Авторы

  • Muxlisa Xaytboyeva
    Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va san’at fakulteti 3-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yopa.127121

Ключевые слова:

folklor namunalari son so‘z turkumi lingvomadaniy talqin raqamlar umumlashmasi.

Аннотация

Ushbu maqolada folklor namunalarida sonlarning lingvomadaniy talqini xususida mulohazalar berilgan. Xalq og‘zaki ijodi namunalarining bugungi hayotimizdagi ahamiyati haqida so‘z boradi. Folklor namunalarini eng yorqin xususiyatlari maqolada yoritib berilgan.


background image

40

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

SJIF: 5.141

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON, PART-2 (YOʻPA)

FOLKLOR NAMUNALARIDA SONLARNING

LINGVOMADANIY TALQINI

Xaytboyeva Muxlisa Muxtor qizi

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti

Filologiya va san’at fakulteti 3-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15756120

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 20-Iyun 2025 yil

Ma’qullandi: 24-Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 27-Iyun 2025 yil

Ushbu maqolada folklor namunalarida sonlarning
lingvomadaniy talqini xususida mulohazalar berilgan.
Xalq

og‘zaki

ijodi

namunalarining

bugungi

hayotimizdagi ahamiyati haqida so‘z boradi. Folklor
namunalarini eng yorqin xususiyatlari maqolada yoritib
berilgan.

KEY WORDS

folklor namunalari, son so‘z
turkumi, lingvomadaniy talqin,
raqamlar umumlashmasi.

Tilimizda raqamlar bilan bog‘liq bunday ibora va tushunchalar juda serob. “Yetti qavat

niqob”, “to‘qqiz o‘ngarilgan tog‘”, “to‘qqiz paxsali qo‘rg‘on”, “qirq gazli shamshir”, “qirq quloch
soch” iboralari doston va ertaklarda uchrasa, jonli so‘zlashuvda “ko‘zi to‘rt bo‘lmoq”, “to‘rt
tomoning qibla”, “yetti o‘lchab bir kes” kabi iboralarni ko‘p ishlatamiz. Ayniqsa, o‘zbek xalq
dostonlarining badiiy olami “g‘aroyib raqamlar”ga nihoyatda boy: uch og‘a-ini botirlarning
borsa kelar, borsa xatar, borsa kelmas deb ataluvchi uch yo‘ldagi sarguzashtlari, kenja botirga
uch vazifa topshirilishi, yalmog‘iz kampir bilan uch olishuv, nuroniy chol bergan uch narsa -
oyna, taroq, ignaning g‘aroyib xislatlari tasviri nechog‘li qiziqarli bo‘lsa, qirq qaroqchi yoki
qirqin qizlarga bag‘ishlangan ertaklar ham shunchalik maroqlidir. Ayrim raqamlar muayyan
maqollarni butunlay “o‘ziniki” qilib olganga o‘xshaydi. Deylik, “yetti” raqami ishlatilgan
maqollarni bilasizmi? “Yetimning haqi yetti daryoni quritar”, “Bola yettiga kirguncha yerdan
yetti tayoq yeydi”, “Yeridan ayrilgan yetti yil yig‘lar”, “Yetti o‘lchab bir kes” kabi. Har gal shu
maqollarga duch kelganda nega endi aynan yetti marta ekan deb o‘ylab qolasan kishi.

“Yetti” raqami xalq og‘zaki ijodiyotida, jonli so‘zlashuvdagi ayrim ibora va tushunchalar

tarkibiga shu qadar singib ketganki, ularni bir-biridan ajratish mumkin emas. Xususan, yetti
qaroqchi, yetti xazina, yetti iqlim, yetti mo‘jiza, yetti go‘zal, yetti falak, yetti ota-bobo, yetti
pusht, yetti ajdod, yetti donishmand iboralari tarkibidagi raqamlar o‘zgartirilsa, bu
tushunchalarning mazmuniga putur yetadi. Shuning uchun ham asrlar davomida xalq og‘zaki
ijodiyotida, marosim va udumlarda bu raqamga an’anaviy tarzda murojaat qilinavergan.
Topishmoq aytishganda piyozning po‘sti aynan yettita emas, ancha-muncha ko‘pligini
ko‘rabila turib, “pak-pakana bo‘yi bor, yetti qavat to‘ni bor” jumboqini keltirishimizning boisi
ham ana shunda.


