Авторы

  • Sevara Shakirova
    Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yopa.127127

Ключевые слова:

Neyron tarmoq sun’iy intellekt tizimlari chatbotlar ChatGPT raqamli texnologiyalar.

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitishda generativ neyron tarmoqlarning roli va samaradorligi tahlil qilinadi. Sun’iy intellektga asoslangan ushbu texnologiyalar o‘quvchilarga individual yondashuv, interaktiv muloqot va avtomatlashtirilgan baholash imkoniyatlarini taqdim etadi. Generativ neyron tarmoqlar yordamida o‘quvchilarning talaffuzi, grammatikasi va so‘z boyligi takomillashtirilishi mumkin.


background image

13

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

SJIF: 5.141

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON, PART 2 (YOʻPA)

O‘ZBEK TILINI XORIJIY TIL SIFATIDA O‘QITISHDA

GENERATIV NEYRON TARMOQLARDAN FOYDALANISH

Sevara Shakirova

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi magistranti

Orcid: 0009-0001-2094-1225

sevara.inboxx@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15721909

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-Iyun 2025 yil

Ma’qullandi: 15-Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 23-Iyun 2025 yil

Ushbu maqolada o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitishda
generativ neyron tarmoqlarning roli va samaradorligi
tahlil qilinadi. Sun’iy intellektga asoslangan ushbu
texnologiyalar o‘quvchilarga individual yondashuv,
interaktiv muloqot va avtomatlashtirilgan baholash
imkoniyatlarini taqdim etadi. Generativ neyron
tarmoqlar

yordamida

o‘quvchilarning

talaffuzi,

grammatikasi va so‘z boyligi takomillashtirilishi
mumkin.
Tadqiqotda ushbu texnologiyalarning afzalliklari bilan
bir qatorda ularning texnik cheklovlari, axborot
xavfsizligi muammolari va o‘qituvchi ishtirokiga bo‘lgan
ehtiyoj ham muhokama qilinadi..

KEY WORDS

Neyron tarmoq, sun’iy intellekt
tizimlari, chatbotlar, ChatGPT,
raqamli texnologiyalar.

Jahonda xalqaro tashkilotlar va rivojlangan davlatlar tomonidan qabul qilingan 2030-

yilgacha: yangi ta’lim konsepsiyasida “Ta’lim tizimini mustahkamlash, bilimlarni tarqatish,
turli axborotlardan foydalanish, sifatli va samarali ta’limni tashkil etish uchun yangi axborot
kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish zarur”, deb e’tirof etilgan [1]. Bu borada
2023-yilda YUNESKO tomonidan chop etilgan “Guidance for generative AI in education and
research” qo‘llanmasi muhim ahamiyatga ega [2].

Respublikamizda sun’iy intellektni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu

borada prezidentimizning 2024-yil 14-oktabrda qabul qilingan “Sun’iy intellekt
texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori
muhim qadam bo‘ldi [3]. Unga ko‘ra, ta’lim sohasida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy
etish bo‘yicha quyidagilarni amalga oshirish belgilab berilgan:

Ta’lim muassasalarida shaxsni identifikatsiya qilish orqali o‘quvchi va talabalar

davomatini monitoring qilish hamda xavfsizligini ta’minlash; Xalqaro yoki mintaqaviy
umumiy ma’lumotlarni himoya qilish qoidalarini tasdiqlash; Sun’iy intellekt bo‘yicha butun
hukumat strategiyalarini qabul qilish/qayta ko‘rib chiqish; Sun’iy intellekt etikasiga oid
maxsus qoidalarni mustahkamlash va amalga oshirish; Sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan
kontent uchun mualliflik huquqi qonunlarini qayta ko‘rib chiqish; GenSI bo‘yicha me’yoriy-
huquqiy bazani ishlab chiqish; Taʼlim va tadqiqotda GenSIdan toʻgʻri foydalanish salohiyatini
oshirish; Bilim sifatini baholashni avtomatlashtirish va o‘quv natijalari to‘g‘risidagi

ma’lumotlarni tahlil qilish; Dasturlash tillari va sun’iy


background image

14

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

SJIF: 5.141

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON, PART 2 (YOʻPA)

