YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
4
KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH: BARQAROR TARАQQIYOTNING
RIVOJLANISH KALITI.KASBGA YO‘NALTIRISHDA MAKTAB PEDAGOGINING
ROLI
A.A Ro‘ziboyeva
Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tuman 27-maktab psixologi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15613943
Annotatsiya
.Ushbu maqola orqali bugungi kun zamonaviy pedagoglarining o‘sib
kelayotgan yosh avlodga kasb-hunar tanlashga ko‘mak berishi va kasb-hunarga
yo‘naltirishdagi asosiy vazifalari, kasb tanlashda maktab pedagogining o‘rini haqida fikr
yuritiladi
Kalit so
‘
zlar:
Mahoratli pedagog, kasb-hunarga yo‘naltirish, o‘quvchi, ta’lim, hamkorlik,
fanlar bilan aloqadorlik.
Jamiyatdagi har qanday mehnatga layoqatli inson o‘zining mehnati bilan jamiyat
taraqqiyotiga o‘z ulushini qo‘shib boradi. Inson o‘zining mehnatida jismoniy, aqliy,
psixologik imkoniyatlarini sarflab, o‘z qobiliyatlarini, ijodiy imkoniyatlarini sarf qiladi. Bular
uni ijodiy mehnatdan qoniqishini ta’minlaydi.
Shuni aytish kerak-ki, kasb-hunar va uni egalari azaldan xalqimiz tomonidan e’zozlanib
kelingan. O‘zbekistonda hozirda bilimdon, o‘z kasbini yaxshi egallagan, mustaqil fikrlovchi, o‘z
kasbiga ijodiy yondoshuvchi, yuqori malakali, madaniyatli, izlanuvchan, intiluvchan mohir
ustalar, kasb egalari ko‘proq talab qilinmoqda. Kaykovus o‘zining “Qobusnoma” asarida
shunday yozadi “Bas, agar aqling boisa hunar o‘rgang‘il, nedinkim hunarsiz aql -boshsiz tan,
suratsiz badandekdir... Ey farzand, ogoh bo‘lki, hunarsiz kishi hamisha foydasiz bo‘lur va
hech kishiga naf ep ko‘rmas.”
1
So‘nggi yillarda respublikada ilmiy va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, kadrlar
tayyorlash tizimini isloh qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda, iqtidorli yoshlarni
nufuzli milliy hamda xalqaro olimpiadalar, musobaqalar va tanlovlarda salmoqli natijalarga
erishishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Yoshlarning ijodiy, intellektual va tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, innovatsion
g‘oyalar, loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, iqtidorli talabalar, yosh
olimlar va tadbirkorlarning innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish, ilm-fan, ta'lim va ishlab
chiqarish integratsiyasini kuchaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.
O‘zbekiston Respubilkasi Prezident Sh. Mirziyoyev ko‘rsatmasiga ko‘ra 2020-
2021o‘quv yilidan 7-sinfdan boshlab o‘quvchilar kasb-hunarga yo‘naltirish ishlariga alohida
urg‘u berila boshladi. O‘quvchilarni aynan qanday kasb egasi bo‘lishi aniqlash va ularni
o‘zlari qiziqqan kasbga yo‘naltirish maqsadida 8, 9, 10 sinfga qadar ular o‘zlari tanlangan
kasb-hunar bo‘yicha o‘qitilib borilishi zarurligi alohida ta’kidlab o‘tildi.Yoshlar kelajagini
ta’minlash maqsadida olib borilayotgan islohotlarning davomi sifatida Prezidentimiz Sh.