Ma’lum bo‘lishicha, qadim zamonlardan beri odamlar turmushda ayrim raqamlarni

qo‘llashda turli an’analarni yaratganlar. Ajdodlarimiz dastlabki raqamni o‘ylab topgan kundan


background image

41

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

SJIF: 5.141

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON, PART-2 (YOʻPA)

tortib sanoq usullari takomillashib ketgan bizning davrimizgacha o‘tgan vaqt ichida raqamlar
haqida xilma-xil tasavvurlar paydo bo‘lgan, qanchadan-qancha afsona-yu hikoyatlar
yaratilgan. Bobolarimiz tafakkurining eng buyuk kashfiyotlaridan biri bo‘lgan o‘nlik sanoq
usuli qadimgi odam uchun eng aziz va mo‘tabar hodisa hisoblangan. Hozir hatto boshlang‘ich
sinf o‘quvchisi birpasda aytib beradigan o‘nta raqamning paydo bo‘lishi uchun esa aslida juda
uzoq vaqt zarur bo‘lgan. Shuning uchun bo‘lsa kerak, birdan o‘ngacha bo‘lgan raqamlar
haqidagi qadimiy tasavvurlar xalqimiz xotirasida uzoq vaqtlardan buyon saqlanib qolgan.
Keyinchalik xalq ijodiyotida, kundalik turmushda qo‘llaniladigan an’anaviy raqamlar paydo
bo‘ldi. Bu g‘aroyib xususiyatli raqamlar jahonnning barcha xalqlari folklorida mavjud bo‘lib,
ular “sehrli raqamlar” deyiladi. O‘zbek xalq og‘zaki ijodiyotida o‘ziga xos an’anaviy badiiy
sillsila sifatida qo‘llaniladigan uch, to‘rt, besh, yetti, to‘qqiz va qirq raqamlari ana shunday
tafakkur mo‘jizalari hisoblanadi.

O‘tgan asrdan boshlab ayrim olimlar xalq og‘zaki ijodiyotida, kundalik turmushdagi

marosim va udumlarda ba’zi raqamlarga alohida e’tibor berilishini qayd qilib, bunday
“g‘aroyib” sonlarga e’tiqod qo‘yish an’anasining paydo bo‘lish sababarini aniqlashga harakat
qilgan bo‘lsa-da, “sirli” raqamlar muammosi folklorshunoslik ilmida haligacha maxsus talqin
qilingunicha yo‘q. Sayyoramizning turli joylarida istiqomat qilgan va qadimiy ajdodlarining
mifologik qarashlarini ko‘proq saqlab qolgan elatlar hayotini sinchiklab o‘rgangan E. B. Taylor,
L. Levi-Bryul, E. Leffler kabi etnograflar ibtidoiy sanoq usullarining paydo bo‘lishi natijasida
ayrim sonlar bilan bog‘liq e’tiqodiy ishonchlar kelib chiqqanligini alohida ta’kidlashgan. A. V.
Vasilyev, D. O. Shepping, I. I. Chistyakovlar “sehrli raqamlar” bilan aloqador xurofotiy
tushunchalarning ilmiy mohiyatini yoritib berishga bo‘lsa, Yu. M. Lotman, A. Ya. Sirkin, V. N.
Toporov, V. V. Ivanov, B. L. Ogibenin, A. I. Borodin, M. L. Chlenov kabi olimlarning
tadqiqotlarida ham “g‘aroyib” sonlar haqidagi qiziqarli ma’lumotlar mavjud. Raqamlarning
lingvopoetik xususiyatlarini o‘rgangan olimlar maqol, xalq qo‘shiqlari va eposda qo‘llaniluvchi
ayrim sonlar “sakral ma’no” anglatishini alohida qayd qilganlar.

Raqamlarni folklor elementi sifatida o‘rganishga kirishgan ilk tadqiqotchi bolgariyalik Z.