intellektni o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish; Erta yoshdan sun’iy intellektni tushunish
va qiziqishni rivojlantirish uchun o‘yin (tajriba)ga yo‘naltirilgan va sun’iy intellekt o‘quv
dasturlarini ishlab chiqish; yuqori sinf, o‘rta maxsus hamda professional ta’lim jarayonida
kelajakda zarur bo‘ladigan asosiy dasturlash tillari va sun’iy intellekt bo‘yicha bilimlar olish
imkoniyatini kengaytirish. Shuningdek, ushbu qarorda sun’iy intellekt texnologiyalarini
rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani shakllantirish, sohada standartlarni
takomillashtirish va xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ma’lumotlarni qayta
ishlash hamda sun’iy intellektga asoslangan loyihalarni ishga tushirish uchun texnik
infratuzilma yaratish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida mazkur yo‘nalishdagi ustuvor
loyihalarni amalga oshirish, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha aholining
bilim va ko‘nikmalarini oshirish, kadrlar salohiyatini rivojlantirish masalalari ustuvor
vazifalar qilib belgilangan.

Jumladan, 2020-yil 20-oktyabrdagi PF-6084-son “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada

rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” davlat tilining
xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini oshirish, bu borada xorijiy hamkorlik aloqalarini
rivojlantirish, shuningdek, xorijliklar uchun o‘zbek tilini o‘rgatuvchi dasturlar yaratish hamda

davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini oshirish, bu borada xorijiy hamkorlik
aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha juda ko‘plab ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek,

2030-yilga qadar xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tilini o‘rgatuvchi

markazlar sonini amaldagi 17 tadan 60 tagacha ko‘paytirish maqsad qilib qo‘yildi[4].

Zamonaviy texnologiyalar ta’lim jarayoniga chuqur singib borayotgan bir davrda sun’iy

intellekt va generativ neyron tarmoqlarning til o‘rgatish jarayonidagi ahamiyati ortib
bormoqda. Xususan, o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitishda generativ neyron tarmoqlardan
foydalanish til o‘rganish jarayonini yanada samarali va interaktiv shaklga keltirish imkonini
beradi. Ushbu texnologiyalar til o‘rganishning turli bosqichlari uchun moslashtirilgan
mashg‘ulotlar, so‘z boyligini oshirishga xizmat qiluvchi kontekstual jumlalar, muloqotga
yo‘naltirilgan chatbotlar va avtomatik tarjima tizimlarini yaratishda keng qo‘llanilmoqda.

Adabiyotlar tahlili

Hintonning fikricha, neyron tarmoqlar sun’iy intellektning eng kuchli vositalaridan biri

hisoblanadi [5]. Yann LeCun neyron tarmoqlar bizga o‘zining shaxsiy tajribasi va o‘rganish
usullari orqali ko‘plab muammolarni hal qilishga imkon beradi deb ta’kidlaydi [6]. Ian
Goodfellow esa neyron tarmoqlar har qanday ma’lumotni, shuningdek tasvirlar va ovozlarni
ham qayta ishlash uchun samarali vositalarga aylanishi mumkin deb fikr bildirgan [7].

Google Brain jamoasi generativ neyron tarmoqlarni til o‘rganishda qo‘llashni chuqur

o‘rgangan.

BERT

(Bidirectional Encoder Representations from Transformers) va boshqa ilg‘or

modellarni ishlab chiqqan bu jamoa, tilni tushunish va tarjima qilish kabi sohalarda generativ
neyron tarmoqlardan foydalanishni rivojlantirgan. Bu tarmoqlar tilni o‘rganish jarayonini
avtomatik tarzda soddalashtiradi [8]. Shuningdek,

Bing Liu

va

Wei Xu

kabi olimlar GANlar

yordamida til o‘rganish tizimlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar olib borgan
[9].

Antonio Pérez-Núñez ChatGPT kabi generativ sun’iy intellekt (AI) vositalarining xorijiy

tilni o‘rgatishda qanday qo‘llanilishi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tahlil
qilgan. Nadezhda Vladimirovna Pisar esa rus tilini xorijiy til sifatida o‘rgatishda neyron
tarmoqlarining imkoniyatlarini o‘rgangan [10].


background image

15

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

SJIF: 5.141

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON, PART 2 (YOʻPA)

Ta’lim va tadqiqotda generativ sun’iy intellektdan foydalanish yuqoridan pastga

yondashuv asosida qo‘llanilmasligi, tijorat maqsadi bilan boshqarilmasligi kerak. Buning
o‘rniga, undan xavfsiz va samarali foydalanish o‘qituvchilar, o‘quvchilar hamda tadqiqotchilar
tomonidan birgalikda ishlab chiqilishi kerak [11].

