Авторы

  • Moxigulxon Nizomova
    Ilmiy daraja: Bakalavr 3 daraja
  • V.A. Umarova
    Ilmiy rahbar: O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yopa.127104

Ключевые слова:

applikatura ijro texnika musiqa ta’limi fortepiano

Аннотация

Ushbu maqolada musiqiy ijrochilikda texnik va badiiy mahoratini rivojlantirishda applikaturaning o‘rni va unga oid metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. To‘g‘ri tanlangan applikatura texnik barqarorlik, ifoda ta’sirchanligi va jismoniy zo‘riqishlarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlanadi. Odatda uchraydigan xatolar tahlil qilinib, individual yondashuv asosidagi tavsiyalar beriladi.


background image

32

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 06 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

FORTEPIANO IJROSIDA APPLIKATURA USTIDA ISHLASH

AHAMIYATI

Nizomova Moxigulxon Dilshodbek qizi

Ilmiy daraja: Bakalavr 3 daraja

Umarova V.A.

Ilmiy rahbar:

O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15622922

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 01-June 2025 yil

Ma’qullandi: 07-June 2025 yil
Nashr qilindi: 09-June 2025 yil

Ushbu maqolada musiqiy ijrochilikda texnik va badiiy
mahoratini rivojlantirishda applikaturaning o‘rni va
unga oid metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. To‘g‘ri
tanlangan applikatura texnik barqarorlik, ifoda
ta’sirchanligi va jismoniy zo‘riqishlarning oldini olishda
muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlanadi. Odatda
uchraydigan xatolar tahlil qilinib, individual yondashuv
asosidagi tavsiyalar beriladi.

KEY WORDS

applikatura, ijro, texnika, musiqa
ta’limi, fortepiano

Fortepiano san'ati nafaqat musiqaning mazmunini va ifodasini to'g'ri tushunishni, balki

barmoq va qo'llarni to'g'ri tartibda ishlatishni ham talab qiladi. Har bir musiqiy asar

ijrochidan o'ziga hos texnik ko'nikmalarni,shu jumladan applikaturani, ya'ni barmoqlarni

klavishlarga to'g'ri va qulay joylashtirishni talab qiladi. Applikatura nafaqat ijrochining

musiqiy ifodasi va texnikasi, balki uning ijro etish jarayonidagi jismoniy erkinkigi uchun ham
juda muhimdir. To'g'ri applikatura ijrochining musiqiy asarga bo'lgan yondashuvini yanada

ravonlashtirib, o'rganish jarayonini sezilarli darajada yengillashtiradi.

Fortepiano ijro etishni o'rganishda, xuddi boshqa instrumentlar ijrosini o'rganishdagi

kabi birinchi navbatda applikatura masalasi dolzarb ahamiyatga ega. Chunki ijrochining
qo'llari va barmoqlarining to'g'ri joylashuvi uning ijroviy va ifodaviy imkoniyatlarini yanada

kengaytirish, asarlarni qulay va aniq ijro etish, shuningdek, ijrochilarning jismoniy

salomatligini saqlashga yordam beradi. Xususan, noto'g'ri applikatura musiqachining qo'l va

bilaklarida, keyinchalik yelka va umurtqa sohalarida ortiqcha taranglik yaratishi va vaqt
o‘tishi bilan turli xil kasalliklar va jarohatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli,

applikaturaning to‘g‘ri o‘rganilishi va unga diqqat bilan yondashish nafaqat texnik jihatdan,

balki salomatlik nuqtai nazaridan ham muhimdir.

Bir so`z bilan aytganda, applikatura ustida ishlash — fortepiano texnikasini

rivojlantirishning muhim bosqichlaridan biridir. To‘g‘ri applikatura, ya’ni barmoqlar va
qo‘lning maksimal osonlik va samaradorlik bilan klavishalarga joylashtirilishi, ijrochi
muvaffaqiyatining asosi hisoblanadi.