P. Ivanovdir. Uning 1921-yilda e’lon qilingan maqolasida bolgar xalq lirik qo‘shiqlaridagi
“tipik raqamlar” tahlil etilgan. Ammo bu asar asosan raqamlar qo‘llanilgan qo‘shiqlar
bayonidan iborat bo‘lib, “sehrli sonlar”ning paydo bo‘lishi, turlari, funksional-semantik
xususiyatlari haqida ma’lumot berilmagan.

O‘zbek folklorshunosi G‘. Jahongirov bolalar folkloridagi sanamalarda turli xil an’anaviy

raqamlarning qo‘llanilish sabablariga to‘xtalib: “O‘rta Osiyo hududida yashagan xalqlarning
tarixida ham har xil e’tiqodlari bilan bog‘langan sirli raqam, sonlari bo‘lgan. Bularning o‘zbek
ertaklari, dostonlarda, maqol va rivoyatlarida ham izlari ko‘p. Ammo o‘yin vaqtlarida
uchragan raqamlar sirli raqamlar ma’nosida ishlatilmay, ko‘pincha sanoq so‘zlarida qofiyalar
talabi bilan ishlatiladi”

1

, deb yozgan edi. Olim bolalar o‘yinlarida qo‘llaniluvchi raqamlar

muayyan poetik qonuniyatlarga bo‘ysunishini to‘g‘ri ko‘rsatgan.

1

Jahongirov Gʻ. Oʻzbek bolalar folklori. Toshkent. 1976.


background image

42

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

SJIF: 5.141

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON, PART-2 (YOʻPA)

Ertakshunos K. Imomov o‘zbek xalq prozasidagi “an’anaviy uchliklar – uch yo‘l, uch aka-

uka, uch ot, uch kecha-kunduz – syujet harakatining bir qolipda sekin davom etishini
ta’minlaydi”

2

, – deya magik raqamlarning mohiyatini umuman to‘g‘ri baholaydi.

Ko‘rinib turibdiki, “sehrli raqamlar” alohida badiiy hodisa sifatida o‘rganilmagan.

Shuning uchun ham mazkur mavzuni, xalq og‘zaki ijodining bir ibtidoiy marosimi va
udumlarida raqam ramzlari qanday ifodalanishi, raqamlarning mifologik tushuncha anglatuvi,
belgilari, folklor asarlaridagi badiiy o‘rni, o‘ziga xos poetik sistemasi mavjudligini kengroq
tadqiq qilish dolzarb sanaladi.

Xalq ijodiyoti asarlarida qo‘llanuvchi “sehrli raqamlar”ning muayyan mifologik asosi

mavjud. Ajdodlarning sanash kashf etilgan qadim zamonlarda ayrim raqamlarning
ilohiylashtirilishidan “sehrli raqamlar” to‘g‘risidagi tasavvurlar kelib chiqqan. Mifologik
qarashlarning marosim va folklorga singib ketishi natijasida sonlar haqidagi e’tiqodlar ham
yangilanib, o‘zgarib boravergan. “Sehrli raqamlar”ning folklor matnlaridagi qiymati
shunchalik mashhur bo‘lganki, odatda an’anaviy tarzda asrlar bo‘yi qo‘llanib kelgan
raqamlarning birortasi o‘zgartirilsa, o‘sha asar badiiyatiga putur yetadi. Zero, “sehrli
raqamlar”ning xalq og‘zaki ijodi poetikasidagi o‘rni va vazifalari folklorshunoslikning
umumnazariy masalalaridan biridir. Chunki jahon xalqlarining deyarli barchasida aynan bir
xil (3,4,5,7,40) “sehrli raqamlar” qo‘llaniladi

3

. O‘zbek folkloridagi “sehrli raqamlar” bilan

bog‘liq etiqodlarning tarixiy asoslari va folklor asarlarida turg‘unlanish jarayoni hamda
bunday raqamlar ishtirokidagi badiiy formulalar semantikasini o‘rganish quyidagi
masalalarni o‘z ichiga oladi:

- folklordagi asarlarda qo‘llaniladigan an’anaviy raqamlarning umumiy va o‘ziga xos

xususiyatlarini aniqlash;

- “sehrli raqamlar”ning tarixiy asoslarini mif-marosim-folklor bosqichlarida tekshirish;
- “sehrli raqamlar” haqidagi ilk tasavvurlar asosida shakllangan mifologik

ishonchlarning mohiyatini o‘rganish;

- “sehrli raqamlar”ning folklor va marosimlarning badiiy strukturasidagi o‘rni hamda

vazifalarini tadqiq etish.