Raile Kasgarli Turkiya oliy o‘quv yurtlarida o‘zbek tili ta’limi muammo va takliflar

yuzasidan tadqiqot olib brogan [12]. Sofiya Tyuleyeva tomonidan yozilgan “Neyron
tarmoqlarni o‘rta maktab o‘quvchilariga xorijiy tillarni o‘rgatishda qo‘llashning afzalliklari va
kamchiliklari” nomli maqolasida sun’iy intellektning ta’lim jarayoniga kiritilishining
potentsial afzalliklari va kamchiliklarini o‘rganilgan [13]. Sayyora Ibragimova o‘z maqolasida
o‘zbek tilini o‘rgatishda sun’iy intellekt texnologiyalarining qo‘llanilishini o‘rganadi va
amaliyotga tatbiq etadi [14]. Shuningdek, xorijliklar uchun oʻzbek tilini oʻrgatuvchi onlayn
platforma yaratish asoslari mavzusida Saodat Muhamedova, Gulruxsor Ergasheva [15]
tadqiqotlari diqqatga sazovordir.

Tadqiqot metodologiyasi

Tadqiqot davomida

o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitishda generativ neyron

tarmoqlardan foydalanish bo‘yicha ilmiy va uslubiy adabiyotlarni o‘rganish va qiyosiy tahlil
qilish, tadqiqot maqsadi va vazifalariga muvofiq keluvchi pedagogik kuzatish usullaridan
foydalanilgan.

Tahlillar va natijalar

Turli ta’lim sohasi vakillari tomonidan generativ neyron tarmoqlar bilan bog‘liq ilmiy

izlanishlar olib borilgan bo‘lsa-da, o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitishda generativ neyron
tarmoqlardan foydalanishga doir maxsus tadqiqot amalga oshirilmagan. Bu esa til o‘rganish
jarayonida generativ neyron tarmoqlardan foydalanishga oid ilmiy izlanishlar olib borishni
taqozo etdi.

Tadqiqotning maqsadi generativ neyron tarmoqlarga doir ma’lum yondashuvlarni

umumlashtirish va ta’lim jarayonida o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitishda generativ neyron
tarmoqlardan foydalanishga ta’sir qiluvchi asosiy ko‘nikmalar ro‘yxatini tuzishdir.

Neyron tarmoq - bu parallel ravishda ishlaydigan ko‘plab oddiy hisoblash

elementlaridan tashkil topgan tizim. Tarmoq ishining natijasi tarmoq tuzilishi, ulanishlar
kuchi, shuningdek, har bir element tomonidan bajariladigan hisob-kitoblar turi bilan
belgilanadi. Sun’iy neyron tarmoqlar - bu bilimlarni qabul qilish, saqlash va ishlatishga qodir
tizimlar [16].

O‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitishda generativ neyron tarmoqlardan foydalanish –

zamonaviy texnologiyalarning til o‘rganish jarayonini samaradorligini oshirish yo‘lida muhim
imkoniyatlar eshigini ochadi. Generativ neyron tarmoqlar (Generative Neural Networks)
sun’iy intellekt (AI) texnologiyalarining bir turi bo‘lib, ular yangi ma’lumotlarni yaratish,
qiyoslash, tahlil qilish va qayta ishlash qobiliyatiga ega. Ushbu texnologiyalardan foydalanish
o‘zbek tilini o‘rganishni soddalashtirish, o‘quvchilar uchun qiziqarli va samarali o‘quv
vositalarini yaratishga imkon beradi.

O‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitishda generativ neyron tarmoqlarining afzalliklari va

kamchiliklarini tahlil qilish o‘zbek tilini o‘rgatishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash
imkoniyatlarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

Afzalliklari:

Individual yondashuv:

Generativ neyron tarmoqlari o‘quvchilarning til

o‘rganishdagi tezligi va qobiliyatini inobatga olgan holda, moslashtirilgan o‘quv materiallarini


background image

16

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

SJIF: 5.141

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON, PART 2 (YOʻPA)

taqdim etishga imkon beradi. Har bir o‘quvchi uchun individual mashqlar va treninglar
yaratilishi mumkin;

Interaktiv o‘rganish:

