitmas-tuganmas imkoniyatlarini
namoyon qiluvchi vosita ekanligi ham bizga ayon. Gap badiiy asar tilining ijtimoiy mazmun
ifoda etayotganligi haqida borar ekan, yo‘qorida aytilgan sifatiy belgilar badiiy asar tilining
ijtimoiylik xususiyatini o‘rganishga asos bolishi mumkin. Bunda asar qahramoni nutqida
jamiyatda erkak va ayollarga xos bo‘lgan xususiyatlar negizida shakllangan “ijtimoiy jins”,
“ijtimoiy muloqot madaniyati”, “ijtimoiy daraja va hurmat” tushunchalari yotadi. “Alpomish”
dostoni qahramonlari nutqini kuzatar ekanmiz bunga amin bo‘lamiz. Masalan: Abzallab
keltirding hayvon to‘ringdi, Bul ko‘chishing, ena, mening sho‘rimdi(r), Boy otamman, biy
boboma ne bo‘ldi?

O‘yilmay kuymasin kulbai xonam,
Oh urib yig‘laydi mendayin sanam,
Qalmoqqa qolar-da guldayin tanam.
Xo‘ja kelsa, chiqar murid naziri,
Xotin bo‘lmasmikan erning vaziri?!
Er deganning aqlin olmas bo‘lmasmi,
Aldab- suldab yo‘lga solmas bo‘lmasmi,
Boy otamman biy bobomga ne bo‘ldi?..
Xudoyim saqlagay bandani omon, Tushib boshimizga qayg‘uli tuman, Ot afzallab olib

kelding, enajon, Yana qaytib elni ko‘rmagim gumon2. “Alpomish” dostoni qahramoni
Barchinning nutqiga oid bu parchada ayollarga xos ohang, o‘ksik, afsus-nadomat, bir oz
avaylab koyish, eslatish, oldindan xavf- xatarni sezish holatini bayon qilish, voqelikdan
norizolik mujassam. Barchin bunday so‘zlarni ayollarga xos andisha va odob bilan bayon
etadi. Bu tasvir, ya’ni otning bezalishi bir go‘zallik, kishiga zavq beruvchi, kayfiyatini
ko‘taruvchi holat, demak so‘zlovchida ham shunday holat kuzatilishi tabiiy. Ammo, vaziyat
butunlay boshqacha voqelik bilan bog‘liq bo‘lgan nutqdan bunday “otni abzallash”ning
mavridi emasligi, so‘zlovchiga kayfiyat bera olmasligi, uning noroziligiga sabab bo‘layotgan
ehtimoliy kulfat keltiruvchi hodisadan xavfsirash ohanglarini sezish mumkin. Barchinning
nutqidan voqelikning davomi mungli- ko‘ngilxiralik bo‘lishini, bu ko‘chishning oqibati
sig‘indilikka, xoruzorlikka, o‘z elidan judolikka olib borishini oldindan aql va zakovat ila sezib
turgan ijtimoiy kuzatuvchan, ziyrak aql egasi ekanligi seziladi. Shu bilan birga, yosh bo‘lsa-da,
onasiga qarata: …Xotin bo‘lmasmikan erning vaziri?! Er deganning aqlin olmas bo‘lmasmi,
Aldab- suldab yo‘lga solmas bo‘lmasmi, Boy otamman biy bobomga ne bo‘ldi?.. deya
yozg‘irishi uning yoshiga nisbatan aqliy jihatdan yetukligini, har bir ishni tadbir-mulohaza
bilan qilishga odatlanganini, hatto onasiga (hurmat saqlagan holda bo‘lsa ham) “otamni aldab-
suldab bo‘lsa ham yo‘lga solsangiz-chi, ayol makrini ishga solsangizchi”, “otam bilan bobomga
nima bo‘lgan o‘zi?!”, “yurt beklari bunday ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘ymasligi kerak edi-ku?” kabi
eslatish (tanbeh)lar berishga haqli ekanligini ko‘rsatadi. Bu ijtimoiy hayotda faol bo‘lgan, faol
fikrlaydigan va qat’iyatli ayol nutqidan Turon malikalariga xos bo‘lgan mustaqil- hurfikrlilik
bilan birga tushkunlik ohangi ham sezilib turadi.


Shuningdek, Barchinning oila va boshqaruvdagi o‘rnini, jur’atini ham shu nutqi ko‘rsatib


background image

51

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 06 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

beradi. Keyingi o‘rinda Barchinoyning “toy-talashda qolishi”dan boshi gangib qolgan otaga
berayotgan maslahatida mutlaqo boshqa, yoshi ulug‘larga xos dalda berish, yupatish bilan
birga, Yartiboy kabilarni chimdib olish, kesatish,piching ohanglari bor: Juda ham gangidai, boy
ota, boshing.

Maslahat berdi-ku qavmi- qardoshing, Ko‘p yig‘lama, jonim otam, darvishim,.. Yoki,

…Harna deb amr etsang, ani qilayin, Qayerda amr etsang, borib turayin, Bu alplarga o‘zim
javob berayin3. Yoki,

1,Qirq kunlik yo'l Boboxonning orasi. Boboxon tog'idan poyga qilaman, Oti ildam

boybachchaga tegaman.
2. Yoy tortishsa, yoyi sinmay qolganga,Men tegaman shul yoyandoz polvonga.
3. Ming qadimdan tanga pulni urganga,Men tegaman shul qirag'ay merganga.
4. Kurash qilib to'qson alpni yiqqanga,Men tegaman nor bilakli polvonga.