Folklorunoslikda oid tadqiqotlarda tarixiy-mifologik asoslari va badiiy funksiyalari

bilan farq qiluvchi raqamlar umumiy atama bilan atalishi toʻgʻri emas. Xalq ogʻzaki ijodida
qoʻllaniluvchi raqamlar oʻziga xos xususiyatlarga koʻra farqlanib turadi. Ayrim sonlar urf-odat
va marosimlarimizdan tortib folklorgacha “oʻziniki” qilib olganga oʻxshaydi. Hatto jonli
soʻzlashuvda ham baʼzi raqamlar bot-bot qoʻllanilishi sir emas. Xalqimizning ana shunday
“ardoqli” sonlaridan biri-yettidir. Oʻzbek folklorida yetti soni bilan bogʻliq anʼanalar,
tushunchalar juda koʻp. Xususan, “yetti xazina” haqidagi xalq qarashlari ham ana shu “sehrli”
sonning sirli tarixi bilan bogʻliq.

Taniqli qozoq tilshunosi S. Kenesboyevning yozishicha, ovchilikka, qush solishga ustasi

farang qozoq merganlari itni yetti xazinaning boshi deb hisoblaydilar

4

. Ular turmushda keng

qoʻllaniladigan narsa, hunar, jonivorlarning nomlarini yetti xazina sifatida tila oladilar.

2

Imomov K. Oʻzbek xalq prozasi. Toshkent. 1981.

3

Joʻrayev M. Oʻzbek xalq ertaklarida sehrli raqamlar. Toshkent. 1991.

4

Kenesbayev S. Jeti, ush, togʻiz, qiriq, pen baylanisti ugʻimder. 1976.


background image

43

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

SJIF: 5.141

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON, PART-2 (YOʻPA)

Xoʻsh, “yetti xazina” haqidagi tasavvur qachon paydo boʻlgan? Tarixiy-badiiy asarlarning

guvohlik berishicha, yetti xazina tushunchasi Oʻrta Osiyo xalqlariga juda qadim zamonlardan
beri maʼlum boʻlgan. Xususan, qadimgi hind dostoni “Axtarveda”ning Vishu va Agni nomli
afsonaviy qahramonlarga bagʻishlangan qismida Chambil hunari tasvirlanadi. Unda har bir
xonadon oilaning baxt-iqboli ramzi boʻlmish yetti xazinaga ega boʻlishiga istak bildiriladi.
Qizigʻi shundaki, “veda”da yetti xazinaning mukammal tarkibi ayon etilmasa-da, roʻzgʻorda
eng koʻp qoʻllaniladigan zaruriy xazinalardan biri sifatida moy nomi tilga olinadi.

5

Oʻzbek folklorida voqea-hodisalarni, qahramonlarning xususiyati yoki biror belgisini

boʻrttirib, kuchaytirib, mubolagʻali tasvirlashda ham anʼanaviy raqamlardan keng
foydalaniladi. Odatda, boʻrttirib tasvirlash usulida yuz, ming, oʻn ming, oʻn sakkiz ming, qirq
ming, yetmish ming, toʻqson ming, yuz ming, yeti yuz ming kabi “ulkan” sonlar ishlatiladi.
Badiiy matnda uchraydigan bunday raqamlar aniq matematik miqdorni anglatmaydi, balki
mubolagʻali qilib tasvirlanayotgan narsa yoki hodisaning miqdoriy belgisini oʻta kuchaytirib,
mavhumlashtirib koʻrsatadi va “koʻp”, “juda koʻp”, “son-sanoqsiz” degan maʼnoni anglatadi.