Bu tizim o‘quvchilar bilan interaktiv tarzda

ishlashga imkon beradi, masalan, matnni tahlil qilish, so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va
kontekstda qo‘llash bo‘yicha mashqlar yaratish;

O‘rganish jarayonini avtomatlashtirish:

Generativ neyron tarmoqlari o‘quvchilarga interaktiv va real vaqt rejimida tahlil va fikrlarni
ko‘rsatishga imkon beradi, bu o‘qituvchilar uchun materiallarni tayyorlashni
avtomatlashtirishni osonlashtiradi;

Tilning murakkab jihatlarini o‘rganish:

O‘zbek tilidagi

fonetik va grammatik qiyinchiliklarni yengish uchun generativ neyron tarmoqlar tezda javob
berib, kerakli o‘rgatish materiallarini taqdim etadi;

Matn va nutq generatsiyasi:

Generativ

neyron tarmoqlar o‘zbek tilida yangi matnlar yoki nutq namunalarini yaratishi mumkin. Bu
o‘quvchilarga til qoidalarini o‘rganishda va o‘zlarining lug‘at boyligini oshirishda yordam
beradi. Ushbu texnologiyalar avtomatik ravishda to‘g‘ri jumlalar va kontekstli dialoglarni
yaratib, o‘quvchilarning mustaqil mashq qilishlariga imkon beradi.

Dialog tizimlari va

chatbotlar:

Generativ neyron tarmoqlar asosida yaratilgan chatbotlar o‘quvchilarga

interaktiv ravishda o‘zbek tilini o‘rganishda yordam beradi. Masalan, o‘quvchilar virtual
o‘qituvchilar yoki suhbatdoshlar bilan real vaqt rejimida muloqot qilib, til qobiliyatlarini
rivojlantirishlari mumkin. Chatbotlar o‘zbekcha savollar berishi va javoblarini tahlil qilishi,
to‘g‘ri talaffuz va grammatika bo‘yicha maslahatlar berishi mumkin.

Kamchiliklari:

Texnologik cheklovlar:

Generativ neyron tarmoqlar yuqori texnologik

infratuzilma talab qiladi. O‘zbek tilini o‘rgatish uchun maxsus tizimlar yaratilsa-da, ular har
doim ham barcha o‘quvchilar uchun mavjud bo‘lmasligi mumkin, chunki resurslar soni
cheklangan;

O‘qituvchining roli:

Garchi generativ neyron tarmoqlari o‘quvchilarga yordam

bersa-da, o‘qituvchilar o‘quv jarayonini nazorat qilish va talabga javob beradigan tuzilmalar
yaratishda zarur bo‘lgan yordamni taqdim etishlari kerak. Tizimlar o‘quvchilarning barcha
ehtiyojlariga to‘liq mos kelmasligi mumkin;

Texnik xatoliklar:

Generativ neyron tarmoqlar

ba’zan noto‘g‘ri javoblar yoki noto‘g‘ri tahlil qilish holatlarini keltirib chiqarishi mumkin, bu
o‘quvchiga noaniqliklarni yaratadi;

Shaxsiy axborot xavfsizligi:

O‘quvchilarni kuzatish va

ma’lumotlarni to‘plash jarayonida shaxsiy axborot xavfsizligi muammolari yuzaga kelishi
mumkin.

Generativ neyron tarmoqlar yordamida o‘zbek tilini o‘rgatish turlari o‘zbek tilida

tushunish, yozish va gapirish ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi interfaol mashqlar, o‘yinlarning
turli shakllarini o‘z ichiga olishi mumkin. Bunday o‘quv dasturlariga misol qilib, smartfon va
planshetlar uchun ilovalar, onlayn kurslar, test, topshiriqlar, darsliklar, shuningdek,
o‘rganuvchining bilim darajasini avtomatik ravishda aniqlaydigan vazifa hamda topshiriqlarni
taklif qiluvchi sun’iy intellekt tizimlarini keltirish mumkin.

Hozirgi vaqtda Generativ neyron tarmoqlardan foydalangan holda chet tillarini

o‘rgatuvchi bir nechta onlayn ilova va resurslar mavjud. Shunday ilovalardan biri Duolingo

https://www.duolingo.com/

mashhur til o‘rganish ilovasi bo‘lib, unda xorijiy tillarni o‘rganish

kurslari mavjud. Ilova interaktiv darslar va mashqlar orqali foydalanuvchilarga tilni
o‘rganishga yordam beradi.

