Авторы

  • Zaxro Quvatova
    Bojxona instituti oʻqituvchisi
  • Shahriyor Abdujalilov Shahriyor
    Bojxona instituti kursanti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yopa.127122

Ключевые слова:

Kompyuter Ray Kurzweil AI Stiv Jobs suniy intellekt chakana savdo onkologiya malakali kadrlar big data moliyaviy xizmatlar algoritmik savdolar aqlli tizim iqtisodiy o’sish biznes transformatsiyasi.

Аннотация

Iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishi va ularni tahlil qilishda sun’iy intellekt (AI) va inson omili muhim rol o’ynaydi. Ushbu maqolada, AI texnologiyalarining iqtisodiyotga ta'siri, raqamli texnologiyalarning rivojlanish darajalari va inson omilining ahamiyati hamda bu ikki elementning birgalikdagi ishlashiga e’tibor qaratiladi


background image

36

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

SJIF: 5.141

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON, PART-2 (YOʻPA)

IQTISODIYOT TARMOQLARINING RIVOJLANISHI VA

ULARNI TAHLIL QILISHDA SUN’IY INTELLEKT VA

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR

Quvatova Zaxro Orifjonovna

Bojxona instituti oʻqituvchisi

Abdujalilov Shahriyor

Bojxona instituti kursanti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15756092

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 20-Iyun 2025 yil

Ma’qullandi: 24-Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 27-Iyun 2025 yil

Iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishi va ularni tahlil
qilishda sun’iy intellekt (AI) va inson omili muhim rol
o’ynaydi. Ushbu maqolada, AI texnologiyalarining
iqtisodiyotga

ta'siri,

raqamli

texnologiyalarning

rivojlanish darajalari va inson omilining ahamiyati
hamda bu ikki elementning birgalikdagi ishlashiga
e’tibor qaratiladi

KEY WORDS

Kompyuter, Ray Kurzweil, AI, Stiv
Jobs, suniy intellekt, chakana savdo,
onkologiya, malakali kadrlar, big
data,

moliyaviy

xizmatlar,

algoritmik savdolar, aqlli tizim,
iqtisodiy

o’sish,

biznes

transformatsiyasi.

Kompyuter

[1]

(

Kompyuter-(

inglizcha

:

computer

–,,kodlar bilan ishlamayman'') –

oldindan berilgan

dastur

boʻyicha

ishlaydigan avtomatik qurilma

)

nima? Avtomatik

kompyuter vazifaning yechimini topish uchun millionlab operatsiyalarni bajarib, soatlab,
hatto kunlar davomida mustaqil ravishda ishlashi mumkin. Kompyuter minglab maʼlumotni

oʻz ichiga olgan vazifalarni hal qila oladi. Bu maʼlumot raqamlar bilan ifodalangan sonlar,

harflardan tashkil topgan soʻzlar, shuningdek, raqam, harf yoki boshqa belgilarning

kombinatsiyasidan iborat boʻlishi mumkin. Bunday maʼlumotlar mashina soʻzi deb ataladi.
Amerikalik ixtirochi, muhandis va futurolog Ray Kurzweilning

[2]

(

GOOGlE ixtirochilaridan

biri va Amerikalik kompyuter olimi)

fikricha “2030-yillarda kompyuterlar inson miyasi

darajasida fikrlay oladi. 2045-yilga borib esa, insoniyat sun’iy intellekt bilan birlashib, o‘z

imkoniyatlarini cheksiz darajagacha kengaytiradi.”

Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar

va sunʼiy intellektning zamonaviy holati, ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni,
shuningdek, istiqbollari tahlil qilinadi. Shu asosda texnologiyalardan samarali foydalanish va

ularning salbiy taʼsirlarini minimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar ham ishlab chiqiladi.

So‘nggi yillarda eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan biri bu Sun’iy intellekt

(AI) bo‘lib, u zamonaviy iqtisodiyotni yangi bosqichga olib chiqish salohiyatiga ega
texnologiyalardan biri hisoblanadi. AI nafaqat ishlab chiqarish va xizmatlar sohalarida, balki

mehnat bozorida, moliya sektorida va umumiy iqtisodiy o‘sishda ham sezilarli o‘zgarishlarga

olib keladi. Ushbu texnologiyalar jarayonlarni avtomatlashtirish, xarajatlarni kamaytirish va

ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, bu orqali iqtisodiy samaradorlikni yanada
rivojlantirish uchun keng qo‘llaniladi.

Sun’iy intellekt texnologiyalari iqtisodiyotni yanada

samaraliroq qilishga yordam beradi. Masalan, sun’iy intellekt yordamida turli sohalarda

jarayonlar avtomatlashtiriladi: moliyaviy xizmatlarda firibgarlikni aniqlash va xavflarni tahlil

qilish, chakana savdoda mahsulot tavsiyalarini taqdim etish, sog‘liqni saqlash sohasidagi
kasalliklarni erta aniqlash. Ushbu texnologiyalar nafaqat jarayonlarni tezlashtiradi, balki

inson xatolarini ham kamaytiradi.