Applikatura (lotincha “applicare” – «joylashtirish») – musiqiy instrumentlar, xususan

fortepiano ijro etishda barmoqlarni klavishalar ustiga to‘g‘ri joylashtirish tizimidir. Arab
raqamlari bilan belgilanadi va notaning ustki yoki ostki qismida ko`rsatilib o`tiladi. Klavishli

instrumentlar ijrosida 1,2,3,4,5 raqamlari bilan belgilanadi va tegishli barmoqlar (ikkala

qo`lda ham bosh barmoqdan eng kichik barmoqgacha) ni ifodalaydi.1

Har bir asar, uning murakkabligi, musiqiy uslubi va xususiyatlariga qarab, o‘z barmoqlar

ketma ketligi, ya`ni applikaturasini talab qiladi. Applikatura ko‘pincha asar muallifi tomonidan


background image

33

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 06 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

yoziladi va qo‘lyozmada ko‘rsatiladi. Masalan, Shopen o’zi pianist bo‘gani uchun o‘zining

fortepiano asarlarida deyarli har doim o‘z applikaturasini ko‘rsatgan, u juda qulay bo‘lib,

keyingi tahrirchilar o‘z variantlarini taklif qilishga ehtiyoj sezmagan. Boshqa hollarda esa,

notalarda asarni eng muvaffaqiyatli ijro etgan musiqachilar yoki musiqiy nashriyot
tahrirchilari tomonidan ishlab chiqilgan applikatura bosilib chiqadi.

Applikatura

fortepiano texnikasining muhim tarkibiy qismi bo'lib, nafaqat ijroning

samaradorligini, balki uning ifodadorligini ham belgilaydi. Klasik musiqada, masalan,

applikatura dinamik kontrastlarni ta'kidlash, tez va murakkab pasjallarni yengillashtirish,
shuningdek, notalar o'rtasidagi o'tishlarning silliqligini va aniqligini ta'minlash uchun

ishlatiladi.

Fortepiano applikaturasi — bu musiqiy ifodani kuchaytirish va ijro etishning sifatini

oshirish uchun muhim omildir. Applikatura o'rganilishi va yaxshilanishi fortepiano ijrochilik
san'atida fundamental ahamiyatga ega bo'lib, u har bir ijrochining texnik mahoratiga,

barmoqlarining moslashuvchanligiga, va musiqa asarining umumiy ohangiga qarab individual

tarzda rivojlanadi. Fortepiano asarlarini ijro etishda applikaturaning tahlili orqali texnik
imkoniyatlarni aniqlash, ijro etish jarayonining dinamikasini yaxshilash, va musiqaning

ifodaliligini oshirish mumkin.

Asarlarni tahlil qilishda va ijro etishda applikaturani individual ravishda tanlash,

ijrochiga texnik ko'nikmalarni rivojlantirish va musiqaning estetik tomonlarini yanada

chuqurroq anglash imkonini beradi. Shuning uchun applikatura ustida ishlashning

murakkabligi faqatgina qo'llarni samarali ishlatish bilan bog'liq emas, balki har bir asarning
muayyan texnik va emosional yondoshuvini rivojlantirish bilan ham bog'liqdir. Bu esa

fortepiano ijrochiligining faqat texnik emas, balki san'atiy mahoratini ham yuqori darajaga

ko'taradi.

O'quv jarayonida applikatura ustida doimiy ishlash, ijrochi texnikasining barqaror

rivojlanishini ta'minlaydi. To'g'ri applikatura tanlash, notalarni to'g'ri usulda ijro etish, tushe

va koordinatsiyani rivojlantirish dastlabki bosqichlarda ham ijroning mukammallikka

erishishiga yordam beradi.

Applikaturaning rivojlanishi fortepiano asbobining rivojlanishi, shuningdek, fortepiano

texnikasi, kompozitorlik san'ati va pedagogikaning rivojlanishi bilan bog'liq.2

XVI asrda klaviatura asboblarida chalishning

o‘ziga xosliklari bilan bog‘liq asosiy

metodik tamoyillar shakllantirilgan. Ijro davomida o‘tirish holati va qo‘llarning pozitsiyasi

haqida talablar belgilangan. Ispan organisti X. Bermudo o‘zining «Musiqa asboblar to‘g‘risida

deklaratsiya» (1555) asarida applikaturaga oid masalalarga katta e’tibor qaratgan. U keltirgan
misollar, ispan organistlari tomonidan birinchi barmoqni pastga qo‘yish va uzun barmoqlar

orqali birinchi barmoqni o‘tkazib yuborish amaliyotini qo‘llaganligini ko‘rsatadi (yuksaluvchi

harakatda gamma shakldagi ketma ketliklarni chalish tavsiya qilinadi: o‘ng qo‘lda 1, 2, 3, 4, 1,

2, 3, 4 barmoqlari, chap qo‘lda 4, 3, 2, 1, 4, 3, 2, 1 barmoqlari bilan). X. Bermudo tomonidan
barcha barmoqlarni mashq qilish tavsiya qilinishi diqqatga sazovordir, chunki ba’zi joylarda

barcha barmoqlarni ishlatish kerak bo‘lishi mumkin. Ushbu haqiqat keyinchalik unutilib, uni

qayta «kashf etishga» to’g‘ri kelgan, bu esa applikaturalarni kanonlashtirishning ijrochi

apparatusining ifodaviy imkoniyatlarini cheklashini adolatli ravishda ko‘rgan musiqachilar
uchun muhim bo‘lgan.