2021-yil iyun holatiga koʻra, Duolingo 40 tilda 103 xil til kurslarni

taklif etgan (biroq hali oʻzbek tili mavjud emas) [17]. Duolingo platformasining 500
milliondan ortiq foydalanuvchilari bor [18].

Yana bir ilova Memrise

https://www.memrise.com/

foydalanuvchilar tomonidan

yaratilgan oʻquv platformasi boʻlib, u til oʻrganishga ixtisoslashgan, ammo boshqa sohalardan


background image

17

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

SJIF: 5.141

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON, PART 2 (YOʻPA)

ham turli-tuman mavzular taklif etadi. Memriseda 25 tilda 150 dan ortiq til kursi mavjud.
Ilovada 20 milliondan ortiq foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan. 2016-yil oxiridan boshlab
Memrise monetizatsiya qilingan. 2017-yilda bu ilova eng yaxshi ilova nominatsiyasida Google
Play mukofotini olgan [19].

Jumladan,

50LANGUAGE

https://www.50languages.com/

platformasi ham 50 dan ortiq

tillarni, o‘rganish imkonini beradi. Ilova onlayn kurslar, testlar, o‘yinlar va lug‘at kabi turli
resurslarni taklif etadi.

1-rasm. Duolingo, Memorise va 50 language platformalaridan foydalanish jarayonidan

lavhalar


Xuddi shunday o‘zbek tilini xorijliklar uchun o‘rgatuvchi o‘zbek tili maktabi

https://uzbekonline.ru/

Moskvada Laziza Azimova tomonidan ochilgan. Kurs 12 haftaga

mo‘ljallangan 24 darsdan iborat. Talabalar dars jadvali va kurs formatini o‘zlari tanlashlari
mumkin. Platformada O‘zbekiston, Rossiya, Qirg‘iziston, Angliya, Kanada, Hindiston, Janubiy
Amerika va boshqa mamlakatlardan 3500 nafar talaba o‘zbek tilini o‘rganishmoqda.

Yana bir pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi va vatandoshlar

jamoat

fondi

tomonidan

yaratilgan

o‘zbek

tili

online

ta’lim

platformasi

https://onatilim.vatandoshlarfondi.uz/

ham diqqatga sazovorlidir. Platformada 350 nafar til

o‘rganuvchi mavjud. Kursda o‘zbek tilini darajalarga ko‘ra o‘rganishingiz, sertifikatga ega
bo‘lishingiz mumkin.

Shuningdek, Ibrat farzandlari

https://ibratfarzandlari.uz/

ilovasida interaktiv

viktorinalar, qiziqarli videodarsliklar va

sun’iy intellekt yordamida o‘zbek tili hamda boshqa

chet tillarini o‘rganish mumkin.

Jumladan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

tomonidan chet elliklar uchun o‘zbek tili

https://courses.tsuull.uz/

kurslari tashkil qilingan

(

2-rasm).


background image

18

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

SJIF: 5.141

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON, PART 2 (YOʻPA)

2-rasm. O‘zbek tili maktabi, chet elliklar uchun o‘zbek tili kursi, Ibrat farzandlari hamda

o‘zbek tili online ta’lim platformasidan foydalanish jarayonidan lavhalar

O‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitishda generativ neyron tarmoqlarni kengroq qo‘llash

til o‘rgatish jarayonini innovatsion va interaktiv shaklga o‘tkazishga katta imkoniyatlar
yaratadi. Quyida ushbu texnologiyaning kengroq qo‘llanilishi, amaliy usullari va foydalari
haqida batafsil ma’lumot keltiriladi.

Generativ neyron tarmoqlardan foydalanish orqali til o‘rganish platformalari va mobil

ilovalar ishlab chiqilishi mumkin. Bu platformalar o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘rganayotgan
talabalar uchun quyidagi funksiyalarni taklif qiladi:

Matn generatsiyasi, yangi so‘z va iboralarni o‘rgatish, generativ neyron tarmoqlar

asosidagi dialoglar va suhbatlar, virtual suhbatdoshlar, talaffuz va nutq texnologiyalari,
generativ tarjima vositalari, o‘zbek tilini o‘rganishda avtomatik tarjima, kontekstual
tarjimalar, matn tahlili va grammatik to‘g‘irlash, shaxsiy xato analizatori, adaptiv ta’lim
platformalari, kengaytirilgan reallik (AR) va virtual reallik (VR) integratsiyasi, o‘zbek tilidagi
ma’lumotlar bazasini kengaytirish.