Sun’iy intellekt


background image

37

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

SJIF: 5.141

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON, PART-2 (YOʻPA)

texnologiyalarini jadal joriy etish va ularni mamlakatimizda keng qo‘llash, raqamli

ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini va ularning yuqori sifatini ta’minlash, ushbu sohada

malakali kadrlar tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida

[3]

(17.02.2021

dagi PQ-4996 son qaroridan)

ilgari surilayotgan fikr va g’oyalar ham AI ni nafaqat kelajak

ishlarida balki hozirgi zamondagi muhim va asosiy roli mavjudligini yana bir isboti

hisoblanadi.

Hozirgi kunda, Sun'iy intellekt texnologiyalari iqtisodiyotning turli sohalarida keng

qo'llanilmoqda. Transport, sog'liqni saqlash, chakana savdo kabi sohalarda AI yordamida
jarayonlar avtomatlashtirilmoqda, ma'lumotlar tahlili va qaror qabul qilish jarayonlari

tezlashtirilmoqda. Masalan, sun'iy intellekt yordamida kompaniyalar xaridorlarning xulq-

atvorini o'rganish orqali marketing strategiyalarini optimallashtirish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Shuningdek, AI texnologiyalarining jadal rivojlanishi bilan birga, iqtisodiyotda yangi ish

o'rinlari paydo bo'lishi mumkin. Biroq, bu jarayon ba'zida mavjud ish o'rinlarini yo'qotishga

ham olib kelishi mumkin. Jahon iqtisodiyoti tarmoqlarida sun'iy intellektdan foydalanish

natijada AI ko'p odamlar ish joylarini yo'qotishi mumkinligi haqida xavotirlar mavjud. Bu

farazlarning barchasi to’g’ri deyish huddiki AI va yangi texnologiyalardan qo’rqish demakdir.

Kompyuter insondan kuchlimi? Degan fikrga quyidagicha javob berishimiz mumkin:

“Kompyuter insondan kuchli emas, lekin inson aqlini kuchaytiradigan vosita — xuddi

qandayki velosiped yurishni tezlashtirsa, kompyuter ham fikrlash, ijod qilish va muammolarni

hal qilishda inson imkoniyatlarini oshiradi.” Bu fikr egasi Stiv Jobs

[4]

Apple kompaniyasi

asoschisi, biznesmen

har doim texnologiyani inson salohiyatini kuchaytiruvchi vosita deb

ko'rgan. U kompyuterlarni insonning o'zi kuchli bo'lishi uchun xizmat qiladigan qurol deb

bilgan, uni insonni almashtiradigan emas, balki uni to‘ldiradigan narsa sifatida ko‘rgan. Ushbu
rasmda AI ishlatila boshlangan sohalarni ko’rishimiz mumkin.


background image

38

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

SJIF: 5.141

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON, PART-2 (YOʻPA)

Sun’iy intellektdan eng ko‘p foydalanilayotgan soha bu moliyaviy xizmatlar (

Finance

),

undan keyin esa sog‘liqni saqlash (

Healthcare

) va savdo (

Retail

) sohalari turadi. Bu shuni

anglatadiki, AI ayniqsa ko‘p ma’lumot talab qiladigan va avtomatlashtirish foydali bo‘lgan

sohalarda tez joriy qilinmoqda. Chunki kompyuter insondan tez, aniq va xatolarsiz ishlaydi.

Sun'iy intellekt, mashina o'rganish va katta ma'lumotlar (big data) orqali moliyaviy

tahlilni optimallashtirishda yordam beradi. Xususan, algoritmik savdolar (algorithmik
trading) va kredit riskini baholashda AI tizimlari tez-tez ishlatilmoqda.

Goldman

Sachs

[5]

(

1869-yil Nyu yorkda tashkil topgan xalqaro bank

) kabi yirik investitsiya banklari

o'zlarining tizimlarida AI ni joriy etgan va bu orqali xavf-xatarni minimallashtirgan hamda

operatsion samaradorlikni oshirgan.

Shu bilan bir qatorda Sog’liqni saqlash tizimida ham Sun'iy intellekt kasalliklarni erta

aniqlash, tashxis qo'yish, va davolash jarayonlarini yaxshilashda katta yordam bermoqda.