XVIII asr (fortepiano tarixining boshlanishi)

: XVIII asrning boshlarida, Italiyada

fortepiano ixtiro qilinganida, asbob hali o'z imkoniyatlari jihatidan cheklangan edi. Uning

texnikasi klavesin o'ynash uslubiga o'xshash edi, ammo keyinchalik ijro aniqligi talablarining
o'sishi boshlandi. Ushbu davrda musiqachilar asosan barmoqlarni va applikaturani tanlashda

intuitiv yondashuvni qo'llashgan. XVIII asrning birinchi yarmida applikatura notalarda

belgilab qo'yilmagan va ko'pincha uni ijrochi o'zi tanlardi.


background image

34

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 06 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

XVIII asr oxiri — XIX asr boshlarida

: Murakkab va virtuoz asarlarning paydo bo'lishi

bilan, masalan, Mozart va Betxovendan fortepiano kontsertlari, yanada qat'iy va samarali

texnika zarurati aniq bo'ldi. Shu bilan birga, fortepiano sezilarli darajada yaxshilandi va

yanada kuchliroq asbobga aylandi. Ko'proq asarlar ijrochilardan yuqori texnik tayyorgarlikni
talab qila boshladi, tez akkordlar, murakkab passajlar va arpedjiodan o'tishlar. Kompozitorlar

o'z asarlarini ijro etish uchun qaysi barmoqlarni ishlatish kerakligini belgilay boshladilar.

XIX asr

: Fortepiano musiqasining virtuozligi rivojlanishi bilan (Shopen, List, Shuman,

Menelson, Brams), applikaturalar sezilarli darajada rivojlanib, aniqroq va batafsil bo'ldi. Bu
davrda applikatura haqidagi birinchi nazariy asarlar paydo bo'ldi. Aynan shu davrda

fortepiano pedagogikasi, barmoqlarni to'g'ri taqsimlash va harakatlarni optimallashtirish

ahamiyatini e'tiborga olishni boshladi, bu jarohatlarni oldini olish va maksimal

samaradorlikni ta'minlash uchun muhim edi. Bu davrda, shuningdek, fortepianoda o'ynash
texnikasi haqida birinchi ilmiy traktatlar paydo bo'ldi, masalan, Karl Cherni, Teofili Lambert

va boshqalar tomonidan yozilgan asarlar, ularning ijrosida samarali usullarni va applikaturani

tanlash qoidalarini tasvirladilar.

XX asr

: Bu davrda applikatura nafaqat ijro texnikasining muhim tarkibiy qismi, balki

musiqiy ifodaning muhim vositasi sifatida qaraladi. Zamonaviy fortepiano maktabining
rivojlanishi, shuningdek, asboblarning o'zgarishi (ko'proq og'ir va kuchli ro'yallar paydo

bo'lishi) applikaturaning ahamiyatini sezilarli darajada oshirdi. Musiqachilar va pedagoglar

turli musiqiy uslublar uchun barmoqlarni tanlashda batafsil yondashuvlarni ishlab chiqa

boshladilar. Masalan, Raxmaninov, Prokofyev yoki Messian musiqasida applikatura orqali
noyob timbrlar va ovoz effektlarini yaratish uchun maxsus usullar qo'llanildi.

Zamonaviy tendensiyalar

: Bugungi kunda applikaturaning qo'llanilishi davom

etmoqda, ayniqsa yangi texnologiyalar, masalan, kompyuter modellashtirish va onlayn ta'lim

kabi sohalarda, bu nafaqat ijroni, balki musiqachining anatomik xususiyatlarini o'rganishni
ham o'z ichiga oladi. Pedagogika va fortepianoda ijro etish texnikasi yangi musiqa va

pedagogika sohasidagi yutuqlarni inobatga olgan holda doimiy ravishda takomillashmoqda.