Oʻzbek xalq dostonlarida epik masofa (qirq yillik yoʻl, ming yillik yoʻl), epik vaqt (ming

yil yashamoq, 997 yil kutmoq), epik makon (oʻn sakkiz ming olam, 786 bozor), lashkar soni
(18000, 30000, 100000, 700000 lashkar), boylik (oʻn sakkiz xazina, qirq ming tilla tuhfa) ni
boʻrttirib ifodalashda ham anʼanaviy raqamlar qoʻllaniladi. Bunday miqdoriy kuchaytirishlar
badiiy tasvirning taʼsirchanligini oshiradi. Raqamli mubolagʻalarni baʼzan tasavvur qilish
mumkin boʻlsa-da (masalan, 99 ism yoki 500 yigit), odatda, xalq ogʻzaki ijodiyotida inson
qalbga, tasavvuriga sigʻdirish qiyin boʻlgan miqdoriy belgilar (oʻn ming yillik yoʻl, oʻn sakkiz
ming olam) qoʻllaniladi.

Oʻzbek folklorida oʻziga xos badiiy formaga ega boʻlgan raqamli poetik formulalardan

yana biri alliteratsiya sanʼatida koʻzga tashlanadi. “Sanamay sakkiz dema, oʻylamay oʻttiz
dema” yoki “oʻnta boʻlsa oʻrni boshqa, qirqta boʻlsa qiligʻi boshqa” kabi maqollardagi 8, 10, 30,
40 raqamlari muayyan soʻzlar bilan fonetik jihatdan mutanosibligiga koʻra qoʻllanyapti. Baʼzan
raqamli mubolagʻa ham alliteratsiya yordamida ifodalanishi mumkin. “Avazxon” dostonining
muqaddimasida Chambil shunday tasvirlanadi: “Chambil Chambil boʻlganda, Chambil obod
boʻlganda, qirq yigitning yegani qand bilan novvot boʻlganda qanday Chambil edi: oltmish
oshxonali Chambil, yetmish jevaxonali Chambil, sakson sardobali Chambil, toʻqson toʻyxonali
Chambil, oq darvozali va koʻk darvozali Chambil, yer yuziga ovozali Chambil”.

6

Oʻzbek folklorida qoʻllaniluvchi raqamlarning oʻziga xos badiiy olamini yaxshiroq

tushunish uchun raqamli jumboqlar asosiga qurilgan ertak motivlariga bir nazar tashlaylik.

Oʻzbek xalq ertaklarida raqamli jumboqlarning xilma-xil turlari mavjud. Qahramon

tomonidan aytilayotgan sirli jumboqdagi raqamlar tilsimini yechish oʻziga xos zakovat
imtihoni sanaladi. “Sultonshoh degan podshoh umrining oxirida Huroyim degan qizga
uylanmoqchi boʻladi. Sultonshoh Xuroyimga sovchi yuboribdi. Xuroyim qaliniga:

Oʻnta uloq,
Yigirmata boʻri,
Oʻttizta yoʻlbars,

5

Joʻrayev M., Xolmuhammadov K. Yetti iqlimdagi “yeti”lar. Toshkent. 1989.

6

“Avazxon” dostoni.


background image

44

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

SJIF: 5.141

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON, PART-2 (YOʻPA)

Qirqta tulki,
Ellikta xoʻta,
Oltmishta axta,
Yetmishta sargʻaldoq,
Saksoncha chaqaloq,
Toʻqsoncha tumaloq,
Yuzta jumaloq, -
bersin deydi.
Bu topishmoqning javobi quyidagicha:
Oʻnda uloqday boʻladi,
Yigirmada boʻriday boʻladi,
Oʻttizda yoʻlbarsday boʻladi,
Qirqda tulkiday boʻladi,
Ellikikda xoʻtalangan,
otday aqli raso boʻladi,
Oltmishda axtalangan otday qaytib qoladi.
Yetmishda sargʻaldoqday tilda boru dilda hech narsa boʻlmaydi,
Saksonda goʻdak boladay boʻladi,
Toʻqsonda uydan chiqmay dumaloq boʻladi,
Yuzda beriligidan nariligi oʻngʻayliroq boʻlib qoladi.
Sultonshoh Huroyimning soʻrogʻiga javob bergandan keyin uylanadi. Huroyim Rustam

degan oʻgʻil tugʻadi”

7

.