O‘zbek tilini o‘rgatuvchi ilova va dasturlar sun’iy intellekt yordamida yangi ma’lumot

bazalarini yaratadi va yangilab boradi.

Xulosa

O‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitishda generativ neyron tarmoqlardan foydalanish

nafaqat ta’lim jarayonini soddalashtiradi, balki til o‘rganishni individuallashtirish va
interaktiv shaklda olib borishga imkon beradi. Bu texnologiyalar o‘quvchilarning talaffuz,
grammatika, lug‘at boyligini rivojlantirish, shuningdek, real hayotda tilni qo‘llash
imkoniyatlarini kengaytiradi. Generativ neyron tarmoqlar asosidagi til o‘rganish usullari va
vositalari o‘zbek tilini o‘rgatish jarayoniga yangi imkoniyatlar olib kiradi va samaradorligini
oshiradi. Biroq, bu tizimlarning texnologik cheklovlar, texnik xatoliklar va axborot xavfsizligi,
madaniy va ijtimoiy kontekstlarni to‘liq aks ettira olmasligi kabi muammolari mavjud.

Shu sababli, ushbu texnologiyalarni samarali qo‘llash uchun ularni an’anaviy o‘qitish

usullari bilan integratsiya qilish, o‘qituvchilarni texnologiyadan foydalanishga tayyorlash


background image

19

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

SJIF: 5.141

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON, PART 2 (YOʻPA)

hamda o‘quvchilarning ehtiyojlariga moslashtirish muhimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Incheon Declaration/Education 2030: Towards inclusive and equitable quality education
and

lifelong

learning

for

all.-p.47-48.

https://unesdoc.unesco.org/images/0023/002338/233813m.pdf
2. Holmes, Wayne. 2023. Guidance for generative AI in education and research. Paris:
UNESCO. https://unesdoc.unesco.org/ark:/48223/pf0000386693
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga
qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (PQ-358-son, 14.10.2024 y.)
https://lex.uz/uz/docs/-7158604
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada
rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PF-6084-
son, 20.10.2020 y.) https://lex.uz/docs/-5058351#-5062525
5. Hinton, G., Osindero, S., & Teh, Y. W. (2006). A fast learning algorithm for deep belief nets.
Neural computation, 18(7), 1527–1554. https://doi.org/10.1162/neco.2006.18.7.1527
6. LeCun, Y., Bengio, Y., & Hinton, G. (2015). Deep learning. Nature, 521(7553), 436–444.
https://doi.org/10.1038/nature14539
7. Goodfellow, I., Pouget-Abadie, J., Mirza, M., Xu, B., Warde-Farley, D., Ozair, S., ... & Bengio, Y.
(2014). Generative adversarial nets. Advances in neural information processing systems, 27,
2672-2680.
8. https://gweb-research2023-stg.uc.r.appspot.com/blog/the-google-brain-teams-
approach-to-research/
9. https://bingliu.me
10. Pérez-Núñez, A. (2023). Exploring the Potential of Generative AI (CHATGPT) for Foreign
Language instruction: Applications and challenges. Hispania, 106(3), 355–362.
https://doi.org/10.1353/hpn.2023.a906568
11. Normatov Sh (2024). Oliy ta’limda generativ sun’iy intellektdan foydalanish:
imkoniyatlar va muammolar (Using generative artificial intelligence in higher education:
opportunities

and

challenges)

Oliy

ta’lim

taraqqiyoti

istiqbollari

https://doi.org/10.34920/phe.2024.16.16
12. Raile KASGARLİ. (2020). Turkiya oliy o‘quv yurtlarida o‘zbek tili ta’limi: muammo va
takliflar. O‘zbek tilini ikkinchi til va xorijiy til sifatida o‘qitish masalalari: muammo, yechim,
istiqbollar respublika onlayn ilmiy-amaliy anjumani
13. Tyuleeva Sofia Muratovna. (2024). Advantages and disadvantages of neural networks as a
means of teaching foreign languages to secondary school students. «Молодой учёный»
14. Sayyora Ibragimova. (2023). Creation of An Intelligent System for Uzbek Language
Teaching Using Phoneme-Based Speech Recognition. https://doi.org/10.18280/ria.370617
15. Saodat Muhamedova, Gulruxsor Ergasheva (2020). Xorijliklar uchun oʻzbek tilini
oʻrgatuvchi onlayn platforma yaratish asoslari. O‘zbek tilini ikkinchi til va xorijiy til sifatida
o‘qitish masalalari: muammo, yechim, istiqbollar respublika onlayn ilmiy-amaliy anjumani
16. Tojimamatov I.N., Mamalatipov O.M., Karimova N.A. (2022). Sun’iy neyron tarmoqlarini
o‘qitish usullari. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences.