Shuningdek, applikatura ustida ishlash asar va uning murakkab vaziyatlarini tahlil

qilishdan boshlanadi, bu yerda to‘g‘ri barmoqni tanlash eng muhim vazifalardan. Ideal
applikatura ijroning qulayligini ta'minlashi va jismoniy charchoqni minimallashtirishi kerak,

ayniqsa tez bajariladigan qo`l o`tishlari yoki murakkab passajlar bo‘lsa. Quyida applikatura

bilan ishlashda e`tibor beriladigan vaziyatlar:

Asar tuzilmasini tahlil qilish

: Asarni diqqat bilan o‘rganish, tez o‘zgaradigan akkordlar,

keng intervallar, arpedjiolar yoki akkordlar bo‘lgan joylarni aniqlash muhimdir. Masalan,
Betxoven yoki Shopen asarlarini ijro etishda, tez o‘zgaradigan akkordlarni ijro etish uchun

applikatura tez va moslashuvchan bo‘lishi kerak.

Musiqa turini o‘rganish

: Applikatura asar turiga qarab tanlanadi. Agar asarda

murakkab polifonik tuzilmalar bo‘lsa, applikatura yordamida melodiya ajratilib, har bir
ovozning aniq eshitilishi ta'minlanadi.

Qulaylikni ta'minlash

: Applikaturani to‘g‘ri tanlash qo‘l va barmoqlarda ortiqcha

kuchlanishni kamaytirishga yordam beradi. Masalan, keng intervallarda, barmoqlarning oson

o‘tishini ta'minlash uchun ularga mos barmoqlar tanlanadi.Agar pedagogga applikatura
ko‘rsatmalarini almashtirish yoki to‘ldirish zarur bo‘lsa, bu asarni tempini saqlab qolgan

holda amalga oshirilishi kerak. Shuni yodda tutish kerakki, sekin harakatda qulay bo‘lgan

applikatura tez tempda yaroqsiz bo‘lishi mumkin. Barmoqlarni belgilashda ularni ba’zan

tajribasiz pedagoglar kabi ketma-ket yozish emas, balki faqat noaniqlik yuzaga kelishi
mumkin bo‘lgan barmoqlarni ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir. Ehtimol, avval o‘quvchini

o‘zini o‘zi, har bir holat uchun eng maqbul barmoqlarni tanlashga o‘rgatish kerak. Buning

uchun uni asta-sekin asosiy applikatura tamoyillari bilan tanishtirish lozim.3


background image

35

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 06 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

Kompozitorlik uslubini hisobga olish

Ijrochining yoshi va fiziologik tuzilishini hisobga olish:

Kichik yoshli ijrochilarda

asarlar uchun belgilangan applikatura orqali ijro etish birmuncha murakkab, chunki tabiiy

ravishda kata yoshli ijrochining qo`llari bilan 6 yoshli bolaning qo`l va barmoq joylashuvi
tubdan farq qiladi. Bundan vaziyatlatda non legato orqali ijro, ko`p hollarda barmoqlar ketma-

ketligining keskin o`zgaruvi talab qilinadi.

Kata yoshli ijrochilarda esa bolalardan farqli o`laroq applikatura nafaqat qulaylikni,

balki dinamik belgilarning to`laqonli ijrosi va shu orqali asar tabiatini ochib ko`rsatishda
muhim rol o`ynaydi. Mashhur fortepiano pedagogi G. Neygauzning ta’kidlashicha, applikatura

avvalo musiqiy asarni ifodalashda yordam berishi kerak, va faqat ikkinchi navbatda ijroning

qulayligini ta’minlashi lozim. Masalan, hech qanday zarurat bo‘lmasa, kuchli taqsimotni (ya’ni,

boshqalardan balandroq chalish kerak bo‘lgan notani) eng zaif barmoq — kichik barmoqqa
olish noto‘g‘ri, shuningdek, ayniqsa nozik chalish kerak bo‘lgan notani «qattiq» katta barmoq

bilan olish ham zarur bo‘lmasa, tavsiya etilmaydi. Neygauz hatto har bir barmoqning o‘z ruhi

borligini aytgan4.