Oʻzbek xalq ertaklarida oʻnliklarga asoslangan raqam jumboqning paydo boʻlishi

qadimgi turk folklori anʼanalari va ibtidoiy sanoq usullari bilan bogʻliq. Maʼlumki, rivojlangan
sanoq sistemasi oʻnlikka asoslanadi, bu aslida beshlik, yaʼni barmoqlar vositasida sanashning
paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Eʼtibor berilsa, oʻnlik sanoq sistemasidagi raqamlar tartibi
(1,2,3,4,5,6,7,8,9,10) yuqoridagi raqamli jumboqning kompozitsion strukturasiga toʻla mos
keladi (10, 20, 30, 40, 50, 60, 70, 80, 90, 100).

Xalq ogʻzaki ijodiyotida qoʻllaniluvchi raqamlarni ularning tarixiy asoslari, badiiy

strukturasidagi oʻrni va vazifalari, oʻziga xos poetik tabiatiga koʻra ikkiga ajratiladi:

1) “sehrli” raqamlar;
2) anʼanaviy raqamlar.
Insoniyat tafakkuri taraqqiyotining tetapoya davrlaridagi ibtidoiy marosimlar va

mifologik tushunchalarning miqdor koʻrsatkichi sifatida shakllangan hamda xalq qarashlarida
muqaddas hodisa sifatida tilsimlashtirilgan sonlar “sehrli” raqamlar deyiladi. Xalqimiz
tasavvurida, marosim va udumlarda muqaddaslashtirilgan, ayrim tushunchalar tarkibida
turgan miqdor belgisi tarzida anʼanaviylashgan 3, 4, 5, 7, 9 va 40 sonlari oʻzbek folklorining
“sehrli” yoki magik raqamlari hisoblanadi.

Folklor asarlarida, anʼana va marosimlarimizda qoʻllaniluvchi turli xil ibora va

tushunchalar, eʼtiqodiy ishonch va udumlar tarzida hamda odamlar nazarida alohida magik
qudratga ega deb tasavvur qilingan “sehrli” raqamlar folklorda ham, marosimlarda ham
baravar ishlatiladi. Faqat folklor asarlaridagina qoʻllaniluvchi qadimiy mifologik tasavvurlar
bilan aloqador boʻlmagan raqam ramzlarini esa anʼanaviy sonlar deb atashni lozim topdik.

7

“Rustamxon” dostoni.


background image

45

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

SJIF: 5.141

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON, PART-2 (YOʻPA)

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. ”Avazxon” dostoni.
2. Imomov K. Oʻzbek xalq prozasi. Toshkent. 1981.
3. Jahongirov Gʻ. Oʻzbek bolalar folklori. Toshkent. 1976.
4. Joʻrayev M., Xolmuhammadov K. Yetti iqlimdagi “yeti”lar. Toshkent. 1989.
5. Joʻrayev M. Oʻzbek xalq ertaklarida sehrli raqamlar. Toshkent. 1991.
6. Kenesbayev S. Jeti, ush, togʻiz, qiriq, pen baylanisti ugʻimder. 1976.
7. “Rustamxon” dostoni.

Библиографические ссылки

”Avazxon” dostoni.

Imomov K. Oʻzbek xalq prozasi. Toshkent. 1981.

Jahongirov Gʻ. Oʻzbek bolalar folklori. Toshkent. 1976.

Joʻrayev M., Xolmuhammadov K. Yetti iqlimdagi “yeti”lar. Toshkent. 1989.

Joʻrayev M. Oʻzbek xalq ertaklarida sehrli raqamlar. Toshkent. 1991.

Kenesbayev S. Jeti, ush, togʻiz, qiriq, pen baylanisti ugʻimder. 1976.

“Rustamxon” dostoni.