Mirziyoyevning 2024-yil 2-fevraldagi PQ-53-son “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida
o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitishda tadbirkorlik subyektlarini jalb etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra “O‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitishda umumiy o‘rta ta’lim
1
Abdurahmonov F.R “Kasb psixologiyasi” Toshkent. 2018
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
5
muassasalari va tadbirkorlik subyektlarining o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi”
nizomga asosan yurtimizda faoliyat yuritayotgan maktablarda “Biznes va kasb-hunarga
o‘qitish” yo‘nalishi 10-11-sinflarda joriy etiladi. Mazkur yo‘nalishda o‘qitiladigan kasb-hunar
turlari joriy o‘quv yilidan oldingi o‘quv yilining 9-sinf bitiruvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan
so‘rovnoma natijasiga ko‘ra aniqlanadi.O‘tkazilgan so‘rovnoma natijasiga ko‘ra sinflar kasb-
hunar turlariga ajratiladi. Kasb to‘garaklariga kasbga qiziqishi bo‘lgan 7 - 11-sinf o‘quvchilari
jalb etiladi. Kasb to‘garaklarini tashkil etgan tadbirkorlar o‘quvchilarning xavfsizligi va ijtimoiy
tengligini ta’minlash, to‘garak uchun zarur jihozlar va xomashyo bilan ta’minlash majburiyatini
oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 2 fevraldagi PQ-53-sonli qarori ijrosini
amalga oshirish maqsadida Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Maktabgacha va maktab
ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham 10-11-sinf oquvchilari kasb-
hunarga o‘qitish 2024 yil sentyabr oyidan joriy qilindi. Tikuvchilik va dasturlash yo‘nalishlari
bo‘yicha kasbiy ta’lim ustalari dars berib kelmoqda. 2025-2026-o‘quv yilidan 35-maktabda
tikuvchilik va avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitish
rejalashtirilmoqda. O‘quvchi 11-sinfni tamomlaganda qo‘shimcha 1 ta hunarni ham egallab
oladi va sertifikat bilan taqdirlanadi.
Inson bolasi kamolga yetgani sari ilmga, ma’rifatga talpinadi. Dastlabki saboqni ham
u maktabdan oladi. Ammo kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarga ta’lim berish ularni o‘qitish
bilan bog‘liq ayrim muammolar bugungi kunda kishini o‘ylantirib qo‘yayotgani tabiiy.
Chunki zamonaviy shiddatkor jamiyat esa yetuk bilimdon mutaxasis kadrlarga muxtoj bo‘lib
boraveradi.
Kasbiy shakllanish jarayonining dastlabki va ayni damda o‘ta muhim bosqichi bo‘lajak
kasbni tanlash, ya’ni aniq bir kasbiy qarorga kelishigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga
oladi.Ravshanki,yoshlarning kasb tanlashga tayyorgarlik darajasi, faqatgina yosh
xususiyatlariga bog‘lik emas, u ma’lum yoshga kelib o‘z-o‘zidan shakllanib qolmaydi.
Yoshlarni kasb tanlashga pedagogik-psixologik bilim, ko‘nikma, malakalar, shuningdek,
jamiyatning ta’siri orqali tayyorlash va tarbiyalash lozim.