Applikatura bilan ishlashda asosan texnik mashqlardan ko`p foydalaniladi, masalan:

Asosiy applikatura sxemalarini yodlab qolish uchun gamma va arpedjiolar ijro qilinadi;
Moslashuvchanlikni

rivojlantirish

uchun

berilgan

asar

boshqa

tonallik

transpozitsiyasida o`xshash barmoqlar bilan ijro etiladi;

Mustaqil fikrlashni rivojlantirish uchun komozitor yoki redaktor tomonidan tavsiya

etilgan applikaturalarni yangilash va hokazo

Fortepiano applikaturasi haqida gapirganda, uning nafaqat mexanik, balki musiqiy

jihatlari ham muhimdir. Ijro etishda applikatura yordamida musiqaning har bir elementini —

ritm, melodik yo`nalish, va garmoniya o'zgarishlarini aniq va to'g'ri ifodalash mumkin. Bu esa

ijrochining o'z asarini to'liq va chuqur tushunishiga, uning har bir notasi, dinamikasi va
emotsional ohangini muvozanatli tarzda taqdim etishiga yordam beradi. Fortepianoda

applikatura, shuningdek, texnik yutuqlarni oshirish uchun muhim omil hisoblanadi. Ijrochi

tomonidan barmoqlarning to'g'ri qo'yilishi, qo'llar va barmoqlar orasidagi koordinatsiyani

rivojlantirish musiqaning texnik tasvirini yaxshilaydi. Barmoqlarning mustahkamligi va
muvozanati o'z navbatida tezlik va dinamik ifodalarni yanada aniqroq bajarishga yordam

beradi.

Ushbu texnik jihatlarni rivojlantirishda, ayniqsa, dastlabki bosqichdagi o'quvchilar

uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan metodlar mavjud. Kichik va o'rtacha murakkablikdagi

asarlarni o'rganishda applikaturani asta-sekin rivojlantirish, ijrochi barmoq va qo'l
mushaklarini kuchaytirish va xotirani rivojlantirish uchun juda samarali. O'quvchilar

applikaturani o'rganish jarayonida barmoqlarni aniq joylashtirish, har bir tovushni to'liq

eshitish va uni to'g'ri tarzda ijro etishga alohida e'tibor berishlari zarur.

Shunday qilib, fortepiano applikaturasi ustida ishlash musiqaning texnik va san'at

tomonidan ular o'rtasidagi muvozanatni ta'minlaydi. Bu ijrochi uchun o'z mahoratini
oshirishga, yangi musiqiy yondashuvlarni kashf etishga va turli janrlar va uslublarda samarali
ijro etishga imkon beradi. Ijrochi tomonidan applikaturaga e'tibor berish, faqat
barmoqlarning yengil harakatlaridan tashqari, butun ijro etish jarayonining holatiga ham
ta'sir qiladi. Natijada, applikatura nafaqat texnik vosita, balki musiqiy ifodaning muhim va
ajralmas qismiga aylanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. А.Д.Алексеев “Из истории фортепианной педагогики”, Киев, 1974
2. А.Д.Алексеев “Методика обучение игре на фортепиано”, Москва, 1978


background image

36

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

IF: 5.141

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue, 06 YO’PA

Volume 3 Issue 01 YOPA

3. Е.Либерман “Работа над фортепианной техникой”, Москва, 2003
4. Г.Нейгауз “Об искусстве фортепианной игре”, Москва, 1987
5. А.Николаев “Очерки по истории фортепианной педагогики и теории пианизма”,
Москва, 1980
6. Л.А.Баренбойм “Музыкальная педагогика и исполнительство”, Ленинград, 1974
7. Г.Коган “Работа пианиста”, Москва, 1963
8. К.Черни “Полная теоритическая и практическая фортепианная школа”, op.500
9. А.Н.Должанский “Краткий музыкальный словарь”, Москва, 1964

Библиографические ссылки

А.Д.Алексеев “Из истории фортепианной педагогики”, Киев, 1974

А.Д.Алексеев “Методика обучение игре на фортепиано”, Москва, 1978

Е.Либерман “Работа над фортепианной техникой”, Москва, 2003

Г.Нейгауз “Об искусстве фортепианной игре”, Москва, 1987

А.Николаев “Очерки по истории фортепианной педагогики и теории пианизма”, Москва, 1980

Л.А.Баренбойм “Музыкальная педагогика и исполнительство”, Ленинград, 1974

Г.Коган “Работа пианиста”, Москва, 1963

К.Черни “Полная теоритическая и практическая фортепианная школа”, op.500

А.Н.Должанский “Краткий музыкальный словарь”, Москва, 1964