Bunday nutqda esa, ota uchun xizmatga shaylik, qizning farzandlik mehri bilan birga,

raqibga nisbatan murosasiz, shiddatli xarakteri ham ko‘rinadi. Shuningdek, yo‘qoridagi
fikrimizning isboticha, ota-onani xavotirga solmaslik, ayash, ko‘nglini ko‘tarish, tinchlantirish,
xavotirini aritish, “qadr bilmas qalmoq”ning haddini bildirib qo‘yish, taqdir zarbasining butun
zalvorini o‘z zimmasiga olish kabi jasorat egasining nutqi edi bu.Bundan Barchinoyning
topqirligi, hozirjavobligi, har qanday vaziyatda ham o‘zini yo‘qotmaydigan tadbirli, oqila qiz
ekanligi anglashilib turadi. U hatto, talabgorlariga tik borishga jur’at qilarlik darajadagi
jasoratini yo‘qoridagi shartini e’lon qilish orqali namoyish etadi. Dostonda yana bir ayol nutqi
borki uni Barchinning nutqi bilan taqqoslaymiz:

Soyi- soyi saykalay qo‘ydi boshlay,
yoy-yoy, Qalam qoshli yengalay o‘lan boshlay,
yoy-yoy, Qiziq-qiziq aytinglay qiz-kelinlay,
yoy-yoy, Qizib ketsa: Ultonbek tenga tashlay, yoy-yoy
Dostonni o‘qir ekanmiz Bodom bekachning aytishuvdagi bu nutqidan uning tili chuchuk,

aqli ham qusurli ekanligi, o‘zining bekach- cho‘ri ekanligini unutgan, qisqa vaqtli omaddan
havolanib so‘zlayotgan, mulohazasiz, kaltao‘y ayol keladi ko‘z oldimizga. Yoki, Tohir Malik
qalamiga mansub asar “Shaytanat” dagi Manzuraning “…Voy o‘lmasam, shu ahvolda tong
ottirdingizmi?”5 -degan gapi uning naqadar mehrli, mushfiq, turmush o ‘rtog‘iga nisbatan
mehrli ayolligining isbotidir. Bu uch ayol nutqini taqqoslash orqali ularning ijtimoiy
farqlanishini kuzatish mumkin.

Yoki, Alpomish bilan Qorajonning “tanishuv”iga e’tibor beraylik:
Ostingda yuz alvon o‘ynaydi oting,
Dushmanni o‘rtaydi shohlik shavkating,
Yo‘l bo‘lsin, bekvachcha qayda borasan?
Ostingda bedoving halloslar qushday,
Achchig‘ing chillali muzlagan qishday,
Norkalla kelgansan chuyda qo‘shmushday,
Norkalla polvonim, qaydin bo‘lasan?6
Qorajonning nutq ohangi va mazmuni mutlaqo boshqacha. Mag‘rur, o‘ziga ishongan,

yurt egasiga xos sinchkovlik bilan berilgan Qorajonning savolli gapidan Alpomishning qiyofasi
ko‘z oldimizga keladi: chopag‘on otning qushday halloslashi uzoq masofadan kelishni,
achchig‘ining muzlagan qishga o‘xshatilishi suhbatdoshining qahri qanchalik ekanini


background image

52

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 06 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

anglatadi. Chuydang qo‘shmushday iborasi esa, Alpomishning qanaqa quvvatga, kuchga
egaligini yanada ochiqroq, aniqroq ifodalamoqda. Chunki bunday kuchli qiyofa erkak uchun
faxrdir. Mana shunday belgilarga qarab Qorajon yo‘lovchining kimligini fahman taxmin qiladi.
Uning nutqi yuqorida keltirilgan ayollar nutqidan mutlaqo boshqacha. Yoki, Kaykovusning
“Qobusnoma” asaridan olingan parchaga nazar tashlaylik: “Ey farzand, bilg‘ilki, aql yuzasidan
farzandga ota- onani izzat va hurmat qilish vojibdur, nedinkim uning asli ota va onadur. Ota va
onani nima uchun hurmat qilurman deb ko‘nglingga kelturmag‘il, bilg‘ilki, ular sening uchun
o‘limga ham tayyor turadurlar”7. Keltirilgan nutq ko‘p ilm va hayot tajribasiga ega bo‘lgan,
dono shaxsga tegishli bo‘lib, farzandga pand- nasihat mazmunida ekanligini anglaymiz.
Bunday nutq bobo, otaning farzandiga, ustozning shogirdiga, faylasufning izdoshiga aytishi
mumkin bo‘lgan nasihati bo‘lib, keltirilgan shaxslar nutqidan mazmuni, ohangi, so‘zlashdan
maqsadi, mazmuni ijtimoiy darajasi bilan farqlanadi. Keltirilgan nutqlar har bir personajning
o‘ziga xos shaxsiyatini, mavqeyini, saviyasini, muomala madaniyati va fikr darajasini, qaysi
qatlamga xosligini bildiruvchi belgidir.