Zamonaviy maktab va kasb -hunar о‘qituvchisi ta’lim va tarbiyaga tegishli qator
vazifalarni bajaradi. O‘qituvchi - o‘quv jarayonini tashkilotchisi sifatida kasbga tegishli
bo‘lgan masalalarga ham o‘z diqqatini qaratib boradi. Zamonaviy o‘qituvchi ijtimoiy psixolog
ham bo‘lishi, jamiyatdagi kadrlarga bo‘lgan talab va ehtiyojlar bilan ham tanishgan bo‘lishi
kerak. Kasbni egallash bilan bog‘liq maslahatlar va yo‘nalishlar berib borish ham pedagog
zimmasiga tushgandir. Chunki pedagog bola bilan birgalikdagi faoliyati davomida undagi
qiziqishlar va havaslarni ham bilib turadi.Bu esa unga bolani qaysi kasbni egallashni xohlashini
ko‘rishga imkon yaratadi.O‘qituvchi shaxsi bu о‘sib kelayotgan yoshlarga ularni iqtidoridan,
qobiliyatidan, qiziqishlaridan kelib chiqqan holda kasblarni egallashlariga o‘z yo‘l-yo‘riqlarini
berib, tarbiyalab borishlari kerak bo‘ladi.O‘quvchi o‘z kasbini tanlashda o‘qituvchining
yordamiga muhtoj bo‘ladi. O‘qituvchi boladagi psixologik imkoniyatlardan kelib chiqqan holda
uni ma’lum bir kasbga yo‘llab turadi, ya’ni kasbiy maslahat beradi. O‘qituvchi bu holatda
kasblarga xos xususiyatlarni bilishi va ularni bolalarga tushuntirib berishi zarur
bo‘ladi.Bugungi kun zamonaviy pedagogi o‘z kasbining mohir bilimdoni bo‘lish bilan birga
olam kasblaridan ham habardor bo‘lishi zarur.Zero,bugunning yoshlari bizdan ko‘ra ilg‘or va
qiziquvchan, qolaversa axborortlashgan jamiyatda o‘quvchi har qanday kasb haqida internet
tarmoqlaridan yetarlicha ma’lumotlarni bilib olishi mumkin. Zamonaviy o‘qituvchi shularni
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
6
hisobga olgan holda o‘quvchini kasbga qiziqtira bilishi, o‘quvchi uchun yangilik bo‘lgan
ma’lumotlar bilan o‘quvchini boxabar qilib bormog‘i lozim.
Rivojlangan davlatlardan biri Germaniyada har bir maktab o’quvchisi maktabni
tamomlagunga qadar 5 xil hunarni mukammal egallashi zarur. Ularning fikricha 5 xil hunarni
o’rgangan kishi qaysi zamon va qaysi makonda bo‘lishidan qat’iy nazar qiyinchilikka uchramas
ekan. Jahon tajribalarini o‘rgangan holda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirib borish esa
o‘quvchilar kelajagini ta’minlashda poydevor bo‘lib hizmat qiladi. Birinchi prezidentimiz Islom.
Karimov ta’kidlaganidek “Bizning eng katta boyligimiz bu-mehnatkash ,bobo dehqon
xalqimizdir”. Darhaqiqat xalqimiz mehnatsevar, zahmatlkash xalq. Asrlar osha ota-bobolarimiz,
momolarimiz bir nechta hunarlarni mukammal bilib kelganlar. Bugun ham pedagoglarimiz
orasida shunday insonlar bo‘lib hozirda o’quvchilarga kasb-hunar sirlarini ham o‘rgatib
kelmoqdalar. Ta’lim tizimida hunarmad ustozlarni izlab topish,ularni o‘quvchi yoshlarga hunar
o‘rgatishga jalb qilish va rag’batlanitirish esa maktab tizimida o’quvchilarning hunar
o‘rganishiga imkon berish va bandligini ta’minlashga hizmat qiladi.Qolaversa, o‘quvchilarning
maktab davridayoq chetga chiqmasdan turib zamonaviy hunar egasi bo‘lishiga imkon
yaratiladi. Bundan tashqari kasb hurar o‘rganish bilan mashg‘ul bo‘lgan o‘quvchilarda vaqtdan
unumli foydalanish ko‘nikmalari ham mavjud bo‘ladi. Vaqt qadriga yetgan kishi esa hayot
yo‘llarida muvofaqqiyatlarga erishishda qoqilmaydi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
2024-yil 2-fevraldagi PQ-53-son “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari kasb-
hunarga o‘qitishda tadbirkorlik subyektlarini jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident
Qarori
2.
Abdurahmonov F.R “Kasb psixologiyasi” Toshkent. 2018
3.
Abdullayeva R.M. ”Yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish hayot sifatini oshirish omili
sifatida” Ilmiy maqola .2023.
4.
Sh. Sharipov. “Kasbga yo‘naltirishning ilmiy pedagogik asoslari”. Toshkent.2007