background image

20

YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI

SJIF: 5.141

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON, PART 2 (YOʻPA)

17.

https://www.sec.gov/Archives/edgar/data/1562088/000162828021013065/duolingos

-1.htm
18. León, Riley de (19-noyabr 2020-yil). “The education app that is making equals of Bill
Gates and the world’s masses”. CNBC. https://www.cnbc.com/2020/11/19/the-education-
app-making-equals-of-bill-gates-and-the-worlds-masses.html
19. Pobediteli Google Awards 2017 https://blog.google/products/google-play/winners-
2017-google-play-awards-are/.

Библиографические ссылки

Incheon Declaration/Education 2030: Towards inclusive and equitable quality education and lifelong learning for all.-p.47-48. https://unesdoc.unesco.org/images/0023/002338/233813m.pdf

Holmes, Wayne. 2023. Guidance for generative AI in education and research. Paris: UNESCO. https://unesdoc.unesco.org/ark:/48223/pf0000386693

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (PQ-358-son, 14.10.2024 y.) https://lex.uz/uz/docs/-7158604

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PF-6084-son, 20.10.2020 y.) https://lex.uz/docs/-5058351#-5062525

Hinton, G., Osindero, S., & Teh, Y. W. (2006). A fast learning algorithm for deep belief nets. Neural computation, 18(7), 1527–1554. https://doi.org/10.1162/neco.2006.18.7.1527

LeCun, Y., Bengio, Y., & Hinton, G. (2015). Deep learning. Nature, 521(7553), 436–444. https://doi.org/10.1038/nature14539

Goodfellow, I., Pouget-Abadie, J., Mirza, M., Xu, B., Warde-Farley, D., Ozair, S., ... & Bengio, Y. (2014). Generative adversarial nets. Advances in neural information processing systems, 27, 2672-2680.

Pérez-Núñez, A. (2023). Exploring the Potential of Generative AI (CHATGPT) for Foreign Language instruction: Applications and challenges. Hispania, 106(3), 355–362. https://doi.org/10.1353/hpn.2023.a906568

Normatov Sh (2024). Oliy ta’limda generativ sun’iy intellektdan foydalanish: imkoniyatlar va muammolar (Using generative artificial intelligence in higher education: opportunities and challenges) Oliy ta’lim taraqqiyoti istiqbollari https://doi.org/10.34920/phe.2024.16.16

Raile KASGARLİ. (2020). Turkiya oliy o‘quv yurtlarida o‘zbek tili ta’limi: muammo va takliflar. O‘zbek tilini ikkinchi til va xorijiy til sifatida o‘qitish masalalari: muammo, yechim, istiqbollar respublika onlayn ilmiy-amaliy anjumani

Tyuleeva Sofia Muratovna. (2024). Advantages and disadvantages of neural networks as a means of teaching foreign languages to secondary school students. «Молодой учёный»

Sayyora Ibragimova. (2023). Creation of An Intelligent System for Uzbek Language Teaching Using Phoneme-Based Speech Recognition. https://doi.org/10.18280/ria.370617

Saodat Muhamedova, Gulruxsor Ergasheva (2020). Xorijliklar uchun oʻzbek tilini oʻrgatuvchi onlayn platforma yaratish asoslari. O‘zbek tilini ikkinchi til va xorijiy til sifatida o‘qitish masalalari: muammo, yechim, istiqbollar respublika onlayn ilmiy-amaliy anjumani

Tojimamatov I.N., Mamalatipov O.M., Karimova N.A. (2022). Sun’iy neyron tarmoqlarini o‘qitish usullari. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences.

León, Riley de (19-noyabr 2020-yil). “The education app that is making equals of Bill Gates and the world’s masses”. CNBC. https://www.cnbc.com/2020/11/19/the-education-app-making-equals-of-bill-gates-and-the-worlds-masses.html