IBM

Watson

[6]

(

IBM kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan onkologiya kasalliklariga

tashxis qo’yadigan sun’iy intellekt tizimi

) kabi tizimlar tibbiy ma'lumotlar asosida qarorlar

qabul qilishda ishlatiladi. 2019-yilda IBM Watson sun'iy intellekti saratonni 93% aniqlik bilan
tashxislashda muvaffaqiyatga erishgan. Watson bu raqamlarga 25 milliondan ortiq tibbiy

maqolalar klinik tahlillar va tadqiqotlarni qisqa vaqt ichida o’qiy olishi, bemorning tibbiy

tarixi, analizlar, rentgen/KT natijalarini tez tahlil qilishi va shu bilan birga shifokorlarlar bilan

maslahatlashgan holda erishgan.

Shu bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi faoliyatini samarali

tashkil etish, raqamli transformatsiyani jadallashtirish hamda ta’lim, nazorat va boshqaruv

jarayonlarini avtomatlashtirish maqsadida bir qator muhim chora-tadbirlar belgilandi.

Jumladan, Bojxona institutida 2026 yil 1 yanvarga qadar axborot texnologiyalariga asoslangan
quyidagi avtomatlashtirilgan tizimlar joriy etiladi: ta’lim jarayonlarini samarali tashkil etish

va boshqarish uchun “Ta’lim menejmenti” axborot tizimi, professor-o‘qituvchilar faoliyati

samaradorligini baholash uchun “Samaradorlikni baholash” moduli, hamda bojxona organlari

xodimlarining malakasini oshirish uchun “Malaka” axborot tizimi.

Bundan tashqari, 2025 yil 1 iyuldan boshlab bojxona organlari axborot tizimlari sug‘urta

tashkilotlari bilan integratsiya qilinib, chegara orqali harakatlanayotgan avtotransport

vositalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish mexanizmi amalga oshiriladi.

Bu sug‘urta polisini elektron tarzda rasmiylashtirishni nazarda tutadi va barcha jarayonlar

axborot tizimi orqali avtomatlashtiriladi.


background image

39

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

SJIF: 5.141

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON, PART-2 (YOʻPA)

Qabul qilinayotgan mazkur chora-tadbirlar bojxona organlari faoliyatida inson omilini

kamaytirish, halollik va shaffoflikni oshirish, kadrlar salohiyatini yuksaltirish, ta’lim sifatini

yaxshilash hamda umumiy faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Raqamli

texnologiyalarni keng joriy etish orqali bojxona tizimida zamonaviy boshqaruv mexanizmlari
shakllantirilad

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki,

Sun’iy intellekt — bu inson aql-zakovatini taqlid

qiluvchi aqlli tizimlar bo‘lib, iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish, ish o‘rinlarini yaxshilash va
samaradorlikni oshirishda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekistonda ham sun’iy intellekt sohasiga
katta e’tibor qaratilib, 2021 yil 17 fevralda qabul qilingan Prezident qarori orqali ushbu
texnologiyalarni jadal joriy etish, malakali kadrlar tayyorlash, raqamli iqtisodiyotga asos
bo‘ladigan huquqiy va texnologik infratuzilmani shakllantirish yo‘lga qo‘yildi. Raqamli
iqtisodiyot va sun’iy intellekt bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, AKT va internet
texnologiyalari ushbu tizimlarni rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Sun’iy
intellekt ma’lumotlarni avtomatik tahlil qilish, xizmat sifatini yaxshilash, jarayonlarni
optimallashtirish orqali biznes va ijtimoiy sohalarda yuqori samaradorlikka erishishga
yordam beradi. Tadqiqotchilar sun’iy intellekt strategiyalarini faqat tajriba sifatida emas,
balki to‘liq biznes transformatsiyasi vositasi sifatida qo‘llash kerakligini ta’kidlashmoqda.
Bundan tashqari, texnologiyalardan real foyda olish uchun uni amalda foydalana oladigan
mutaxassislar qo‘liga topshirish muhim ahamiyatga ega. Umuman olganda, sun’iy intellekt
raqamli iqtisodiyotning ajralmas qismiga aylanib bormoqda va yaqin yillarda uning ta’siri
yanada kengayishi ehtimoldan holi emas.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
2. Ray Kruizweil, “The Singularity is Near” kitobi, 672-bet, 2005-yil 22- sentyabr
3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy
etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risi” 17.02.2021 yildagi PQ-4996
son qarori.
4. The March 1973 issue of Scientific American
5. IBM Watson Health Presents New Data Demonstrating Real-World Progress of AI in
Oncology at 2019 ASCO Annual Meeting.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini
tashkil etish va bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-
tadbirlari to‘g‘risida” 25.03.2025 yildagi PQ-122-son qarori.

Библиографические ссылки

Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Ray Kruizweil, “The Singularity is Near” kitobi, 672-bet, 2005-yil 22- sentyabr

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risi” 17.02.2021 yildagi PQ-4996 son qarori.

The March 1973 issue of Scientific American

IBM Watson Health Presents New Data Demonstrating Real-World Progress of AI in Oncology at 2019 ASCO Annual Meeting.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish va bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 25.03.2025 yildagi PQ-122-son qarori.