YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
16
MAQSUD SHAYXZODA IJODIDA SINONIMIK QATORLARNING BADIIY
FUNKSIYASI
Abduraximova Sofiya
NDU Tillar fakulteti 2-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15590311
Annotatsiya:
Maqsud Shayxzoda
o‘zbek she’riyatida o‘ziga xos uslubga ega bo‘lgan, obraz
yaratish va fikr ifodalayotganda tilning boy imkoniyatlaridan, ayniqsa sinonimlardan mahorat
bilan foydalangan shoirlardan biri ekanligi haqidagi fikr-mulohazalar aks etgan. U she’rda biror
bir holatni ifodalashda sinonimlardan foydalanishi orqali badiiylikni oshirishga xizmat qilishi
izohlangan.
Kalit so’zlar.
Sinonimik qator, sinonimlar, badiiy funksiya.
Maqsud Shayxzoda o‘z she’rlarida she’riy obrazlarni yaratish mexanizmlaridan ham
unumli foydalangan. Sinonimik qatorlar orqali Shayxzoda o‘z asarlarida murakkab obrazlar va
tasvirlarni yaratadi. Har bir sinonim o‘zining kontekstiga qarab yangi ma’no qatlamlarini ochib
beradi, bu esa o‘quvchiga yanada chuqurroq fikr yuritishga imkon beradi. Masalan, biror his-
tuyg’uni ifodalashda sinonimlardan foydalanish orqali u o’quvchining tasavvurini kengaytiradi
va his-tuyg’ularni yanada kuchliroq ifodalaydi. Shu boisdan Maqsud Shayxzoda ijodida ko‘plab
sinonimlarni ko‘rishimiz mumkin.Ushbu maqolada Shayxzoda she’riyatidagi sinonimik
qatorlarning semantik va stilistik funksiyalari tahlil qilinadi.
Birinchi bo‘lib Maqsud Shayxzodaning “Tosh” she‘ridagi sinonimik obrazlarni tahlil
qilamiz. Bu sherdagi “tosh” obrazining metaforik va sinonimik kengayishini ko‘rib chiqamiz.
“
Tosh”, “sahna”, “bag‘riga o‘yilgan”, “tog‘ning ko‘zi”
— bular barchasi bitta obraz –
TINCHLIK toshini
ifodalovchi sinonimik yoki tasviriy birliklardir. She’rda shoir toshni fizika
ob’ekti deya emas,
tarixiy guvoh, siyosiy shoir, madaniy ramz va meros, tabiat bilan so’zlashuvchi
timsol
sifatida gavdalanardi.
Shoir shu yerni davomida yanada chiroyli bo‘lgan sinonimlardan foydalanadi.
Ko‘li Qubbon... Ko‘p issiq kunlar...
Bu ko‘l – moviy marmardan sahna,
Qush va daraxt tomoshabinlar,
Bunda tosh bor ulkan va ko‘hna.
Boq, bu toshga bir so‘z yozilgan,
Yozilganmas, o‘yib qazilgan:
“TINCHLIK!”
Shoir bu she’rida
yozilganmas, o‘yin chizilgan
sinonimlaridan foydalanadi. Bu ikki so’z
harakatning chuqurligini va dolzarb ekanligini ifodalovchi sinonimlardir. Tinchlik so‘zi
shunchaki aytiladigan oddiy so‘z emas, chuqur o‘yilgan, ya‘ni tarixga bitilgan, yurakka o‘yilgan
so‘zlardan biridir.
Maqsud Shayxzodaning “O‘zbek dengiziga” she’rida ham sinonimik obrazlar ko‘p
uchraydi. Quyidagi parchada ularni tahlil qilamiz.
“
Dengiz”, “ummon”, “hovuz”, “moviy suv”, “sharbat, sut, shinni, asal”
Bu asosiy sinonimik qator bo‘lib, O‘zbekistondagi suv manbaini tabiiy, poetik va ma’naviy
jihatdan keng talqin qiladi. Har bir sinonim chuqur ma‘noni ifodalaydi.Masalan: “
Ummon”–
cheksiz, “Dengiz”– buyuklik, “hovuz”–real hayot, “sharbat,sut, asal”
–
baraka va hayot
timsolidir.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
17
Sinonimlarning stilistik funksiyasi oddiy suv havzasini milliy boylik, hayot manbai,
go‘zallikka timsoliga qiyoslaydi.
Keyingi parchasi shoir ma’naviy qadriyatlari ifodalashga harakat qiladi.
Ey, hovuz, men seni dengiz atadim,
Shoirning haqi bor mubolag‘aga,
Suvlari sho‘r emas, shirin bir dengiz
Barakat dengizin maqtamay nega?
Ushbu parchada shoir “sho‘r” va “shirin” kabi antonim so‘zlardan foydalanadi.Bu so‘zlar
fizik holatdan tashqari ma’naviy qadriyatni ham anglatmoqda. Sho‘r–hayotga zarar, shirin–
hayot manbai, totli yashash kabi ma‘nolarni ham ifodalab kelgan.
Shoirning “Qo‘llar” she’rida ham ko‘plab sinonimik qatorlarni uchratish mumkin.
Qo‘llar bor – muloyim, g‘oyat shafqatli,
Qo‘llar bor – ayovsiz, yovuz, shiddatli.
Yuqoridagi parchada
muloyim, shafqatli
– mehribonlikni anglatsa, yovuz va shiddatli,
ayovsiz – kuchli salbiy holatlarni ifodalaydi. Bu parchada sinonimik obrazlar orqali qo‘l
obrazining ikki qarama-qarshi obrazlari ochiladi: yaxshilik va yovuzlik timsolida
Shu sherning davomida qo‘llar obrazi orqali ma’naviy-axloqiy sifatlarni aks ettiruvchi
sinonimik obrazlarni ifodalaydi.
Qo‘llar bor – oshirar senga to‘g‘rilik,
Qo‘llar bor – yashirar quvlik, o‘g‘rilik.
Parchada sinonim obrazlilik axloqiy qiyofani ochishga yordam beradi.
Quvlik – o‘g‘rilik (aldov, makkorlik)
To‘g‘rilik – rostlik (halollik, poklik) ,
qo‘l obrazi orqali halollik va jinoyatni ifodalashga
harakat qiladi.
Maqsud Shayxzoda ijodida sinonimlarning individual xususiyatlari, ularning ma’no va
stilistik funksiyalari, she’riy obrazlarni yaratish mexanizmlari va zamonaviy lingvopoetika
nazariyalari asosidagi tahlil, uning badiiy uslubining boyligini va chuqurligini ko’rsatadi.
Shayxzoda ijodi tilshunoslik va badiiy adabiyot sohalarida yangi yondashuvlar va tadqiqotlar
uchun zamin yaratmoqda.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Maqsud Shayxzoda. “Saylanma asarlar”. – Toshkent: G’. G‘ulom nomidagi nashriyot, 2000.
2.
G‘afur G‘ulom. “Tanlangan asarlar”. – Toshkent: O‘zR FA nashriyoti, 1985.
3.
N. Mahmudov, O. Madrahimov. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”. – Toshkent: O‘zbekiston, 2011.
4.
G‘. Salomov. “O‘zbek she’riyati va uslub”. – Toshkent: Fan, 1989.